Zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlatuniversiteti



Download 0,74 Mb.
bet33/153
Sana06.06.2022
Hajmi0,74 Mb.
#641804
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153
Bog'liq
Tasdiqlayman” O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

Otning tuzilishiga kora turi. Ot tuzilishiga ko‘ra sodda va murakkab bo‘ladi. Sodda ot bir o‘zakli bo‘ladi: (kitob), (daftar), (odam), (ishchi). Murakkab ot o‘z o‘rnida uchga bo‘linadi: a) juft ot; b) takroriy ot; v) qoshma ot.
Otlarikkixil – affiksatsiyavakompozitsiyausulibilanyasaladi. Shungamuvofiq, otyasashningaffiksalvakompozitsionqolipimavjud. Buqoliphamo‘zo‘rnidaunumli, unumsiz; mahsuldorvakammahsulturgabo‘linadi.
Otyasovchiqolipningaksariyatiko‘pma’noli. Quyidaularniko‘ribo‘tamiz.
[-chi]affiksli[ot + -chi = 1) asosdananglashilgannarsabilanbogliqkasb, mutaxassislikbilanshugullanuvchishaxsoti; 2) asosdananglashilganish/harakat/hodisabilanshugullanuvchishaxsoti; 3) asosdananglashilganish-harakat, faoliyatdaqatnashuvchishaxsoti; 4) ish-faoliyatdabiroroqim, maslakvash.k. tarafdori, shulargamansubbolganshaxsnibildiruvchiot; 5) asosdananglashilganhodisani, ish-harakatnibajarishodatikuchlibolganshaxsnibildiruvchiot] qolipiquyidagihosilalarnibergan:
1) [sportchi, [dutorchi, [kashtachi, [shaxmatchi, [bufetchi, [matbaachi;
2) [xabarchi], [maslahatchi], [terimchi], [yordamchi], [himoyachi], [davomchi];
3) [jangchi], [isyonchi], [hasharchi], [muzokarachi], (sayrchi), [obunachi];
4)[respublikachi], [muxtoriyatchi], (“paxtakor”chi), [tursunoychi];
5) [topolonchi], [buzgunchi], [tavakkalchi], [ginachi], [uyquchi], [lofchi], [kekchi].
Ko‘rinadiki, bu qolip polisemantik va polifunksional bo‘lib, har bir ma’nosi yana bir necha ma’no turlariga bo‘linib ketadi.
[-shunos] affiksli [ot + -shunos = asosdan anglashilgan sohani organuvchi mutaxassis] qolipi bir ma’noli bo‘lib, u quyidagi hosilani bergan:[dabiyotshunos][tilshunos], [tarixshunos], [olkashunos], [musiqashunos] kabi.
[-kor] affiksli ikkita qolip mavjud:
a) [aniq ot + -kor + asosdan anglashilgan narsa/predmetni yetishtirish bilan shugullanuvchi shaxs oti] ([paxtakor], (lavlagikor), [sholikor], [gallakor]);
b) [mavhum ot + -kor = asosdan anglashilgan ish-harakat bilan shugullanuvchi shaxs]([madadkor], [xiyonatkor], [gunohkor], [tajovuzkor], [tashabbuskor], [ijodkor], [xizmatkor]).
[-kash] affiksli qolip ham ikki ma’noli:
a) [ot + -kash = 1) asosdan anglashilgan ish, mashgulot bilan shugullanuvchi shaxs oti: [zambilkash], [kirakash], [loykash], (paxsakash);
b) asosdan anglashilgan ishni bajarish odati kuchli bolgan shaxs oti]: [janjalkash], [hazilkash].
Quyida boshqa affiksli qoliplarni misollari bilan sanab o‘tamiz: [oquv otlari+-xon = asosdan anglashilgan narsa/predmetni doimiy mutolaa qiluvchi shaxs oti] ([gazetxon], [kitobxon], (jurnalxon), [duoxon]), [ot + -doz = asosdan anglashilgan narsa/predmetni tikuvchi shaxs oti] ([etikdoz], [mahsidoz], [moynadoz], [doppidoz]), [ot + -gar = asosdan anglashilgan narsa/predmet bilan bogliq kasbni qiluvchi shaxs oti] ([zargar], (sovungar), [savdogar]), [ot + -soz = asosdan anglashilgan narsa/predmetni yaratuvchi, tuzatuvchi shaxs oti] ([soatsoz], (stanoksoz), (asbobsoz)), [ot + -paz = asosdan anglashilgan taomni tayyorlov shaxs oti] ([oshpaz], (somsapaz), (mantipaz), [kabobpaz]), [ot + -boz = asosdan anglashilgan ish/harakat bilan kop shugullanuvchi, unga berilgan shaxs oti] ([majlisboz], (rizaboz)[maishatboz], [safsataboz], [va’daboz], [guruhboz], [kaptarboz], [bedanaboz]), [ot + -xor = asosdan anglashilgan yegulik, ichimlikni doimiy iste’mol qiluvchi shaxs oti] (norinxor) [aroqxor][nafaqaxor], [choyxor]), [ot + -parast = asosdan anglashilgan narsaga e’tiqod qiluvchi shaxs oti] ([butparast], [mayparast], [shaxsiyatparast], [maishatparast]), [ot + -goy = asosdan anglashilgan ish/harakat, hodisani doim bajarib turadigan shaxs oti] ([maslahatgoy], [duogoy], [xushomadgoy], [nasihatgoy], (labbaygoy), [ot + -dor = asosdan anglashilgan narsa/predmetga ega bolgan shaxs oti] ([bogdor], [quldor], [dokondor]), [ot + -bon = asosdan anglashilgan narsa/predmetga qarovchi shaxs oti] ([bogbon], [saroybon], [darvozabon]), [ot + -furush = asosdan anglashilgan narsa/predmetni sotish bilan shugullanuvchi shaxs oti] ([chitfurush], [nosfurush], [mevafurush]), [ot + -dosh = asosdan anglashilgan narsa/predmetga bir xil aloqador bolgan shaxs oti] (qaygudosh), [musobaqadosh], [suhbatdosh], [zamondosh]), [ot + -vachcha = asosdan anglashilgan shaxsga qarashli farzand ma’nosidagi shaxs oti] ([boyvachcha], [gadoyvachcha], [toravachcha], [togavachcha], [xolavachcha], [ammavachcha], [itvachcha]), [ham + ot = asosdan anglashilgan narsa/predmetga aloqador shaxs oti] ([hamshahar], [hamsuhbat], [hamkurs], [hamkasb]), a) [sifat/ravish + -lik = asosdan anglashilgan belgi oti] ([sariqlik], [tezlik], [bema’nilik], [yoshlik],), b) [ot + -lik = asosdan anglashilgan narsa/predmetni umumlashtirib, holat tarzida ifodalovchi mansublik oti] ([otalik], [oqituvchilik], [ginaxonlik], [va’dabozlik], [shaharlik], [uruglik], [kiyimlik], [muzlik], [botqoqlik]), [ot + -chilik = 1) asosdan anglashilgan narsa yetishtiriladigan soha oti; 2) asosdan anglashilgan narsa/hodisaning borlik holatini anglatuvchi ot; 3) asosdan anglashilgan narsa bilan boglanuvchi holat oti; 4) biror ish-hodisaning sababi asosdan anglashilgan narsa ekanini bildiruvchi ot] ( 1) [paxtachilik], [urugchilik], [chorvachilik]; 2) [pishiqchilik], [tokinchilik], (qattiqchilik)),3) [ulfatchilik], [tirikchilik], [maynabozchilik],(ortoqchilik);4)(yurtchilik), [ozbekchilik], [rozgorchilik]), [ot + -garchilik = asosdan anglashilgan belgi, holat, harakat-hodisaga aloqador bolgan ot] ([oliftagarchilik], [namgarchilik], [isrofgarchilik]), [ot + -zor = asosdan anglashilgan narsa kop boladigan joy oti] ([olmazor], [qaroqchizor], [paxtazor], [ajriqzor]), [qum, tosh, ot + -loq = asosdan anglashilgan narsa/predmet kop boladigan joy oti] ([otloq], [qumloq], [toshloq]), [ot + -iston = asosdan anglashilgan narsa/predmetga boy joy oti] ([Ozbekiston], [guliston]).
Shunday ot yasash qoliplari borki, ulardan bugungi kunda yangi so‘z yasalmaydi. Hosilalarning barchasi lisoniy xarakterga ega. [ot + -goh = asosdan anglashilgan ish-harakat bajarilgan joy oti] ([sayilgoh], [ayshgoh], [manzilgoh]), [ot + -don = asosdan anglashilgan narsa/predmet saqlanadigan predmetni ifodalovchi ot] ([qalamdon], [tuzdon], [kuldon]), [ot + -xona = asosdan anglashilgan ish-harakatga moljallangan joy oti] ([ishxona], [qabulxona], [choyxona], [oshxona]), [ot + -obod = asosdan anglashilgan narsa/predmet obod qilgan joy oti] ([Dehqonobod], [Mehnatobod]), [ot + -noma= asosdan anglashilgan narsa/predmetni ifodalovchi ot] ([arznoma], [taklifnoma], [sayohatnoma]).
[-k(-ik/-ak), -q(-iq, -uq, -oq)] ([kekirik], [korik], [ogriq], [qaviq], [buyruq], [qiynoq], [oroq]), [-k/q] (-iq,-ik) ([toshak], [qayroq], [elak]), [-gi (ki/gi/qi/gu)] ([sevgi], [kulgi], [supurgi], [chopqi], [achitqi], [yonilgi], [tomizgi]), [-m( -im/-um)] ([chidam], [toplam], [unum], [tuzum], [chiqim], [qonim], [kechirim]), [-ma] ([uyushma], [birlashma], [dimlama]), [-qin/gin] ([toshqin], [tolqin], [bosqin], [tutqun], [qochqin], [yongin]),[-in/-un] ([ekin], [yogin], [yigin], [bogin], [tugun]), [-(i)ndi] ([chokindi], [yuvindi], [chirindi], [supurindi], [sirqindi], [yigindi]), [-gich](gich/kich/qich) ([olchagich], [purkagich], [ochirgich], [qashlagich], [eritkich], [savagich]), [-ch], [-inch] ([quvonch], [okinch], [qorqinch], [sevinch]), [-machoq] ([bekinmachoq], [tortishmachoq], [quvlashmachoq]),[-ak/oq] ([sharsharak], [bizbizak], [pirpirak], [gurrak], [tartarak]), [-ildoq] ([shaqildoq], [hiqildoq],[chirildoq], [pirildoq]), [-a] ([sharshara], [gargara]), [-os] ([chuvvos], [sharros], [gulduros]) qo‘shimchalari ishtirok etuvchi derivatsion qoliplari kam unum bo‘lib, ular bugungi kunda hosila bermaydi. Shu boisdan qolipning mazmuniy tomonini uning hosilalaridan umumlashtirib bo‘lmaydi.
[-ish], [-uv/ov], [-uvchi/ovchi]affiksli [qurilish, [kirish], [chiqish], [uchrashuv], [kechuv], [maqtov], [chanqov], [uchuvchi], [haydovchi], [tinglovchi], [sotuvchi]so‘zlarini ham yasama so‘zlar sifatida qarash hollari uchrab turadi. Bunda ular aslida so‘zshaklning leksemalashuvi hodisasi ekanligini esda tutish lozim.

Download 0,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   153




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish