SHAXS TASVIRIDA RUHIYAT VA VOQEA DIALEKTIKASI
Feruza RADJAPOVA,
Bahodir ZAKIROV,
Urganch davlat universiteti
Ruhiyat va voqea munosabati badiiy asar haqidagi muhim muammolardan
biridir. Hozirgi davrda adabiyotshunoslikda nasriy asarlar, jumladan, qissalar
yutuqlari, mualliflar mahorati ko‗pincha personajlar ruhiyati tahlili darajasiga
qarab baholanmoqda, voqea, epik bayon roliga e`tibor biroz susayganday tuyuladi.
To‗g‗ri, adabiy qahramonning qalb olami, psixologik holati, kechinmalari badiiy
mukammallikning muhim shartlaridan biri, lekin yagona mezoni emas. Chunki,
epik asardagi obrazlar ichki dunyosi, tuyg‗ulari, botiniy evrilishlari ifodasi bo‗lgan
ruhiyat muayyan voqea ta`siri tufayli tug‗iladi. Natijada voqea va ruhiyatning, epik
bayon va hissiy talqinning uyg‗unligi, uzviy aloqadorligi vujudga keladi. Bu
omilda ularning qo‗llanish darajasi asar mazmuni, syujet tarkibi, muallif uslubi
bilan belgilanadi. Hozirgi aksariyat realistik qissalarda har ikkala unsurning
mutanosibligi yorqin sezilsa, noan`anaviy qissalarda ruhiyat tahlili asosiy o‗rin
tutadi, ammo uning zaminida baribir voqeabandlik izlari sezilib turadi. Zero,
asarda inson yaxlit siyratini gavdalantirishda voqea (harakat) va ruhiyat
(kechinma) bir-birini to‗ldiradi, ma‘nan bog‗lanadi.
Shuni alohida ta`kidlash kerakki, ―odam tasviri demak
boshlicha
odamning ichki dunyosi tasviri, uning kechinmalari tasviri demakdir‖ [1, 53],
degan fikr voqea ahamiyatini butunlay rad etmaydi. Zero, ruhiyat va voqea
uyg‗unlashgan tasvirni adabiy ijod tabiati, ―obyekt‖ni badiiylik qonuniyatlari
asosida individual va mushtarak belgilari bilan gavdalantirish zaruriyati taqozo
etadi va bu jarayonda asosan ruhiy-psixologik tahlil bo‗rtib turadi. Binobarin,
―psixologik tahlil‖ inson psixikasi jarayonlarini, uning fikr va hissiyotidagi turli-
tuman ohanglar rivojini aks ettiruvchi, qahramon ruhiy dunyosini analitik
printsipda ochuvchi estetik kategoriyadir‖ [2, 17-18]. Bu kategoriyaning turli
yo‗nalishdagi qissalarga xos xususiyatlari badiiy ijod takomili bilan bog‗liq holda
aks etadi.
Bugungi qissachiligimizga tuyg‗ular realizmi
badiiy psixologizm nuqtayi
nazaridan qaraydigan bo‗lsak, unda bundan avvalgi o‗n yilliklardan farqli holda
insonni, u bilan bog‗liq holda ijtimoiy hayotni tuyg‗ular rang-barangligi,
kechinmalarning shiddatli dinamikasi vositasida badiiy tadqiq etish mahorati
o‗sganligini ko‗rish mumkin. Hozirgi qissachilikda mavzular turfaligi, ma`no
452
serqatlamligi, tuyg‗ular teranligi, adib tilsimiy olamining o‗ziga xosligi, psixologik
tahlil chuqurligi, falsafiy obrazlilikning kuchaygani, ong evrilishlarining xilma-
xilligi ko‗zga yaqqol tashlanmoqda. Bu hol kishilar dunyoqarashida yangi davrga
xos o‗zgacha kayfiyat va o‗zlikni anglash hissi tug‗ilgani va bu esa ko‗pqirrali
jarayonni ifodalashning badiiy vosita va uslublaridan mohirona foydalanishni
taqazo etmoqda. Ruhiyat tahlili shunday vositalaridan biridir.
Avvalo shuni aytish lozimki, ruhiyat tasviri jihatidan qissa janri katta
imkoniyatlarga ega. Chunki ushbu janrning bosh talabi asar syujetining yagona
qahramon hayotining dramatizmga boy, lirik talqinga moyil lahzalarini
tasvirlashga asoslangan. Yagona qahramon hayotiga oid voqealar tasvirida ijodkor
uning qalb evrilishlarini, botiniy kechinmalar tug‗yonini chuqur va har tomonlama
ochishga intiladi. Qolaversa, qissalardagi bayon shakllari – ular ―men‖ tilidan olib
boriladimi, ijodkor yoki alohida bayonchi tilidan olib boriladimi – har uch holatda
ham asar qahramonining xatti-harakati, ruhiy holatining tasviri bosh planda turadi.
O‗tgan asrning 90-yillaridan boshlab o‗zbek qissalarida psixologizm doirasi
yanada kengaydi. Voqea tasviridan ruhiyat tahliliga o‗tish ustuvor bo‗la boshladi.
Natijada, keyingi yillar qissachiligida ruhiyat tasvirida ikkita tamoyil yetakchilik
qila boshlandi.
Birinchi tamoyil qahramon ruhiyatini berishda an`anaviy prinsiplarga amal
qilish, yangi tasvir usullari va shakllari bilan boyitilgan holda an`anaviy
vositalardan
foydalanishda
ko‗zga
tashlanadi. (E.A‘zam, Sh.Bo‗tayev,
N.Norqobilov va boshqalar asarlari). Ushbu tamoyildagi ruhiyat tasvirining o‗ziga
xosligi hamda afzalligi shundaki, bunda inson ruhiyati qahramonning yashash
sharoiti, muhiti bilan aloqadorlikda voqe‘ bo‗lishi nazarda tutiladi. Ayni mana shu
tamoyilda qissa qahramoni ijtimoiy hayot farzandi sifatida determinizatsiya
qilinadi, ya`ni dalillanadi. Bu narsa uning har bir xatti-harakati bevosita uning
ruhiyati jilvalari bilan aloqador ekanligini ta`kidlashga xizmat qiladi. Qissalardagi
an`anaviy ruhiyat tasviri kitobxonning ruhiy holatlariga bo‗lgan qiziqishlarini
kuchaytiradi. Chunki, qahramonning ruhiy holatlariga chuqur kirib borish, bir
tomondan, asarni puxta o‗zlashtirishga turtki bersa, ikkinchi tomondan, inson
qiyofasining murakkab jihatlarini mukammalroq yoritishga yordam beradi. Mana
shuning uchun ham 80-90-yillar o‗zbek qissachiligi ancha rivojlandi. Uning mavzu
va g‗oyaviy mazmun doirasi kengaydi, shakliy-uslubiy rang-barangligi kuchaydi,
poetik til sayqallashdi.
Nazarimizda, istiqlol davri qissalari haqida gap ketganda, ruhiyat va voqea
munosabati hamda ulardan har birining asar silsilasidagi mavqeyiga oid ba`zi
jihatlarni hisobga olish joiz ko‗rinadi. To‗g‗ri, ularda shaxsni falsafiy-psixologik
kashf etish, ko‗ngil olami, kechinma-tuyg‗ulari, quvonch va alamlarini ruhiy-
ma`naviy rakursda tasvirlash voqea-hodisa bayoniga nisbatan oldingi o‗ringa
chiqdi. Bu hol, tabiiyki, inson, u yashayotgan muhit mohiyatiga har tomonlama
kengroq va chuqurroq kirib borish, turfa xarakterlarning tashqi va ichki dunyosini
yaxlit, o‗zaro aloqadorlikda yoritishga imkon beradi. Lekin, bu jarayonda ruhiyat
va voqea orasidagi dialektik uyg‗unlikni yangi jihatlari ham ko‗rina boshlandi.
Boshqacha aytganda, ruhiyat tasviri tugal voqea yoxud uning bir qismi bilan
453
baqamti holda o‗z doirasini kengaytiradi, ta`sirni kuchaytiradi, shakllanadi. O‗z
navbatida uning voqeaga turtki berishi ham kuzatilmoqda. (―Suv yoqalab‖
qissasida Bolta Mardonning tushidagi ruhiy holati asosiy voqeaga shunday turtki
bo‗ldi). Bunda albatta, bu ikki tushuncha nisbati muayyan asar xarakteriga, adib
uslubiga ko‗ra belgilanadi.
Hozirgi an`anaviy realistik va zamonaviy noan`anaviy qissalarda voqea
tasvirining o‗rni turlicha: birinchisida u nisbatan ko‗lamdor, ikkinchisida qisqa
bo‗lib, har ikkalasida ham umumiy talqinning muhim omillari vazifasini ado etadi.
Hatto, sof psixologik va monolog qissalarda ham voqeaviy lavhalar (―mikro
voqea‖) ruhiyat tasviriga singib ketadi va ifodaning ishonchliligini epik jihatdan
asoslaydi. ―Suv yoqalab‖, ―Zabarjad‖ qissalarida voqea va ruhiyat tasviridagi
mutanosiblik to‗la namoyon bo‗lgan. Ularda voqealar an`anaviy izchillikda tasvir
etilsa ham bayon usuli qahramon ruhiyatini turli hodisa, personajlar hatti-harakati,
konfliktlar aspektida ochib berishga bo‗ysundirilgan. Muhimi shundaki, qissalar
qahramonlari Bolta Mardon va Zabarjad ruhiyatidagi turfa holatlar ular boshidan
kechirgan voqealar tufayli yuz beradi.
Demak, bugungi qissalarda ruhiyat tasviriga alohida urg‗u berilayotgan
ekan, unda estetik kontekstdagi voqea unsuri ham to‗la yoxud qisman mavjudligini
e`tirof etish joiz. Negaki, ―qissa muallif va o‗quvchi uchun fikr tashuvchi‖
(D.Lixachov) ekanligi bois bu fikrda voqea ham nazarda tutilgani o‗z-o‗zidan
anglashiladi.
Ruhiyat tasviridagi ikkinchi tamoyilni shartli ravishda noan`anaviy
tasvirlash, deb atash mumkin. Bu tamoyil, asosan, o‗zga x alqlar, xususan, G‗arb
modernistik oqimlari ta`sirida vujudga keldi (N.Eshonqul, X.Do‗stmuhammad,
Sh.Hamro).
Shuni alohida
ta`kidlash kerakki, modernistik yo‗nalish bizning
adabiyotimizda hali tugal shakllanmagani bois, u haqda turlicha qarashlarning
bo‗lishi tabiiydir. Ayrim adabiyotshunos va adiblar (B.Sarimsoqov, S.Meli,
E.Ochilov, Sh.Xolmirzaev) bu yo‗nalishni, jumladan, uning asosidagi ruhiyat va
fojeaviylik talqini ustuvorligini xushlamaydilar. Bundan ruhiyatga oid fikrlardan
mantiqan quyidagicha xulosa ravshanlashadi: ushbu tamoyilning asosiy xususiyati
shundaki, asar qahramonlarining ruhiy holatlari biron-bir joyda na ijtimoiy, na
ruhiy jihatdan asoslaniladi. Ular makon va zamon, milliy ruh va umuminsoniy
mezonlar nuqtayi nazaridan yetarli dalillanilmaydi. Holbuki, inson ruhiyati birinchi
galda milliy xarakter bilan aloqadorlikda namoyon bo‗ladi, millat esa muayyan
makon va zamon chegaralariga, o‗zigagina xos ruhiy tafakkurga ega.
Hozirgi o‗zbek qissalaridagi ruhiyatning noan`anaviy tasviri haqida to‗xtalar
ekan, prof. B.Sarimsoqov quyidagilarni yozadi: ―...ochig‗ini aytish kerak, bir
qancha qissa va hikoyalarda ruhiyat tasviri yuzaki, kitobxonni hayajonlantiradigan
darajada emas. ―Qora kitob‖ asarida keng qamrovli voqelik ramziy tasvirlanar
ekan, mening nazarimda, muallif o‗z asarini juda xotirjamlik bilan yozgandek
taassurot qoldiradi. Chunki, o‗g‗illari tamoman iblis ta`siriga o‗tgan, iblisdan
homilador bo‗lgan qizini o‗z qo‗li bilan bo‗g‗ib o‗ldirgan otaning iztiroblari, ruhiy
kechinmalari negadir o‗quvchini larzaga solmaydi. Ruhiyat tasviri qissada yuzaki
454
va kishiga yuqmaydi. N.Eshonqul qissasi hissiy tug‗yon og‗ushida emas, balki
aqliy kuch ta`sirida yozilgandek tuyuladi‖ [3, 22].
Nazarimizda, ushbu fikrlarda inkor ruhi, qora bo‗yoqlar biroz oshirilgan
bo‗lsa ham muayyan haqiqat yo‗q emas. Haqiqatan ham N.Eshonqulning yuqorida
tilga olingan qissasining ruhiyatga ta`siri ancha cheklangan va jozibasiz tuyuladi.
Buning sababi nimada? Bizningcha, buning sababi shuki, asar qahramonida
milliylik belgilari xira, u zamon va makondan mosuvo inson. Uni, farzandlarini
milliy tuyg‗u, millat dardi, ona yer ishqi va vatan muhabbati qiziqtirgani yorqin
aks etmaydi. Adib ekzentsializm deb atalmish falsafiy-estetik oqim ta`sirida o‗z
qissasini yaratgan. Badiiy makon va zamon real hayot bilan, milliylik bilan inson
faoliyati, o‗y-kechinmalari vositasida bog‗lanmas ekan, ruhiyat tasviri qamrovli
bo‗lsa ham ta`sir zaifligicha qoladi.
Boshqacha aytganda, qissaning umumiy ruhida estetik ta`sir his-tuyg‗uga
nisbatan aqlga ko‗proq qaratilgan va falsafiy mulohazakorlik oldingi o‗rinda
turadi. Lekin bu noqislik qissani butunlay rad etishga asos bo‗lolmaydi. Undagi
odam va jamiyatning poklanishi, qabohatga nafrat g‗oyasi, yovuzlikni qoralash,
bashariyat taqdiri uchun kuyinish motivlari muayyan ijtimoiy-estetik ahamiyat
kasb etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |