42
II BOB. YANGILANISH JARAYONIDA POETIK OBRAZ JILOSI.
II.I POETIK OBRAZ VA G‘OYA UYG‘UNLIGI.
“1990 - yillar she’riy tafakkuridagi chin yangilanish 2000 - yillar shoirlari
ijodida sifat jihatidan yuqori bosqichga ko‘tarildi. Bu davr she’riyati qandaydir
buyurtmadan butunlay yuz o‘girib, shaxsning fikri va hislarini rasmiy tushunchalar
changalidan chiqarishga, obrazlar va fikr mustaqilligi hamda ko‘ngil erkini oliy
haqiqat hisoblab yashashga undadi”
12
.
Shu o‘rinda san’atda, obraz masalasiga qisqagina to‘xtalib o‘tsak. Bu
ijodkornig estetik qobilyati, badiyat va mahorat bilan bog‘liqlikdagi namoyon
bo‘ladigan jarayon. Yangi obraz - bu ijodiy niyatlar, badiiy falsafiy g‘oyalar qay
tariqa, qanaqa yangi shakllarda ifodalanadi degan gap. Shunday ekan, ko‘ngilda
tug‘ilgan ijodiy maqsadni g‘oyat xilma-xil yo‘sinlarda, hali uchramagan obrazlarda
aks ettirish mumkin. Bu esa, nihoyatda qiyinchilik bilan va amalga oshadigan
hodisadir. Shuni takidlab o‘tishimiz kerakki ijodkor asarlaridagi yangi obrazlar
estetik idealning rangin qirralarini yoritishga xizmat qiladi. Xo‘sh, bu jarayon
istiqlol davri she’riatida qay darajada amalga oshirilyapti, ijodkorlarning yutuq va
kamchiliklari nimalarda? Fikrlarimizni mustaqillik davri o‘zbek she’riati bilan
bog‘lagan holda davom ettiramiz.
Istiqloldavri she’riyati nihoyatda mavzular erkinligi bilan e’tiborni tortadi.
Ayniqsa, obraz yaratishdagi shakliy erkinlik mazmuniy erkinlik bilan
uyg‘unlashib, yuqori saviyadagi she’riy durdonalarning dunyoga kelishiga sabab
bo‘ldi. Milliy she’riyatimiz o‘z zaminidan, o‘z ildizlaridan uzilmagan holda
adabiyotdagi ilg‘or tajribalardan bahramand bo‘la boshladi.
Shunday shoirlarimizdan biri Shavkat Rahmondir. Shavkat Rahmon lirikasi
betakror obrazlar silsilasi mavjuddir. Shoir har bir fasl, tog‘, daraxt, soy, oy,
yulduz, bulut, giyoh, xazon, bog‘, gul, qush, kapalak, dengiz, o‘rmon, bo‘ri, tun,
ko‘z, quyosh, yer kabi obrazlar zamiriga yangi-yangi ma’nolarni jo etadi,
favqulodda fikrlar aytib, kutilmagan hayotiy xulosalar chiqarishi bilan o‘zigacha
12
Ulug‘bek Hamdam Yangi o‘zbek she’riyati“Adib” Toshkent– 2012
43
bo‘lgan shoirlaridan farq qiladi. O‘z fikriga o‘quvchini ergashtirib, uning hissiy,
aqliy quvvatiga ta’sir etib, she’rning umumiy pafosiga uni ham sherik qiladi. Shu
bois aytish mumkinki, shoirning har bir yaratgan yangi obrazi - yangi bir betakror
hilqat sanaladi!
Olim B.Sarimsoqov ta’kidlaganidek: “Obraz mohiyatiga ko‘ra harakatdagi
voqelikdan iborat”
13
,-deydi. Bu voqelik ijodkor ongida qayta idrok etilib,
dunyoqarash va idealga uyg‘unlashtirilib, so‘ng obraz sifatida yaraladi. Har bir
obrazda hayotning bir parchasi, qandaydir voqelik, ruhiy holat botin bo‘ladi. Endi
mazkur obrazning qanchalik tabiiy, go‘zal, jozibali, hayotiy, favqulodda yaralishi
ijodkor shaxsning ruhiy olami, hissiy va aqliy qudrati, darajasi va estetik idealiga
bog‘liq. “Ana shularning hammasiga g‘ayb bir payg‘om - ilhom ham qo‘shilsa,
to‘g‘rirog‘i, asos bo‘lsa, asar barkamol, badiiy mukammal chiqadi.”
14
Shavkat Rahmon lirikasida shu qadar original obrazlar mavjudki, har bir
qo‘llangan obraz, ikkinchi yo uchinchi she’rda o‘zga ohang (ha, ohangi ham
o‘zgaradi!) va ma’no ramz falsafani akslantiradi. Shu o‘rinda aytib o‘tish kerakki,
uning she’rlarida obrazlarning shakllanishida detallarning o‘rni katta. Shoir
avvaliga biror detalni qo‘llab, unga ma’lum vazifa yuklagan bo‘lsa, she’rdan-
she’rga uning ma’no ko‘lami kengayib, obrazga aylanadi, ya’ni obrazning obraz
bo‘lib shakllanishida uning detallik bosqichi ahamiyatlidir. Ana shunday detaldan
o‘sib chiqqan obrazlardan biri oydir.
Oygulladi. Osmontoqiga,
Yulduzlarnikimdirqoqadi.
O‘zanlarda sokin to‘lg‘anib,
Tag ‘in quyuq kunduz oqadi.
Oy haqida mumtoz she’riyatlarimizdan boshlab shu kungacha yuzlab
o‘xshatishlar mavjud. Lekin bu yerda oyning gullashi - atrofida yulduzlarning
13
I.G‘aniyev, N.Ofoqova, A.G‘aniyeva Shavkat Rahmon olami Toshkent
“Akademnashr”, 2013
14
I.G‘aniyev, N.Ofoqova, A.G‘aniyeva Shavkat Rahmon olami Toshkent
“Akademnashr”, 2013
44
guldek ko‘rinishi nihoyatda go‘zal topilgan obrazdir. Ko‘z o‘ngingizda darhol
olma yoki shaftoli gulini yulduzday sochilgani namoyon bo‘ladi. Shu o‘rinda haqli
bir savol tug‘iladi oy qanaqasiga gulashi mumkin? Axir bu she’riyat haqidagi biz
o‘qib o‘rgangan ongimizga joylashtirgan tasavvurlarni, qoliplarni inkor etyapti-ku?
Demak, hamma gap adibning ongi va dunyoqarashida qolyapti. Qanday mavzu va
yangi obrazni jilolantirmasin, falsafiy-pisixologik tahlil eta bilishida. Tabiatning
zafari yoki inqirozi orqali (shu o‘rinda insonni nazarda tutib o‘tadi) tiriklik
falsafasini, jamiyat pisixalogiyasini, umr hikmatini badiiy mujassamlashtira
olishda ekan.
Shavkat Rahmon lirikasi uchun istioraviy o‘xshatishlardan keyin obraz
yaratish an’ana-uslubga aylangan. Har qanday yangi obraz hayotiyligi, joziba-
ta’sirini ta’minlash uchun aniq bir makon va zamon bo‘lishi kerak. Shavkat
Rahmon lirkasida makon va zamon masalasi hamisha tayin, ishonchli, faol.
Chunki, har bir obrazda shoirning voqelik, hodisaga shaxsiy munosabati bor. Unda
shoir dunyoqarashi, ideali, estetik olami mujassamlashgan.
Shoir lirikasini sinchiklab kuzatgan shaxs eng ko‘p uchraydigan an’anaviy,
ayni paytda, individual obrazlarni tez payqaydi. Bular eng xarakterli, betakror,
faqat Shavkat Rahmon lirikasida o‘zgacha ma’no, qirra, ramz, falsafa aks
ettiradigan obrazlar: it (20); qush(19); xoin (16); bulbul (15); tog‘ (14); qul (10);
daraxt (10); vaqt (9); ot (8).
Ana shu faol obrazlarni shoir har bir she’rda yangi bir ma’noda, yangi bir
fikr, g‘oya, tasvir, hodisani ta’sirchan anglatish uchun o‘z o‘rnida, mantiqiy
izchillikda, hissiy va aqliy quyuq mushohada bilan istefoda etadi. Bu orqali
ma’naviy qadriyatlarni himoya qiluvchi umumbashariy mazmundagi xulosalarni
chiqarib boradi. Badiiy fikrning mo‘jizakorligi shundaki, u shaxs va jamiyat siyrati
bilan suvratini bir mag‘zning ikki bo‘lagi sifatida aks ettira olsagina, o‘z davrining
yangi bosh obrazlaridan bo‘lib qoladi.
Endi qushlar obraziga e’tibor qarating.
45
Qushchalar, sayroqi qushchalar
Qafasda bo‘g‘ilib sayrashar,
Betoqat tipirlab simlarga
O ‘ralgan olamga qarashar...
Bu misralar ham daf’atan erksevar shoir Abdulhamid Cho‘lponning 1924 yili
yozilgan “Qushning hadigi” she’rini esga soladi. Unda “ulug‘ zehniyat” bilan
qurilgan qafasga o‘zini urib, chirqillayotgan qush obrazi tasvirlangan. Bu qushning
yodi-hayoli dalalarda, o‘rmonlarda erkinlikda. Shu bois u shiplarga yalinadi, tomni
teshib chiqmoqchi bo‘ladi, o‘zini devorlarga uradi. Ammo atrof karaxt, hissiz
devorlarning sezgisi yo‘q, tuyg‘usi yo‘q, tovush bermas. Tegra - butun ruhsiz
gavda: “Nechun mundoq bo‘lding?”-demas.
Qushlar - erkinlik, hurriyat, ozodlik ramzi. Ana shu sayroqi qushcha-erkin
kuylaguvchi, ozodlikni sog‘ingan lirik qahramon qafasda, bu ham etmagandek,
bo‘g‘ilib sayrar! Uning ovozi - yurt, shoir, elining ozodlik ramzi. Bu erda qushcha
huddi Cho‘lpon she’riyatidagi singari istioraviy obrazga aylantirilgan. U butun bir
xalq, millat, lirik qahramon-shoir qalbi, erki, o‘zligi. Ammo, Shavkat Rahmon
Cho‘lponni shunchaki boshqacha shaklda takrorlamasdan, qush obrazini
rivojlantiradi. “Qushning hadigi”da qush o‘z holiga achchiq-achchiq bo‘zlasa,
o‘zining hurlik chog‘larini sog‘insa, Shavkat Rahmonda qush bitta emas, ular
ko‘pchilik. Ikkinchi tarafdan esa: Qushchalar, ozodruh qushchalar Olamdan ko
‘zlarini uzmaydi, Chirqirab o ‘zlarin holimas, O‘zgalar holiga bo ‘zlaydi.
Ha, bu qushchalar o‘z holiga emas, o‘zgalar holiga bo‘zlaydi. Ular ozod ruh,
ha, ular jismonan qafasda bo‘lsa ham, ruhan ozod. Go‘yo inson qamoqda bo‘lgani,
qo‘li kishan, zabun, xor bo‘lgani bilan, ongda, fikran ozod bo‘lganidek, chunki
uning fikrini kishanlash imkonsiz-da! Qafasning o‘zi-ku cheksiz bir zulm, shu
zulm simlari ichidan munavvar olamni ko‘rib, bu erkin, ozod olam bilan o‘zini
qiyoslash azobichi?! “Lirik qahramonning o‘zi qafasda, mahkum, lekin yana o‘z
holiga emas, o‘zgalar-millatdosh, jabr, zulm, zo‘ravonlik ko‘rsatayotgan
zamondoshlari uchun bo‘zlaydi. Bu lirik qahramon barcha zamonlarda ham boshi
46
ustida turgan qilichdan aslo qo‘rqmay, zulmga qarshi so‘z bilan keskin, murosasiz
kurashgan o‘tyurak, qaysarruh shoir Shavkat Rahmon edi.”
15
Fikrimizning yana bir jihatini ilmiy ishimiz bilan bog‘lab tasdiqlab o‘tamiz.
Faqatgina qushni olaylik. Aslida erkinlikda yashash uning hayot tarzi. Shu tariqa u
o‘zini ozod his qiladi. U shu yo‘l bilan o‘zining yashashga haqqi borligini
tasdiqlaydi. Biz qushni ojiz kuch deb hisoblar ekanmiz, u odamlarni kim deb
biladi? Nima uchun, biz faqat o‘z manfaatlarimizdan kelib chiqib mushohada
yuritamiz, xulosalar chiqaramiz? Lekin “Qush’’ manfaatlarini hisobga olgimiz
kelmaydi. Uni qafasga qamash payida bo‘lamiz. Inson oiliy haqiqat ekan, qush
ham odamlarni xushyorlikka, sezgirlikka undovchi mavjudod. Nega qushning
tiriklik falsafasi badiiy tadqiqot obyekti bo‘lishi mumkin emas? Shu ma’noda, qush
ham bugungi sheriyatnig obrazi bo‘lishi mumkin.
Yana yaproq yozgan daraxtga,
Atirgulga do‘narsan nuqul.
Kechalari chap ko‘kragingda
Qafasini sindirar bulbul.
Bulbul - bezovta qalb obrazini ifodalamoqda. Shunday kunlar keladiki, go‘yo
yaproq yozgan daraxtdek baxtga to‘lasan, go‘yo “atirgulga do‘nasan”-go‘zallik
ramziga aylanasan demoqchi. Ho‘sh, bu qanday kun?! She’rning biror satrida
bunga aniq ishora yo‘q. Lekin Shavkat Rahmon ijodining estetik ideali,
dunyoqarashi va maqsadidan mazkur kunning nomini topish mumkin. Bu -
Ozodlik, erk kuni, Turkiston va turkiylar hurlikka erishgan kun.
She’riyatning bosh o‘rganish obyekti inson, deymiz. Bu hech kim inkor
etmaydigan asl haqiqat. Endilikda mushdekgina yurak she’riyatimiz ko‘z tikkan
asosiy maydon bo‘lib qoldi. Yurakda kechayotgan azoblarning ranglarini, nimtatir
tabassum to‘lqilarini, qiynoqlarning ohanglarini, o‘y xayollar shevasini, bir so‘z
bilan aytganda ko‘ngil she’riyatimizning qon tomiri bo‘lib qoldi. Yuqoridagi biz
15
I.G‘aniyev, N.Ofoqova, A.G‘aniyeva Shavkat Rahmon olami Toshkent
“Akademnashr”, 2013
47
keltirgan baytlar o‘zida o‘zgachlikni ifodalagan obrazlari bilan ham ahamiyatlidir.
Davrlar osha yashab kelayotgan yurak haqidagi nuqtai- nazarlardan butunlay farq
qiladi. Bu she’r-shoir-jamiyat masalasida yangi nuqtai-nazari, yangi tushuncha,
yangi nigohi ila badiiy tafakkur madaniyatida shoir o‘zgacha yo‘nalish yaratdi,
deganidir. Bu esa, san’at asarlarini tushunish tushuntirish va baholashda ham
estetik mezonlarni o‘zgartirdi, yangiladi deganidir. Shavkat Rahmon she’riyatidagi
poetik obrazlar va timsollarning o‘ziga xosligi ular zimmasidagi yangi ma’nolar
mohiyatidan anglaymiz. Shavkat Rahmon so‘zning obrazi ma’no jilvalarini kashf
etishda o‘ziga xos betakror mustaqil yo‘lga ega bo‘lgan shoirdir. Shoir yangi
shaklda, yangi obraz ko‘rsatish uchun tinmay izlanar ekan, har birimizga tanish
so‘zlar zimmasiga yangi obraz va chuqur ma’nolar yuklaydi.
“Ijodkor ko‘pincha o‘z estetik idealini, bosh obrazini, badiiy g‘oyasini
tabiatdan olingan ramzlar vositasida ifoda qiladi. Har bir shoirning poetik olamini
ko‘rsatadigan betakror yangi obrazlari bo‘ladi. Deylik, “Binafsha senmisan,
binafsha senmi” deganda Cho‘lpon esga keladi. “Na’matak” Oybekdan darak
beradigan obraz. “O‘rik gullaganda”- Hamid Olimjon ta’biri, “Majnuntol tagiga
o‘tqazing meni”-Mirtemirning shoh satri. Bunday obrazlar gohida shoir
dunyosining belgilovchi xususiyatidek taassurot qoldiradi. Shavkat Rahmon
she’rlarida “tog‘” obrazi ko‘p uchraydi. Shoirning “Uyg‘oq tog‘lar” degan
to‘plami, “Yosh tog‘lar”, “Sulaymon tog‘i etagidagi o‘ylarim” nomli tog‘lar bosh
obraz qilib olingan she’rlari bor. “Uning she’rlarida “tog‘larning musaffo qori”
ko‘zga tashlanadi, uning obrazlaridagi tog‘larda tog‘lar so‘zlaydi; “tog‘lar - abadiy
cho‘kkan nortuyalar”ga o‘xshatiladi. Bu bilan esa, yangilangan, jilolangan obrazlar
yaratiladi, shoir tog‘larning guldirosini eshitadi va hatto, she’riyatimizda hech
uchramagan yangi obraz (kashfiyot ham deyish mumkin) tog‘larning “ko‘zini
topadi”.
16
Shavkat Rahmon she’riyatida tabiatning har bir bo‘lagi, har bir she’rda biri
ikkinchisini takrorlamaydigan yangi qirralari, uchinchisi to‘rtinchisidagi o‘zga-
o‘zga, yangi ma’no, ramz va obrazlarni tashiydi, jonlantiriladi. Birgina tog‘
16
Shavkat Rahmonni xotirlab B. Karimov, Shoirning o`tkir so‘zi-
Toshkent.:”Sharq” 2012. 129-bet.
48
obrazining o‘zini rang-barang ma’nolarda qo‘llaydi.
Tog‘ - mag‘rurlik, yomonliklarni to‘sguvchi, sabrli, g‘am-alamni
ko‘taradigan, oh, ux chekayotgan shaxs obrazidir, u - bahodir, u - tarix, qanoat, u -
go‘zallik, u - qalqon, u - yovdan himoya, u - hasratdan ulg‘aygan qoya obrazlarini
namoyon etadi. Bu obrazlardan mustaqillik davri o‘zbek she’riyatida keng
foydalaniladi. Masalan:
Tog‘ xo‘rsinib yubordi og‘ir –
Vodiylarga yugurdi shamol,
Yuzlarini yashirdi hilol.
Tog‘ xo‘rsinib yubordi og‘ir
Mog‘lar kabi xo‘rsinmoqkerak.
Tog‘ning xo‘rsinig‘i-shamol. Bu obraz she’riyatimizda hali uchramagan,
ishlatilmagan yangi fikrdir. Mana shuning o‘ziyoq kutilmagan yangi obraz paydo
bo‘lganidan darak berib turibdi. Tog‘ nega og‘ir xo‘rsinadi, bu qanday sodir
bo‘ladi? Bunda ham yangi ma’noli obraz bor. Chunki she’r, aslida, bahor haqida.
Qishdan, qor-u ayozlardan zerikkan tog‘ og‘ir xo‘rsinib yuboradi. Bu xo‘rsiniq esa
shamolga aylanib, vodiylarga yugurib, butun borliqni uyg‘otib yuboradi. Hilol ham
endigina boshlangan yangi faslning obrazli ko‘rinishidir, u yuzini bulutlar bilan
yashiradi. Bularning hammasi esa, shubhasiz, bahor manzaralari. Tozargan
havolar, bulutlarning shaffof hijobi ortidan maftunkor boqib turgan hilol,
vodiylarda o‘ynoqi bolakayday yugurib yurgan mayin sabobularninig o‘xshatishu
obrazlaning bari esa yurakni uyg‘otib yuboradi. Xo‘rsinsang, bahorni boshlab
kelgan tog‘day xo‘rsinging keladi! Xullas, shoir talqinidagi tog‘ obrazi bu- tush
misoli tutib va yetishib bo‘lmas erk, haqiqatga erishish. Bu- fikr-tuyg‘u-ruh
erkinligi demak. Shu jihatdan ham shamol zimmasiga g‘oyat aniq va teran manolar
yuklaydi. Chunonchi shamol bu-erk obrazi. Shaxs erki millat va Vatan ozodligi,
fikr va ruh erkinligi ana shu shamol obrazida mujassamlashadi. Shavkat Rahmon
obrazlari, timsollari, badiiy umumlashmalari orqali shamolning ana shu taxlit turfa
ma’no qatlamlarini, yangi she’rning falsafiy-estetik tabiyatini kashf etib kelayotgan
49
istedod egasidir.
Shavkat Rahmon ijodidagi bu estetik hodisaning o‘z ruhiy-psixologik asosi
mavjud. Nazarimizda, shoir esini taniganidanoq toqqa nazari tushgan, tog‘ bilan
yurgan, tog‘ bilan nafas olgan. Shu ruhiy asos uning she’rlariga ko‘chib, badiiy
libos kiygan va jonli tog‘lar obrazi tug‘ilgan. Og‘ir kasallikka chalingan kunlarida
ham u “tog‘larga ko‘chib ketish”ni istab yotadi.
“Zilol suvlar jildirab oqayotgan, musaffo havosi rohat bag‘ishlaydigan tog‘larga
o‘tov tikib yashashani orzu qiladi”.
17
Shu o‘rinda bir rivoyatga murojaat etamiz. Hakimlar aytishadi: “Mustaqim
(to‘g‘ri yo‘ldan yurgan) kishi toqqa o‘xshaydi. Tog‘da to‘rt alomat bor: u issiqda
erimaydi, sovuqda muzlamaydi, shamolda qimirlamaydi, sel oqizib ketmaydi.”
Bu rivoyatni, tog‘ va inson obrazlarini istagancha sharhlash mumkin. Deylik,
mustaqil odam maqtovlardan taltayib ketmaydi. O‘zini biladi. Nojoiz lafzlarga
sukut bilan javob beradi. Nafsiga qul bo‘lib, uning shamollarida uchmaydi...”
18
Shavkat Rahmon she’riyatida ham ko‘pchilik shoirlar singari armon obrazi
ham bordirki, u bir qarashda ko‘zga tashlanmaydi, ba’zan o‘z nomi bilan
atalmasligi obrazlarning jilolanishiga sabab bo‘ladi. Shoir she’rlarining mutolaasi
davomida uning aynan “Armon” deb nomlangan she’rini (1979 - yilda yozilgan 1
ta she’ridan tashqari ) deyarli topmadik. Demak, gap uning nomida emas, hammasi
mohiyatda, obrazlarning jilolanishi-yu, qanday ifodalanishida, yangi butunlay
o‘zga ma’no anglatishida.
Shoir hech qachon “mana mening armonim”, deb aytmaydi. Agarda, bunday
yo‘sinda aytganida ham she’rxon baribir unga ishonmasligi mumkin edi. Shu bois
u so‘z ortiga asl so‘zni, chin haqiqatni, haqiqiy obrazlarni yashirishni ma’qul
ko‘rdi. Shoir o‘tmishning qora kunlarini eslab yozgan quyidagi she’rlarini tahlil
qilamiz
Bunda har bir chechak, har bir giyohning
Osmonni to ‘sguday haybati bordir.
Bu diyor naqadar ulug‘ bo‘lsa-da
Ulkan odamlarga naqadar zordir.
Mana shu satrlarning o‘ziyoq shoir elkasini ezib turgan dardning, millatidan
chiqqan katta, jasoratli odamlarni ko‘rishdek armonining yaqqol ifodasidir.
Qolaversa, xalqining mash’um urushni ko‘rgani va uning surati asrlar davomida
17
Shavkat Rahmonni xotirlab B. Karimov, Shoirning o`tkir so‘zi-
Toshkent.:”Sharq” 2012.
18
Shavkat Rahmonni xotirlab B. Karimov, Shoirning o`tkir so‘zi-
Toshkent.:”Sharq” 2012.
51
bobolar ruhini bezovta qilajagini og‘riq bilan yozadi “Urush suvrati” nomli
she’rida:
Qonga botgan dunyoni ko‘rib,
Azoblarga berolmasdan dosh.
Ulkan, qizil quyosh har kuni
Olib ketar uzoqlarga bosh.
Quyosh-nur, rizq, iqbol kabi yangi, butunlay boshqacha obrazni ifodalaydi.
Uning bu yerlardan bosh olib ketishi, yurtining ma’lum davrlar ichida ma’naviy
nurdan ayrilib qolgani shoirning armoni emasmi? Bizning bu ma’noni teranroq
anglab olishimizga shoir qo‘llagan botayotgan quyosh obrazi katta yordam beradi.
Xususan, har bir so‘z she’riyatda zimmasida tashigan obraziga ko‘ra turfa mazmun
kasb etadi. Har bir shoir she’riyatidagi obrazlar manosiga qarab bir- biridan farq
qiladi. Shavkat Rahmon she’riyatida esa, bu yangi bir alohidalik kasb etadi.
Demak, Shavkat Rahmon poetikasida metaforalar va majozlar qo‘llab yangi
obrazlarga serqatlam ma’nodorlikka ega bo‘lgan ko‘rinishlarni vujudga keltiradi.
Zamon har bir shoirning ko‘nglidagi gaplarini ochiq aytishga imkon berdi.
Shu bois chechaklar-u giyohlardan, toshlarning gullashi-yu, tog‘larning
uyg‘oqligidan shoir siz bilan biz o‘ylagandan ko‘ra ko‘proq ma’no istadi. Ularni
o‘z fikrlarini ifodalash vostasiga - timsol-u ramzlarga, badiiy obrazlarga aylantirdi:
Shoir she’riyatini tadqiq etayotgan tatqiqotchi, xususan biz ham undagi vaqt
falsafasiga be’tibor o‘tolmaymiz. Shoir vaqtga, hatto uning bolalariga ham, tom
ma’noda, sig‘inadi va qator yangi obrazlar tizimini shakllantiradi. Har daqiqa,
lahza, soniya ham uning uchun ahamiyatsiz emas. Shoirning iqrori shuki, vaqt
hech qachon insonga qul bo‘lmaydi, u sizdan, bizdan tashqari chiqib ketish, ya’ni
bizni tashlab ketish qudratiga ega. Bunda vaqtni o‘z vujudiga qamay olganlargina
yutadi:
Vaqt senga qul bo ‘lmas aslo,
Undan kutma muruvvat, ta ’ma.
Sig ‘in unga, yolvorgin, avra,
52
Bir amallab vujudga qama.
Qul bo ‘lolmas senga, baribir,
Vaqt hamisha hushyor, jangari-
Yorib tashlar jismingni nogoh,
Chiqib ketar sendan tashqari.
Shoir vaqt obrazini talqin qilar ekan, uning har bir urinishida daqiqa obrazi
yuzaga chiqadi. U o‘sha daqiqani ham mahkam tutib olgancha yashashni,
yashaganda ham dunyoning barcha qora va kir narsalarini o‘ldirib yashashni
istaydi:
Yashamog‘im zarur har daqiqani
G‘azab bilan, sevgi bilan to‘ldirib.
Dunyodagi barcha qora narsani
Yorug‘ lahzalarda o ‘ldirib.
Umrining bir misqolini ham avaylab yashashga urinayotgan shoir ne bo‘ldiki,
butun boshli asrdan (shunday katta vaqt-a!) bezidi, uning tugashini istadi. Nega u
aynan yigirmanchi asrdan kechishga tayyor? Buning o‘ziga xos sabablari bo‘lishi
keraku? Ha, bu shunchaki yuz yil emas, bu dardlarga to‘lgan asr. XX asr shoir va u
kabilarning qalbini iztirobga to‘ldirdi. Bu davrda o‘z xalqining g‘aflatidan,
erksizligidan, ma’nan, ruhan xo‘rlanishidan, azaliy qadriyatlarining toptalishidan
ezilgan shoirning ko‘zlari o‘zligini unutayotgan xalqni endi ko‘rishga toqati yo‘q,
bu asrning bir soniyasini ham yashashni istamaydi. Chunki qullikning bir soniyasi
ham qullikdir:
Yigirmanchi asr!
Tashlab ket meni,
Boqiy go ‘zallikni bilmas bu olam.
53
Ming yilni yelkamda ko ‘tardim,
Endi malol kelayotir soniyalar ham...
“Soatga cho‘zilgan har daqiqani” sog‘inib-sog‘inib yashayotgan, “ulkan soat
o‘rtasida” madorsiz turgan shoirning dushmanlari endi huddi “to‘xtagan soatlar
misoli” juda olisda, keraksiz. Unutilgan, qadrsiz buyumday turgani uning diliga bir
oz bo‘lsa-da taskin beradi. Bizningcha, shoirning xiyonat, orsizlik, g‘aflat, qullik
singari dushmanlarini aynan to‘xtagan soat obrazi orqali jonli ifodalashida ham bir
hikmat bor.
Yashaging keladi...
Faqat umrni
qumsoat singari to ‘nkarib bo ‘lmas.
Qumsoat obraziga qarang, agar qumsoat va uni qaytarib to‘nkarib
bo‘lmasligi haqiqatni aytmaganida, shoirning vaqt va umr borasida xulosasi
bunchalik rost chiqmagan bo‘lardi. Bu she’r she’riyatning g‘oyaviy va
obrazlanishning yangi ko‘rinishidir. Lirikada davr ruh-kayfiyatini ifodalash
ehtiyoji bilan bog‘liq holda hayotiy voqealarning kuchayishi tabiiy ravishda uning
poetik obrazlarning yangilanishini taqozo etdi. Bu talabga esa Shavkat Rahmon
birinchilardan bo‘lib, labbay deb javob berdi. Natijada shoir she’riyatida o‘zgarish
yuz berib, asrlar davomida amal qilib kelingan poetik qonunlarni inkor qilib,
o‘zgargan mazmun mohiyatga mos yangi obrazlar dunyoga kela boshladi. Bu esa,
nafaqat shoir ijodida balki, butun she’riyatimiz taraqqiyotida yangi bir qadam
bo‘ldi.
Bu esa detalning kuchi.
“Daryoga aylandim
O‘ychan daryoga,
Ruhimda qadimgi osoyishtalik.
54
Qarimga berkitdim dolg‘alarimni,
Ruhimga bo‘ysundi dunyo ishlari”
19
.
Fikrning daryoga o‘xshashi oqim, dolg‘alarni (xotira, tarix, munosabat, ishq,
nafrat, muhabbat va h.k) qa’riga olib, “berkitib” yurishibu ham tom ma’noda yangi
obraz, she’riyat uchun noyob yangi topilmalardan biridir. Insonning “daryoga
aylanishi” ham uning qadimdan mavjud bezovtaligi, shiddati, qudrati, sokinligi, bu
sokinlik ichidagi yashirin imkoniyatiga ishora.
O ‘ylayman yashamoq mohiyatini,
qattiq nigohlarim osmon xatida.
Vujudim sezmayman, lazzat olaman
har fikr - ruhimning harakatidan.
Biroq, o‘ j a r kunduz tovlanar ekan,
Yashil zamzamali yiroq tog‘lardan.
Irmoqlar - jodugarpari qizlari
boshlab kelar toshloq qirg‘oqlarimga,
Shoirning o‘zi, fikridaryo obraziga singdirilgan holda namoyon bo‘ladi. U
shu sokin oqim, hayot qa’rida o‘z umri, kurashlarining mohiyatini sezadi, ruhan
yengil tortadi-vujudim sezmayman”, uning qalbi, ruhi, orzulari bezovta. “O‘jar
kunduz” - har soat, soniyada holati o‘zgarib turadigan kunning daryoda jilolanishi,
akslanishining musavvirona tasviri Mazkur o‘jar kunduz shu qadar zo‘r, rango-
rang tovlanadiki, bunga sabab “yashil zamzamali yiroq tog‘lardan” uning harakat-
“fikr” olishi. Bu yerda tog‘ning va suv obrazlari ajoyib, bir-biriga uyg‘un
zamzamani tashkil etishi - tabiiy go‘zalligi favqulodda go‘zal ilg‘angan.
Zamonaviy she’riyat XX asrning so‘nggi o‘n yilligida yangi miqyos, yangi
kengliklarga ko‘tarildi, bu davrda har bir poetik obraz badiiy g‘oya bilan
uyg‘unlashib bordi. Badiiy psixologizm tamoyillarining teranlashishi, mavzu
19
Shavkat Rahmon. Gullayotgan tosh.-Toshkent.:1985
55
doirasi va talqinida rang-baranglikka intilishning ortishi samarasi o‘laroq, ijtimoiy
muhokama o‘rniga obraz va g‘oya faolligi kirib kelishi jarayonining tezlashishi,
shaxsiy intim kayfiyat tasviri ustivorligi mustaqillik yillarida bir qadar
barqarorlashdi. Yuzaga kelgan ijodiy erkinlik sharoitida ko‘p qatlamli, ko‘p g‘oyali
she’riyat takomili ko‘zga tashlanadi. Bu davrda shoirlar g‘oyalar tizimi bilan bir-
biridan farqlandi. Shoirlar u yoki bu satrlar bilan emas, she’riyat olamida obraz va
g‘oya uyg‘unligi, bularning rang-barangligi va teranligi bilan baholandilar.
Timsollar va obrazlar asosiga qurilgan, orginal g‘oyalardan iborat she’rlar, milliy
g‘urur tuyg‘ulariga yo‘g‘rilgan publisistik asarlar, folklorning lirik jihatdan davom
ettirayotgan, uning mundarijasini bugungi ma’naviy-axloqiy masalalar talqinlari
bilan boyitayotgan asarlar dunyoga keldi.
Atoqli shoirlarimiz (Shavkat Rahmon, Halima Xudoyberdiyeva, Rauf Parfi
va b.) ijodida kuzatilgan uslubiy-shakliy izlanishlardan ma’naviy oziq olgan
she’riyat obraz va g‘oyalarning yangicha usulda qo‘llanilib, uyg‘unlashib nozik
namunaviy-umumlashma she’riyatni shakllantirdi. Bu she’riyatda so‘zni o‘zgacha
shakllarda ifoda etish, yuksak aql-idrok intelekti, fikriy tiniqlik hamda hissiy
aniqlik sari yo‘naltirish inson borlig‘ini poetik tadqiqot ob’ekti darajasiga ko‘tarish
ruhiyat iqlimlarini chuqur falsafiy-majoziy tahlil qilishga moyillik, shaxsiy
ixchamlilik asosiy vositalardan biri sifatida bo‘rtib ko‘rinadi. Shu jihatdan qaralsa
so‘z sanatining tadriji, avvalo, g‘oya va obrazlardagi o‘zgarishlar bilan
xarakterlanadi.
XX asr so‘ngida xalqimiz hayotida juda katta o‘zgarishlar bo‘lgani barchaga
ma’lum. Bu narsa adabiyotga o‘zining bevosita ta’sirini o‘tkazgani, uning g‘oya
mundarijsi va obrazlarida shunga mos o‘zgarishlar keltirib chiqargani ham
barchaga ayon haqiqat. Eng muhimi bu o‘zgarishlar majburiy tarzda emas, balki
tabiiy qonuniy tarzda, ijtimoiy-manaviy zaruriyat natijasi o‘laroq yuzaga keldi.
Ayni shu ehtiyoj lirikaning mazmuni va ruhida o‘zgarishlar yasaydi, xuddi shu
jarayonda g‘oya va obrazlar uyg‘unlashib boradi, keyin uning badiiy qiyofasi ham
shunga mos o‘zgaradi, shunga mos yangi poetik vositalar ishlab chiqariladi.
Darhaqiqat, istiqlol yillari o‘zbek she’riyatida falsafiy-intellektual ohang va
56
shunga mos obrazlar tizimi ham anchagina kuchaydi. Inson ruhiyatini, ehtiros, his-
tuyg‘ularning keng silsilasini turfa ziddiyatli buyoqlarda aks ettirish, odamzod
shuurini band etgan muammolarni butun murakkabligi bilan suvratlantirish,
Shaxsning yuksak milliy-umuminsoniy mohiyatini turli bo‘yoqdor so‘zlarsiz va
oddiy obrazlar orqali ochib berishga intilish yetakchi yo‘nalishga aylandi.
Zamonamiz shoirlari holatni qayd etish bilan cheklanmay, uning yuzaga kelish
sabablarini tahlil, mushohada etdilar. Va shu tahlil-u, mushohadalar natijasi o‘laroq
yana bir muhim g‘oyaviy-temantik yo‘nalish-yurtdagi bo‘lib o‘tgan erksizlik va
qoloqlik sababi bo‘lgan ijtimoiy hayotdagi illatlarni fosh etish yo‘nalishi vujudga
keldi. Albatta, har bir shoirning o‘z g‘oyasi, o‘z obrazi va bu ikkalasini
uyg‘unlashtiradigan usullarga ham ega, lekin mustaqillik davri ijodkorlarining
asosiy mavzusi - mustaqillikdir. XXI asr ijodxonasida yani, Mustaqillik davri
she’riyatida bu so‘zning qamrovi juda keng bo‘lib, zohiriy sabablarning botinida
ozodlik yotadi. Natijada yuqorida aytib o‘tganimizdek shoirlar ijodida bir g‘oya
doirasida bir necha xil obrazi ifodalar yuzaga keldi.
“Agarda diqqat bilan kuzatilsa, mavjud barcha she’rlarni ikki katta qatlamga
ajratish mumkin:
-
poetik g‘oya va obrazlar ifodasida fikriy umumlashmalar yetakchilik
qiladigan she’rlar;
-
poetik
g‘oya hamda obrazlar ifodasida asosan shoir tuyg‘usi,
kechinmasining ustunligi seziladigan badiiyat namunalari”.
20
Asliniolgandamanashuikkalaqatlambirlashibginazamonlarsilsilasidanomonchiqadi
gan, keyingiasrgao‘zaravasinitortibo‘taoladiganasarlarniyaratishmumkin. Har bir
shoirning adabiy g‘oyaviy qarashlari ijtimoiy voqeliklar o‘rgangani sayin
takomillashib,rangin ma’nolar kasb etib borganini kuzatishimiz mumkin. Masalan
Erkin Vohidovning “bir tomchi quyosh o‘ynar” she’rini o‘qiymiz.
Bu hayot gulbog‘ida,
Bahoriy iliqligu
20
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. -Toshkent: Fan. 2007.
57
Nahoriy tinqlik bor.
Ko‘z ochib nur qo‘ynida
Ko‘rdim yorug‘ dunyoni.
Bu olamda neki bor
Bari tortar havasim
Lolalar qahqasi,
Chechaklarning handasi,
G‘unchalar yuzidagi
Sal uyatgan tabassum…
Erkin Vohidovning she’riyatida hayot go‘zalligini kuylash, tarannum etish
yetakchlik qiladi. “bir tomchi quyosh o‘ynar” she’ridagi uushbu parcha, shoir
ijodining o‘ziga xos bo‘lgan badiiy-g‘oyaviy yo‘nalishni ma’lum darajada kashf
etadi. Erkin Vohidov hayotdagi, jamiyatdagi, odamlar tabiatidagi go‘zlliknilikni,
nafosatni detallashtirib obrazlantirish orqali ifodalaydi. Ushbu parchadagi g‘oya va
obrazlar bir - birini to‘ldirib, boyitib boradi. Yuqoridagi she’r ijtimoiy hodisa
sifatida Insonning g‘oyaviy - ruhiy mohiyatidan ibtido oladi, yani insonning shod
xurram yurishi faqat tashqi omil-tashqi, shart-sharoitlargagina bog‘liq jarayon
bo‘lmay, ayni paytda ichki omil-insonning zoti bilan, unga joylashgan ruhiy
mohiyatning ijtmoiylik shaklida namoyon bo‘lishi bilan ham bog‘liqdir.
Yuqoridagi she’rning g‘oyasi va bu g‘oyani ifodalagan obrazlar ana shu
mohiyatning namoyon bo‘lishi shakllaridan biridir.
Avvalo shuni aytish joizki, dunyoda qancha she’r, shoir bo‘lsa, shuncha g‘oya,
shuncha obraz va lirik kechinmani ifodalashning ham shuncha usuli, yo‘li mavjud.
Bu holat lirik kechinmaning g‘oyasidan kelib chiqadi, u har bir ijodkorda
lirikasidagi obrazlarida o‘ziga xos kechadi. Ammo barcha obraz va g‘oyalardagi
umumiy tomonlarni hisobga olib ajratilsa, ularni ma’lum guruhlarga ajratish
imkoniyati tug‘iladi.
58
…Endi safsar kechalarda oq,
mash’alalar tutib, ulug‘vor
Kengliklarda kezar chiroyli
kunduzlarni axtarib bahor.
Shavkat Rahmon qalamiga mansub satrlarda g‘oya, obraz va hissiyotning majoziy
uyg‘unlashuvi suvratlangan. She’r g‘oyaning, ruhiy holatning inson tasavvuriga
o‘tkazgan shuuriy bosimi obrazlar hosilasi sifatida maydonga kelgan. Tabiatni
moddiylashtirishga moyillik shoir g‘oyalarini ifodalash vositasiga aylangan.
E’tiborli jihati, kayfiyat chizgisi bahor jozibasi, nafosatiga hamohang–hamjins-
hamnafaslikda bahor obrazida ayonlashadi. She’rda, ifodalangan g‘oya yetakchi
o‘rinda tursada fikrni yoritadigangan bahor obrazi mavzuni oydinlashtiradi.
Yaniki, she’rni yozish uchun shoirda hissiyot kechinma paydo bo‘lgan, keyingi ish
g‘oya topish va bu g‘oya talabiga javob bera oladigan obraz yaratish va bularni bir-
biri bilan uyg‘unlashtirish kerak. Shundagina ajoyib san’at asari paydo bo‘ladi.
Ijokor bu vazifalarni yuksak bir ma’suliyat bilan uddalay oldi. Yana bu jarayonda
nafaqat g‘oyani to‘laligicha ifodalay oladigan obraz, balki tuyg‘u, o‘y, fikr, ohang,
ritm shaklarini ham shoir ko‘nglidan o‘tkazadi.
Shu o‘rinda bir qiziqarli holatga duch kelamiz. Lirik kechinma va she’riyat
munosabati, badiiy g‘oya va obraz munosabatiga o‘xshab ketadi. Badiiy asarning
g‘oyasi uning umumiy ruhini bildirsa, obraz she’rdagi asosiy g‘oya singdirilgan
fikrni ifodalab beradi. Lirik g‘oya obrazga nisbatan keng tushunchadir. Aniqrog‘i,
g‘oya obrazni qamrab oladi, ammo har qanday obraz g‘oyani shakllantira olmaydi.
Shoir she’rga, g‘oyaga asos bo‘ladigan obrazni yuzlab hislar orasidan tanlab,
ajratib oladi. Taqsimotning shartlaridan biri obrazning estetik tomoni-go‘zalligidir.
Ayni paytda, mazmuniy ifoda etakchi ahamiyat kasb etmaydi. Chunki, obraz asl
holatda yoqishi yoki yoqmasligidan qat’iy nazar, san’at asarida qayta tiklanar,
g‘oyaga muofiqlashtirilar ekan, muqarrar badiiy zavq manbaiga aylanadi, ya’ni
albatta yoqimlilik kasb etadi. Umuman, she’riyat kishi qalbiga, eng avvalo, ruhiy
tashnalik, cheksiz ehtiyoj, ajib bir sehr tariqasida kirib keladi.
59
Poetik g‘oyaning markazida lirik obraz turadi. U bizga shoir estetik ideali suvratini
chizadi hamda shoir ma’naviyatining mazmuni to‘g‘risida ong dalolatnomasini
shakllantiradi.Zero, obraz-lirik g‘oyaning harakatlantiruvchi kuchi va asosi, uning
mohiyatidir.
Voqeaband she’rlarda g‘oyaning umumiy obrazi asosan shoir shaxsi orqali
namoyon bo‘ladi. Poetik obrazlar bu taxlitdagi she’rlarda uyg‘unlashgan shaklda
bo‘lib, poetik g‘oya she’r ichiga yashiringan bo‘ladi. Ayniqsa keyingi yillarda
she’rning bu shakli urfga kirdi. Masalan, shoir g‘oyasining o‘zi to‘g‘risida bevosita
hech nima demaydi, balki lirik obrazlarning yoki ruhiy holatning o‘zini berish
bilan cheklanadi. Bunda g‘oyaga sabab bo‘lgan hayot hodisasi u kechgan joy
tasviri, unga aloqador obrazlarning uyg‘unlashishidan shoir tuyg‘usi, ko‘ngil
kechinmasi to‘g‘risida taassurot olamiz. Hissiy aniqlik va fikriy tiniqlik g‘oya va
obrazning birligi she’rnig o‘ziga xosligini belgilaydigan muhim xususiyatlardan
biridir. Bularni to‘g‘ri mo‘ljalga olish zaruriy ehtiyojdir. Negaki, mushohadaning
tasavvuriy ifodasi va ijodiy ishlanganlik darajasi orasida muayyan ma’noda ichki
aloqadorlik mavjud:
Sahar turdim, quyoshni kutdim,
Shudringlarda chaydim yuzimni.
Buloqlarga labimni tutdim,
Va borliqda ko‘rdim o‘zimni.
ShavkatRahmonningyaratganijodnamunasidag‘oyavamanzaraorasidaobrazla
rshakllanganligianiqko‘rinadi. Tong g‘oyasi bilan lirik qahramon kayfiyati
o‘rtasidagi hamohanglik “quyosh”, “shudring”, “buloq” va “borliq” obrazlari
atrofida uyushadi. Natija esa, hissiy obraz jarayonining shakllanishi va namoyon
bo‘lish tarzi, tasavvur aniqligi hamda yangi g‘oyaning zalvori nisbati bilan
o‘lchanadi. She’rda shoir o‘zini tabiyatning bir bo‘lagi ekanligini aytib o‘tadi va
bundan baxtiyorlik g‘oyasini ilgari suradi. Tabiyat bilan birlik g‘oyasini ifodalash
uchun “quyosh”, “shudring”, “buloq” va “borliq” obrazlaridan foydalanadi.
G‘oyasining bag‘riga topgan obrazlarini singdiradi, ularni bir-biri bilan
60
muofqlashtiradi, uyushtiradi. Natijada, ajoyib she’riy satrlar dunyoga keladi.
She’rda yashash, hayotga tashnalik masalasi ideal darajasiga ko‘tariladi. Ideal
(yun. Idea-timsol, g‘oya, tushuncha) bu she’rda ideal g‘oya masalasi juda
murakkab, ko‘p qirrali. U hamma davrlar uchun muhim hisoblanib kelgan. Faqat
o‘z qiyofasini o‘zgartirib–turlanib turganligi bois idealni har doim ham suvning
yuzasida uchratish mumkin emas. Aslidachi? Aslida u goh ideal obraz, goh esa,
ideal g‘oya- mafkura sifatida yashagan. Halima Xudoyberdievaning “Ikki qushcha
bor” she’rida baxt bilan g‘am qushchalarga qiyoslanadi. Ikki qushcha-bu lirik
qahramonning quvonchli va alamli kunlarini ifodalovchi obrazdir. Ular har soniya
hamroh. Aslida “g‘am qushining rangi qop-qora”. Hatto qorong‘u kechalar ham
uning sharpasini ilg‘ab titroqqa tushadi. Quvonch qushi tumanlar aro uchib
kelganda esa “yayrab potraydi”:
Men bir ovchi noshuddan-noshud,
Bu ikki qush ham baxt, ham sho‘rim.
Otdim, qaro qush bo‘lmas nobud,
Oppoq qushni tutolmas to‘rim…
Sharq she’riyatida, xususan, o‘zbek adabiyotida qushcha erk, ozodlik obrazi
sifatida barqarorlashgan. U shaxsning ham ma’naviy, ham intellektual erkinligi
g‘oyasini o‘zida mujassamlashtiradi. Agar, e’tibor bersak, ana shu obraz
onggimizdagi g‘oyaga muayyan obraz baxsh etayotir. Demak, g‘oya - bu ibtido-yu,
intihoga ega bo‘lmagan, qotib qolgan, rivojlanishdan to‘xtaydigan turg‘un holat
emas ekan. Ilk satrdagi fikr botiniy mantiq tadrijiga ko‘ra badiiy g‘oyaga
aylanayotir. Qushcha - bu shunchaki oddiy g‘oya emas. U lirik qahramonni erta -
yu kech, aslo tark etmaydigan ruhoniy tuyg‘u. Biri -g‘am, ikkinchisi - quvonch
obrazlaridir.
Qushcha haqidagi tushuncha badiiy obrazga aylanar ekan, u ijtimoiy-falsafiy
ma’no tashiydigan majoziy g‘oyaga aylanadi. Ikkalsi birlashib, uyg‘unlashib yaxlit
she’r holiga keladi. Mazkur jonzot she’rda yangidan-yangi qirralarni namoyon
61
etadigan vositani ifodalaydi. Shu tariqa ijodkor talqinida g‘oyaviy-tasavvuriy-
tasviriy va obrazlar yaxlitligi birlamchi o‘ringa ko‘tariladi. O‘z-o‘zidan ayonki,
obraz doimiy tarzda tafsilotni badiiy markazga yig‘ishga intiladi. Shu o‘rinda bir
holatga to‘xtalib o‘tamiz.
Matndamavjudadabiytilqonuniyatlarinegizidasubyektivijodiynutqshakllanga
nligiko‘zgatashlanadi. Lug‘aviy ma’nodan mifopoetik tasavvurga, mifopoetik
idrokdan poetik obraz qurilmasiga o‘tish lisoniy birliklarning sintetik ko‘lamini
belgilaydi. Shartli-nisbiy ravishda tartibga solingan - qayta ishlangan she’rdagi
uyushiq bo‘laklar g‘oya va obraz uyg‘unligini ta’min etadi. Bu holat esa,o‘z
navbatida grammatik va uslubiy me’yorlarning erkin harakatlanish miqyoslarini
belgilab beradi.
Haqiqiy poeziya-hayotning tub-tubiga boqa bilishdir. Shoir qancha
iste’dodli bo‘lsa, uning ko‘zi hayot ildizini shuncha aniq ko‘radi, mohiyatini
bexato anglab etadi. Shoir Rauf Parfi o‘zining betakror ijodida turli mavzularga
murojaat qilib har xil g‘oyalardan foydalangan xolda yangidan-yangi go‘zal poetik
obrazlar yaratdi. Yana shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, shoir va she’riyat
uchun hurriyat, vijdon millatparvarlik g‘oyalari taqozo etgan kurashchan
ijtimoiy dard asosiy maqsad, asl matlab emas. Uning o‘zi tabiatan ruboiy-lirik
ibtido-azaliy nafosatsiz, qolaversa sof insoniy, ruhiy-ma’naviy ehtiyojlarsiz yashay
olmaydi. “Rauf Parfining she’rlaridan birida yana shunday murakkab ruhiy holat
faqat haqiqiy shoir, o‘zi yoqqan alangada yongan chin fidoiy ijodkor iztiroblari
haqqoniy ifodalangan”
21
.
Derazamga uriladi qor,
Jaranglaydi jarangsiz kumush (40-bet)
Ushbu misralarda lirik qahramonning o‘z sevgilisini, o‘ylagan paytda xotirasi
yog‘ayotgan oppoq qor obraziga qiyos qilanadi. Shu lahzaning oqlik belgisi
istioraviylik yo‘li bilan kumush, deyiladi. Chunki kumush rang tovlanish bilan
21
Rahimjonov N. Mustaqillik davri o‘zbek she’riyati. -Toshkent: Fan. 2007.
62
tungi yoki tonggi qorga o‘xshaydi. Qor obrazining oppoq xotiraga va bu xotiraning
kumushga o‘xshatilishi ikki narsa o‘rtasidagi rang mushtarakligi asosidagi
metaforin obrazni yuzaga keltiradi. Ammo metaforik obrazning faolligini oshirish,
ya’ni “kumush”ning ta’sir doirasini kuchaytirish uchun “jarangsiz” so‘zini
keltiradi. Natijada, g‘oya va obraz yakdilligi vujudga kelib, metaforik obrazning
she’r g‘oyasini ifodalashdagi faolligi kuchaygan.
Rauf Parfi asrimizga, kundalik hayotimizga xos bor barcha yaxshi-yomon, ezgu
va yovuz voqea-hodisalar yuragi, iymoni but, vijdonli, aqli barkamol insonlarga
shamol-u, bo‘ronlar kabi tinglik va orom bermasligini “dor” istioraviy obrazi
vositasida betakror ifodalay olgan. Uning she’ridagi yaxshi bir jihat asrimiz ofati
tashvishi va quvonchi dor, daraxt, cho‘yan, temir kabi so‘zlarning ma’no zamiriga
yashiringan istioraviy obrazlar qismatida o‘ynagan rolini she’riyatning nozik harir
parchasiga o‘rab ifodalashida ko‘zga tashlanadi. Agar diqqat qilinsa “dor” so‘zi
ikki o‘rinda uch ma’noda qo‘llanilganining guvohi bo‘lamiz. Birinchisida yuvilgan
kiyimlar osiladigan dor, ikkinchisida eng yaxshi fikrlar egasi, asrimizning daholari
osiladigan dor, uchinchisida dorbozlar o‘ynaydigan dor ifodalangan.
...Dor yuvilgan kiyimlar osilgan.
Tomosha ko‘rsatsin dorbozlar...
Dor: eng go‘zal fikrlar osilgan, (59-bet)
Poeziya - aks ma’no anglatish san’ati. Binabarin, mazkur satrlarda R.Parfining
“dor” so‘zini denonativ (asl) ma’noda qo‘llashi zarurmidi, bundan maqsad nima?”
kabi savollar to‘g‘ilishi tabiiy. Bizningcha, “dor” so‘zini dastlab ikki marta
denotativ ma’noda qo‘llashdan maqsad konnatativ (ko‘chma) ma’noda qo‘llanilgan
“dor” so‘zini pardalash, uni diqqatni ozgina chalg‘itish va ehtiyotkorlik uchun
qilingan yo‘l edi. Ana shunday dalilar “dor”ni istioraviy qo‘llash uchun bevosita
shu so‘zni ramziylik tomon tortishga majbur bo‘ladi. Mana shunga uxshash
holatlar bizga g‘oyada ifodalangan obrazni tug‘uvchi homilador onadir, deyishga
huquq beradi…
63
Xulosa qilib aytganda, poetik ifodadagi o‘zgarishlar mustaqillik davri
adabiyotining ilk bosqichida mumtoz she’riyatdagi g‘oya va obrazga yangicha
mazmun berish bilan boshlandi. G‘oyaviy tematik yangilanishi, lirikada davr ruh
kayfiyatini ifodalash ehtiyoji bilan bog‘liq holda hayotiy obrazlarning kuchayishi
tabiiy ravishda uning poetikyangilanishini taqozo etdi.
Natijada she’riyatimiz asrlar davomida amal qilib kelingan poetikg‘oyalarni inkor
qilmagan holdao‘zgargan mazmun mohiyatiga mos yangi obrazlar bobidagi
izlanishlar davriga kirdi. Bu izlanishlarning eng muhim va she’riyatimizda
yangilanishga olib kelgan yo‘nalishlari sifatida she’rning g‘oyaviy sathida, poetik
ifoda yo‘sini va obrazlar tashkillanishdagi o‘zgarishlarni ko‘rsatish mumkin.
64
Do'stlaringiz bilan baham: |