83
III.BOB. YANGILANGAN DAVR IJODKORLARINING LIRIKASIDA
KOMPOZITSION BIRLIKLAR.
III.1. MUSTAQILLIK DAVRI O‘ZBEK LIRIKASIDA
KOMPOZITSIYA.
“
Insoniyat azal-azaldan go‘zallikka intilib yashaydi. Go‘zalllik esa voqelikdagi
barcha narsalar va ularning tarkibiy qismlari o‘rtasidagi mutanosiblik, uyg‘unlik
natijasida vujudga keladi. Mutanosiblik, uyg‘unlik (garmoniya) esa, kompozitsiya
orqali namoyon bo‘ladi. Badiiy asar, xususan, she’riy obrazlar jozibadorligi,
umrboqiyligi
va
hayratomuz
maftunkorligi
ularning
kompozitsiyasidagi
mukammallik samarasidir”
31
.
Bugunga qadar badiiy asar kompozitsiyasi o‘rganilgan barcha tadqiqotlarda
asar kompozitsiya asar mazmunining umumiy ifodalanish tartibi sifatida talqin
etilavergan. Mazkur tadqiqotimizda esa obrazlar kompozitsiyasi she’r va
shoirlarning nuqtai-nazari bilan aloqadorlikda o‘rganiladi. Bunday yondashish xalq
qo‘shiqlarining g‘oyaviy-badiiy xususiyatlarini yorqinroq ochishga imkon beradi.
Umuman olganda, mavzuni yoritish davomida asosiy e’tiborni she’r va uning
tuzilishga qaratamiz.
Mustaqillik yillari shoirlarimiz uchun astoydil izlanish va qizg‘in ijod qilish davri
bo‘ldi. Albatta, bugungi kunda buning natijalari yaqqol ko‘zga tashlanmoqda.
Zotan, o‘tgan qisqa davrda so‘z san’atining hamma janrlarida muayyan yutuqlar
qo‘lga kiritildi. She’riyat yangi mavzular, yangi g‘oya va obrazlar, yangicha talqin
va tasvirlar bilan boyidi. Bu esa yaxlit bir yangi she’riy kompozitsiyaning yuzaga
kelishiga sabab bo‘ladi Bu yangi davrda, ayniqsa, she’riyatimizda haqqoniylik va
hozirjavoblik kuchaydi. Turg‘unlik yillarida inson hayoti ko‘pincha bir
tomonlama, hech qanday kam-ko‘stsiz, dabdabali qilib, bo‘yab-bezab aks
ettirilardi. Inson mehnati, uning ruhiyati yuzaki, bayramona qilib ifodalanardi.
Mustaqillik davriga kelib xalq va mamlakat hayotini yaxshilashga qaratilgan
muammolar, oddiy inson qadr-qimmatini tiklash va ko‘tarish, ona Vatan va
31
R. Nosirov xalq qo`shiqlari kompazitsiyasi Toshkent “FAN” 2006, 3-bet
84
mustaqillik mavzulari tasviri birinchi o‘ringa chiqdi.
Albatta, she’riyatda san’atning boshqa har qanday turida bo‘lgani kabi
mazmun-mohiyati o‘sha-o‘shadir, ming yillikdir, azaliydir. Lekin tan olishimiz
kerak har bir davr o‘z tabiatiga, fel-atvoriga va maqsadiga ko‘ra o‘sha ming yillik
mohiyatni tasniflab chiqadi. Deylik Navoiy zamonda shkala bo‘yicha birinchi
pog‘onada turgan ma’lum bir mavzu kunimizda ikkinchi yoki hatto uchinchi
pog‘onaga ham tushib qolishi mumkin yoki aksincha. Shuning uchun ham bugungi
o‘zbek she’riyati mavzularining ishlanish ko‘lami va darajasiga qarab tasniflasak
taxminan quydagicha kompozitsiya ko‘z oldimizda nomoyon bo‘ladi.
-Ishqiy intim mazmundagi she’rlar ( buning ichiga yor jamolining Go‘zallligi
yu unga intilayotgan oshiqning quvonchu azoblaridan tortib, hijron istirobiga
ba`zan visoldan batamon umid uzilgan “ yuragi sappora”ning yozg‘rishlishlariyu
afsus nadomatgacha aks etgan she`rlar kiradi).
-intim mazmuni she’rlar ( buning ichiga shoirning sevgi muhabbat va uning
sabab-oqbatlaridan boshqa ko‘nggilning har turli ko‘pdan-ko‘p mayl va intlishlari,
injiqliklari aks etgan she’rlari kiradi ).
- madhiya bag‘ishlov she’rlar
- uxroviy mazmundagi she’rlar ( buning ichiga dunyoning o‘tkinchiligiga,
umrning bebaholigiga, banda va xudo o‘rtasidagi munosabatlar, yaratganga iltijo,
oxirat va uning qayg‘usi, haj taasurotlari aks etgan hamda shu mazmundagi boshqa
tasavvufona she’rlar kiradi).
- tarixiy mazmundagi she’rlar ( bunda o‘tmishda o‘tgan buyuk bobokalonlar
siymolari va xizmatlari, tarixiy va muqaddas joylar udumlar shaharlar aks etgan
she’rlar kiradi).
- pand-nasihat she’rlar.
- vatan va uning mustaqilligi haqidagi she’rlar.
- o‘lim mavzuidagi she’rlar.
- boshqa har xil mavzudagi she’rlar…
Albatta, bunday tasnif g‘oyat shartli bo‘lib mavzu ro‘yxatni mantiq doirasida
kengaytirish, toraytirish bazilarining o‘rnini almashtirish ham mumkin. Lekin bu
85
davr she’riyatida deyarli barcha mavzularga shoir o‘ta subyektivligi bilan
yondashganidek, umumiylikdan ko‘z yumub bo‘lmaydi.
“Umuman olganda, istiqlol davri she’riyati ifoda usuliga ko‘ra ham turli-
tumandir. Fikrimizcha, shulardan asosiylari beshtadir:
1.
Ananaviy barmoq.
2.
Xalqona ohang.
3.
Aruz .
4.
Modernist ohang ( yoki ohangsizlik).
5.
Sinkretik ( qorishiq) ifoda usuli….”
32
Albatta, bunday tasniflarning bahstalab o‘rinlari mulohazali joylari bo‘lishi
mumkin. Lekin muhimi mazkur mo‘jazgina tadqiqotimiz shuni ko‘rsatmoqdaki,
istiqlol davri o‘zbek she’riyati buyomg‘irdan so‘ng potrab o‘sib chiqqan qo‘ziqorin
emas, aksincha, asrlar davomda tinimsiz o‘zgarib-yangilanib kelayotgan o‘lmas
jarayonning qonuniy bir yo‘nalishi bo‘lib, o‘zida juda katta va ko‘pdan-ko‘p
tajribalari jamlagan g‘oyat murakkab va bebaho adabiyotimizning bir bo‘lagidir.
U shunisi bilan o‘zidan avvalgi barcha davrlarga ham o‘xshaydi, ham
o‘xshamaydi. O‘xshash jihati-o‘sha davrlar she’riyatdan o‘sib chiqqan, binobarin,
ularning eng yashovchan unsurlarini o‘ziga me’ros qilib olgan. Farqli jhati-
dunyoga keng ochilgan jamiyatning xususan, uning bir azosi hisoblanmish
shoirning ozod tafakkurini o‘zida aks ettiradi. Shuning uchun, u ko‘pqatlamli
mazmun-mohiyatiga ega.
“Kompozitsiya qonuniyati hamma vaqt uch narsani-yaxlitlik, simmetriya va
ritmik muofiqlikni talab qiladi. Yaxlitllik bu ijodkor ko‘zlagan maqsadning tugal
ko‘rinishi yoki ifodalanishi; simmetrya-tenglik, hamvaznlik, mutanosiblik; ritm-
harakat yoki holatning teng vaqt birligi ichida doimiy takrorlanib turishidan iborat.
Simmetriya uchun nisbiy sokinlik qismlarning nisbiy tengligi muhim bo‘lsa, ritmik
birlik uchun ko‘rinish yoki ifodaning, mazmun va mohiyatning mukammalligi,
tugalligi ahamiyatlidir. Anashu shu shartning qay darajada muofiq birikishiga
qarab, istalgan narsaning tuzilishi-kompozitsiyasi, uning ko‘rsatadigan ta’siri,
32
Ulug‘bek Hamdam. Yangi o‘zbek she’riyati.- T.: Adib, 2012.
86
tug‘diradigan taasuroti haqida hukm chiqarish mumkin”
33
.
She’r kompozitsiyasi - she’riy nutqning davomiyligi, ritmi va musiqiyligini
uyushtiradigan usul; adabiy-badiiy vosita. Nazm vositasidagi nutq, ya’ni she’riy
nutq nasriy nutqdan she’r tuzilishi qonuniyatlariga ko‘ra va shu qonun - qoidalarga
qat’iy amal qilinishi bilan farqlanadi. She’r tuzilishi aslida o‘ziga xos murakkab
kompozitsion tizimni tashkil etadi. Chunki she’rning yaratilishida juda ko‘plab
g‘oyaviy va badiiy unsurlar ishtirok etadi. Jumladan, mavzu, g‘oya, band, naqarot,
ritm, vazn, qofiya, intonatsiya, pauza, urg‘u, poetik timsollar, fonetik usullar,
badiiy san’atlar, syujet, timsol, konflikt va boshqalarning, kompozitsion
unsurlarning aniq, yagona bir tizimga birikuvidan she’r paydo bo‘ladi. Yuqoridagi
sanab o‘tgan unsurlarimizning hammasi birlashib, yaxlit bir asar kompozitsiyasini
tashkil qiladi.Kompozitsiya to‘la qonli va mukammal bo‘lishi uchun uning barcha
tashkiliy qismlari bevosita bir-birini to‘ldirib borishi kerak. Kompozitsiya shunday
bir murakkab mexanizimki, uning qaysidir bir kichkina bo‘lagi she`rda o‘z
vazifasini bajarmas ekan, she’rdagi uyg‘unlik yo‘qoldi. She’rni esa yaxlit bir
hodisa sifatida tan olish murakkabligi paydo bo‘ladi. (Albatta, zamonaviy
she’riyatimizda bu kabi hodisalar bir qator o‘rinlarda uchrab turibdi. Ammo bu
hodisalarni tadqiq qilish yana yangi bir ilmiy izlanishni talab qiladi.)
She’r tuzilishidagi mazkur jihatlarni shartli ravishda 2 guruhga ajratish
mumkin: mazmunga oid unsurlar va shaklga oid unsurlar. She’r to‘qimasida bu
unsurlar bir-biriga chambarchas bog‘liq va ularni sira bir-biridan ajratib bo‘lmaydi.
She’rda bir unsur ikkinchisiga, ayni damda, ikkinchisi birinchisiga o‘tib turishi,
ba’zi hollarda esa bir unsur ham mazmun, ham shakl vazifasini o‘tashi mumkin
(masalan, timsol). She’rda mazmun va shakl bir butun holda voqe’ bo‘ladi. She’rda
mazmun va shakl mutanosibligi haqida Alisher Navoiy shunday yozgan: “Nazmda
ham asl anga ma’ni durur, Bo‘lsun aning surati har ne durur. Nazmki ma’ni anga
marg‘ub emas, Ahli maoni qoshida xo‘b emas. Nazmki ham surat erur xush anga,
Zimnida ma’ni dag‘i dilkash anga”. (“Hayrat ulabror”). Tabiat va jamiyatda
hamma narsa ikki tomonga egaligi ma’lum: predmetning bir tomoni mazmundan
33
R. Nosirov xalq qo`shiqlari kompazitsiyasi Toshkent “FAN” 2006-y.
87
iborat bo‘lsa, ikkinchi tomoni shakldir. Har bir mazmun o‘ziga xos shaklda
yashaydi. Masalan daraxt obrazni shu fikrimizga misol qilib olaylik. “’Daraxt”
deganimizda nabobot dunyosining yashnab, o‘sib turgan bir vakilining tupi,shox-
butoqlari va barglari ko‘z oldimizga keladi. “Daraxt” degan mazmun faqat
manashu shaklda-tup, shox-butoq va barglarning jami shaklida yashaydi. Ammo
tup, shox butoq va barg yashnab, o‘sib, ya’ni yashab turgan daraxtning faqat shakli
emas, uning mohiyati hamdir”
34
. Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, shakl
mohiyatlidir. Mohiyat shakllangandir. Masalan, obrazlilik, badiiylik badiiy asarda
xarakterlar tasviri orqali ro‘yobga chiqadi. Badiiy adabiyot xarakterlar yaratish
san`atdir. Xarakterlar esa ma’lum bir janrda badiiy asarda til, syujet, konfilkt,
peyzaj, kompozitsyani yaratadi. Adabiyotda yangi mazmun paydo bo‘lishining eng
yorqin alomatlaridan biri-unda avval uchramagan yangi obrazlarning tasvir etila
boshlaganidir. Masalan o‘zbek adabiyotida yangi davrning boshlanishi uning
mazmunidagi katta o‘zgarish, ya’ni unda ijtimoiy adolat uchun kurashuvchi yangi
obrazlar mavjudligi bilan bog‘liqdir. Demak, kompozitsiyaning asosini mazmun va
shakl tashkil qiladi deb yakuniy xulosaga kelishimiz mumkin.
Zamonaviy o‘zbek she’riyatida bosh harf va tinish belgilardan foydalanmagan
holda yaratilgan kompozitsiyon she’rlar ham ko‘plab uchraydi. Masalan.
“Yaproqlar qo‘shig‘i” deya nomlanuvchi she’rda bu holatni kuzatish mumkin.
Shoir ushbu she’rda tabiat manzaralari bilan ko‘ngil manzaralarini uyqash holda
beradi. She’r kompozitsiyon qurilishi bo‘yicha bandlari uch misradan iborat,
qofiya mavjud emas va turoqlanish tartibining turlicha ekanligini ko‘rish mumkin.
Shoir misralarda turli gap qurilishlaridan foydalangan. Ularning chegarasi poetik
mazmundan kelib chiqqan holda anglashiladi va kitobxon hukmiga havola etiladi:
kuz
daraxtlarga boqarkanman
sog‘inch to‘la borar ko‘ksimga mening
34
R. Nosirov xalq qo`shiqlari kompazitsiyasi Toshkent “FAN” 2006-y
88
She’rning bu tartibda tuzilishi, lirik qahramon hislari to‘liq va erkin ifoda etilishiga
imkon beradi. She’r kompozitsiyasida lirik qahramon hislari, fikrlar tadrijining
ifodasida poetik obrazlar, xususan, daraxt, kuz, yaproqlar tushunchalari ham
muhim rol o‘ynagan. Ular she’r mazmunini to‘ldirishga, yanada aniqroq
ifodalashga xizmat qilgan. Shoir o‘limning yaqinlashuvini kuz kelishi, daraxt
yaproqlarining to‘kilishi kabi tasvirlarda aks ettiradi. Banddagi erkinlik va
konstruksiyalar xilma-xilligi obrazlarning ta’sir kuchini yanada oshirgan. “Poetik
obrazni yuzaga chiqarishda band kompozitsiyasi, ya’ni ichki tuzilishi, uning
sintaktik qurilishi katta ahamiyatga ega, chunki shoir yaratgan poetik obrazlar
uning qanday ifoda etilishi bilangina namoyon bo‘ladi; ijodiy g‘oyaning rivojlanib
borishi va yaxlit poetik obrazning paydo bo‘lishida mantiqiy zarb olgan so‘zlar
yoki so‘z birikmalarining, umuman, kompozitsiyada she’r ritmining ahamiyati
kattadir”. Demak, she’r shakliy va mazmuniy birliklar yaxlitligi va o‘zaro
munosabatida joziba kasb etadi.
She’r kompozitsiyasida, asosan, 5 shakliy unsur ishtirok etadi, bular: vazn,
qofiya, band, takrir va tajnis. Bu jihatlar nasrda ham uchrashi mumkin. Biroq ular
nasrda muntazam ravishda mavjud emas Vazn — she’r o‘lchovi yoki me’yorini
bildiradi. U she’riy nutqni nasriy nutqdan ajratib turuvchi asosiy unsurlardandir.
Vazn ba’zan saj’da va aruzning bahri ta’vil shaklida ham uchrashi mumkin.
She’rda aniq yuzaga chiquvchi ritmik hodisa, metr, o‘lchov. So‘zlashuv
amaliyotida “aruz vazni”, “barmoq vazni” tarzida ishlatilish kuzatiladiki, nazariy
jihatdan bu to‘g‘ri emas. Chunki, aslida aruz ham,barmoq ham ko‘plab vaznlarni
o‘z ichiga olgan she’r tizimidir. “Qofiya” (arabcha-“ergashuvchi” ma’nosida
bo‘lib) bir-biriga ohangdosh so‘zlarning birin-ketin tizilib kelishini ifoda etadi.
Qofiya esa ohangdosh so‘zlarni she’r misra (bayt, band)larida tizimli bo‘lib
kelishidir. Shaklning mazmunga tobeligi-qofiyaning bosh qonunidir. Qofiya
she’rga ko‘char ekan, u o‘ziga xos vazifa kasb etadi, yani g‘oyaviy, estetik vazifa
bajara boshlaydi. Band — she’rning alohida qofiyalanish tartibiga ega ritmik
bo‘lagi. U qofiya va intonatsiya bilan birikkan misralarning muayyan tartib asosida
takrorlanishidir. Band-she’riy asarning nisbatan mustaqil va shu bilan birga butun
89
asrning kompozitsiyasi bilan chambarchas bog‘langan bo‘lagidir. Band obrazlar
tizimini asta-sekin, batafsil va muttasil ochib berishga xizmat qiladi. Vazn va
bandni tildan ajralgan holda, turli jadvallar va belgilar bilan ham ko‘rsatish
mumkin. Ammo qofiya, takrir (so‘z takrori) va tajnis (jinsdosh so‘zlar) til
materialidagina ko‘rinadi.”
35
O‘zbek She’r tuzilishi tarixida quyidagi holatlar nazarda tutilishi
she’rshunoslar tomonidan ta’kidlanadi: 1) turkiy xalqlar, xususan, o‘zbek She’r
tuzilishining “folklor tipi” davri. Bunda sintaktik parallelizmga tayanilgan.
Misralar dastlab bo‘g‘in soni jihatidan teng bo‘lmagan, ularni she’riy alliteratsiya,
tovush usullari va so‘z takrori uyushtirgan, qofiyalar bilan so‘z takrorlari aralash
holda misra ichida joylashgan (qofiyaning misra oxiriga chiqishi keyingi davrlarga
xos hodisadir). Buni o‘ziga xos barmoq she’r tizimi davri, deyish ham mumkin;
2) aruz vazniga asoslangan she’r tuzilishi davri. Aruz arab xalq og‘zaki ijodi
negizida 8-asrda shakllangan va islom dinining yoyilishi bilan avval Eronga, keyin
O‘rta Osiyo xalqlari, xususan, o‘zbek adabiyotiga kirib kelgan va 11-asrdan
qo‘llana boshlagan. Juda ko‘plab durdona asarlar shu she’r tuzilishida yaratilgan;3)
erkin vaznga asoslangan she’r tuzilishi o‘zbek adabiyotiga 20-asrning 20-yillarida
rus tonik she’r tizimi ta’sirida kirib keldi. Biroq bu vazn o‘lchov, qofiya, band
jihatidan erkin bo‘lsada, alohida tizim emas, balki barmoq vaznining sodda,
qo‘shma, aralash, murakkab kabi vazn turlaridan biridir; 4) bo‘g‘in urg‘u, miqdor
urg‘u va qorishiq she’r tizimlari. Bular nisbatan keyinroq paydo bo‘lgan
tizimlardir.
Biroq yuqorida sanalganlardan faqat 2 tasi barmoq va aruz tizimlari
o‘zbek she’r tuzilishining kompozitsiyon asosini tashkil etadi. Negaki, o‘zbek
she’riyati, asosan, barmoq va aruzda yaratilgan. Qolgan she’r tizimlari erkin vazn,
bo‘g‘in urg‘u, miqdor urg‘u va qorishiq tizimlar u qadar keng tarqalmagan. She’r
kompozitsiyasi, she’riy asarning g‘oyasi, badiiyati va shaklini o‘rganuvchi fan
sohasi, adabiyotshunoslikning bir bo‘limi. She’r ilmiy jihatdan asosan 3 narsani:
she’r san’ati, she’r vazni va she’r qofiyasini o‘rganadi. She’rning mazmun
35
D. Quronov. Z.Mamajonova. M. Sheraliyeva Adabiyotshunoslik lug‘ati “akademnashr”,2010-y
90
jihatlarini (ma’lum qadar, g‘oyaviy xususiyatlarini ham) o‘rganish esa adabiy
tanqidning vazifasiga kiradi. She’r kompoztsiyasida yana fonika (qofiya va tovush
usullari), megrika (vazn) va strofika (band va qofiyalar tuzilishi) kabi qismlardan
iborat. She’r she’r tuzilishining taraqqiyotini, uning milliy til hamda boshqa
xalqlarning she’r tuzilishlari bilan aloqasini tekshiradi.
Fikrlarimizni Ikrom Otamurod qalamiga mansub she’riy parcha bilan davom
ettiramiz. “Yuragingda qadr uyg‘onsin” deya boshlanuvchi she’rida lirik qahramon
ozodlik, ruhozodligi, erk tuyg‘ularini his qiladi, har tong unga shukrona keltiradi.
Ongida qadr, g‘urur tuyg‘ulari uyg‘onadi. Bu kabi hissiy evrilishlarning aksi
she’rda turli unsurlar yordamida aks ettirilgan. Bular ichida kompoztsiya o‘z
o‘rniga ega:
Ko‘nglung qamug‘, zanjir eshigi,
Ilgagin yech, o‘zingni tani.
Ki, qadrdir o‘zlik beshigi,
ki, g‘ururdir hurlik Vatani.
Bu bo‘lak band hisoblanib, u “qofiyalanish va intonatsiya bilan birikkan
misralarning muayyan tartib asosida takrorlanishi” dir. Band strofa deb ham
yuritiladi. She’r bandlari asosida mazmun va ritm anglashiladi. She’r
kompozitsiyasiga ko‘ra besh banddan iborat. Ushbu bandlar mustaqil qofiyalanish
tartibiga ega. Keltirilgan bandda qofiyalar tani-Vatani, eshigi-beshigitarzda
ifodalangan. Qofiyalarda e,i tovushlarining qatnashganligi bu she’rda ko‘tarinki
kayfiyat, mamnuniyat hissi, obrazning ijobiy mazmun kasb etganligidan dalolat
beradi. Bundan ko‘rinadiki, obrazning qanday ma’no kasb etganligi she’r
qofiyasidan ham anglashilar ekan.
Yana she’r kompozitsiyasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, bandlarnng turoqlanishiga
ham jiiddiy e’tibor berishimiz shart va zarur. Bandning turoqlanish tartibi 4+5=9
tarzda. Bu holat she’rning oxirgi bandigacha saqlanib qolgan va yaxlit
kompozitsiyani tashkil qilgan. Bilamizki, turoqlar qo‘yilgan joyda pauza bo‘ladi va
91
bu joyda to‘xtash zarur. Natijada, ohang, ritm paydo bo‘ladi. She’rni pauzasiz bir
tekisda o‘qish she’rning kompozitsiyon ta’sir kuchini kamaytiradi. Lirik qahramon
tuyg‘ularini his qilish imkoniyatini chegaralaydi. Natijada, badiiy asar pafosi
yohud she’rning estetik ta’sir qiymati o‘z ahamiyatini yo‘qotadi.
She’r kompozitsiyasining vazn yo‘nalishiga etibor qaratadigan bo‘lsak,
barmoq vaznida yaratilgan. Undagi bo‘g‘inlarning miqdori, turoqlarning tartibi
oxirgi misraga qadar saqlangan. “She’rning musiqiyligini vujudga keltirishda ritm
hal qiluvchi rol o‘ynasa, vazn ritmni yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi”.
Umuman olganda, vazn, turoq, ritm, qofiya, band o‘zaro bir-biriga bog‘liq. Ular
yaxlitlikda she’r kompozitsiyasini hosil qiladi.
She’r kompozitsiyasi taraqqiyotida uning milliy va baynalmilal tomonlari
ko‘zga tashlanadi. Milliy tomoni milliy til tabiatiga suyanganligida ko‘rinadi
(masalan, qofiya milliy til bilan bog‘liq milliy unsur bo‘lib, uning ifodalanishida
yaqqol namoyon bo‘ladi). Tarixan xalqlarning o‘zaro bir-birlariga yaqinlashishlari
natijasida turli xalqlarning She’r kompozitsiyasi ham o‘zaro yaqinlashadi.
Masalan, o‘zaro yaqin milliy til guruhlarida She’r kompozitsiyasi bir-biridan
keskin farq qilmaydi (masalan, turkiy xalqlar). She’r kompozitsiyasi baynalmilal
tomoni esa takomillashuv yo‘li bilan taraqqiy etib, shakl o‘zgarishi tarzida sekin -
asta o‘zgarib borgan. She’r kompozitsiyasi unsurlari turli millatlar uchun
mushtarak bo‘lishi ham mumkin (mas, barmoq va aruz aksar turkiy xalqlarda
ishlatib kelinadi; band ham ko‘plab xalqlar She’r kompozitsyasi uchun baynalmilal
hodisa; sonet yoki g‘azal jahonning ko‘pgina xalqlari she’riyatida qo‘llangan va
qo‘llanmoqda).
She’r kompozitsiyasi tarixiy taraqqiyot, davr uslubi va madaniy-adabiy
an’analar bilan uzviy aloqada yashaydi. Bir she’r tuzilishida turli she’r
tizimlarining imkoniyatlari mavjud bo‘lishi va ular tarixiy taraqqiyot natijasida
birinketin ro‘yobga chiqishi mumkin.
Har qanday she’r kompozitsiyasigi vazn asosida bo‘g‘in turadi. Biroq she’r
tizimlarining xarakteri bo‘g‘inning qaysi xususiyatiga tayanishiga bog‘liq. Sillabik
tizim, shu jumladan, o‘zbek barmoq tizimi bo‘g‘inlarning soniga, tonik tizim
92
urg‘usiga, sillabiktonik tizim esa bo‘g‘inning urg‘uli va urg‘usizligiga tayanadi,
aruz esa bo‘g‘inning cho‘ziq qisqaligiga qaraydi.
Demak,
Vazn, qofiya, ritm, poetik obrazlar kompozitsiyani hosil
qilishda ishtirok etadi. “Ana shu obraz talabi bilan she’r bo‘laklarga bo‘linadi.
Buni esa ijodkor shuuridagi ohang boshqaradi”. She’rda kompozitsiya o‘zgarishi,
unga mansub qismlarning erkinlashuvi-shoir hissiyotlarini to‘la namoyon qilishiga
imkon beradi. Boshqacha qilib aytganda, she’rda shoir obrazlari, ruhiy-hissiy
kechinmalari, “bayram” qiladi. Har qanday to‘siqdan holi bo‘lgan misralar jonli
ruh oladi va she’r asosidagi lirik kompozitsiyaning tabiiyligini, ta’sirchanligini
oshiradi. Mazmunga estetik-emotsional kayfiyat bag‘ishlaydi. Bu holat esa
kompozitsiyaning ifodalanishida muhim ahamiyatga ega.
“Tahlillardan ko‘rinadiki, she’riyat o‘ziga xos olam hisoblanadi. U intim
munosabatlarning ohangdorlik va musiqiylik asosida aks etishidan yuzaga keladi.
She’riyatda kompozitsiyaning alohida o‘rni mavjud. She’rning asosi bo‘lgan
obrazlarning ifodasida kompozitsiya va unga aloqador unsurlar ham ma’lum vazifa
bajaradi. O‘zaro aloqador qismlarning yaxlit bir holatga keltirilishi kompozitsiyani
yuzaga keltiradi. Kompozitsiyada yana qofiya va uning fonetik strukturasi, bo‘g‘in,
turoqlar tartibi, bandlar ham faol qatnashadi”
36
.
Do'stlaringiz bilan baham: |