Orfografik belgi
|
to‘g‘ri yozish normalarini ta’minlashda qo‘llanadigan maxsus noharfiy belgilar (mas., defis)
|
Parafrazemalar
|
paronimik munosabatda bo‘lgan frazemalar
|
Polifonemali grafema
|
mazmun planida ikki va undan ortiq fonema kodlashtirilgan fonografema
|
Poligraf
|
shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo‘shilmasiga teng bo‘lgan analitik grafema
|
Pozitsion ottenka
|
fonemaning so‘z yoki bo‘g‘indagi pozitsiya talabiga moslashgan ko‘rinishi
|
Pozitsion xususiyatlar
|
nutq tovushlarining so‘z tarkibidagi o‘rni (unlining urg‘uli yoki urg‘usiz bo‘g‘inda, undosh tovushning kuchli yoki kuchsiz pozitsiyada bo‘lishi), shu omil ta’sirida yuz beradigan hodisalar
|
Prosodemografemalar
|
yozuv tizimining noharfiy belgilari (urg‘u belgisi va tinish belgilari)
|
Qisqa talaffuz
|
urg‘usiz bo‘g‘indagi unlining qisqa va kuchsiz (bilinear-bilinmas) talaffuz etilishi
|
Qiyosiy fonetika
|
qardosh yoki noqardosh tillarning tovush tizimlarini qiyoslab o‘rganadigan fonetika
|
Referent
|
til birligi ifodalaydigan tushuncha, fikr predmeti
|
|