O’ZBEKISToN Respublikasi TAShQI IShLAR VAZIRLIGI
JAHON IQTISODIYoTI VA DIPLOMATIYa UNIVERSITETI
Ro’yxatga olindi:
№___________________
2018 yil «___» _____________________
|
|
“TASDIQLAYMAN”
O’quv ishlari bo’yicha prorektor
_______ ________________
“___” _________2018 yil
|
FANINING
ISHCHI O’QUV DASTURI
Bilim sohasi: 200 000 – “Ijtimoiy soha, iqtisod va huquq”
100 000 – Gumanitar soha
Ta’lim sohasi: 240 000 – Huquq
230 000 – Iqtisod
Ta’lim yo’nalish 5240100 – Yurisprudensiya
5231100 – Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy
Munosabatlar
Umumiy o‘quv soati - 65
Ma’ruza - 14
Seminar mashg‘ulotlari - 22
Mustaqil ta’lim soati - 29
Kurs/semestr – 1/2
Toshkent – 2018
Fanning ishchi o’quv dasturi o’quv, ishchi o’quv reja va o’quv dasturiga muvofiq ishlab chiqildi.
Tuzuvchi: Mavlyanov A.A. - “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi dotsenti, falsafa fanlari nomzodi.
Taqrizchilar:
Sh.O. Mamadalаiev
|
− IIV Akademiyasi Katta ilmiy xodimlar – izlanuvchilar institute boshlig‘I, falsafa fanlari doktori, professor.
|
R.Farmonov − JIDU “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi proftssori,
siyosatshunoslik fanlari doktori, professor.
JIDU Xalqaro
munosabatlar fakulteti dekani:
2018 yil “______”___________________________________M.Baxodirov
“Ijtimoiy- gumanitar fanlar”
Kafedrasi mudiri:
2018 “________”___________________________________R.Farmonov
I. O‘quv fanning dolzarbligi va oliy kasbiy ta’limdagi o‘rni
Mazkur ishchi o’quv dasturi O’zbekiston Respublikasining Konstitustiyasi, tegishli qonunlari, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 20 apreldagi «Олий ta’lim tizimini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to’g‘risida»gi PQ–2909-sonli qarori va Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari bilimi, malakasi va ko’nikmalariga nisbatan qo’yiladigan talablar asosida ishlab chiqilgan.
Ijtimoiy falsafa o‘z ichiga fanning bahs mavzui, vazifasi, shakllanish tarixi, tushunchalar kanegorial apparati, jamiyat hayoti va taraqqiyotining tabiiy ijtimoiy omillari, iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy, ma’naviy jihatlari, fan, madaniyat va qadriyatlarning inson va jamiyat yayotidagi o‘rni, ahamiyati, shaxs ijtimoiy taraqqiyotning sub‘ekti va harakatlantiruvchi kuchi ekanligi, O‘zbekistonninq jahon sivilizasiyasiga qo‘shilib borishi, jamiyat kelajagining bashorati kabi masalalarini qamrab oladi. Jamiyat rivojlanishi qonunlarini dilish va amaliyotda ulardan to‘g‘ri foydalanishning metodologik asoslarini tushunishda talabalarni zaruriy bilimlar bilan qurollantidadi.
“Ijtimoiy falsafa” fani ijtimoiy-gumanitar fanlar turkumidagii umumkasbiy fanlar blokiga kiritilgan kurs hisoblanib, uning 1- kursda o‘qitilishi maqsadga muvofiqdir. O’z navbatida mazkur fan tarix, falsafa tarixi, sochiologiya, psixologiya siyosatshunoslik, dihshunoslik, ma‘naviyat asoslari, madaniyatshunoslik, axloqshunoslik kabi bir qator fanlar uchun metodologik asos sifatida xizmat qiladi.
II. O‘quv fanining maqsadi va vazifalari.
Fanni oqitishning maqsadi talabalarda umumilmiy tasnifga asoslangan ijtimoiy falsafiy muammolarning keng ko‘lamli doirasi, ular echimining asosiy uslubiy yondashiwlari, jamiyat tarixiy rivojlanishining konchepchiyalari, xozirgi zamon sivilizasiyasining tabiati, unda inson ijtimoiy mavjudligining imkoniyat va vositalari hagida bir butun yaxlit tasavvurni yaratuvchi ijtimoiy falsafaning nazariy fsoslsrini shakllantirish barobarida ulardan amaliyotda to‘g‘ri foydalana olish ko‘nikmasini hosil qilishdan iboratdir.
Ushbu maqsadga erishish uchun fan talabalarni zamonaviy fan yutuqlariga asoslangan nazariy bilimlar bilan qurollantirish barobarida ularda jamiyat hayotining ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy va ma‘naviy sohalarida sodir bo‘layotgan hodisa va jarayonlar tahliliga ilmiy uslubiy yondashuv mahorati, ko‘nikma va malakalarini shakllantirish vazifalarini bajaradi.
Fan bo‘yicha talabalarning bilim, ko‘nikma va malaralariga quyidagi talablar qo‘yiladi. Talaba:
Ijtimoiy falsafaning muammolar doirasi, predmeti, nazariy metodologik asoslari, tizimi, turli xil yo‘nalishlari va qolavtrsa uning fan sifatida fanlar tizimida, shuningdek jahon madaniyatida tutgan o‘rni hamda jamiyat taraqqiyoti uchun ahamiyati kabi masalalar bo‘yicha muayan tasavvurga ega bo‘lishi;
Shaxs shakllanishining shart-sharoitlari, uning erkinligi, tabiatni va umuman hayotni asrash, insoniyat tarixida zo‘rovonlikning mudhish oqibatlarini doimo yodda tutish va uning qaytarilishiga aslo yo‘l qo‘ymaslik, insonning o‘z-o‘ziga va atrofdagilarga nisbatan ma‘naviy mas‘ullik kabi masalalar bo‘yicha to‘plangan bilimlarga ega bo‘lishi va ulardan foydalana olishi;
hozirgi zamon sivilizasiyasida insonning ijtimoiylashuvi yoki uning jamiyatdan begonalashuvi jarayonlari, ularning sabab va oqibatlari, jamiyat kelajagining basorati masalalarini tahlil qilish borasida muayan nuqtai nazarga suyanishi, zaruriy muammolar echimida aniq va qat‘iy qarorlar qabul qilish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |