Ta’mirdan chiqishida avtoulagich bo‘ylama o‘qigacha rels kallagi ustidan bo‘lgan balandligi mm. hisobida
Depo hajmida
1
Yuk vagonlari
1080 - 1000
Vagon ikki chekkalaridagi avtoulagich o‘qlari o‘rtasidagi oraliq depo hajmidagi ta’mirda 25 mm. dan oshmasligi kerak.
Gorizontalga nisbatan avtoulagichning holati, rels kallakisidan quyma chokigacha bo‘lgan balandligi o‘lchanib uning ayrimasi bo‘yicha ikkita joyda aniqlanadi: ilashish chizig‘ida va dum qismi zarba rozetkasiga kirish joyida. Avtoulagichning quyi tomonga qarab osilishi 10mm. yuqoriga esa 3mm.dan oshmasligi kerak.
Tebranuvchi osmali markazlashtiruvchi moslamada dum qismining yuqori tekkisligi bilan zarba oluvchi rozetkasining oralig‘ida u(rozetka)ning tashqi qirrasidan 15-20 mm. masofada o‘lchami kamida 25 mm. va 40 mm.dan ko‘p bo‘lmasligi kerak. Dum qismining ustki yuzasi bilan chekka (konsevaya) to‘sini o‘rtasidagi oralig‘i esa 20mm.dan kam bo‘lmasligi kerak. Prujinali tayanchga ega bo‘lgan markazlashtiruvchi moslama (pribor)li avtoulagichlarda esa yuqorida aytib o‘tilgan oraliq nazorat qilinmaydi.
Avtoulagich o‘rta holatdan chekka holatigacha odam kuchlanishidan erkin qo‘zg‘alib o‘z og‘irligi ta’sirida joyiga qaytishi kerak. Ushbu talab apparat tubi bilan orqa tirgaklariga va tirgak plitasi old tirgaklariga zich taqalib turganda bajariladi.
Ajratuvchi uzatma zanjirining uzunligi taqsimlanishi kerak. Ajratuvchi richag dastagi ximoya qilish kronshteyn tokchasiga shunday yotishi kerakki qulfning quyi qismi zev vertikal devorchasidan tashqariga chiqmasligi kerak.
Modernizasiyalashgan avtoulagichning ajratuvchi zanjirini ko’tarish moslamasi yordamida tekshirishda vagondan gorizontal yo’nalishda harakatlanadi. Avvalom bor ajratuvchi zanjir tarang tortilishi kerak. Ajratuvchi zanjir ko’targich valigini normal holatidan soat strelkasiga qarshi 20 mm.dan 30 mm.gacha aylantirganda blokirovka qiluvchi zanjir tortilishi kerak. O’sha masofa ko’targich valigi teshigining yuqori chekkasida o’lchanadi. Agar blokirovka zanjiri ko’rsatilgan masofaga ko’targich valigi aylanishidan oldin tortilsa blokirovka zanjiri me’yorlashtiriladi. Me’yorlashtirilganidan so’ng blokirovka zanjiri richakga qotiriladi, avtoulagich esa belgilangan tartibda vagonga o’rnatiladi.
Tortish xomutini ko‘tarilishidan va avtoulagichni osilib turishidan himoyalovchi umurtqa balkasidagi chegaralovchi planka yoki skoba (yoki boshqa chegaralash qurilmasi)si almashtiriladi agar u egilgan bo‘lsa yoki darzlari mavjud bo‘lsa.
Zarba yutuvchi apparat orqa tirgaklarga tegib turishi va tayanish plitasi orqali old tirgaklariga tegib turishi kerak. Tirgaklar va zarba oluvchi rozetkasining mixparchinlari qayta parchinlanishi kerak, boltli birikmalar qotirilishi kerak.