14.4. Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash tartibi.
Bir necha jinoyat sodir etganlik uchun jazo tayinlash (JK 59- moddasi) bir qancha jinoyatlar sodir etishning - jinoyatlar majmui ko’rinishiga taaluqlidir.
Jinoyat qonunida ko’zda tutilgan, jinoyatlar majmui bo’yicha jazo tayinlash qoidalari qo’yidagi hollarda qo’llaniladi:
- qilmish jinoyat qonunining turli moddalari bilan kvalifikastiya qilinganda;
- qilmish JK Maxsus qismi bitta moddasining bir necha qismlari bilan bilan kvalifikastiya qilinganda, basharti ushbu qismlar turli jinoyatlar uchun javobgarlikni nazarda tutsa;
- shaxs bir necha qilmishni sodir etgan bo’lib, ulardan biri tugallangan jinoyat tariqasida, boshqalari esa jinoyatga tayyorgarlik, suiqasd yoki ishtirokchilikda sodir qilinganda;
- ish bo’yicha hukm chiqarilgandan keyin maqkumning birinchi ish bo’yicha chiqarilgan hukmgacha yana boshqa jinoyatda aybdorligi aniqlanganda;
- ish bo’yicha shaxsga ayblov hukmi e’lon qilinib, ushbu hukm qonuniy kuchga kirmasdan shaxsning boshqa bir jinoyatni sodir qilganda.
Do'stlaringiz bilan baham: |