Leksik-frazeologik sinonimlar
|
so‘z va frazemalar o‘rtasidagi ma’no birligiga asoslangan sinonimlar
|
Leksik ma’no
|
leksemaning nimanidir nomlashi, atashi, anglatishi
|
Leksik sath
|
til ierarxiyasining lug‘at boyligidan iborat yuqori pog‘onasi: so‘zlar, iboralar, ularning turli qatlamlari
|
Leksik so‘z
|
leksik mazmunli so‘z (leksema)
|
Leksikografiya
|
tilshunoslikning lug‘atchilik bilan shug‘ullanuvchi sohasi
|
Leksikologiyaning obyekti
|
tilning lug‘at boyligi, leksik tizimi.
|
Lisoniy lug‘atlar
|
til birliklari, til tizimiga xos kategoriyalar haqida ma’lumot beruvchi lug‘atlar
|
Lisoniy omillar (lingvistik faktorlar)
|
tilning strukturaviy va sistemaviy xususiyatlaridan kelib chiqadigan omillar
|
Lingvistik omillar
|
til strukturasi va sistemasiga mansub bo‘lgan, shu tizim qoida-qonuniyatlaridan kelib chiqadigan omillar: fonemalarning funksional xususiyatlari, morfema tiplari, leksik va grammatik tizimlar xususiyatidan kelib chiqadigan faktorlar. Ular lisoniy omillar deb ham yuritiladi
|
Logografemalar
|
tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo‘lgan so‘zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar (raqamlar, simvollar)
|
|