Elektroliz
1) Elektroliz jarayonida kimyoviy reaksiyalarning qaysi turi sodir bo‘ladi?
A) birikish B) o‘rin olish
C) gudroliz D) oksid-qaytаrilish
2) Qaysi metall faqat elektroliz usulida olinadi?
A) mis B) temir C) kaliy D) xrom
3) NaOH suyuqlanmasi elektroliz qilinganda katod va anodda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) vodorod va kislorod B) natriy va vodorod C) natriy va kislorod D) natriy va suv
4) Osh tuzi eritmasidan qanday qilib natriy metalini olish mumkin?
A) qizdirib B) eritmani elektroliz qilib
C) kaliy metali bilan reaksiyaga kirishtirib
D) eritmani bug‘latib so‘ng a suyuqlanmani elektroliz qilib
5) Osh tuzi eritmasi elektroliz qilinganda katod va anodda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) natriy va xlor B) natriy va kislorod C) natriy va vodorod D) vodorod va xlor
6) Qaysi tuzlar eritmalari elektroliz qilinganda katodda metal ajralib chiqmaydi?
A) AgNO3 B) CuSO4 C) FeSO4 D) NaNO3
7) AgNO3 eritmasi elektroliz qilinganda katod va anodda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) kumush va azot B) kumush va kislorod C) vodorod va kislorod D) vodorod va azot
8) CaCO3 suyuqlanmasi elektrolizga uchraganda katod va anodda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) kalsiy va kislorod B) vodorod va kislorod C) kalsiy va uglerod D) suyuqlanma elektrolizga uchramaydi
9) Mis sulfat va mis nitrat eritmasi orqali doimiy elektr tok o‘tkazilganda qaysi zarracha oksidlanadi?
A) sullfat ioni B) gidroksil ioni
C) nitrat ioni D) mis kationi
10) AgNO3 va Cu (NO3)2 eritmalari orqali doimiy elektr toki o‘tkazilganda qaysi zarracha oksidlanadi?
A) kumush ioni B) nitrat ioni
C) gidroksil ioni D) xlor ioni
11) Eritmada bir xil konsentratsiyada quydagi ionlar mavjud 1) Cu2+ 2) Ag+ 3) Pb2+ 4) Ni2+ 5) Zn2+. Ular elektroliz vaqtida katodda qanday ketma-ketlikda qaytariladi?
A) 2, 1, 3, 4, 5 B) 2, 3, 5, 4, 1
C) 2, 4, 3, 5, 1 D) 1, 2, 3, 4, 5
12) Qaysi moddalarning suvli eritmalari inert elektrodlar bilan elektroliz qilinganda, bir xil modda hosil bo‘ladi? 1) natriy gidroksid 2) kaliy xlorid 3) xlorid kislota 4) sulfat kislota 5) natriy nitrat
A)1, 2, 3 B)2, 3, 5 C)1, 5 D)1, 4, 5
13) Magniy xlorid eritmasi elektroliz qilinganda anodda qanday modda hosil bo‘ladi?
A) vodorod B) kislorod C) magniy D) xlor
14) Qaysi metallar elektroliz usulida olinadi? 1) oltin 2) temir 3) natriy 4) marganes 5) kalsiy
A) 1, 2, 4B) 1, 2,3C) 2, 4 D) 3, 5
15) 10 daqiqa davomida 7 A elektr toki kadmiy sulfat eritmasidan o‘tkazilganda, katodda necha (g) kadmiy ajraladi?
A) 0, 014 B) 1, 6 C) 0, 015 D) 2, 44
16) 15 daqiqa davomida 1,25 A kuchga ega bo‘lgan tok mis (II) sulfat eritmasidan o‘tkazilsa, katodda necha (g) mis ajraladi?
A) 0,037 B) 0,37 C) 0,75 D) 0,073
17) Kuchi 5A bo‘lgan tok 15 daqiqa davomida kalsiy xlorid suyuqlanmasidan o‘tkazilganda qancha miqdor (g) kalsiy xlorid parchalanadi?
A) 9,3 B) 0,93 C) 2,60 D) 4,5
18) Kuchi 15 A bo‘lgan tok 15 daqiqa davomida mis (II) xlorid eritmasidan o‘tkazilganda qancha (l.n.sh) xlor ajraladi?
A) 2,24 B) 1,9 C) 1,57 D) 1,3
19) 10 g o‘yuvchi natriy olish uchun osh tuzi eritmasidan kuchi 2,2 A ga ega bo‘lgan tok necha soat davomida o‘tkazilishi kerak?
A) 14,8 B) 3,05 C) 4,79 D) 3,82
20) Sulfat kislota eritmasidan 10 daqiqa davomida o‘zgarmas tok o‘tkazilganda, 672 ml qaldiroq gaz ajraldi. Elektroliz jarayonidagi tok kuchini (A) hisoblang?
A) 7,34 B) 6,43 C) 5,43 D) 3,43
21) 45 daqiqa davomida katodda 15g mis ajralishi uchun mis (II) sulfat eritmasi orqali o‘tkazilishi lozim bo‘lgan tok kuchini (A) hisoblang?
A) 15,92 B) 15,5 C) 16,8 D) 5,84
22) Metall xloridi suyuqlanmasi elektroliz qilinganda, 0,896 l xlor (n.sh.) va 3,12 g metal hosil bo‘ldi. Qaysi metallni xloridi elektroliz qilinganligini aniqlang?
A) natriy B) kaliy C) alyuminiy D) magniy
23) KOH eritmasi inert elektrod yordamida elektroliz qilinganda anodda 25 ml gaz chiqdi. Katodda ajralib chiqqan gazning hajmini (ml) hisoblang.
A) 50 B) 60 C) 70 D) 80
24) Kumush nitratning suvli eritmasi elektroliz qilingandan keyin eritmaga tushurilgan lakmus qog‘oz qanday rangda bo‘ladi?
A) ko‘k B) qizil C) binafsha D) o‘zgarmaydi
25) Elektroliz jarayonida bir xil o‘zgarishlarda qatnashadigan moddalar qatorini ko‘rsating?
1) xrom(III)nitrat 2) kaliy gidroksid 3) natriy bromid 4)natriy nitrat 5) nitrat kislota
6) xlorid kislota
A) 1, 2, 3 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 6 D) 2, 4, 5
26) Tuz eritmasi elektroliz jarayonida 5,6 l (n.sh.) qaz ajralib chiqdi. Elektroliz uchun qancha (g) AgNO3 olingan?
A) 80 B) 42, 5 C) 108 D) 170
27) Rux sulfat tuzinig suvli eritmasidan 1 soat davomida kuchi 1,5 A bo‘lgan tok o‘tadi. Katodda qanday modda va necha (g) ajralib chiqadi?
A) H2, 0,6 B) Zn, 3,27 C) O2, 1 D) Zn, 1,83
28) 28 g KOH ni olish uchun necha (g) KCl ning suvli eritmasi elektroliz qilinishi kerak.
A) 74,5 B) 149 C) 37,25 D) 18,62
29) 10 g Al2O3 ning elektrolizi natijasida 4,5 g metal ajralib chiqdi. Reaksiya unumini aniqlang?
A) 100 B) 85 C) 50 D) 80
30) Valentligi III ga teng bo‘lgan metall xloridi eritmasi orqali 30 daqiqa davomida 1,5 A kuchli doimiy tok o‘tkazilganda 1,071 g metal ajralib chiqdi. Shu metallni aniqlang?
A) Y B) In C) Ln D) Ga
31) Kaliy sulfat eritmasi orqali 15 A kuchli doimiy tok 24 soat davomida o‘tkazilganda anodda 70,8 l gaz maxsuloti hosil bo‘lgan. Elektroliz jarayonini unumini aniqlang.
A) 0,9 B) 0,86 C) 0,94 D) 0,96
32) Amalda bajarib bo‘lmaydigan jarayonlarni ko‘rsating?
1) temir (III) sulfat eritmasining elektrolizi
2) magniy xlorid suyuqlanmasining elektrolizi
3) magniy karbonat suyuqlanmasining elektrolizi
4) saxarozaning elektrolizi
5) simob (II) nitrat suyuqlanmasining elektroliz
A) 1, 2, 3 B) 1, 4, 5 C) 3, 4, 5 D) 1, 2, 5
33) Kaliy ftoridning suvli eritmasini elektroliz qilib qanday moddalar olish mumkin.
1) vodorod 2) kislorod 3) kaliy
4) ftor 5) kaliy gidroksid
A) 1, 2 B) 3, 4 C) 1, 4, 5 D) 1, 4
34) Qaysi qatordagi metallarni ular tuzlarining suvli eritmalarini elektroliz qilib olish mumkin?
A) mis, natriy, rubidiy B) temir, kalsiy, xrom C) temir, litiy, nikel D) oltin, kumush, mis
35) KOH eritmasi orqali 1,2 A tok 3 soat davomida o‘tkazildi. Katodda ajralib chiqqan vodorodning hajmini ( l, n.sh) hisoblang?
A) 22,4 B) 2,24 C) 1,5 D) 7,52
36) Sulfat kislota eritmasi 9 daqiqa davomida elektroliz qilinganda. 200C va 102200 Pa bosimda o‘lchangan 60 ml qaldiroq gaz ajralib chiqdi. Tok kuchini A aniqlang.
A) 0,6 B) 1,2 C) 1,8 D) 2,4
37) NaNO3ning 5% li 1000 g eritmasi elektroliz qilingada 144 g suv elektrolitik parchalangan bo‘lsa, elektrolizdan keyin NaNO3 ning massa ulushi qancha bo‘ladi?
A) 10 B) 8 C) 5,8 D) 6,8
38) 0,7 M konsentratsiyali 400 ml sulfat kislota eritmasi berilgan. Kislota konsentratsiyasini 1 M etkazish uchun eritmadan 5,956 A tokni necha soat davomida o‘tkazish kerak.
A) 30 B) 40 C) 50 D) 60
39) Elektroliz jarayoning unumi 0,804 bo‘lganda 20 ml kadmiy sulfatning 0,1M eritmasidan barcha kadmiyni ajratib olish uchun tok kuchi 0,5 A bo‘lgandagi jarayon vaqtini(daqiqa) hisoblang.
A) 12 B) 13,6 C) 16 D) 18
40) Mis(II) sulfatning 400 ml 6% li eritmasining (p=1,022g/ml) elektrolizi eritma massasi 10 g kamayguncha davom ettirildi. Eritmada qolgan tuz va hosil bo‘lgan kislotaning massa ulushlarini (%) toping.
A) 3,2 va 3,07 B) 1,45 va 1,05
C) 1,05 va 4,05 D) 4,5 va 3,0
41) Kadmiy sulfat eritmasidan 3,35 A.s. elektr tok o‘tkazilgan bo‘lsa, katodda qancha (g) kadmiy ajralib chiqqan?
A) 5 B) 6 C) 7 D) 8
42) Katodda 3,36 g kadmiy ajratib olish uchun kadmiy sulfat eritmasidan 0,402 a kuchga ega bo‘lgan tok qancha vaqt (soat) davomida o‘tishi kerakligini aniqlang.
A) 4 B) 5 C) 6 D) 7
43) Kumush nitrat eritmasidan 2 soat davomida 0,804 A kuchga ega bo‘lgan tok o‘tkazilganda katodda 6,156 g kumush ajralib chiqqan. Kumushning tok bo‘yicha unuminii aniqlang?
A) 80 B) 85 C) 90 D) 95
44) Mis kuporosi eritmasidan 2 soat davomida tok o‘tkazilganda katodda 2,24 g mis ajralib chiqqan. Tok kuchi nimaga teng?
A) 0,938 B) 0,576 C) 0,675 D) 0,804
45) Mis kuporosi eritmasidan 30 daqiqa davomida 5,36 a kuchga ega bo‘lgan elektr toki o‘tkazilganda katodda ajralib chiqqan mis miqdorini aniqlang?
A) 6,4 B) 3,2 C) 1,6 D) 2,3
46) Natriy sulfat eritmasidan 20 soat davomida 134 a kuchga ega bo‘lgan elekrt toki o‘tkazilganda 1064 l (n.sh.) vodorod ajralib chiqdi. Vodorodni tok bo‘yicha unumini aniqlang?
A) 80 B) 85 C) 90 D) 95
47) Kumush nitrat eritmasidan 8 soat davomida 0,67 a kuchga ega bo‘lgan tok o‘tkazilgan. Katodda ajralib chiqqan kumush miqdorini (g) hisoblang.
A) 1,08 B) 2,16 C) 3,14 D) 21,6
48) Suvsiz rux sulfat va kadmiy sulfatdan iborat 2,65 g aralashma eritilgan. Rux va kadmiyni batamom ajratib olish uchun 90 daqiqa davomida 0,536 a kuchga ega bo‘lgan elektr o‘tkazildi. Sulfatlar aralashmasi tarkibini aniqlang.
A) 1,61; 1,04 B) 1,92; 1,32
C) 2,28; 1,95 D) 4,32; 2,34
49) Eritma tarkibida 11,9 g kumush nitrat bor. Kumushni to‘liq ajratib olish uchun eritmadan 4 soat davomida 0,5 a kuchga ega bo‘lgan elekrt toki o‘tkazildi. Kumushni tok bo‘yicha unumini (%) aniqlang?
A) 92 B) 93,8 C) 64,3 D) 96,8
50) Eritmada 4,65g nikel (II) sulfat bor. Nikelning hamasini 4 soat davomida ajratib olish uchun etarli bo‘ladigan tok kuchini (A) aniqlang?
A) 0,608 B) 0,576 C) 0,402 D) 0,802
51) Metall sulfatning eritmasi elektroliz qilinganda katodda 4,55 g metall, anodda esa 784 ml kislorod (n.sh.) ajraldi. Metall ekvivalenti va nomini aniqlang?
A) 32,5g rux B) 32g mis
C) 4,32g kumush D) 56g kadmiy
52) Tarkibida 2,885 g mis va kadmiy sulfatlar aralashmasi bo‘lgan 250 ml eritmadan mis va kadmiyni batamom ajratib olish uchun bu eritmadan 6 soat davomida 0,134 a kuchga ega bo‘lgan tok o‘tkazildi. Eritmadagi mis va kadmiy sulfatlatning molyar konsetratsiyalarini (M) aniqlang?
A) 0,01; 0,02 B) 0,02; 0,04
C) 0,04 va 0,08 D) 0,01; 0,1
53) Ishqoriy metal xloridining eritmasi elektroliz qilinganda 1,02 g ishqor va 0,112 l (n.sh.) xlor ajralib chiqdi. Ishqoriy metall nomi va ekvivalentini aniqlang?
A) 32; mis B) 65; kadmiy
C) 85; rubidiy D) 107; kumush
54) Birinchi elektrolizyorda 1 mol ikkinchisida 2 mol konsentratsiyali mis (II) sulfat eritmalari orqali 4 faradey tok o‘tganda katodlarda ajralib chiqqan mis massalarini (g) aniqlang.
A) 256 va 256 B) 128 va 256
C) 128 va 128 D) 64 va 128
55) Birinchi elektrolizyorda 1,5 mol ikkinchisida 2,5 mol konsentratsiyali mis sulfat eritmalari orqali 5 faradey tok o‘tganda katodlarda ajralib chiqqan mis massalarini (g) aniqlang.
A) 90 va 160 B) 160 va 160
C) 96 va 160 D) 64 va 64
56) 800 g 5% li mis sulfat eritmasining massasi 23,6 g kamaysuncha elektroliz qilindi.Inert elektrodlarda ajralgan moddalar massalarini (g) aniqlang.
1) katodda 16 g mis; 2) katodda 0,4 g vodorod; 3) katodda 6,4 g mis 4) anodda 4 g kislorod;
5) anodda 3,6 g kislorod; 6) anodda 7,2 g kislorod
A) 1, 2, 6 B) 1, 4 C) 3, 6 D) 1, 4, 5
57) Tarkibida mis (II) nitrat va kumush nitrat bo‘lgan 250 ml eritmani 9650 sekund davomida 0,5 A tok kuchi bilan elektroliz qilinganda, katodda har ikki metalldan hammasi bo‘lib 3,12 g ajralib chiqdi. Boshlang‘ich eritmadagi nitrat ionlarining molyar konsentratsiyasini toping.
A) 0,035 B) 0,2 C) 0,015 D) 0,14
58) Mis(II)sulfatning 500 ml 0,1 M eritmasidan 19300 Kl elektr miqdori o‘tkazilganda katodda necha (g) mis ajralgan.
A) 3,2 B) 6,4 C) 1,6 D) 12,8
59) Mis sulfatning 1000 g 8% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda 28 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so‘ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 4,8 B) 6,12 C) 24,5 D) 5,3
60) 19300 sek davomida 2 A kuch bilan 250 ml 0,4 M kadmiy sulfat eritmasi elektroliz qilinganda, katodda ajralgan kadmiy massasini (g) hisoblang (vodorodni chiqishi hisobga olinmasin).
A) 22,4 B) 104 C) 11,2 D) 52
61) Mis (II) sulfat va kadmiy sulfatdan iborat 5,28 g aralashma suvda eritildi.Mis bilan kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritma 193 daqiqa davomida 0,5 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi tuzlarni massasini (g) aniqlang.
A) 1,6; 3,68 B) 0,8; 4,48
C) 2,64; 2,64 D) 3,2; 2,08
62) 2,34% li 500 g NaCl eritmasini 48250 sek davomida 2 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Anodda ajralgan xlor massasini (g) aniqlang.
A) 7,1 B) 35,5 C) 3,55 D) 14,2
62) Mis (II) nitrat va kumush nitratlarning 0,1 M eritmasidan 400 ml dan aralashtirilib, so‘ngra 2 A tok kuchi bilan 1930 sek elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada qolgan tuzning massasini (g) toping.
A) 11,28 B) 3,76 C) 3,4 D) 7,52
63) 500 g 8% li CuSO4 eritmasi elektroliz qilinganda anodda 25,2 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so‘ng eritmadagi moddaning massa ulushini(%) aniqlang.
A) 6,7 B) 5,5 C) 7,4 D) 4,5
64) Tarkibida mis (II) nitrat va kumush nitrat bo‘lgan 500 ml eritma orqali 3860 Kl elektr miqdor o‘tkazildi. Katodda har ikkala metaldan hammasi bo‘lib 2,04 g ajralib chiqdi. Boshlang‘ich eritmadagi tuzlarning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 0,03; 0,02 B) 0,015; 0,01
C) 0,02; 0,01 D) 0,04; 0,03
65) Kislorod va vodorod olish maqsadida suv elektroliz qilinganda, eritmani elektr o‘tkazuvchanligini oshirish uchun qaysi moddani suvga qo‘shish kerak.
A) mis sulfat B) natriy xlorid
C) glyukoza D) kaliy gidroksid
66) Tarkibida 0,6 mol AgNO3,0,2 mol CuSO4 va 0,15 mol AuCl3 bo‘lgan eritmalar tok manbaiga ketma-ket ulangan. Eritma orqali 48250 Kl tok miqdori o‘tkazilganda katodlarda ajralgan moddalar massasini (g) aniqlang.
A) 54; 16; 32,83 B) 64,8; 12,8; 29,55 C) 54; 12,8; 29,6 D) 108; 64; 197
67) Mis (II) nitrat va kumush nitratlarning 0,1 M eritmasidan 400ml dan aralashtirilib, so‘ngra 4 A tok kuchi bilan 1930 sek elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada qolgan tuzning massasini (g) toping.
A) 11,28 B) 3,76 C) 3,4 D) 7,52
68) 300 ml 0,1 M Zn(NO3)2 va 200 ml 0,2 M AgNO3 eritmalarining aralashmasi 4 A tok kuchi bilan 965 sek davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) toping.
A) 3,78 B) 18,9 C) 5,67 D) 1,89
69) AgNO3 ning 500 g 6,8% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda 22,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so‘ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 4,7 B) 3,6 C) 2,8 D) 1,9
70) Mis (II)sulfatning 800 g 10% li eritmasi elektroliz qilinganda anodda 22,4 l (n.sh.) gaz ajraldi. Elektrolizdan so‘ng eritmadagi moddaning massa ulushini (%) aniqlang.
A) 6,7 B) 30,6 C) 24,5 D) 4,9
71) 600 ml 0,2 M Cu(NO3)2 va 200 ml 0,2 M AgNO3 eritmalarining aralashmasi 5 A tok kuchi bilan 3860 sek davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) toping.
A) 7,52 B) 6,3C) 18,9 D) 12,6
72) 458 g suvda 73,3 g Na2SO4 va CdSO4 aralashmasi eritildi. Kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritmadan 2 A kuchga ega bo‘lgan tok 24125 sek davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, elektrolizdan so‘ng eritmadagi (p=1,25g/ml) sulfat ionlarini konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 1,0 B) 0,4 C) 7,68 D) 3,8
73) 300 g 10% li KNO3 eritmasi orqali 5A tok 26,8 soat davomida o‘tkazilganda eritma massasi 45g ga kamaydi. qolgan eritmada tuzining massa ulushini (%) toping.
A) 12,6 B) 11,8 C) 11,3 D) 16,7
74) 8 soat davomida osh tuzi eritmasi orqali 2,5A doimiy tok o‘tkazilganda anodda ajralib chiqqan mahsulot hajmini (l) hisoblang.e
A) 6,35 B) 9,12 C) 8,36 D) 11,2
75) O‘yuvchi natriy eritmasi orqali 5 A tok 45 daqiqa davomida o‘tkazilsa katodda necha litr (n.sh.) gaz ajraladi?
A) 3,16 B) 1,57 C) 2,24 D) 4,48
76) Elektrolizida suv molekulalari umuman ishtirok etmaydigan moddalarni ko‘rsating.
1) litiy bromid 2) kalsiy yodid 3) rux nitrat 4) xrom (III) xlorid 5) mis (II) xlorid
A) 1, 4, 5 B) 2, 3, 4 C) 5 D) 3
77) Natriy va kaliy xloriddan iborat aralashmadagi xlor ionini to‘la cho‘ktirish uchun 12,65 g kumush nitrat sarflandi. Boshlang‘ich aralashma suvda eritib elektroliz qilinsa … l (n.sh.) xlor ajraladi.
A) 0,69 B) 0,83 C) 1,1 D) 0,47
78) 15% li osh tuzinig …g eritmasi tarkibidagi tuz tugaguncha elektroliz qilinganda olingn vodorod 5,2 g asitilenni to‘la gidrogenlashga etarli bo‘ladi.
A) 286 B) 374 C) 312 D) 216
79) 400 ml 0,2 M Cu(NO3)2 va 200 ml 0,3 M AgNO3 eritmalarining aralashmasi 5 A tok kuchi bilan 3860 sek davomida elektroliz qilindi. elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) hisoblang.
A) 3,76 B) 1,88 C) 7,52 D) 5,64
80) Tarkibida Cu(NO3)2 va AgNO3 bo‘lgan 400 ml eritma orqali 3860 Kl elektr o‘tkazildi. Katodda har ikki metaldan hammasi bo‘lib 2,8 g ajralib chiqdi. Boshlang‘ich eritmadagi tuzlarning konsentratsiyasi (mol/l) hisoblang.
A) 0,01;0,02 B) 0,025;0,050
C) 0,025;0,075 D) 0,02;0,02
81) 500 ml 0,1 M Cu(NO3)2 va 400 ml 0,2 M AgNO3 eritmalarining aralashmasi 5 A tok kuchi bilan 1930 sek davomida elektroliz qilindi. elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) hisoblang.
A) 3,76 B) 1,88 C) 7,52 D) 5,64
82) CuSO4 va CdSO4 dan iborat 9,44 g aralashma suvda eritildi. Mis va kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritma 1930 sek davomida 5 a tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Boshlang‘ich aralashma tarkibidagi tuzlarning massasini (g) hisoblang.
A) 6,4; 3,04 B) 3,2; 6,24
C) 2,4; 7,04 D) 4,8; 4,64
83) Tarkibida Cu(NO3)2 va AgNO3 bo‘lgan 500 ml eritmani 3860 sek davomida 10 A tok kuchi bilan elektroliz qilindi. Katodda har ikkala metaldan hammasi bo‘lib 28 g ajralib chiqdi. boshlang‘ich atalashmadagi tuzlarning konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 0,2; 0,2 B) 0,1; 0,2
C) 0,2; 0,4 D) 0,1; 0,3
84) 200 ml 0,2 M Cu(NO3)2 va 200 ml 0,2 M AgNO3 eritmalarining aralashmasi 2 A tok kuchi bilan 965 sek davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) hisoblang.
A) 10,92 B) 3,7 C) 7,52 D) 5,64
85) 500 g suvda 60,4 g Na2SO4 va CuSO4 aralashmasi eritildi. Misni batamom ajratib olish uchun eritmadan 4 A kuchga ega bo‘lgan tok 9650 sek davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, boshlang‘ich aralashma tarkibidagi tuzlarning massasini (g) hisoblang.
A) 42,6; 33,8 B) 21,3; 39,1
C) 28,4; 32 D) 35,5; 24,9
86) 747,6 g suvda 76,4 g Na2SO4 va CuSO4 aralashmasi eritildi. Misni batamom ajratib olish uchun eritmadan 5 A kuchga ega bo‘lgan tok 11580 sek davomida o‘tkazilgan bo‘lsa,boshlang‘ich aralashma tarkibidagi tuzlarning massasini (g) hisoblang..
A) 28,4; 48 B) 21,3; 39,1
C) 28,4; 32 D) 35,5; 26
87) 500 ml 0,1 M Cu(NO3)2 va 300 ml 0,2 M AgNO3 eritmalarining aralashmasi 5 A tok kuchi bilan 1930 sek davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmadagi tuzning massasini (g) hisoblang.
A) 3,76 B) 9,40 C) 7,52 D) 5,64
88) Tarkibida 0,2 M AuCl3 va 0,3 mol CuCl2 bo‘lgan eritma orqali, 965 sek qavomida 8 A tok o‘tkazilganda anodda ajralib chiqqan modda hajmini (ml, n.sh.) hisoblang.
A) 344 B) 168 C) 112 D) 896
89) NaF eritmasi elektroliz qilinganda katod va anodda qanday moddalar hosil bo‘ladi?
A) vodorod va ftor B) natriy va kislorod
C) vodorod va kislorod D) natriy va ftor
90) 200 ml 0,2 M Cu(NO3)2 va 200 ml 0,2 M AgNO3 eritmalarining aralashmasi 2 A tok kuchi bilan 2895 sek davomida elektroliz qilindi. Elektroliz tugagandan keyin eritmada qolgan nitrat kislotaning massasini (g) hisoblang.
A) 2,52 B) 5,04 C) 3,78 D) 7,56
91) 447,6 g suvda 90,8 g Na2SO4 va CdSO4 aralashmasi eritildi. Kadmiyni batamom ajratib olish uchun eritmadan 2 A kuchga ega bo‘lgan tok 28950 sek davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan eritmadagi (p=1,25g/ml) sulfat ionlarini konsentratsiyasini (mol/l) hisoblang.
A) 1,0 B) 9,8 C) 1,16 D) 0,75
92) 747,6 g suvda 76,4 g Na2SO4 va CuSO4 aralashmasi eritildi. Misni batamom ajratib olish uchun eritmadan 5 A kuchga ega bo‘lgan tok 11580 sek davomida o‘tkazilgan bo‘lsa, hosil bo‘lgan eritmadagi (p=1,25g/ml) natriy sulfat molyarligini (mol/l) hisoblang.
A) 0,2 B) 0,1 C) 0,3 D) 0,4
93) 3 mol suvni parchalash uchun 6 A tok necha soat davomida eritma orqali o‘tishi kerak.
A) 16,8 B) 9,8 C) 26,8 D) 21,2
94) Ziichligi 1,1 bo‘lgan 14% li 250 ml osh tuzi eritmasi elektroliz qilinganda, katodda 5 l gaz ajralib chiqdi. Eritmada hosil bo‘lgan natriy gidroksidni massa ulushini (%) va sarflangan osh tuzi massasini (g) aniqlang.
A) 7,5; 28,2 B) 6,9; 26,1
C) 8,0; 29,25 D) 10,25; 32,71
95) Massasi 40 g bo‘lgan temir plastinka mis sulfat eritmasiga tushirildi. Plastinka massasi 43 g ga etganda, eritmaga necha g temir o‘tgan.
A) 15 B) 19 C) 21 D) 4
96) Rux plastinka tarkibida 13,5 g mis(II)xlorid bo‘lgan eritmaga tushurildi. Plastinka massasi 0,01 g ga o‘zgargan bo‘lsa, eritmada necha g mis(II)xlorid qolgan.
A) 13,11 B) 12,15 C) 2,4 D) 5,76
97) Mis (II) sulfat eritmasiga massasi 10 g bo‘lgan temir plastinka tushurildi. Bu plastinkani massasi 11 g ga teng bo‘lgan qancha g temir eritmaga o‘tgan.
A) 1 B) 4 C) 6 D) 7
Do'stlaringiz bilan baham: |