Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


ERKIN VOHIDOV IJODIYOTINING BADIIY-ESTETIK



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet249/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

ERKIN VOHIDOV IJODIYOTINING BADIIY-ESTETIK 

XUSUSIYATLARI 

 Ismigul ALLANAZAROVA 

  

Bu  olamda  gul  ko‗p,  chechak  ko‗p.  She`riyat  olamida  ham  shoirlar  ko‗p. 

Ammo  inson  qalbiga  maftunkor  she`rlarii  bilan  kirib,  uning  ko‗nglini  zabt  etgan 

zabardastlar esa har qadamda uchrayvermaydi. 

Shoir qalbi go‗yo anor, 

She`ri uning sharbati. 

Bo‗lmas ekan she`r ahlining 



463 

 

O‗z qalbiga shavqati.(―Shoir qalbi‖) 



Erkin Vohidov ijod olamiga nazar solsak, she`rlarining o‗qilishi oson, sodda, 

ravon va o‗noqi. Baytning birinchi ikki misrasiga e`tibor beraylik, shoir qalbining--

anorga,  she`ri  esa  anorning  sharbatiga  qiyoslanishi  oddiy  hayotiy  o‗xshatishdir. 

Shu o‗rinda  savol  tug‗iladi:  nega  aynan  shoir  qalbni  anor  mevasiga  o‗xshatyapti? 

Biz bilamizki, anor mevasing rangi qizil, ta‘mi achchiq yoki shirin bo‗ladi. Shunisi 

qiziqki,  bir  mevaning  o‗zida  ikki  xil  ta'm.  Shoir  qalbidan  potrab  chiqadigan 

she`rlar  ham  goh  quvonchli  gohi  dardli.  Bunday  yuksak  o‗hshatish  she`rning 

badiiyatini  oshirsa,  shoirning  mahoratini  belgilab  beradi.  Keyingi  ikki  misrasida 

shoir  bir  she`rni  oqqa  ko‗chirgunicha  o‗z  qalbiga  qabr  qo‗yishi  yoki  orden  taqib 

baxtga ko‗tarishi ham mumkin degandek go‗yo. 

E. Vohid she`rlari turli mavzularda bitilgan bo‗lsa-da, Vatan madhini kuylab 

yozgan  she`rlari  ijodidan  alohida  o‗rin  oladi.  U  vatanni  ko‗proq  sevishi,  ko‗proq 

qadrlashi, insonparvarligi, vatanparvarligi kishida alohida taassurot uyg‗otadi. 

Tarixingdir ming asrlar

Ichra pinhon, o‗zbegim, 

Senga tengdosh Pomir-u 

Oqsoch Tiyonshon, o‗zbegim.(―O‗zbegim‖ qasidasi) 

Darhaqiqat,  bu  misralarni  o‗qiganimizda  qulog‗imizga  biz  bolalikdan 

eshitgan mashhur qo‗shiq jaranglaydi. Bu qo‗shiqning misralarini marjonday ipga 

tergan, har qanday insonning his-tuyg‗usini qo‗zg‗ata olgan Erkin Vohidov butun 

bir ijodi bilan o‗zbek xalqining suyukli dilbandiga aylana olgan adibdir. 

Shoirning  she`ri  qachon  she`rga  aylanadi.  Qachonki,  xalq  tilidan 

tushmaganda,  odamlar  qalbida  yashagandagina  u  haqiqiy  san`at  namunasiga 

aylanadi.  Erkin  Vohidov  she`rlari  ana  shunday  she`rlardan  sanaladi.  Uning 

she`rlarini  xatto  oddiy  kishilar  ham  maroq  bilan  o‗qiydi.  Sabab  shundaki,  uning 

ijodida  so‗zlardagi  g‗alizlik  kuzatilmaydi.  Bir  narsani  qiyoslashda  hayotiy 

o‗hshatishlardan foydalanadi. Qofiyalari biri-biriga hamohang, vaznda ortiqchalik 

sezilmaydi. Bu esa shoirning yuksak iste`dodini anglatadi. 

So‗z topolmay manglayimda ter 

Shoirlardan doimo talab: 

O‗qimog‗i kerak yangi she`r 

Va aytmog‗i kerak yangi gap (―Oqshom‖). 

Erkin  Vohidovning  bu  baytiga  e`tibor  bersak,  shoir  o‗z  ustida  ishlashhini, 

talabchan  bo‗lganligini  va  boshqa  ijodkorlardan  ham  shuni  kutishini 

bildirgan.She`riyat olamida g‗azal janri ham borki, bu janrda barcha ijod ham jazm 

qilavermaydi.  Negaki,  bu  janrda  oz  so‗z  qo‗llab  ko‗p  ma`no  ifodalamog‗i  kerak. 

San`atning  boshqa  turlaridan  ko‗ra  ko‗proq  talant  va  mahorat  talab  qiladi. 

Shoirimiz bu janrda ham qalam tebratdi va she`rsevarlar qalbidan joy ola oldi.  

Bahodir  Karim  ―Adabiy  fikr  javhari‖  maqolasida  aynan  shu  janr  haqidagi 

fikrlarini  bunday  yozgan  edi:  ―Shoir  ijodiga  nazar  solar  ekanmiz  bu  vaznda 

yaratilgan  lirik  g‗azallar  hech  bir  jihati  bilan  an`anaviy  she`riyatdan 

qolishmasligini  kuzatishimiz  mumkin.  E.Vohidov  g‗azallari  sodda  va  ravon, 




464 

 

qo‗shiqdek o‗qiladi. Uni o‗qigan inson g‗azallar ichida vazn talab qiladigan g‗aliz 



jumlalar yoki umumiste‘molda ishlatilmaydigan so‗zlarga duch kelmaydi‖ [1, 34].  

Jonga solgan hamma sozdir, elga so‗ylab man kabi, 

Shoiri devonayi ishq nomini olgan yomon.(―Achchiq haqiqat‖). 

She`riyat shunday dunyo bo‗lishi kerakki, insonlarning  ma`naviy dunyosini 

boyitishi, har bir o‗quvchida she`riy didni shakllantirishi zarur. Shu  o‗rinda Erkin 

Vohidovning  bu  haqdagi  o‗z  fikrlarini  ham  keltirib  o‗tamiz:  ―She`rni 

anglamakning o‗zi ham iste`dod. Biz bu iste`dodning nomini nazokat deymiz. Bu 

fazilatga  yangilikni  anglash  va  baho  berish  sifati  qo‗shilganda  u  didga  aylanadi. 

Didni  esa  yoshlikdan  tarbiyalamoq,  bilim  va  tuyg‗ular  boyligi  bilan  kamolotga 

yetkazmoq kerak‖. (―She`riyat izlanishda yashaydi‖ maqolasidan). 

Xulosa  qilib  aytganda,  Erkin  Vohidov  mukammal  talant  egasi.  Har  bir 

she`rini 

badiiy-estetik 

jihatidan 

bezagan, 

o‗quvchining 

ma`naviyatini 

yuksaltiradigan , hayolot dunyosi, tafakkuri, so‗z boyligi keng bo‗lgan ijodkordir. 

U  umri  davomida  hech  qanday  tanqiddan  cho‗chimasdan  qalam  tebratdi.  ―Shoir 

qayer to‗g‗risida, nima to‗g‗risida yozmasin u, avvalo, o‗zi to‗g‗risida, o‗z xalqi va 

yurti  to‗g‗risida  yozadi‖-  degan  fikrlari  ham  uning  Ona  Vatanga  sadoqat  bilan 

xizmat qilganligini ham anglatadi. 

Foydalanilgan adabiyotlar: 

1.Bahodir Karim. ―Adabiy fikr javhari‖, 2016. 

2.Shoir Orif Tolib web sahifasi. 

3.Xurshid Davron kutubxonasi www.kh-davron. uz. 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   245   246   247   248   249   250   251   252   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish