Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


AXLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA «RUHLAR ISYONI»



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet250/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

AXLOQIY FAZILATLARNI SHAKLLANTIRISHDA «RUHLAR ISYONI» 

DOSTONINING AHAMIYATI VA ZARURATI 

Maxbuba SHARIPOVA (BuxDU) 

 

Har  bir  zamonning  o‗z  iste`dodlari  bo‗ladi.  O‗z  zamonasining  mashhur 



ijodkorlaridan  Erkin  Vohidov  chinakam  iste`dod  sohibi.  Hukumatimiz  tomonidan 

barcha  sohalarga  e`tibor  berilgani  kabi  ijod  ahliga  ham  ulkan  e`tibor  berildi:  30-

may  kuni

 

-Erkin  Vohidov  xotirasi  kuni  deb  e‘lon  qilindi.  U  yaratgan  asarlar 

zamirida  farzandlarni  axloqiy  va  ma`naviy  yetuk  etib  tarbiyalashda  haqiqiy  nodir 

asarlar  qoldira  oldiki,  bugungi  kun  o‗qug‗uvchisi  uchun  ham,  keyingi  avlodlar 

uchun  ham  badiiy  qiymatini  yo‗qotmaydigan  o‗lmas  asarlarni  yaratdi.  Aytish 

joizki,  Erkin  Vohidovning  ijodi  umumta`lim  maktablarida  ikki  sababga  ko‗ra 

o‗rganiladi.  Birinchidan,  bunday  insonlarning  hayot  yo‗lidan  yoshlar  o‗rnak 

olishadi.  Ikkinchidan,  ular  bitgan  asarlar  millat  yoshlari  ma`naviyatini 

shakllantirishga asos bo‗ladi. Shu bois ham maktabagcha ta`lim tizimida ham, o‗rta 

umumta`lim  maktablarida  ham  O‗zbekiston  Qahramoni,  O‗zbekiston  xalq  shoiri 

Erkin  Vohidov  hayoti  va  ijodini  o‗rgatishga  salmoqli  o‗rin  ajratilgan.  Mashhur 

adib  asarlarini  umumta`lim  maktablarining  beshinchi,  oltinchi  va  o‗n  birinchi 

sinflarida o‗rgatish ko‗zda tutilgan.  



465 

 

―Ruhlar  isyoni‖  – bengal shoiri  Nazrul  Islom  haqidagi  doston  bo‗lib, unda 



rivoyatlar,  turli  tarixiy  va  tarixiy  boʻlmagan  shaxslar  haqida  soʻz  yuritiladi. 

Ibrohim Gʻofurov doston haqida ―Menga u koʻp jihatlardan bugungi oʻzbek sheʼriy 

tafakkurining  –  lirik  tafakkurining  choʻqqisi  boʻlib  koʻrinadi‖,  deb  yozgan  [1]. 

Muallif  dostonning  yaratilishi  haqida  shunday  degan:  ―Doston  oʻzining  isyonkor 

sheʼrlari bilan butun Hindistonni erk uchun, ozodlik uchun kurashga ruhlantirgan 

otashin bengal shoirining orzu-armonlari, jasorati, fojiaviy qismati haqida. ―Ruhlar 

isyoni‖  garchi  Nazrul  Islom  haqida  boʻlsa-da,  unda  men  shoir  hayoti  bahonasida 

oʻzimning  umuman  shoirlik,  insonlik,  fidoyilik,  erkka  tashna  ijod  ahlining 

zamonasi, xalqi bilan murakkab munosabati, qolaversa, inson hayotining maʼnosi, 

hayotning  ham  shafqatsiz,  ham  adolatli  haqiqati  haqidagi  oʻy-mulohazalarimni 

kitobxon bilan baham koʻrishga intildim [2] ‖. 

Dostonning  badiiy  xususiyatlari  bilan  falsafiy  dunyo  shunchalik 

uyg‗unlashganki, bu foniy dunyoda odamlarga nisbatan riyosiz, hasadsiz yashash, 

urush-janjallarsiz,  bir-birining  qadriga  yetish,  inson  qadri  masalasi  asar  badiiy 

maqsadi sifatida chiroyli tarzda ochib berilgan. 

Shoirning ushbu asarning asar darajasida ko‗rsatib berganmarkaziy nuqtasi- 

―Jaholat  tog‗risidagi rivoyat‖.  Chunki,  qaysi  zamonda  odamzodning kelajagi,  yer 

yuzidagi tiriklikning ertangi taqdiri haqidagi muammolar, hasad balosi bo‗lar ekan, 

bu  dunyoda  riyo  yashar  ekan,  hamma  yo‗llar  insonni  to‗ppa-tog‗ri  jaholatning 

bo‗sag‗asiga  chorlayveradi.  Inson  ijtimoy  kelib  chiqishi,  irqiyu-millatidan  qat‘iy 

nazar hasad o‗lmas ekan, ezgu fazilatlar daraxtiga bolta uraverishi, insonlar jaholat 

botqog‗ida  qolaverishi  xususida  badiiy  tasvir  gavdalanadi.  Muallif  isyonkor  shoir 

kurashi, jasorati qanchalar qimmatga tushganini, shoir bilan davr va xalq orasidagi 

murakkab, ziddiyotli munosabatlarni shoir  qalbining 

orzu, 

alam-iztirob, 



tug‗yonlarini butun keskinligi bilan ko‗rsatadi.  

―Ruhlar isyoni‖ shakl jihatidan ham o‗ziga xos, novatirona asar. U xilma-xil 

she`riy  shakllar,  hissiy  ohang,  ranglar  ham  real  hayotiy  lavhalar,  ham  rivoyatlar, 

shartli-ramziy  ifodalar  rang-barangligidan  tashkil  topgan.  Shuxildagi  shakl  va 

ifodarang-barangligi  asar  zamirida  yotgan  hayotiy  haqiqatni  murakkabligi  bilan 

ifodalashga  xizmat  qiladi,  shoirning  uzoq  yillik  dardlarini  to‗kib  solishga  imkon 

beradi. 

Dostonda bosh qahramon Nazrul Islom hayotixronologik tarzda izchil bayon 

etilmaydi, balki  shoir  hayotidagi  eng  muhim, keskin daqiqalari  tanlab  olinib, ular 

shoirona tahlildan o‗tkaziladi. Shoirona tahlil paytida muallif hayollarga qanchalik 

erk  bermasin,  baribir,  izchil  tarixiylik  printsipiga  amal  qiladi.  Nazrul  Islomdek 

isyonkor shoirni etishtirib chiqargan tarixiy sharoitni, Nazrul Islom fojeasining tub 

ijtimoiy  sabablarini  tarixan  haqqoniy  ko‗rsatishga,  ochishga  erishadi.  Dostonda 

real  hodisalar  bilan  yonma-yon  keltirilgan  xilma-xil  rivoyatlar,  tarixiy  voqealar 

xuddi  o‗sha  tarixiy-ijtimoiy  hodisalar  mohiyatini,  umumbashariy  ma`nosini 

chuqurroq anglashga, ulardan falsafiy xulosalar chiqarishga qaratilgan. 

Doston  haqsizlik  va  adolat,  istibdod  va  erk  orasidagi  mangu  kurashda 

iste`dodningo‗rni  haqidagi 

falsafiy 

mushohadalar 

bilan  boshlandi; 



466 

 

chin  iste`dodning  tabiati  yaralishdan  nohaqlikka,  adolatsizlikka,  istibdodga 



qarshiisyondir, deb sanaydi muallif: 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   246   247   248   249   250   251   252   253   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish