Fanga ajratilgan o`quv soatlarining taqsimoti
№
|
Mavzu
|
Auditoriya soatlari
|
Mustaqil ish
|
Jami
|
Ma`ruza
|
Seminar
|
1-Modul. Ijtimoiy falsafa fanining umumilmiy asoslari.
|
1.
|
Ijtimoiy falsafaning fan sifstida shakllanishi, predmeti va funktsiyalari.
|
2
|
4
|
4
|
10
|
2.
|
Jamiyatni bilishda falsafiy uslub, qonun va kategoriyalar.
|
2
|
4
|
4
|
10
|
3.
|
Jamiyat va tabiat, ijtimoiy-sotsial tizim.
|
2
|
2
|
4
|
8
|
4.
|
Jamiyat hayotida iqtisod, siyosat va huquq.
|
2
|
4
|
4
|
10
|
5.
|
Inson, madaniyat, ma‘naviyat va qadriyatlar falsafasi.
|
2
|
4
|
5
|
11
|
2-Modul. Jamiyat taraqqiyoti: tarixiy jarayon va kelajak muammolari.
|
6
|
Ijtimoiy taraqqiyot tarixiy jarayon sifatida: tushuncha, muammolar, yondashuvlar.
|
2
|
2
|
4
|
8
|
7
|
Hozirgi zamon globallashuvi va insoniyat kelajagi muammolari.
|
2
|
2
|
4
|
8
|
Jami
|
14
|
22
|
29
|
65
|
III. Asosiy nazariy qism (ma‘ruza mashg‘ulotlari)
1-Modul. Ijtimoiy falsafa fanining umumilmiy asoslari.
1-mavzu. Ijtimoiy falsafaning fan sifstida shakllanishi, predmeti va funktsiyalari.
Falsafa va ijtimoiy falsafa. Falsafa ijtimoiy falsafiy bilimlarning metodologik asosi sifatida. Ijtimoiy falsafa tushunchasi, uning bahs mavzui, maqsad va vazifalari. Ijtimoiy falsafaning metodologik, dunyoqarashga oid, umummadaniy va insonparvarlik funkchiyalari. Ijtimoiy falsafa va boshqa ijtimoiy-gumanitar fanlar. Ijtimoiy falsafaning fanlar tizimidagi o‘rni.
Ijtimoiy falsafa fanining tuzulmaviy tarkibi: ijtimoiy ontologiya – ijtimoiy bjrliq falsafasi, tarix falsafasi(tarixiy jarayonlarning dinamir jihati), ijtimoiy falsafiy antropologiya.
Ijtimoiy falsafa fanining tushunchalar(kategorial) apparati: jamiyat, inson, faoliyat, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy munosabatlar, ijtimoiy taraqqiyot, kommunikachiya, globallashuv va boshqalar.
Ijtimoiy falsafiy fikr shakllanishining asosiy bosqichlari. Antik davr qomusiy olimlari va Ilk o‘rta asrlarda Markaziy Osiyoning buyuk hadisshunos olimlari Imom al-Buхoriy, Imom at-Termiziy, Imom Moturudiy, BurХoniddin al-Marg‘inoniy hamda olamga mashxur al-Хorazmiy, al-Farg‘oniy, Farobiy, Beruniy va Ibn Sino kabi mutafakkirlarning qarashlarida ijtimoiy-falsafiy masalalarning aks ettirilishi.
O‘rta asrlar G‘arb falsafasida ijtimoiylik muammolarni aks ettirilishining o‘ziga xos jihatlari. Avgustin tarix falsafasi. F. Akvinskiyning davlat va hokimiyat, huquq va qonun munosabatdorligining teochentrik konchepchiyasi.
Yangi davr G’arb va Sharq falsafasidagi asosiy ijtimoiy-falsafiy muammolar. T.Gobs va J.Lokk inson huquqi tabiati hamda davlat va fuqaro munosabatlari haqida. Sh.Monteskyning geografik determinizm g‘oyasi. J.J.Russo ijtimoiy-falsafiy qarashlari. I.G.Gerderning tarixiy taraqiyot va uning insoniyat madaniyati rivojida vorisiylikning ta‘minlanishida ahamiyati haqidagi g‘oyasi. Jamiyat va dunyoviy tarixning tahlilida Gegelning ob‘ektiv idealizmi va dialektikasi.
XX-XXI asr G’arb ijtimoiy falsafasi. Pozitivizmning ijtimoiy falsafasi. O. Kont, J. S. Mill, G. Spenserning ijtimoiy-falsafiy qarashlari. Neopozitivizm va postpozitivizmda ijtimoiy-falsafiy g‘oyalar. Ekzistenstializm ijtimoiy falsafasi. S. Kerkegor — inson falsafasining asoschisi. Inson qadri va haq-huquqlari muammosi. Pragmatizm ijtimoiy falsafasi. CH.Pirs, U.Jeyms, J.Dyuining ijtimoiy-falsafiy qarashlari. G‘arb mamlakatlarida jamiyat falsafasi: P. Sorokin, K. Popper.
2-mavzu. Jamiyatni bilishda falsafiy uslub, qonun va kategoriyalar.
Bilish jarayoni umumilmiy tahlilning mavzui sifatida. Bilish ob’ekti va sub’ekti.Inson bilishining asosiy bosqichlaru. Hissiy va aqliy bilish. Ilmiy bilish, uning mohiyati va asjsiy jihatlari. Jamiyat ilmiy dilishning ob’ekti sifatida. Ijtimoiy bilishning empirik va nazariy darajalari. Ijtimoiy bilishda haqiqat muammosi. Ijtimoiy bilishda haqiqatning ob’ektivligi, konkretlililigi, mutloqligi va nisbiyligi muammosi. Jamiyatni bilishda ijtimoiy amaliyot haqiqatning mezoni sifatida.
Metod va metodologiya tushunchalari. Taraqqiyot to‘g‘risida turlicha nazariya, usul va konsepsiyalar. Dialekteka, uning zamonaviy talqini. Metafizika, uning asosiy tushunchalari va tamoyillari. Sofistika. Eklektika. Sinergetika va uning asosiy g‘oyalari. Ijtimoiy bilish usullarining turli xilligi va va ular o‘rtasidagi o‘zaro birlik muammosi. Dialektika, tizimli yondashuv va sinergetika ijtimoiy hodisalarning umumilmiy usullari sifatida. Dialektika va uning tarixiy shakllari. Sinergetika murakkab rivojlanuvchi tizimlarning ozini-o‘zi tashkil etishini ta‘mionlovchi usuli sifatida. Tarixiy jarayonning sinergetik tahlili.
Qonun tushunchasi. Qonunlarning turlari: voqelik qonunlari, fan qonunlari, bazis va lokal qonunlar, falsafa qonunlari. Falsafa qonunlari va jamiyat qonunlari hamda ular o‘rtasida aloqadorlik dialertikasi. Qarama-qarshilik va ziddiyat. Qarama- qarshiliklarning tasnifi. Ziddiyatlarning tasnifi. Ayniyat va tafovut. Ziddiyatlarning turlari. dialektikasi. Sifat, miqdor, me’yor, xossa, sakrash kategoriyalari. Sakrashning turlari. Inkorni-inkor. Inkorni inkorda vorisiylik.
Kategoriya tushunchasi va ular turlarining falsafiy tavsifi: Falsafa va ijtimoiy falsafa kategoriyalari. ijtimoiy falsafada jamiyat mavjudligi va o‘zaro aloqadorligining alohida, хususiy va umumiy jiхatlarining namoyon bo’lishi. Butun va bo‘lak, tizim, tarkib va element – olam tuzilishining namoyon bo‘lish shakllari sifatida. Alohidalik, хususiylik va umumiylik kategoriyalari.
Jamiyat mohiyati va hodisasi voqelikdagi o‘zaro bog‘liqlikning ko‘rinishlari sifatida. Mohiyat va hodisaning tabiat va jamiyatda namoyon bo‘lishi. O‘zbekistonning istiqbolli va mustaqillikning tub mohiyati. Bu boradagi amaliy qadamlar – o‘zgarishlar jarayonining hodisalari tarzida.
Voqelikda mazmun va shaklning namoyon bo‘lish хususiyatlari. Mazmun va shakl, ularning tabiat va inson hayotida namoyon bo‘lish хususiyatlari. O‘zbekistonning istiqboli: Islohotlarning amalga oshishi jarayonida mazmun va shaklning birligi.
O‘zgarish va o‘zaro aloqadorlik jarayonidagi sababiy bog‘lanishlar. Sabab va oqibat kategoriyalari. Voqelikdagi zaruriy va tasodifiy jarayonlar. Zaruriyat va tasodif kategoriyalari, ularning o‘zaro aloqasi va bir-birini taqozo etish tamoyili. Ijtimoiy jarayonlar tahlilida zaruriyat va tasodifning namoyon bo‘lish хususiyatlari.
Jamiyatning o‘zgarishlar va taraqqiyot jarayonida imkoniyat va voqelik kategoriyalari, ularning mohiyati va mazmuni.
3-mavzu. Jamiyat va tabiat, ijtimoiy-sotsial tizim.
“Tabiat” tushunchasi, uning falsafiy mohiyati va mazmuni. Jonli, jonsiz tabiat, ularning bir butunligi va uzviy aloqadorligi. Hayot, uning qadr-qimmati muammosi. Erda yayotning vujudga kelishi to‘g‘risidagi diniy va dunyoviy qarashlar.
Tabiat jamiyat hayot faoliyatining asosi sifatida. Tabiat va jamiat, tabiiy va sun‘iy muhit, ularning o‘zaro aloqasi. Tabiat – jamiatning yashash sharti. Jamiatning tabiatga ta‘siri. “Biosfera”, “noosfera”, “ekosfera” , “ergosfera” tushunchalari, ularning uzviy aloqadorligi va farqlari. Monteskye, Bokl, Mechnikovlarning geografik determinism kontseptsiyasining tabiat va jamiat munosabatlaridagi muammolarni to‘g‘ri anglashdagi ahamiyati. V.I.Vernadskiyning tabbiiy muhitni umuminsoniy manfaat yo‘lida ongli o‘zgartirilishi davomida shakllanuvchi noosfera sohasi haqidagi ta‘limoti.
Ekologik muammolarning vujudga kelishining sabablari va ularni hal etishning muammolari. Yoshlarning ekologik ongini shakllantirishdagi ijtimoiy-falsafiy muammolar. O‘zbekistonda havo qatlam va yerning tarkibidagi buzilishlar, Orol dengizining chekinisi kabi umumbashariy ekologik muammolarning mavjudligi va ularni hal etishda tegishli vazirlik va idoralar, jamoat va xalqaro tashkilotlar vakillari, olimlar, mutaxassislar va jamiyatning faol qatlami bo‘lgan yoshlarning roli.
Jamiyatning ijtimoiy tuzilmasi. Ijtimoiy munosabatlar va ijtimoiy faoliyat sub’ektlari o‘rtasidagi munjsabatlarning alohida turi sifatida. Sotsial guruh tushunchasi, uning asosiy belgilari. Jamiyatni sotsial guruhlarga ajratish mezonlarining xilma-xilligi Sotsial guruh turlari: katta va kichik, rasmiy va norasmiy, birlamchi va ikkilamchi, inguruh va autguruh, referent guruhlar va boshqalar. G‘arb sotsiologiyasida kichik guruhlar nazariyasi: sotsiometriya, guruh o‘zgaruvchanligi, psixoterapevtik va boshqalar sotsial guruhlarning shakllanishi, ishlashi va taraqqiy etishi qonunlarini tushuntiruvchi nazariyalar sifatida.
Qon-qarindoshlikka asoslangan guruhlar: urug‘, qabila, qarindoshlar, oila, elat, millat. Sotsial institut tushunchasi. Sotsial institut belgilari. Sotsial institutning asosiy vazifalari. Sotsial institute turlari: oila, siyosat, din, iqtisod, ta‘lim, huquq va boshqalar. Jamiyat hayotida sotsial institutlarning o‘rni. Oila jamiyatning muhim social institute sifatida. Oila va nikoh. Nikohning tarixiy shakllari. Monogam oila va uning sivilizasiyalashgan jamiyat yayotidagi o‘rni.
Jamiyatning ijtimoiy sinfiy tuzilmasi. Ijtimoiy sinfiy guruhlarning tarixiy shakllari – ijtimoiy tabaqalar. Sinfiy kurash va sinfiy hamkorlik. Ijtimoiy iqtisodiy sinflar va kasbiy guruhlar. Professionalizm va diletantizm.
Do'stlaringiz bilan baham: |