14 –Mavzu. JAZO TAYINLASh
14.1. Jinoyat huquqida jazo tayinlashning umumiy asoslari.
Jazo tayinlash deb - jinoyat sodir etishda qonunda belgilangan tartibda aybli deb topilgan shaxsga nisbatan JK Maxsus qism moddasi sankstiyasida nazarda tutilgan jazo (majburlov chorasi)ni qo’llanilishi tushuniladi.
Sud jazo tayinlashda:
- JK Maxsus qismining jinoyat sodir etganlik uchun javobgarlik nazarda tutilgan moddasida belgilangan doirada;
- JK Umumiy qismning qoidalariga muvofiq;
- sodir etilgan jinoyatning xususiyati va ijtimoiy xavflilik darajasini;
- qilmishning sodir qilinishi sababini;
- etkazilgan zararning xususiyati va miqdorini;
- aybdorning shaxsini;
- jazoni engillashtiruvchi va og`irlashtiruvchi holatlarni hisobga olishi shart.
Do'stlaringiz bilan baham: |