baholashga intilish harakati boshlandi. Adabiyotshunoslikda biografik, psixologik,
qiyosiy, estetik, tipologik, falsafiy, tarixiy, struktural va germenevtik tahlil usullari
kuchaydi. Mustaqillikdan keyingi adabiyotshunoslik ilmida adabiyot tarixini
go‗zallik va badiiy mahorat qonuniyatlari asosida tahlil qilishga intilish tamoyillari
ustunlik qilmoqda. Asarni mahorat, badiiyat, xolislik mezonlari asosida badiiy
matngagina tayangan holda tekshirish va xulosa chiqarish adabiyotshunoslikning
so‗z aytishning javobgarligi qanchalar og‗irligini hamisha his qilish joiz. So‗z
483
odamdir, so‗z qismatdir, so‗z millatdir. Shu bois ham jamiyatga, millatga
qilinadigan zulm so‗zga zug‗umdan boshlanadi
”
[2, 1]. So‗z inson mohiyatini
namoyon etish salohiyatiga ega bo‗lgani uchun, qanday so‗zlashiga qarab
odamning saviyasi, bilim darajasi, aql-farosati, xulq-atvori va u mansub bo‗lgan
millat haqida hukm chiqariladi. Zamonaviy adabiyotshunoslik ham ijodkor
ma‘rifati, milliy va jahon adabiyotidan nechog‗lik boxabarligi, falsafiy mushohada
yuritish darajasi, tafakkur ko‗lami qanchalar keng va fikrlari nechog‗lik
teranligidan dalolat beradi. Chunki bu adabiyot quyilib kelgan ilhom natijasi emas,
balki yangilik istagan ko‗ngillarning ehtiyojiga ko‗ra fikr bilan hissiyot
aralashligida qilingan tadqiqotdir. Adabiyot taraqqiyotining bu bosqichida hislar
o‗zining butun ifodalab bo‗lmas qirralari bilan asarga ko‗chganligining boisi
shunda. Inson qalbini to‗la anglab yetish mumkin emas. O‗zga u yoqda tursin, o‗z
tuyg‗u va kechinmalarini izohlab berishga qiynaladigan odamga modern she`riyat
keng imkoniyat beradi: odam va olam o‗rtasida hech qanday chegara qolmadi.
Yo‗l ochib berilgan tuyg‗ular oqimi ham tobora turfalashib, ba‘zan g‗alatilashib,
boyib bormoqda. Endi kapalakka aylanishni istagan shoir o‗quvchida kulgi
uyg‗otmaydi, u buning sababini izlashga kirishadi. Yoki ―
Bugun yulduzlarning
dam olar kuni”
deya e‗lon qilgan ijodkor ruhiy holati bulutli tun kabi rutubatli,
zulmat, tushkun ekanligi tushuniladi.
Adabiyot qoliplarga bo‗ysunmasa-da, ma`lum ichki qonuniyatlar doirasida
mavjud bo‗ladi. Chunki har qanday qurilma tayanishi lozim bo‗lgan ustunni talab
etadi. O‗zida donishmandlik va go‗zallikni ifoda etmagan adabiyot bo‗lmaydi. Eng
kuchli asar ham o‗quvchi fikr bildirmagancha bir parcha qog‗oz bo‗lib qolaveradi.
Yozuv o‗quvchi ehtiyoj va talablariga javob bergandagina adabiyotga aylanadi.
Yozuvchi fikr-mulohazalari, his-hayajonlari, ishonchiga javob bergan o‗quvchi
adabiyot yaratishga yordam beradi. Yozuvchining halollikka bo‗lgan munosabatini
o‗zining yolg‗onchilik haqidagi tasavvurlaridan kelib chiqqan holda baholaydilar.
Ammo bu baholar davrga mos tarzda tez-tez o‗zgarib turadi. Masalan, bir avlod
o‗quvchilari biror asarni dohiyona deya qabul qilsa, keyingi – ikkinchi avlod
o‗quvchilari xuddi shu asarni jo‗n hisoblashi mumkin. To‗g‗ri, kop asarlar o‗z
o‗quvchilarini ancha keyin topadi. Zotan, asarda ilgari surilgan fikrlar har bir davr
uchun dolzarb va muhim sanaladi. Tashigan g‗oyasi, estetik niyati, yoritgan davri
jihatidan butkul farqli bo‗lgan badiiy asarlarni to‗rt unsur birlashtirib turadi: 1)
obrazlar; 2) mazmun; 3) mavzu (maqsad) yoki axborot, fikr; 4) uslub. Mana
shularning barchasi tartib bilan jamlangan asar chinakam dohiyona, vaqt, makon
va millat tanlamaydigan jahonshumul badiiy hodisaga aylanadi. Alisher Navoiy,
Shekspir yoki Sofokl ijod namunalari fikrimiz dalilidir.
Adabiyotni tarkib toptiruvchi unsurlarning asosiysi, albatta, obraz
hisoblanadi. Zotan, ijodkor biror faoliyat va fikrni obrazlargagina singdirib
tasvirlay oladi. Har bir asarning, u drama yo hikoya, memuar yoki hatto she`r
bo‗lsin, bosh markazida obrazlarning qiziqishlari yotadi. Ijodkor obrazlar
faoliyatini asoslay, dalillay, ya`ni motivatsiyalay olsa, ular tushunarli, mantiqiy
bo‗ladi.
484
Adabiyotda xronotop, ya`ni zamon va makon tushunchasi hamisha muhim
ahamiyat kasb etib kelgan. Chunki makon voqealarning paydo bo‗lish nuqtasidir.
Voqealarda ishtirok etuvchi obrazlar esa o‗quvchilar kabi shu olamga tegishli. Ular
doim harakatda va yashab turgan dunyolari oldidagi o‗z mas`uliyatlarini his
qilishadi. Makon inson hayotini ko‗rsatishning haqqoniy yo‗lidir. Agar Otabek
Toshkentda emas, Qashqarda, Mirzakarim qutidor esa Amu bo‗ylarida
yashaganida tevarak-atrofga munosabatlari nuqtai nazaridan butunlay o‗zgacha
odamlar bo‗lishardi. Mantiqan ―O‗tkan kunlar‖ syujeti ham butkul boshqa
yo‗nalishda rivojlanardi. Negaki, syujet asardagi obrazlar bilan ro‗y bergan
voqealar haqida ma`lumot beradi, u Otabek yoki Mirzakarim qutidor bilan
chambarchas bog‗liq tarzda voqe bo‗ladi, qahramonlar orasidagi o‗zaro aloqa-
munosabatlar tizimiga asoslanadi.
Asarni tashkil qiluvchi unsurlar mohiyati va ahamiyati u mansub bo‗lgan
yo‗nalishga ko‗ra o‗zgarmaydi, o‗zbek mumtoz adabiyotida ham, modern
adabiyotda ham badiiy asarga muayyan fikr asos qilib olinadi, ko‗zlagan maqsadi
bo‗ladi. Va asar muvaffaqiyatini uslub – yozuvchining so‗z va jumlalardan
ijodkorona foydalanish yo‗li belgilaydi. Aynan yozuvchining qaysi so‗zga qaysi
so‗z mos kelishi, qaysi bobdan keyin qaysisi bo‗lishi lozimligini intuitiv tarzda
tayinlashi o‗quvchini badiiy zavq bilan ta‗minlaydi. Rasmiy ma`lumotlarga ko‗ra,
eng birinchi adabiyot bundan 5500 yil oldin hozir Iroqda yashayotgan qadimiy
shumerlar tomonidan yozilgan va uning ham islomdan oldingi yoki keyingi
davrlar, o‗rta asrlar adabiyoti kabi obrazlari, mavzusi mavjud bo‗lgan.
Adabiyotni keng ma`nodagi quyidagicha anglash mumkin: ―
Adab -
tarbiyalilik, noziklik, go„zal qiliq, boshqalar bilan yaxshi ko„rkam munosabatda,
muomalada bo„lmoq ma`nolarin ichiga oladir. Mana shu ma`nolari e`tibori ila
«adab» so„zin arabchadan «adabiyot» ravishida ko„blik (jam‟) qilib, hikoya, she`r,
qissa, masallarga atama qilg„andirlar. Chunki bular odamlarning tabiatiga, fikr
va hislariga tarbiyalilik, noziklik va chiroylilik berguvchi narsalardir. Keng
ma`nosi ila «adabiyot» degan so„zdan bir tartib solib so„ylangan yoki yozilg„an
hamma fikr va tushunchalarni, tuyg„u va xayollarni anglaymiz”
[4, 1].
Har qanday adabiyotda hamisha yangilanishga ehtiyoj seziladi. Shakliy
o‗zgarishsiz adabiyotning ifoda tarzi odamlarni zeriktirib, qiziqtirmay qo‗yadi. Har
bir ijodkor yangi va eski jihatlar: badiiy eksperiment ham, an`anaviy yo‗sin ham
me‘yorida bo‗lishi, adib hech qachon izlanishdan to‗xtamasligi kerak. Yo‗qsa,
ijodiy tanglik - krizis yuz berishi mumkin. Ya`ni badiiy shakllar o‗z imkoniyati
chegarasiga etganda, ijodkor bu usulda ortiq o‗qishli asar bita olmay qoladi, unda
o‗z-o‗zini takrorlash boshlanadi. Zero, shakllangan uslub ijodkor imkoniyatlarini
cheklab qo‗yadi. Ifoda usuli, she`r poetikasi, fikrlash tarzidagi bir xilliklar esa
o‗quvchini zeriktirib qo‗yadi. Ijodkorning o‗zi ham yozish uslubidan qoniqmay
qoladi. Mana shunda yangilikka, shakliy o‗zgarishlarga ehtiyoj tug‗iladi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Quronov D., Mamajonov Z., Sheraliyeva M. Adabiyotshunoslik lug‗ati. –
T.: Akademnashr, 2010.
2. Yo‗ldoshev Q. O‗zlik chaqinlari. //Turkiston gaz., 2001. 3 avgust.
485
3. Yo‗ldoshev Q. Yoniq so‗z. – T.: Yangi asr avlodi, 2007.
4. Sa‘diy A. Amaliy ham nazariy adabiyot darslari. – T.: O‗rta Osiyo davlat
nashriyoti, 1924.
5. Qahramonov Q. Adabiy tanqid: yangilanish jarayonlari. – T.: Alisher
Navoiy nomidagi O‗zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyoti, 2009.
Do'stlaringiz bilan baham: