IV. AMALIY VA SEMINAR MASHG‘ULOTLARI UCHUN KO‘RSATMALAR
Seminar mashg’ulotlarini tashkil etish bo’yicha ko’rsatma va tavsiyalar
Mazkur fan bo’yicha seminar mashg’ulotlar o’qituvchining rahbarligida ekspress so’rovlar, case-study, charxpalak, rezyume, kichik guruhlarda ishlash, kollokvium, rolli o’yinlar, debatlar kabi interaktiv uslublardan foydalangan holda olib boriladi. Seminar mashg’ulotlari talabalarda:
- cheklangan vaqt doirasida o’zlashtirilgan o’quv materialini konstruktiv bayon qilish qobiliyati;
- real ijtimoiy hayot bilan asoslangan fikrlar bildirish va guruhda ishlash;
- tahliliy fikrlash, opponentni eshitish va asosli rad etish;
- o’z fikr va xulosalarini asoslash va himoya qilish hamda ularni og’zaki va yozma shaklda bayon qilish;
- muayyan amaliy masalalarga (kazuslarga) nisbatan tegishli qonun normalarini qo’llay olish ko’nikmalarini shakllantirishga yo’naltirilgan.
Seminar mashg’ulotlarida talabalar qonun hujjatlari loyihasini tayyorlash malakasini rivojlantiradilar.
Do'stlaringiz bilan baham: |