Zbekiston respublikasi tashqi ishlar vazirligi jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti


-mavzu. Jamiyat hayotida iqtisod, siyosat va huquq



Download 59,04 Kb.
bet3/14
Sana22.01.2021
Hajmi59,04 Kb.
#56290
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Ижтимоий фапсафа ишчи дастур(ХҲ.,ХИМ)

4-mavzu. Jamiyat hayotida iqtisod, siyosat va huquq.

Moddiy ishlab chiqarish jamiyat hayotining iqtisodiy asosi. Ijtimoiy ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasi va funknsiyalari. Mehnat tabiiy jarayon va ijtimoiy hodisa sifatida. Ijtimoiy mehnat taqsimoti. Ijtimoiy ishlab chiqarish usuli va uning jamiyat rivojlanishidagi roli. Moddiy boyliklarni ishlab chiqarish, ayirboshlash, taqsimlash va iste’mol munosabatlarining dialektik tabiati. Ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlar, ular nuzilmasi va aloqadorligi.

Siyosat falsafasi. Siyosatning ijtimoiy falsafiy muammolari. Jamiyat siyosiy tizimi tahliliga falsafiy yondashuvning o‘ziga xos jihati. Siyosat, hokimiyat, davlat siyosiy falsafaning fsosiy o‘zak tushunchalari sifatida. Siyosiy maqsad va siyosiy vositalar. Davlat siyosiy tizimning asosiy elementi. Boshqaruv va o‘zini-o‘zi boshqarish. Siyosiy tuzum tushunchasi. Huquqiy demokratik davlat mohiyati. Avtoritarizm va demokranizm hokimiyatning muqobil vositalari sifatida. Siyosiy iroda siyosiy hokimiyatning muhim elementi. Siyosiy dialog hokimiyat quroli va siyosiy madaniyat darajasining ko‘rsatkichi sifatida.

Fuqarolik jamiyati va davlat tushunchasi. Qonun ustuvorligi tamoyilining O‘zbekistonda demokratik, fuqarolik jamiyati qurishdagi ahamiyati.

Ijtimoiy munosabatlar tushunchasi. Ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning ob’ektiv zaruriyati. Ijtimoiy normalar tizimi: urf-odat, diniy, ahloqiy normalar, jamoat tashkilotlari qoidalari va boshqa ijtimoiy normalar.

Axloq va huquq. Axloq – ijtimoiy munosabatlarni tartiblashtiriahning muhim me’yoriy tizimi sifatida. Huquq - ijtimoiy munosabatlarni normativ tartibga solishning turi sifatida. Huquq tizimi, huquq tarmoqlari va institutlari. Huquqiy ong: tushunchasi, tarkibiy qismlari. Huquqiy madaniyat: tushunchasi, tuzilishi, darajalari. Huquqiy tarbiya – huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirishning zarur sharti.

Huquqiy munosabatlar: tushunchasi, belgilari va turlari. Huquqiy munosabatlar tarkibi: sub’ekt, ob’ekt, sub’ektiv huquq va yuridik majburiyatlar. Yuridik fakt: tushunchasi va turlari. Huquqdagi prezumptsiyalar va fiktsiyalar.

Huquq normalari. Huquq shakllari (manbalari). Huquq ijodkorligi. Huquqni amalga oshirish. Huquq normalarini sharhlash. Huquqbuzarlik va yuridik javobgarlik. Qonuniylik va huquqiy tartibot.
5-mavzu. Inson, madaniyat, ma‘naviyat va qadriyatlar falsafasi.

Inson ijtimoiy falsafiy muammo sifatida. Inson olamning tarkibiy qismi. Insonning paydo bo’lishi haqidagi diniy va ilmiy-falsafiy qa­rashlarning mohiyati. Insonni falsafiy tushunishning o’ziga xos xususiyati. Sharq falsafasida inson muammosi. Inson masalasida G’arb an’anasi. Falsafiy antropologiyaning paydo bo’lishi va rivojlanishi, predmeti va vazifalari.

Insonning tabiati va mohiyati. Inson, individ va shaхs tushunchalari. Inson mavjudligining tabiiy, ijtimoiy va ma’naviy-psixologik jihatlari. Ijtimoiy rivojlanishda tarixiy zarurat va shaxs erkinligi. Shaxsning maqsad va manfaatlar inson mavjudligining bosh va asosiy tamoyili sifatida. Shaхs erkinligi, huquq va burchlari. Islohotlar — inson manfaatlarini ko’zlab amalga oshirilayotgan jarayon.

Mаdаniyat tushunchаsi va unga gnоsоlоgik, аksiоlоgik, аntоlоgik, sеmоtik yondоshuvlаr. Mаdаniyatning аsоsiy turlаri - mоddiy vа mа’nаviy mаdаniyat, ulаrning o’zаrо bоglikdigi.

Mintаqаviy, etnik, milliy, sоsiаl-iqtisоdiy хilmа-хillik vа umumbаshаriy birlik. Jаhоn хаlqlаri mаdаniyatdаgi o’zigа хоslik vа umumiylik. Shаrq vа G’аrb mаdаniyatlаrining o’zаrо bir-birigа tа’siri. Mаdаniyatning аsоsiy tizimlаri vа funksiyalаri. Milliy mаdаniyatlаrni tаrаqqiyog istiqbоli.

Jamiyat manaviyati: ijtimoiy – falsafiy tavsif. Jamiyatning ma’naviy asoslari. Jamiyat ma’naviy hayotining sohalari – ong, ruhiyat, g‘oya, mafkura, fan, din, axloq, san‘at, madaniyat, ta‘lim, tarbiya, qadriyat va boshqalar. Ong va ruhiyat: mohiyati, shakllanishi va rivojlanishi haqida tabiiy-ilmiy tasavvurlar va qarashlar. Inson ongining tabiiy-ijtimoiy jihatlari. In’ikosning mohiyati, asosiy shakllari. Ijtimoiy va individual ong, uning darajalari. Ijtimoiy ongning asosiy shakllari, ularni o‘zaro bog‘liqligi va farqlash mezonlari .

Qadriyat kategoriyasi, uning mohiyati va mazmuni. Qadriyatlar tizimi. Qadriyatlarning namoyon bo‘lish shakllari va ularning asosiy хususiyatlari. Qadrlash va baho, ularning o‘zaro aloqasi.

Qadriyat tushunchasi va uning umumiy tavsifi. Qadriyatlarning turlari: moddiy qadriyatlar, ma’naviy qadriyatlar, ijtimoiy siyosiy qadriyatlar, individual yoki shaxsga doir qadriyatlar. Jamiyat va inson hayotida qadriyatlarning roli. Oliy qadriyatlar. Sog’lik va erkinlik qadriyat sifatida. Bilim qadriyat sifatida. Shaxsning qadriyatlarga munosabati. Qadriyatlar iyerarxiyasi. Istiqlol va qadriyatlarga nisbatan qarashning ijobiy o‘zgarishi. O‘zbekistonda milliy qadriyatlarni asrab – avaylash va umuminsoniy qadriyatlarning ustuvorligini ta’minlash jarayoni.
2-Modul. Jamiyat taraqqiyoti: tarixiy jarayon va kelajak muammolari.

6-mavzu. Tarixiy jarayon: tushuncha, muammolar, yondashuvlar.



Tarix falsafasi Tarix falsafasining predmeti. Tarix falsafasiga oid qarashlar evolyusiyasi. Tarix falsafasining tuzilishi: tarix falsafasi ontologiyasi, gnoseologiyasi, tarix falsafasi tarixi. Tarix falsafasi funksiyalari: dunyoqarashga doir funksiyasi, nazariy funksiyasi, prognostik funksiyasi. Tarix falsafasining hozirgi konsepsiyalari. Tarix falsafasining gnoseologik yo’nalishi. Ontologik va aksiologik konsepsiyalar.

Tarixiy jarayon mazmuni va uning yo’nalishi. Tarixga formasion va sivilizasion yondashuvlar. Tarix falsafasida tarixiy taraqqiyot g’oyasi. Tarixiy taraqqiyot mezonlari. Tarixiy jarayonda zaruriyat va erkinlik. Tarixiy zaruriyat. Zaruriyat va erkinlik dialektikasi. Tarixda shaxsning roli.

Ijtimoiy taraqqiyot tushunchasi. Ijtimoiy o‘zgarish va taraqqiyot tushunchalarining nisbati. Ijtimoiy progress, regress, evolyusiya va revolyusiya ijtimoiy o‘zgarishlarning shakli sifatida. Ijtimoiy progress muammolari. Ijtimoiy taraqqiyot shakllari: evolyusion, revolyusion va reformistik taraqqiyotlar. Evolyusion rivojlanish va uning afzalliklari. Sotsial revolyusiyalar va ularning salbiy oqibatlari. Sotsial reformalar va ularning turlari.

O‘zbek rivojlanish modelida milliy mentalitetning o‘rni. Rivojlangan mamlakatlar tajribasida milliy tafakkur tarzining ahamiyati. O‘zbekistonda davlat hokimiyati va boshqaruvni demokratiyalashtirish jarayonlarining o‘ziga xosligi.

Ijtimoiy taraqqiyotni boshqarish. Menejment va uning xususiyatlari. Global ijtimoiyiqtisodiy tanazzullar va ularning ijtimoiy taraqqiyot jarayonlariga salbiy ta‘siri. O‘zbekiston ijtimoiy-madaniy xususiyatlarning ijtimoiy-iqtisodiy tanazzullarga qarshi choratadbirlarni ishlab chiqishdagi ahamiyati

7-mavzu. Hozirgi zamon globallashuvi va insoniyat kelajagi muammolari.

Ijtimoiy taraqqiyotning hozirgi davr va uning o‘ziga хos хususiyatlari. Хalqaro integratsiya jarayonlari va universal teхnologiyalar. Globallashuvning falsafiy muammolari. Globallashuv – yangi falsafiy mavzu. Globallashuv hodisasi. Globalistika. Global jarayonlarning kurtaklari. Fundamental globallashuv.Umumbashariy muammolar, ularning asosiy yo‘nalish va namoyon bo‘lish хususiyatlari. Muammolarni hal qilish yo‘llari va imkoniyatlari.

Global muammolarning ko’pjihatliligi. Global muammolar –globallashuvning oqibati sifatida. Ijtimoiy rivojlanishning jadallashuvida global tendensiyalarni anglashning ahamiyati.

Texnooptimizm. Texnopessimizm. Ekopessimizm. Global muammolarning mohiyati. Muammolarning turli darajalari: xususiy, milliy, mahalliy, mintaqaviy muammolar. Globallik mezonlari. Hozirgi davrning asosiy global muammolari: demografik tizim, ta’lim muammosi, sog’liqni saqlash muammosi, oziq ovqat muammosi, iqtisodiy rivojlanishning notekisligi, energetika va xom ashyo resurslari, urush va tinchlik muammosi.

Global ongni shakllantirish zarurati. Global muammolarni hal qilishda xalqaro kuchlar birlashuvining ahamiyati. Global muammolarni hal qilishda xususiy va umumiy manfaatlar.

Jamiyat kelajzgi va uni bashorat qilish ijtimoiy falsafa muammosi sifatida. Ijtimoiy bashorat tushunchasi: uning turlari, usullari. Bashoratning turlari: kundalik bashorat, ilmiy bashorat, ijtimoiy bashorat qilish, intuitiv bashorat. Ijtimoiy bashoratning subyektiv va obyektiv asosi.

Ijtimoiy-falsafiy tafakkur tarixida kelajak konchehchiyalari. Kelejakni bashorat qilishning utopik konchepchiyalari(T.Mor, T.Kampanella). Kelejakni bashorat qilishning asosiy yondashuvlari: regressiv-pessimistik(L.A.Ceneka, Rim klubi), tsiklik (O.Shpengler, A.Toynbi, P.Sorokin ), progressiv- optimistik(N.Kondorse, G.Gegel, K.Marks). Ilmiy bashoratning Ijtimoiy ekspriment, ekstrapolyachiya, modellashtirish va ekspertiza kabi hozirgi zamon usullari.

Hozirgi zamon fanida bashorat qiliishning metodlari: ekstropolyasiya metodi, tarixiy analogiya, modellashtirish metodi, ekspertiza usulida baholash,kelajakni prognozlashtirish. Normativ prognoz, analitik prognoz, prognoz ogohlantirish. Prognozlashtirishning ijtimoiy jarayonlarga ta’siri. Kelajakni prognozlashtirishning o’ziga xos xususiyatlari. Jahon va O‘zbekiston ХХI asrda: хavfsizlikki taxdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. ХХI asr boshlarida O‘zbekiston taraqqiyotining asosiy yo‘nalishlari va хususiyatlari.


Download 59,04 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish