saltanat‖ asarida badiiy uslubning o‗ziga xos qirralarini kashf etish bugungi
adabiyotshunoslik oldida turgan muhim vazifalardan biri sanaladi. Negaki, buyuk
jabhadagi olib borgan islohotlari, oila qo‗rg‗onidagi mas`uliyati, vatanparvarligi,
olijanobligi, diniy-ta`limiy yo‗sinda ko‗rsatgan jonbozliklari ushbu asarda teran
tarixiy hujjatlar negizida inkishof qilinganini e`tirof etish joiz. ―Har qanday badiiy
asar o‗ziga xos sir maskani, ya`ni homili rozdir. Undagi badiiy sir va sehrni
oxirigacha ochish imkonsiz, buning ustiga, ochilgan sir – sir emas ayni shunday sir
va sehr badiiy asarni o‗zi yaratilgan davr ahli uchungina emas, kelgusi avlodlar
uchun ham tansiq bo‗lishini ta'min etuvchi ilk omildir. Chinakam badiiy asar
homili roz bo‗lar ekan, uning botiniy olamida sayr etib, sir-asrorini ochishga jaxm
etgan odam kashfi roz, ya`ni sirlarni kashf etuvchi bo‗lishi lozim va tayindir‖ [1,
481
komponentlardan biri – yozuvchi dunyoqarashining yuksakligi bilan o‗lchanadi.
Unda so‗z va matn pozitsiyasi bir-birini to‗ldiruvchi dinamik unsur bo‗lib, ijodiy
niyat takomilida qiymati oshib boradi. Birinchidan, tarixiy haqiqatni qayta
ishlaydi, saralaydi, ikkinchidan, qahramon xarakterini individuallashtiradi,
uchinchidan to‗qima obrazlar yordamida syujet vaqtini uzaytiradi, to‗rtinchidan,
psixologik tahlil negizida xarakter qirralari namoyishi ochib beriladi, beshinchidan,
har bir obraz o‗z hayotiy pozitsiyasiga ega bo‗ladi. Buni yana davom ettirish
mumkin, lekin biz ana shu jabhada uslubning qirralarini qayta idrok etishni bosh
maqsad qilib belgiladik.
Tarixiy tetralogiyaning eng asosiy taomillarida biri – Amir Temur
o‗g‗illarining elu yurt oldidagi burchi, ota-onaga bo‗lgan mehru muhabbatini
yaxshi talqin qilganligida qabarib ko‗rinadi. Unda Jahongir Mirzo qalbidagi
mehribonlik, mardlik, Umarshayx Mirzoning adolatpeshaligi, Mironshoh
Mirzoning jo‗mardligi, Shohruh Mirzoning ma'rifati har tomonlama turli xil
voqeliklar yordamida kashf qilinadi. Biz haqiqiy ma`nodagi tarix bilan yozuvchi
yaratgan tarixning nechog‗li yaxlit ekanligini his qilamiz.―Bugungi yozuvchi
o‗tmish mavzuiga murojaat qilar ekan, umuman adabiyot ko‗zlagan maqsadni
ko‗zlab ish tutadi: u o‗quvchini o‗ylashga, sezishga, hayajonlanishga majbur
qiladi. U bugungi o‗quvchining bugungi kishining ma`naviy dunyosiga murojaat
etadi va birgina shuning o‗zi san`atkorning bugungi zamondoshi manfaatlaridan
uzoqlashib ketmasligini ta'minlaydi. Asl mohiyati bilan hamma harakat ma`naviy
boyliklarni izlab topishga qaratiladiki, tariximizda uning manbalari oz emas‖ -
yozadi YU.Trifonov [2, 3]. Binobarin, M.Ali badiiy izlanishlrida ham yuqoridagi
mulohazaning amaliy ifodasini ko‗rish mumkin. Ayniqsa, ushbu jihat ―Mironshoh
Mirzo‖ nomli kitobida yorqin namoyon bo‗lgan: ―O‗n ikki yil avval Amir Temur
zafarqarin* qo‗shin berib, o‗n to‗rt yoshli Mironshoh Mirzoni Xuroson hokimi
qilib yubordi. O‗shandayoq yosh amirzoda Bog‗i Chinorning kattagina
maydonchasida harbiy mashq sirlarini o‗rgatgan ustozi, sirdoshga aylangan Axiy
Jabbor bahodirni o‗zi bilan olib ketmoqchi bo‗ldi. Biroq bahodir rahmatli Jahongir
Mirzoning o‗nboshisi edi, Xonzoda xonim xizmatida bandligidan, amirzoda
istiholaga borib bir nima deyishga iymanadi. Kutilmganda, taqdir Mironshoh
Mirzo bilan yetti yildan beri tul o‗tirgan Xorazm malikasini bir-biriga bog‗lab
qo‗ydi... Shu-shu, Axiy Jabbor bahodir ham yostiqdoshi Oqqiz bilan Xuroson
yoqlarda yashaydi. Nishopurni olishda ayon etgan shaxtu shijoati uchun bahodirlik
mansabiga loyiqtopilgan Axiy Jabborning amirzoda oldida martabasi baland edi.
Shop mo‗yloviga doim kalta qirqilib yuriladigan moshbirinch bejirim soqoli ham
qo‗shilib ellikni qoralamay deb qolgan bahodir ko‗zga tag‗in-da, salobatliroq
ko‗rinardi‖ [3, 13].
Keltirilgan parchada Sohibqiron Amir Temurning suyukli o‗g‗li Mironshoh
Mirzo xarakteriga badiiy chizgilar berar ekan, birgina ixcham lavhada uning
taqdiriga ham oydinlik kiritib yuboradi. Mazkur usul tarixiy haqiqatni qayda
tiklashda qo‗l keladi. Ya`ni adib xarakterlarni turli vaziyatlarda o‗z munosabatli
nutqida keng turda ochib, tanishtirib, tipiklashtirib boradi. Syujetga atayyin jilo
bergan lavhalarda o‗quvchi tugal voqelikka yanada teranroq nazar tashlaydi. Bu
482
usul adibning o‗z oldiga qo‗ygan badiiy kontseptsiyasini to‗laqonli tasavvur qilish
imkonini ham beradi. Natijada, asar qismlarida muayyan sistem butunlik paydo
bo‗lib, ijodiy niyatning takomiliga xizmat qiladi.
Prof. A.Rasulov shunday yozadi: ―Uslub – yozuvchining adabiyotdagi
betakror qiyofasi, o‗zi. Uslub – yozuvchi falsafasi in'ikosi. San`atkor falsafasi bus-
butun, teran namoyon bo‗ladigan janr esa, roman. Boshqacha aytganda, roman –
yozuvchining olam va odam, zamon va makon haqidagi falsafasi, ijodkor
borlig‗idagi rosa yetilgan tafakkur, dunyoni anglash kontseptsiyasi ko‗rsatkichi‖
[4, 70]. Professor Y.Solijonov talqinicha: ―Uslub tilda namoyon bo‗ladi. Har bir
mahoratli yozuvchining shaxsiy uslubi bayonning dastlabki iboralaridayoq ko‗zga
tashlanadi‖ [5, 16]. Bu muqoyasani to‗laqonli M.Alining ijodiy izlanishlari
timsolida ham ko‗rish mumkin. Chunki yozuvchi kim va nima haqida yozmasin,
davr va muhit ziddiyatlarini tushunarli tarzda o‗quvchiga yetkaza olish malakasini
zabt etgan nosirlardandir. Bu o‗zlikni anglashga, istiqlol shukuhini teran
tushunishga, ajdodlarimizning buyuk va qudratli davlat barpo etishidagi
jo‗mardligini, teran bilimga egaligini qalban his qilishga da'vat qiladi. Shu
ma`noda, tarixiy tetralogiyadagi badiiy uslubning umumiy qirralari matn tahlili
davomida yanada o‗ziga xos tarzda to‗laqonli namoyon bo‗lib, adib adabiy
mahoratining asardan-asarga qarab teranlik kasb etayotganligini dalolatlaydi.
Foydalangan adabiyotlar:
1. Globallashuv: badiiy talqin, zamon va qahramon. – T.: O‗zb Resp.FA.
Fan nashriyoti, 2019.
2. Literaturnaya gazeta. – M.: 19 iyunya, 1974.
3. Muhammad Ali. Ulug‗ saltanat. 3-jild. –T.: Sharq, 2010.
4. Rasulov A. Badiiylik – bezavol yangilik. – T.: Sharq, 2007.
5. Solijonov Y. XX asring 80-90 yillari o‗zbek nasrida badiiy nutq poetikasi.
dok.diss....avtoreferati. – T.: 2002.
Do'stlaringiz bilan baham: