478
O‗zbekiston xalq shoiri Erkin Vohidov hozirgi o‗zbek she`riyatining zabardast
vakillaridan biridir. Uning sharq mumtoz adabiyoti an`analari izidan borib,
zamondoshlari ma`naviy dunyosini ochib beruvchi g‗azallari, zo‗r insoniylik ruhi
bilan yo‗g‗rilgan talay she`rlari, urush fojialari haqida bahs etuvchi
―
Nido
‖
, hayot
jumboqlari, inson qismati xususidagi falsafiy mushohadalari bilan yo‗g‗rilgan
―
Ruhlar
isyoni
‖
,
―
Istambul fojiasi
‖
asarlari, tomoshabinlarni xushnud etgan
―
Oltin devor
‖
komediyasi, shuningdek, I. Gyote, S. Yesenin, A. Blok, M. Svetlov, A. Tvardovskiy,
R. Xamzatovdan qilgan tarjimalari, ayniqsa,
―
Eron taronalari
‖
bilan
―
Faust
‖
tarjimasi
adabiyotimizda, ma`naviy hayotimizda ulkan voqea bo‗ldi.
Erkin Vohidov publitsist, dramaturg, dostonnavis, tarjimon sifatida barakali ijod
qilgan bo‗lsa-da, avvalo, u lirik shoir sifatida adabiyotga kirib kelgan, xalqimiz
qalbidan ham nafis, ham dolg‗ali, isyonkor she`rlari orqali joy olgan.
Shoirning ijodi bahs-munozaralar ichida kechdi. Shoir o‗z qo‗lidagi qurol-she`r,
uning tabiati, shoirning el-yurt oldidagi burchi-vazifasi xususida ko‗p o‗yladi, she`r va
shoir haqidagi qarashlarini bayon etdi. U bular xususida so‗z ochganda har doim ijod
mashaqqatlarini, shoir bo‗lish oson emasligini eslatadi. Uningcha, shoirlik o‗z ona
yurtiga, xalqiga, inson zotiga bo‗lgan fidoyi mehrning samarasidir.
Erkin Vohidov dastlab hayot, go‗zallik, yoshlik, muhabbat kuychisi bo‗lib
maydonga chiqdi. Taqdir in‘om etgan hayot, saodat, yoshlik, muhabbat sururini,
hayotdan rizolikni to‗lib-toshib kuyladi. Xalqimiz erishgan yutuqlar, uning shonli
tarixi, qo‗lga kiritgan g‗alabalari to‗g‗risida faxr-iftixorga to‗la satrlar bitdi. Jumladan,
―
Yoshligim
‖
g‗azalida yoshlik sururidan jo‗shib yozadi:
Yoshligim, kel, kuyga to‗lgan
Qalbim oltin sozi bo‗l.
Men qo‗shiq aytay to‗lib,
Bir lahza jo‗r ovozi bo‗l.
Shoir inson qalbidagi azaliy, tabiiy tuyg‗u-sevgini kuylagan qadimiy g‗azal
shaklini himoya qiladi. She`rda g‗azal shunchaki she`riy shakl ma`nosida emas,
muhabbat, boqiy insoniy tuyg‗ular ramzi tarzida ham qo‗llangan:
Barcha shodlik senga bo‗lsin,
Bor sitam, zorlik menga.
Barcha dildorlik senga-yu,
Barcha xushtorlik menga...
Bu jahonning rohatin ol,
Bor azobin menga ber.
Senga bo‗lsin barcha orom,
Barcha bedorlik menga.
(“Barcha shodlik senga bo„lsin”)
Erkin Vohidovning yetuk asarlari yolg‗ondan begonaligi, shafqatsiz haqiqati,
rostgo‗yligi va samimiyligi bilan hozirgi jahon taraqqiyparvar adabiyotining eng
yaxshi namunalariga hamohangdir.
Shoirning ―Inson‖ she`ridagi inson talqinini eslaylik. Shoir insonning bugungi
kamoloti, inson dahosining zakovati-fan-texnika bobida erishilgan mislsiz zafarlar
haqida yozadi:
479
Minding ilm narvoniga,
Chiqding funun osmoniga,
Bu jahon ayvoniga
Arkon o‗zing, vayron o‗zing.
Shoir fan-texnika taraqqiyoti tufayli bugungi kunda inson jahon ayvoniga ,ustun
darajasiga ko‗tarilganini ayta turib, shu «arkon» ayni paytda «vayron» ekanini
pisanda qilib o‗tadi. So‗ng bu fikrni rivojlantirib deydi:
Zarrani ijod etib,
Dahshat balo bunyod etib,
Oqibatni yod etib,
Hayron o‗zing, hayron o‗zing.
Shoir insonning buyuk kashfiyoti oqibati nuqul dahshat-u balolardan iborat deb
bilmaydi, buyuk kashfiyotlarni ezgulikka xizmat ettirish ham shu insonning o‗z
qo‗lida, o‗z ixtiyorida:
Bog‗i arz obod erur,
Sendin agar imdod erur,
Yo‗qsa u barbod erur,
To‗fon o‗zing, to‗g‗on o‗zing.
Shoirning ona zamin qismati haqidagi alamli o‗ylari ―Sirdaryo o‗lani‖ she`rida
o‗ziga xos tarzda ifodalangan. Bu she`r xalq o‗lanlari ruhi, ohangida bitilgan: bir
tomonda ona daryoning go‗zal ta‘rif-tavsifi, ikkinchi tomonda shoirning daryoning
hozirgi holati, achchiq qismatidan bezovtaligi, tashvish-zorlari. Shoir nazarida
Sirdaryo ko‗hna Jayhun (Amudaryo) bilan birga ona vodiy hayoti, bori, quvonchi,
alami, zori; yurt uchun ham tomir, ham yurakdir. Shoir g‗urur bilan:
Sen borsanki, keng vohada hayot bor,
Demak, yurting labida bol, nabot bor...
...Sen paxtasan, olma, anor va nursan,
O zbek uchun surursan ham g‗urursan,
O‗zni yerga tomchi-tomchi berursan,
Daryo emas, xalq timsoli erursan,
Oqib turgin, qurib qolma, onajon
singari misralar tizadi.
80-yillar oxiri, 90-yillar boshlarida yuz bergan jamiyatimiz hayoti,
ma`naviyatidagi o‗zgarish, yangilanishlar, odamlar ongidagi evrilishlar Erkin
Vohidov she`riyatida, xususan, ―Yaxshidir achchiq haqiqat‖ kitobida o‗z aksini topdi.
Shoirning bu avr ijodidagi eng xarakterli xususiyat unda chin ma`nodagi ruhiy
erkinlikning namoyon bo‗lishidir.
Shoirning ―Yaxshidir achchiq haqiqat‖ kitobida ―Tush‖ degan mo‗jazgina
voqeaband she`r bor. Unda tush bilan o‗ng-odamning arosatdagi mudroq, lanj holati
ustida gap boradi: lirik qahramon takror-takror tush ko‗radi, tushida mudrab yurgan el
ichida yuradi, ular bilan o‗zi ham mudrab asta qadam sudraydi:
Bu tush, deyman,
Uyg‗on, deyman.
Uyg‗onolmay mudrayman.
480
Inson bolasi uchun bu og‗ir ruhiy qiynoq. Koshkiydi, bu shunchaki tush, birgina
odamning arosatdagi ruhiy qiynoqlari bo‗lsa! Aslida bu butun xalq boshiga tushgan
kulfat! Bu mustabid tuzum sharoitida g‗aflat bosgan bandalar orasida bo‗lgan
shaxsning musibati, fojiasi. Shoir yaratganga iltijo qilib, bunday mudhish kechaning-
og‗ir qiynoqning oxiri tezroq kelishini iltijo qiladi. Aslida mudroqlikdagi holat
qullikning bir ko‗rinishidir. Shoir ―Yuragingda makon tutgan qul‖ she`rida
yozganidek, ―Qullar ichra eng bechorasi‖ odam bolasi yuragiga makon tutgan
qullikdir, bunaqa qullik-judolikdan adolik ma‘qul. Shoir ―Vatan istagi‖ she`rida
baralla ―
O„zni ozod qush kabi ko„rmoqni istaydi ko„ngil”
deydi.
Faqat o‗zligini to‗la anglab yetgan, yuragi qullik tuyg‗usidan xoli, isyonkor-
dovyurak, imoni butun, e`tiqodli shoirgina shunday mardona so‗zni bor ovoz bilan
ayta oladi!
Shoir ijodidagi ana shu tamoyillar-hayot haqiqatini murakkabligi, ziddiyatlari,
shafqatsizligi bilan bor holicha berish, o‗tkir ijtimoiy-ma`naviy masalalarni dadil
o‗rtaga qo‗yish, falsafiy mushohadalarga moyillik, ruhiy erkinlik uning dostonlarida,
xususan, ―Ruhlar isyoni‖ asarida yana ham yorqinroq, ta`sirchanroq namoyon
bo‗lgan.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. VohidovE. Saylanma: Ikki jildlik. 1-j. Muhabbatnoma: She`rlar,dostonlar. –
T.: Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.
2. VohidovE. Saylanma: Ikki jildlik. Sadoqatnoma: She`rlar, tarjimalar,
doston va drama. – T.: Adabiyot va san`at nashriyoti, 1986.
Do'stlaringiz bilan baham: