Og‘zaki suhbat uchun eng yuqori ko‘rsatkich -10 ball.
Og‘zaki tur bo‘yicha o‘quvchilar bilimi quyidagicha baholanadi:
T.r.
|
Mazmuni
|
Ball
|
1
|
Badiiy matnni vazn talablariga amal qilgan holda ravon, yoddan aytsa
|
2
|
2
|
Matn ohangdor, ta’sirchan, ifodali aytilsa
|
1
|
3
|
So‘z urg‘usi, mantiqiy urg‘uni to‘g‘ri qo‘yib yod aytsa
|
1
|
4
|
Asar mazmuni, g‘oyasini jonli, badiiy va aniq
ifodalay olsa
|
2
|
5
|
Tasvirlarni, so‘zlarni adabiy talaffuz me’yorlariga amal qilgan holda aytsa
|
1
|
6
|
Badiiy matn yuzasidan o‘quvchining o‘z xulosasi bỹlsa
|
1
|
7
|
Qo‘shimcha savollarga to‘liq va aniq javob bersa
|
2
|
|
Jami
|
10 ball
|
Barcha bosqichlarda umumiy ko‘rsatkich 100 balni tashkil kiladi.
O‘ZBEK TILI
O‘zbek tili fanidan olimpiadaning birinchi, ikkinchi, uchinchi bosqichi umumta’lim maktablarining 9-11 sinf o‘quvchilari orasida o‘tkaziladi. Akademik litsey va kasb-hunar kollejlari o‘quvchilari orasida birinchi bosqich 1-3 kurslarda, ikkinchi, uchinchi bosqich 2-3 kurslarda o‘tkaziladi.
Olimpiadaning birinchi va ikkinchi bosqichi 3 turda ( yozma ish, test sinovlari, og‘zaki) o‘tkaziladi. Uchinchi bosqich 2 turda (yozma ish, test sinovlari) o‘tkaziladi.
Olimpiada sinovlarini quyidagi tartibda o‘tkazish tavsiya etiladi.
2-3 kurs (9-11 sinf)larda birinchi (ta’lim muassasasi) va ikkinchi (tuman), uchinchi (viloyat) bosqichlarida o‘quvchilar erkin mavzuda matn yozadilar.
Mazkur turda o‘quvchining yozma nutq qobiliyati, mustaqil fikrlashi hamda savodxonlik darajasi sinovdan o‘tkaziladi. Matn yaratish uchun 2 soat (120 daqiqa) vaqt ajratiladi.
Bunda matnlarning minimal hajmi quyidagicha bo‘lishi kerak. 1-2 kurs (9-sinf) – 2-3 bet; 3-kurs (11-sinf): 3-4 bet.
Birinchi va ikkinchi bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich 40 balni, uchinchi bosqichda eng yuqori ko‘rsatkich 50 balni tashkil etadi.
Masalan:
1 kurs (9-sinf)
1. Oilami an’analari
2. Ona shahrim manzaralari
3.Vatanga sadoqat.
2 kurs
1. Ustoz mehri
2. O‘zbekiston sporti
3. Men yoqtirgan san’at turi
3 kurs (11-sinf)
1. Buyuk orzular sari
2. Xotira-muqaddas
3. Ustoz-otangdek ulug‘
YOzma ish quyidagi mezonlar asosida baholanadi
№
|
Mazmuni
|
Ball
|
1,2 bosqich ballari
|
3 bosqich ballari
|
1
|
Mavzu to‘g‘ri, to‘liq va batafsil yoritilgan bo‘lsa-3 (5) ball,ijodiylik ruhi aniq ko‘rinib turgan bo‘lsa-3 (4) ball; fikrni bayon qilishda izchillik ta’minlangan bo‘lsa - 2 (3) ball; fikr bayonida takrorlar bo‘lmasa-2 (3) ball
|
10
|
15
|
2
|
Reja mustaqil va ijodiy tuzilgan bo‘lib, reja bandlari
mavzuga mos kelsa
|
1
|
1
|
3
|
Mavzuni yoritishda adabiy materiallardan o‘rinli foydalansa
|
1
|
1
|
4
|
Mavzuni hozirgi davr bilan bog‘lay olsa
|
1
|
1
|
5
|
Fikrlar mustaqil bo‘lib, manbadan aynan ko‘chirilmagan bo‘lsa
|
1
|
1
|
6
|
Mavzuga mos epigraf tanlay olsa
|
1
|
1
|
7
|
Matn qo‘shimcha fikrlar (OAV va internet materiallari)
bilan to‘ldirilgan bo‘lsa
|
1
|
1
|
8
|
So‘z boyligi, ifoda qurilishi va uslubi adabiy til talablariga mos bo‘lsa
|
1
|
1
|
9
|
Matn mazmunining ta’sirchanligi uchun: matnda milliy va umuminsoniy qadriyatlar o‘rinli qo‘llangan bo‘lsa
|
1
|
1
|
10
|
Ish xulosalangan bo‘lsa, xulosa asosiy fikr bilan bog‘langan bo‘lsa
|
1
|
1
|
11
|
Matn husnixat bilan yozilgan bo‘lsa
|
1
|
1
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |