Segment birliklar
|
so‘z yoki morfema tarkibida (yoki nutq oqimida) gorizontal chiziq bo‘ylab birin-ketin keladigan birliklar: nutq tovushi, bo‘g‘in, fonetik so‘z, takt, fraza
|
Semasiologiya
|
leksik birliklarning semantik tarkibi va u bilan bog‘liq masalalarni o‘rganuvchi soha
|
Semema
|
leksik ma’no
|
Signifikat
|
til birligi ifodalaydigan ma’no
|
Singarmonizm
|
so‘zning asosi va affiks tarkibidagi unlilarning o‘zaro uyg‘unlashuvi, garmoniyasi
|
Sintagmatik xususiyat
|
so‘z yoki bo‘g‘in tarkibida tovushlarning zanjirsimon joylashuvi, birin-ketin kelishi, gorizontal chiziq bo‘ylab joylashuvidan kelib chiqadigan xususiyatlar
|
Sintaksis
|
qurish, tuzish, bilashtirish ma’nosini bildiradi
|
Sistema
|
har biri alohida mustaqil (avtonom)bo‘lgan murakkab mexanizmlar (fonemalar izimi, morfemalar tizimi, leksik birliklar tizimi, sintaktik konstruksiyalar tizimi) o‘rtasidagi aloqadorlikdan tarkib topgan makrotizim
|
Sintetik grafema
|
nutq oqimida bir yo‘la ikki fonemani ifodalaydigan monograf. Kirill o‘zbek yozuvidagi е,ё,ю,я harflari shunday grafemalardir
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |