№
|
Savodxonligi
|
ball
|
1
|
Matnda hech qanday grammatik xato bo‘lmasa.
|
20
|
25
|
2
|
Matnda 1 ta imlo, 1ta ishora xato bo‘lsa
|
19
|
24
|
3
|
Matnda 1 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 1 ta imlo, 1ta ishora
xato bo‘lsa
|
18
|
23
|
4
|
Matnda 1 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 2 ta imlo, 2 ta ishora xatosi bo‘lsa
|
17
|
22
|
5
|
Matnda 2 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 3 ta imlo, 3 ta ishora xato bo‘lsa
|
16
|
21
|
6
|
Matnda 2 ta uslubiy, 4 ta imlo, 4 ta ishora xatosi bo‘lsa
|
15
|
20
|
7
|
Matnda 3 ta qo‘pol bo‘lmagan uslubiy, 4 ta imlo, 4 ta ishora xato bo‘lsa
|
14
|
19
|
8
|
Matnda 3 ta uslubiy, 5 ta imlo, 5 ta ishora xato bo‘lsa
|
13
|
18
|
9
|
Matnda 4 ta uslubiy, 6 ta imlo, 6 ta ishora xato bo‘lsa
|
12
|
17
|
10
|
Matnda 5 ta uslubiy, 7 ta imlo, 7 ta ishora xato bo‘lsa
|
11
|
16
|
11
|
Matnda 6 ta uslubiy, 8 ta imlo, 8 ta ishora xato bo‘lsa
|
10
|
15
|
12
|
Matnda 7 ta uslubiy, 9 ta imlo, 9 ta ishora xato bo‘lsa
|
9
|
14
|
13
|
Matnda 8 ta uslubiy, 10 ta imlo, 10 ta ishora xato bo‘lsa
|
8
|
13
|
14
|
Matnda 9 ta uslubiy, 11 ta imlo, 11 ta ishora xato bo‘lsa
|
7
|
12
|
15
|
Matnda 10 ta uslubiy, 12 ta imlo, 12 ta ishora xato bo‘lsa
|
6
|
11
|
16
|
Matnda 10 dan ortiq uslubiy, 13 ta imlo, 13 ta ishora xato bo‘lsa
|
5
|
10
|
17
|
Matnda 10 dan ortiq uslubiy, 14 ta imlo, 14 ta ishora xato bo‘lsa
|
4
|
9
|
18
|
Matnda 10 dan ortiq uslubiy, 15 ta imlo, 15 ta ishora xato bo‘lsa
|
3
|
8
|
19
|
Matnda 10 dan ortiq uslubiy, 16 ta imlo, 16 ta ishora xato bo‘lsa
|
2
|
7
|
20
|
Matnda 10 dan ortiq uslubiy, 17 ta imlo, 17 ta ishora xato bo‘lsa
|
1
|
6
|
21
|
Matnda 10 dan ortiq uslubiy, 18 ta imlo, 18 ta ishora xato bo‘lsa
|
1
|
5
|
Izoh: ba’zan o‘quvchining yozma ishidagi xatolar miqdori yuqoridagi mezonga mos kelmasligi mumkin. Bunday hollarda 2 ta ishoraviy xatoni 1 ta imlo xato o‘rnida, 2 yoki 3 ta imlo xatoni 1 ta uslubiy xato sifatida ham baholash mumkin.
Test topshiriqlari.
Olimpiadaning birinchi, ikkinchi bosqichlarida o‘quvchilar 25 ta (17 ta javobi tanlanadigan test va 8 ta javobi yoziladigan testlar beriladi) test topshirig‘ini bajaradilar. Test topshiriqlarini bajarishga 50 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 2 baldan, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
3 (viloyat) bosqichida 40 ta (30 ta javobi tanlanadigan test va 10 ta javobi yoziladigan testlar) test topshirig‘i beriladi. Test topshiriqlarini bajarishga 80 daqiqa vaqt ajratiladi. Har bir to‘g‘ri bajarilgan test savoliga 1,25 ball, noto‘g‘ri bajarilgan topshiriqqa 0 ball qo‘yiladi. Eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Test topshiriqlarini tuzishda o‘quvchilar o‘quv dasturi doirasida o‘zlashtirgan barcha nazariy va amaliy bilim, tushunchalar qamrab olinishi lozim. Bunda testlar:
belgilangan mavzular bo‘yicha olingan bilim, ko‘nikma va malakalarni sinash ko‘rinishlarida bo‘lishi;
har bir o‘quvchiga beriladigan savollarning oddiylik va murakkablik darajasi va mavzu doirasi bir xil bo‘lishi;
o‘quv dasturini o‘rganish jarayonida singdirilgan va mustaqil o‘zlashtirish uchun berilgan rejadagi yoki unga bevosita bog‘liq bo‘lgan mavzularga oid bo‘lishi;
savollar murakkab, o‘rtacha va sodda bo‘lib, qisqa va tushunarli tarzda tuzilishi lozim.
Masalan:
1 kurs (9-sinf)
1. Javobi belgilanadigan testlar
Ajratib ko‘rsatilgan so‘zning antonimini aniqlang.
Mazali taom
A. SHirin. B. Issiq. S YUmshoq. D. Bemaza.
2. Javobi yoziladigan testlar
“O‘zbekiston tili hakida”gi Qonun qachon tasdiqlangan?
………….. ……………………………………
2 kurs
1.Javobi belgilanadigan testlar
Sifatdosh yasovchi qo‘shimchalarni aniqlang.
A. -gan, -kan,-qan. B. -ni, ning, -da.
S. -dor, dosh, -li. D. -im, -ing,-i.
2. Javobi yoziladigan testlar
Qaratqich kelishigi rus tilidagi qaysi kelishik o‘rnida qo‘llanadi?
……………………………………………………..
Do'stlaringiz bilan baham: |