Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet32/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Yakka va jamlovchi ot. Bir turdagi predmetning o‘zini bildiruvchi ot yakka ot deyiladi:[kitob], [uy], [daraxt]. Jamlovchi ot birlik shaklda ham predmetlar majmuini anglatadi: [armiya], [kopchilik], [xalq]. Lekin bunday ot semantik ko‘plikda bo‘lsa-da, grammatik birlikda deyiladi.
Otning xususiy lugaviy shakllari: kichraytirish, shaxsiy munosabat shakllari. Otdagi yana bir lug‘aviy shakl – kichraytirish-erkalash shakli. Kichraytirish-erkalash paradigmasi [-cha], [-gina], [-(a)loq] shakllaridan iborat bo‘lib, ular quyidagi ma’noni ifodalaydi: [-cha]:
a) shaxs va predmetning kichik ekanligini:(kitobcha), (qalamcha);
b) erkalash ma’nosini: (ogilcha), (qizcha);
d) kamsitish ma’nosini: (domlacha), (odamcha).
[-gina]:
a) kichraytirish:(qizgina), (bolagina);
b) achinish: (bechoragina);
d) erkalash: (bolaginam).
[-(a)loq] qo‘shimchasi ayrim otlarga qo‘shilib, erkalash ma’nosini bildiradi: (botaloq), (qizaloq), (toyloq).
Shaxsiy munosabat (erkalash) shakllari ([-jon], [-xon], [-oy], [-bonu]) shaxs bildiruvchi atoqli va turdosh otga qo‘shilib, erkalash, suyish ma’nosini ifodalaydi:(Ahmadjon), (xolajon), (Gulnoraxon), (Shirinabonu)


Otning morfologik belgilari va tasniflovchi kategoriyalari. Ot morfologik o‘zgaruvchi so‘z sifatida o‘ziga xos morfologik paradigmalarga ega. Son va subyektiv baho shakllari otning asosiy tasniflovchi grammatik shakllari hisoblanadi.
Son kategoriyasi. Otlarda ziddiyat holida bo‘lgan birlik va ko‘plik ma’nosi va bu ma’noni ifodalovchi shakllar sistemasi grammatik son kategoriyasini tashkil etadi.
Mantiqiy va grammatik sonni aralashtirmaslik kerak. Masalan, jamlovchi ot ([xalq], [qoshin], [poda], [suruv]) mantiqan predmet jamini bildiradi, lekin grammatik jihatdan birlikda deb qaraladi.
Son kategoriyasining ikki: [-lar] affiksi bilan yasaluvchi shakli va shunga oppozitsiyada bo‘lgan nol ko‘rsatkichli shakli bor. Bulardan [–lar] affiksi otning ko‘plik shaklini yasaydi, birlik shakl esa nol ko‘rsatkichli shakli.
[-lar] shaklining ko‘plikni ifodalashi masalasida barcha tilshunoslar hamfikr. Ammo nol ko‘rsatkichli shakl masalasida har xil qarash bor.
Ko‘p holda nol shakl faqat birlik ma’nosining ifodalovchisi sifatida qaraladi. Ba’zilar esa u na ko‘plik, na birlik ifodalashini ta’kidlab, bu shaklning son kategoriyasi tarkibidagi o‘rniga shubha bilan qaraydi. Zero nol shakl miqdoriy grammatik ma’no anglatishdan mahrum ekan, unda [-lar] shakli bilan aynan bir xil qurshovda o‘rin almashishini qanday tushunish kerak? Unda Askar orab oldi ongdan-u soldan (Mirt) gapida mantiqan (askarlar) so‘zshakli ishlatilgan bo‘lur edi.
Demak, [-lar] va nol shakl – hozirgi o‘zbek tilida miqdor anglatuvchi grammatik ko‘rsatkich. Bu ular sof miqdor anglatadi, degani emas, albatta. Miqdor belgisi bu shakllarda kategorial ma’no bo‘lsa, unda sifatiy yondosh va boshqa hamroh ma’no ham mavjud.
Quyida [-lar] shaklining OGMlarini sanaymiz.
«Ko‘plik» [-lar] shakli eng ko‘p ifodalaydigan ma’no. Bunda [-lar] UGMsining kategorial ma’nosi «ko‘plik» bo‘lsa, unga dialektik yondosh bo‘lgan ma’no – «miqdoriy noaniqlik» va «sifatiy bo‘linuvchanlik». Ya’ni grammatik ma’no «bo‘linuvchan noaniq koplik». Demak, «ko‘plik» ma’nosi ifodalanganda, albatta, o‘z-o‘zidan «noaniqlik» va «bo‘linuvchanlik» ma’nosi yuzaga chiqishi shart. Bunga misol: Bogda shirin-shirin olmalar bor. Olmaning ko‘pligi ayon. Ammo uning nechtaligi noaniq va bu ko‘plik bo‘linuvchan (olma+olma+olma...).
«Jamlik» ma’nosi ba’zan sezilar-sezilmas, ya’ni bo‘linuvchanlik xususiyatini saqlagan holda (a) yuzaga chiqsa, ayrim holda, xususan, turg‘unlashib qolgan izofada (b) yaqqol yuzaga chiqadi: a) kishilar orzusi, qushlar bayrami; b) ishchilar sinfi, oqituvchilar roznomasi, kitoblar uyi.
[-lar] shaklining «bog‘liqlik yoki o‘xshashlikka asoslangan ko‘plik»ni ifodalashi quyidagi misolda ko‘rinadi: 1. Avazlarga gisht quyib berdim (Avaz va u bilan bog‘liq oila a’zolariga). 2. Avvalgi sarvigullar oqishni tugatishdi (Sarvigulga o‘xshaganlar).
[-lar]ning miqdoriy va sifatiy belgisi ayrim holda unga makon va zamon o‘lchovida taxminiylikni ifodalash imkonini beradi. Masalan, 1. Adashmasam, uni urib burnini qonatganimda uch yoshlarda edik. 2. On yillar ilgari kamina ham shu qizlar yoshida edim.
[-lar]ning kuchaytirilgan ma’no ifodalashi: Tillarimga kocholmaydi bogzimdagi ovozim. Bundagi kuchaytirish [-lar]ning «ko‘plik» ma’nosiga bog‘liq. Chunki ko‘p narsa mantiqan kuchli bo‘ladi. Ya’ni til aslida «bitta». Uni kuchli qilib ko‘rsatish uchun ko‘plik shakli berilmoqda.
Quyida nol [0] shakl OGMlarini sanaymiz.

  1. «Birlik» ifodalash [0] shaklning asosiy vazifasi. Bu ma’no ko‘rsatish olmoshlari, bir so‘zi, aniqlovchilar bilan munosabatga kirishganda yuzaga chiqadi: Bir radiosi bor, sandiqdek keladi. (O‘.Hosh.)

  2. [0] shakl jamlik ifodalaganda narsalarning bo‘linmas, yaxlit birligi anglashiladi:Gadoning dushmani gado boladi. (A.Orip.)

  3. [0] shakl matnda aniq va noaniq ko‘plik ifodalashi mumkin. Masalan, Ermon buvaning aytishiga qaraganda, on pud kosakni chuvish zimmamizga yuklatilgan edi.

Aytilganlar asosida son kategoriyasi shakllari uchun quyidagi UGMlarni ko‘rsatamiz:
[0] shakli UGMsi – «bo‘linmas sifat, aniq/noaniq miqdor ifodalash»
[-lar] shakli UGMsi – «bo‘linuvchan/bo‘linmas sifat va aniq/noaniq miqdor ifodalash».
Bu UGM o‘z o‘rnida kategorial va nokategorial qismga bo‘linadi. «Miqdor» kategorial, «bo‘linuvchan/bo‘linmas sifat» yondosh, «tur», «xil», «kuchaytirish», «hurmat» kabilar – kategorial ma’no bilan dialektik bog‘lanmagan hamroh ma’no.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish