99
Bundan tashqari Hududlar kesimida faoliyat yuritayotgan yuridik shaxslar soni
(fermer va dehqon xo‘jaliklardan tashqari) mazkur ko‘rsatkich respublika bo‘yicha
2006-yilga nisbatan 2 marta,
- Xorazm viloyatida 2,3 marta;
- Andijon, Jizzax, Namangan, Toshkent viloyatlari, Toshkent shahrida 2,2 marta;
- Buxoro viloyatida 1,8 marta;
- Qashqadaryo viloyatida 1,6 marta;
- Navoiy, Sirdaryo viloyatlarida 2,0 marta;
- Farg’ona viloyatida 1,9 marta;
- Samarqand viloyatida 1,5 marta;
- Surxondaryo viloyatida 1,4 marta;
- Qoraqalpog’iston Respublikasi esa 1,7 martaga o‘sgan.
Qarangki yurtimizda kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
bir necha jabhada
o‘z aksini topdi. Har bir viloyatda o‘z-o‘zini boshqara oladigan tadbirkorlik
subyektlarining borligi quvonarli hol albatta, lekin hech bir narsa yo‘qki hali o‘qib
yoki o‘raganib adog’iga yetilgan bo‘lsa, tog’ri har bir narsaning ibtidosi hamda
imtihosi
bor lekin, bu so‘z XXI asr ulkan rivojlanish asrining andozasiga mutlaqo
mos emas.
Zeroki muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev
ta’kidlaganlaridek tadbirkor nafaqat o‘zini boqadi uning tadbirkorlik faoliyati bir
necha qora qozonni qaynata oladi degan gaplari ne chog’lik haqiqat aslida.
Tadbirkorlik faqat mamlakat iqtisodiyotida emas balkim har bir shaxs yoki fuqaroni
intelektual salohiyatli va o‘z vaqtini to‘g’ri taqsimlay
oladigan inson qilib
tarbiyalaydi. Shunday ekan yurt taqdiriga daxldor har bir shaxs bugungi kunning
talablariga mos bo‘lmog’i lozim. Yurtimizda esa kichik biznes va xususiy
tadbirkorlik sohasiga oid barcha shart shariotlar mavjud. Misol tariqasida garchi
butun jahon miqyosida amalda mavjud bo‘lgan biznesdagi
kredit degan tushuncha
faqatgina bizning yurtimizdagina yoshlar uchun imtiyozli ravishda beriladi. Bu esa
yuragida o‘ti bor yoshlar uchun keng imkoniyat kalitidir. Ibora shaklida ishlatadigan
bo‘lsak sen shahzodalarcha yashamoqchi bo‘lsang faqatgina shoh oilasida dunyoga
kelishing shart emas, Bu bizning yurt bu bizning vatan
bu yurtda yerda senda aql,
zakovat intellektual salohiyat va ulkan rejalar bo‘lsa bas shular senda bormi unda
sen qanday sulola vakili ekaningdan qatiy nazar ulkan zafarlar kutadi. Shunday ekan
yaxshi tadbirkor bo‘lish uchun avvalo biz yaxshi o‘qishimiz, yurtimizda biz
yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanishimiz lozim. Har bir
mamlakatda bo‘lgani kabi bizning o‘zbek xalqi ham jahon ham jamiyatida o‘z
o‘rniga ega ekan hech qaysi xalqga o‘xshamagan o‘zgacha o‘zbek modulini yaratdi.
O‘zbek modulining tamoyillar quyidagilardan iborat:
- Iqtisodning
siyosatdan batamom xolisligi, Qonun ustuvorligi, Davlat bosh
islohotchi, Kuchli ijtimoiy siyosat, Bozor munosabatlariga bosqichma-bosqich o‘tish.
O‘zbek moduliga asoslangan bu sohalarning bari bugungi kunda qonun
himoyasida. Barcha qonunda belgilangan qaror va qonunlar asosida o‘z mezonida bu
sohalar ish faoliyat yuritmoqda. Demakki qonun hamisha
ustuvor yurtda adolat
hukmron. Qadim o‘tmishimizdan ham bizga ma’lum hozirgi tadbirkor atamasini biz
100
be’malol Ilk o‘rta asrlarda yashagan dehqon atamasiga taqqoslashimiz mumkin,
zeroki o‘sha vaqtlarda ham dehqonning nufuzi qishloq xoqoni darajasida bo‘lgan.
Keyinchalik esa savdogar olib sotarlar paydo bo‘lib ularning nufuzi sezilarli darajada
pasaydi. Ya’ni o‘sha paytlarda xalqimiz o‘z faoliyatini dehqonchilik va
chorvachilikdan sekin asta hunarmandchilik savdo-sotiq ishlab chiqarishga qaratdi.
Bugungi kunga kelib esa ularning nomi mutlaq o‘zgardi, ishbilarmon kishilarni endi
odamlar biznesmenlar ya’ni tadbirkor tijoratchilar kabi so‘zlar asosida nomlashdi.
Ko‘p bor so‘zimning orasida ishlatayotgan biznes so‘zini lug’aviy ma’nosiga bir
nazar tashlaylik. “Biznes” so‘zining ma’nosi tijorat, savdo, firma, ishbilarmonlik
faoliyatini bildiradi. Biznes qandaydir ishning tijorat amalini
yoki alohida korxona
siyosatini bajarishni bildirishi mumkin. Demak bundan ko‘rinib turibdiki biznes va
tadbirkorlik tushunchalari juda ko‘p umumiylikka ega va amalda bir
birini almashishi
mumkin. Yurtimizda kichik biznesni rivijlantirish yakka tadbirkorlik subyektlari
yana ham ko‘paytirishga doir ko‘plab chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Yana muhtaram Prezidentimiz so‘zlariga murojat qilamiz, xalq boy bo‘lsagina,
davlat boy bo‘ladi. Xalqimiz qachon boy bo‘lishi mumkinligi esa bizga ma’lum, har
bir shaxs tadbirkorlik ruhida yaratuvchanlik va izlanuvchanlikda bo‘lsagina bu
so‘zlar amalda o‘z isbotini topadi. Yurtimizning qaysi shahar tuman yoki
qishloqlarida bo‘ladimi tadbirkor yoki ishbilarmon kishilarning ish faoliyatiga nazar
tashlang. Xo‘p mayli keling ularning
kun tartibiga bir nigoh qadang, hech bir
daqiqasi yo‘qki behudaga o‘tsa, yonib turgan ko‘zlarida hamisha xalq xizmatida
bo‘lishdek ma’no yashaydi. Elga xizmat oliy himmat degan naql bor xalqimiz
orasida, Lekin har doim ham xoxish istak bilan imkoniyat
baravariga xizmat qila
olmaydi. Sababi biri mavhum ot bo‘lsa ikkinchisi mehnat yoki harakat mahsuldir.
So‘zim oxirida shuni ta’kidlashim lozimki biz uchun berilgan ajoyib imkoniyatlar
eshigi doim ochiq, uni to‘ldirish faqat biz mustaqil yurt farzandlarining vazifa va
burchidir.
Do'stlaringiz bilan baham: