*zbekiston respublikasi


Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet33/48
Sana31.12.2021
Hajmi1,23 Mb.
#279772
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48
Bog'liq
g‘oziyev e. umumiy psixologiya. 1-kitob

5.3. Shaxsning shakllanishida motivasiyaning roli 
A.Insonning motivlar oqimi to’g’risida mulohazalar. 
Insonning  motivlari  tuzilishini,  ularning  asosiy  funksional  mexanizmlarini 
hamda  shakllanish  jarayoniga  yo’naltirishning  strategik  rejasini  ishlab  chiqish 
muammosini  psixologik  jishatdan  tushuntirish  uchun  bolaning  psixik  rivojlanishi 
tashliliga o’ziga xos ravishda taktik yondashish ma'qul.Shaxsning motivlari oqimi 
muammosi  uning  ham  metodologik,  ham  nazariy  munosabatni  tekshirish 
demakdir.  Chunki  to  Hozirgi  davrgacha  sobiq  sovet  psixologiyasida  uning 
ko’pgina  qismlari  o’z  yechimini  topa olmagan.  G’arb  mamlakatlari  hamda  AqSh 
psixologlari  orasida  "biologik  eshtiyojlar  asosida  inson  motivlari  yotadi",  degan 
qarashlar  majmuasi  keng  ko’lamda  qo’llanib  kelinmoqda.  Chunonchi,  AqSh 
psixologi  B.Damellning  fikricha,  to’qimada  vujudga  kelgan  eshtiyojlar 
qo’zg’atuvchining asosiy manbai shisoblanadi. Mazkur g’oya yuzasidan mulohaza 
yuritgan Danlep esa "qo’zg’alish biologik to’qimalardan chetga chiqmaydi", degan 
fikrga  qat'iy  ishonadi.  Gilfordning  ta'kidlashicha,  faollikning  birlamchi  manbai 
ovqatdan" iboratdir. Lekin muallif o’z fikrini izchil ochib berishga intilmaydi. 
Bu  vaziyatni  basholashda  psixologik  muammolar  oqimi  bilan  motivlarning 
biologik  oqimi  o’rtasida  yuz  beruvchi  o’zaro  o’rin  almashishning  sodir  bo’lishini 
mulohaza  doirasidan  tashqari  chiqmaslik  lozim.  Chunki  biologik  hartlangan  reja 
faollik  manbai  o’zaro  o’rin  almashish  jarayonlari  assimilyasiya  va  dissimilyasiya 
sifatida namoyon bo’ladi. Sholbuki biologik holatlar psixik jarayonlarning moddiy 
asosini  tashkil  qiladi.  Xuddi  shu  boisdan,  ular  birlamchi  manba  va  psixik 
faollikning negizi tariqasida yuzaga keladi. 
B.  Ilk  bolalik  yosh  davrida  xulq-atvor  motivlari.  Ikki-uch  yoshli  bolaning 
motivlari  tuzilishi  kristallashmagan  (amorf)ligi  bilan,  shuningdek,  ularning  qat'iy 
ierarxiyasi  yo’qligi  bilan  tavsiflanishi  namoyon  bo’ladi.  Bola  shaxsiga  aloqador 
motivlar  tizimi  bir  qator  motivlar  yig’indisini  ifodalovchi,  o’zaro  bir-biri  bilan 
tasodifiy  o’rin  almashib  turish  xususiyatiga  egadir.  Motivlarni  o’zaro  o’rin 
almashish 
jarayonida 
yagona 
anglashish 
darajasidagi 
nazorat 
tizimiga 
bo’ysunmaydi. 
S.L.Rubinshteyn bolalik davrining motivlariga quyidagicha psixologik tavsif 
beradi:  "Bevosita  bolaga  ta'sir  etuvchi  har  bir  qo’zg’atuvchi  (qo’zg’ovchi)  ilk 
bolalik  davrida  uning  o’sishida shukmronlik  qiladi. Chunki undagi  ichki  motivlar 
shali mustashkam emas, shuning uchun har xil vaziyatda bola boshqa quzg’atuvchi 
shukmronligiga tobe bo’lib qolishi mumkin. Shu boisdan beqaror, kuchsiz, betartib 
motivlar xuddi shunday xatti-harakatlarga bog’liq.  
Muallif  vaziyatning  stixiyali  ta'siri  shaqida  mulohaza  yuritib,  u  bolalik 
beixtiyor intilishining xulq-atvorga ta'sirini ko’rsatib turishini ta'kidlaydi. 
Nazariy va amaliy malumotlarga asoslanib, ilk bolalik davridagi individning 
xulq-atvori,  birinchidan,  impulsivlik  bilan,  ikkinchidan,  vujudga  kelgan  vaziyat 
xususiyati bilan tavsiflanadi. Shaxsni boshlang’ich genetik qobig’idagi shakllanish 


122 
 
pallasidagi  motivining  dinamik  asosi  -  xatti-harakati  qo’zg’alishini  muvaqqat,  tor 
mushitidan  tashkil  topadi.  Chunki  bola  shali  motivlashgan  ustanovkalarni  uzoq 
vaqt  ushlab  tura  olmasligi  sababli  u  tez  yo’qoladi.  Muhim  ahamiyat  kasb  etuvchi 
qo’zg’alishlarda bola chalg’isa, demak, ularni u tezda esdan chiqaradi.  
Eshtiyoj  qondirilishida,  affektiv  reaksiyalarda,  chalg’ish  jarayonida 
qo’zg’alish  berilgan 
vaqt 
doirasidan 
chetlashadi. 
Psixologik  doiradagi 
boshqarishning  o’ziga  xos  vositalari,  faoliyatni  tashkil  etishni  ta'minlovchi 
motivlar  -  inson  faoliyatining  energetik  darajasini  strukturaviy  aks  ettiradi. 
Bolaning intellektual darajasi va bilimlarning yetarli emasligi oqibatida kichik bir 
amaliy  tajriba  yaqqol  amaliy  faoliyat  mushitini  siqib  chiqarishi  mumkin.  Bola 
biron-bir  ob'ektga  yo’naltirilgan  faoliyatni,  uni  boshqarishni  yuksak  funksional-
energetik bosqichida motivlarni o’z sholicha uzoq vaqt saqlab yurish imkoniyatiga 
ega emas.  
Inson  faoliyatining  samaradorligi  (mashsuldorligi)ni  oshirish  shaqidagi 
psixologik usulning rolini L.S.Slavina III-IV sinf o’quvchilarida tajriba yo’li bilan 
dalillab  berdi. L.S.Slavina  murakkab va  uzoq  davom  etadigan faoliyatlarni  tashlil 
qilish  kezida  uni  nisbatan  mustaqil  va  sodda  tarkibiy  qismlarga  ajratib  chiqadi 
hamda  ularning  har  birini  aloshida  nazorat  qilish  kerak,  binobarin,  uni  xuddi 
mustaqil  faoliyat  strukturasining  takomillashuvi  va  rivojlanishi  natijasidagina 
motivlar  tuzilishining  takomillashuvi  va  rivoji  namoyon  bo’ladi.  Muallifning 
fikriga  qaraganda,  xulq-atvorning  muayyan  maqsadga  bo’ysundirilishi  kichik 
maktab  yoshining  pirovard  bosqichida  amalga  oshirilib,  mazkur  bosqich  ixtiyoriy 
xulq-atvor shakllanishining boshlang’ich davri bo’lib shisoblanadi.  
 

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   48




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish