23.1 VAGONLARNI KO’TARISHDA MEXNAT MUXOFAZASI TALABI
Vagonlarni ko’tarish va tushirish usta yoki brigadirni shaxsiy raxbarligida bajariladi.
Vagonlar ko’priksimon yuk ko’tarish krani yordamida ko’tarilib, vagon ostiga stasionar stavlyugalar qo’yiladi.
To’rt o’qli vagonni bir tomonini ko’tarishdan oldin ikkinchi telejkaning g’ildirak juftligi tagiga tormoz bashmagi yoki klinlar qo‘yiladi. Bunda klinlar g’ildirakga zich yotishi kerak.
Ko’tarilgan vagon tagiga to’rt dona yuk ko’tarishga muljallangan namunaviy metall stavlyugalar qo’yiladi. Vagon ramasi va stvalyuga orasiga 15-20mm qalinlikdagi yog’och taglik qo’yiladi. Metall stavlyugalar vagon ostida tik vertikal xolatda turishi kerak.
Vagonni ko’priksimon kran yordamida ko’targanda bir me’yorda silkitmasdan ko’tarish kerak.
Vagonni ko’tarish vaqtida ko’priksimon kran o’chib qolsa yoki elektr energiya o’chishi natijasida to’xtab qolsa darxol ishni to’xtatib rubilnikdan ko’priksimon kran uchun boradigan el.tokini uzish kerak.
Vagonni ko’tarish yoki tushirish vaqtida vagon ichida biron bir ishni bajarish taqiqlanadi.
23.2 ELEKTR QURILMALAR BILAN ISHLASHDA MEXNAT MUXOFAZASI TALABI
Vagon yig’uv sexi ishchi – xodimlari Elektr qurilmalar bilan ishlashda mexnat muxofazasi talablariga qatiy rioya qilishi shart.
Elektr asbob-uskuna: drellar, diskli arralar, randalar, payvandlochilar, qaychilar, gayka bo’shatuvchilar va boshqalar quruq xonalarda saqlanib, ularga tartib raqami beriladi. Elektr asbob-uskunalar, ko’chma lampalar, simlari izolyatsiyasi va yerga ulangan simlarni tekshirish bir oydan kam bo’lmagan muddatda o’tkazilib, bu xaqida jurnalda qayd etiladi.
Vagon ustasi yoki brigadir Elektr asbob-uskunani ishchilarga berishdan oldin ishchi oldida elektr simlarining butligini, yerga ulagichlarni soz xolatda ekanligini va ishlatish uchun yaroqliligini tekshirib ishchiga topshiradi. Biron bir nosozlik aniqlanganda ishchiga Elektr asbob-uskuna berish taqiqlanadi.
Elektr asbob-uskuna kuchlanishi 36v dan yuqori bo’lganda, o’ta xavfli xonalarda va noqulay ish sharoitlarda(ochik yo’llarda, qozonlarda) ximoya vositalarisiz ishlashga yo’l qo’yilmaydi. 220v va 110v kuchlanishga ega bo’lgan shtepselli ulanmalar 36 v kuchlanishga ega bo’lgan shtepselli ulanmalardan rangi va yerga ulagich simlarini oldindan yoqilishi mavjudligi bilan keskin farq qiladi.
Qozonlarda, rezervuarlarda va yopiq kengliklarda ishlarni bajarilishi 12V va 36V kuchlanishga ega bo’lgan elektr asbob-uskunalar va ko’chma lampalar qo’llangan xolda bajariladi, xamda ularga tok yetkazib beruvchi transformatorlar ta’mirlanayotgan jixozlardan tashqarida joylashtiriladi.
Ishchi -xodimlar elektr asbob uskunani qisqa muddatga bo’lsa xam, birovga berishi mumkin emas. Ish bajarish chog’ida asbob- uskunani aylanayotgan qismiga tegishga yo’l qo’yilmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |