17. AVTOREJIMNI VAGONGA QO’YISH VA ME’YORLASHTIRISH
Avtorejimni vagonga qo’yishdan oldin, avtorejim vilkasidagi xalqani chiqib turganligi tekshiriladi, xalqa 2 mm kam bo’lmasligi kerak. Avtorejim rezina prokladka orqali vagonga maxsus kronshteynga o’ratiladi.
Avtorejimni M10 bolt va gaykalar bilan maxkamlab, ularni dioganal ketma ketlikda maxkamlash kerak.
Telejkani vagon ostiga qo’yishdan oldin, telejkaga o’rnatilgan avtorejim tayanch balkasi maxkamlanganligi soz xolatdaligi tekshiriladi.Tayanch balkasi yon ramaning maxsus joyiga (polka) rezinametall orqali M20 bolt gayka yordamida maxkalanadi. Bolt uzunligi vagon konstruktorlik xujjatiga ko’ra 90-100 mm atrofida bo’ladi.M20 bolt shunday qotirilishi kerakki bolt shaybasi bilan yon ramasi maxsus joyi orasidagi bo‘shliq 3-5 mm bo‘lishi kerak.
Tayanch balkasi yon ramaning maxsus joyida erkin xolatda qimirlashi kerak. Tayanch balkasidagi me’yorlashtiruvchi tayanch planka M12 X 60 bolt gayka va shplint bilan qotiriladi, me’yorlashtiruvchi tayanch plankaga qalinligi 1,5 – 5 mm gacha bo’lgan 5 donagacha planka qo‘yishga ruxsat etiladi. Tayanch plankalarni payvandlash taqiqlanadi.
Og’irligi 27 tonnagacha bo’lgan vagonlarga avtorejimni o’rnatishda quyidagi talabga muvofiq amalga oshiriladi:
Avtorejim vilkasining yuza qismi (upor) bilan tayanch balkasidagi tayanch plankasidagi oraliq bo’shliq “a” o’lcham 1 mm -3 mm ruxsat etiladi, oraliq bo’shliqni tayanch plankasini olish yoki qo’yish orqali me’yorlashtiriladi..
“a” o’lchamni me’yorlashtirishda 265 A-1 rusumli avtorejimdagi “b” o‘lchamni, 265 A-4, 265 A-5, AKV1 va 6532 modeldagi avtorejimlardagi “u” o’lchamni avtorejimdagi vilka uporidagi shplintni olib me’yorlashtirish taqiqlanadi.
Yuksiz vagonlarda avtorejim vilkasidagi xalqa “v” o’lcham korpusdan 2 mm kam bo’lmasligi kerak.
Havotaqsimlagichdagi holatga o’tkazuvchi (pereklyuchatel) vagonga qo’yilgan tormoz kolodkasining turiga qarab qo’yiladi ya’ni kompazitsion kalodkada “С” o‘rta xolatda, chugun kalodkada “Г” yuklangan xolatga qo’yiladi.
Og’irligi 27 tonnadan ortiq bo’lgan vagonlarga avtorejimni o’rnatishda quyidagi talabga muvofiq amalga oshiriladi:
Vagonga kompazisin turdagi kolodka qo’yilib havotaqsimlagichdagi holatga o’tkazuvchi (pereklyuchatel) “С” o’rta holatda qo’yiladi.
Avtorejim vilkasining yuza qismi (upor) bilan tayanch balkasidagi tayanch plankasidagi oraliq bo’shliq bo’lmasligi kerak 265 A-1 rusumli avtorejimda vilkadagi halqa ko’rinmasligi kerak, 265 A-4 va 6532 modeldagi avtorejimlarda vilkadagi halqa ko’rinadi agarda me’yorlashtiruvchi plankani bosilsa.
Avtorejimni vagonga to’g’ri o’rnatilganligini bilish uchun yuksiz vagonda tormozni to’liq
sinovdan o’tkazilib va tormoz silindiridagi havo bosimi nazorat qilinadi. Buning uchun tormoz silindiriga manometr o’rnatiladi. Tormoz silindirida havo bosimi tormoz to’liq tekshiruvdan o’tkazilayotganda vagon og’irligi 27 tonna dan 32 tonna gacha bo’lgan vagonlarda 1,6±0,1kgsG’sm2 bo’ladi, vagon og’irligi 32 tonnadan 36 tonnagacha bo’lgan vagonlarda 1,9±0,1kgsG’sm2 bo’ladi, vagon og’irligi 36 tonnadan 45 tonnagacha bo’lgan vagonlarda 2,2±0,1kgsG’sm2 bo’ladi. Agarda tormoz silindiridagi havo bosimi to’g’ri kelmasi tayanch balkasiga me’yorlashtiruvchi tayanch plankasi o’rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |