AZIM SUYUN QAYIRMALARIDA FALSAFIY-MA‟RIFIY TALQIN
Naima KELDIYOROVA,
doktorant (O„zRFA O„zbek tili, adabiyoti va folklori instituti)
Azim Suyun o‗z qayirmalarida xalqona quyma fikr va samimiy tuyg‗ularni
xalq tilidagi so‗zlar orqali, xalqchil timsollar vositasida aks ettirganini ta`kidlagan
adabiyotshunos olim Qozoqboy Yo‗ldoshev qayirma so‗zining etimologiyasi
haqida to‗xtalib quyidagi fikrlarni bildirgan:
493
―Qayirma‖ so‗zi shevada obdon yetilgan, tobiga kelgan narsa, ish harakat,
amal ma`nolarini anglatadi. Jumladan, qayirma patirni o‗zbek qishloqlarida
tajribali kayvonilargina yopa oladi... Qayirmaning o‗zagida qayishlilik, ya`ni
pishiqlik, puxtalik ma`nosi ham bor. ―Qayirma‖ janridagi she`rlarning Azim Suyun
ijodida endi paydo bo‗lgani ham shu bilan izohlanadi. Muayyan hayotiy
bosqichdan o‗tib, etarli turmush tajribasi va kerakli poetik mahoratga ega
bo‗lgandan keyingina she`rda ham yoniq yurak haroratini, ham falsafiy
fikrchanlikni uyg‗unlashtirish imkoni paydo bo‗ladi‖ [1, 46]
Darhaqiqat, Azim Suyunning ―Ey do‗st!‖ murojaati bilan boshlanuvchi
qayirmalari ifodalangan tuyg‗u va hikmat uyg‗unligi nihoyatda sodda, xalqchil
ifodasi bilan, falsafiy teran mushohadalari va samimiy .
Umuman, qayirma janri o‗z mohiyatiga ko‗ra hajman kichik mazmunan
teran fikrni ifoda etib, xalqona ifoda va ibratni o‗zida mujassam etadi. Azim Suyun
ijodida ilk bor qo‗llanilgan ushbu janrning mavzu ko‗lami turfa hil. ―Ey do‗st!‖
murojaati bilan boshlanuvchi mazkur qayirmalarning kompozitsion qurilishi bir xil
bo‗lsa-da, undalmada ifodalangan mazmun turfa hil. Masalan, ―Ey do‗st!‖
murojaati qayirmalarda faqatgina murojaat ma`nosini emas, balki hitob, anglash,
o‗git, iqror, hayrat, ishq, dard, ishonch kabi ma`nolarni ham anglatib keladi. [2,
408]
Yuqoridagi
kuzatishlarimizdan
ma`lum
bo‗layotirki,
Azim
Suyun
qayirmalari mavzu ko‗lamiga ko‗ra rang-barang bo‗lib, ularda aks etgan obrazlilik
va poetik obrazlar hayotiy, majoziy, ishqiy, ijtimoiy, falsafiy mazmunni
ifodalashga yo‗naltirilgandir. Har bir qayirmaning ―Ey do‗st!‖ degan xitobnoma
bilan boshlanishi barcha qayirmalardagi kompozitsion butunlikni vujudga keltirish
bilan bir qatorda ulardagi ohangdorlikni, sirli, ilohiy ko‗rinishga, xuddi qadim
qalandarlar ijrosidagi zikrlarning ohanglarini eslatuvchi jazvani hosil qilishi bilan
bir qatorda she`rning poetik mazmunini kuchaytirishga, kitobxon tuyg‗ularini
shakllantirishda ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shoirning ishqiy motivda bitgan
qayirmalarida ham ikki xil ishq – ishqi haqiqiy bilan ishqi majoziyning
uyg‗unlashib ketishi, ba‘zan unisi, ba‘zan bunisiga xos bo‗lgan mazmun etakchilik
qilganday tuyulsada, lekin mushtaraklik hos xususiyat ekanligini ta`kidlash zarur.
Ishqiy mavzudagi qayirmalarda an`anaviy yor timsolini tasvirlashda mumtoz
poetik obrazlarga ham, yangilangan zamonaviy talqinlarga ham duch kelamiz.
She`rlardagi yor vasfiga bag‗ishlangan chizg‗ilarda uning tovoniga tushgan qora
zulflarining tunga o‗xshatilishi, oq yuzini esa o‗n to‗rt kunlik hilolga, tishlarini
oppoq marvarid tutga, tik qomatini esa nay yoki shamga, siynalarini qo‗sh kaptar
yohud olmayu anorga o‗xshatilishlari mumtoz she`riyatimizga xos bo‗lgan poetik
obraz va timsollardan samarali ozuqlanganidan dalolat beradi. Bulardan tashqari
shoirning ishqiy motivdagi qayirmalarida bog‗, buloq, chashma, gul, atirgul, olcha
guli, oshiqlik – bozoru unga oluvchi ham sotuvchi ham haridorligi kabi talqinlar
esa ko‗hna mavzuning zamonaviy talqinlarini ifodalashga xizmat qiluvchi obrazlar
darajasiga ko‗tarilgandir. Chunonchi shoirning ikkinchi raqam bilan berilgan
qayirmasida o‗lim va ayol tushunchasining bir-biriga zid qo‗yib tasvirlanishidan
494
kelib chiqadigan ma`noning poetiklashtirilishida ham o‗ziga xos bo‗lgan topqirlik
seziladi.
Ey do‗st!
Tabiatda o‗lim eng qudratli Kuch,
Undan ham qudratli, shaksiz, bu Ayol.
O‗lim – tiriklikka urilgan Qilich,
Ayol – shu Qilichga Qalqon betimsol! [3, 155]
Ko‗rinib turibdiki shoir she`rda o‗lim va tiriklik tushunchasidan ayoldagi
hayotbaxsh-yaratuvchilik qudratini an`anaviy qurol-yaroq – Qilich va Qalqonlarni
poetiklashtirib obraz darajasiga ko‗tarmoqda. Bunda qilich o‗lim timsoli bo‗lsa,
qalqon o‗limdan himoya qiluvchi ayol timsolida kelayaptiki, bu ifoda o‗lim va
tiriklik haqidagi azaliy tushunchaning yangicha poetik ifodasi sifatida xarakterlidir.
Azim Suyun she`rlarida bunday talqinlar ko‗plab uchraydi, ularda halq
hikmatlaridan oqilona foydalanish shu orqali fikrning ham zohiriy ham botiniy
ma`nolarini uyg‗unlashtirishga intilish sezilib turadi. Chunonchi, o‗n to‗rtinchi
qayirmada ishq tushunchasining quyidagicha talqinlariga duch kelamiz.
Ey do‗st!
Ishq –vafo, ishq – jafo, jondan kechasiz,
Hilol u – Oy bo‗lib to‗la-to‗lguncha.
Ishq – chashma, ishq- sharob, har kun ichasiz
Va lekin to‗ymaysiz o‗la-o‗lguncha [4, 12].
Ushbu misralarda ishq tushunchasining an`anaviy poetik timsollar orqali
ifodalanishi ham, yangi talqinlariga ham duch kelamiz. Sharob yoniga chashma
tisolining ham qo‗shilishi ishq mazmunining chanqoqlik degan tushuncha bilan
boyitilayotganligini ko‗rishimiz mumkin.
Shoirning ayrim qayirmalarida esa zohiriy mazmun obrazli tarzda etakchilik
qilgandek tuyuladi va bu she`rlarda an`anaviy motivlardan ko‗ra zamonaviy
motivlar ustunlik qilayotgandek taassurot qoldiradi.
Ey do‗st!
Ko‗rdimki, bul kecha tongda uyg‗onib,
Yor yuzi otashday turardi yonib.
Dedim: ―Atirgulday cho‗g‗lanmoq nechun?‖
Dedi: ―Atirgulim suv ichgan qonib‖ [4, 12].
Yuqoridagi keltirilgan har ikki qayirmada ham poetik obraz va timsollar
zohiriy mazmunni ifodalashga hizmat qilayotganday tuyuladi. Zero, ishqning
hijrondan tashqari visol degan timsollari ham mavjudki, bu o‗rinlarda shunga
ishorani sezish mumkin. Xususan, oshiqni tuz timsolida talqin etib mashuqa
taomiga usiz ta‘m bitmasligi, yohud yorning yuzining otashdek yonib turishining
sababini ―atirgulim suv ichgan qonib‖ degan shaklda tavsiflanishi fikrning pardali
tarzda bo‗lsa ham zohiriy mazmunga urg‗u qaratilayotganligini anglash mumkin.
Shoir inson va uning ziddiyatli qalbi haqida ham hikmatomuz misralarni
bitadi. Inson tabiatning gultoji, unda barcha ezguliklar mujassam, ayni paytda u
shunday murakkab xilqatki, jamiyki yovuzliklar ham unda jamuljam. Bu hikmat
shubhasiz Azim Suyungacha ham ko‗p bora aytilgan. Uni Navoiy o‗ziga xos
495
bo‗yoqlarda, A.Oripov o‗ziga xos satrlarda bunyod etgan, Azim Suyun ham bir
turkum she`rlarida insonni butun nafosati-yu murakkabligi bilan hikmat darajasiga
ko‗targan satrlarga joylaydi.
Ey do‗st!
Joyning rangida har jonivor rangi,
Deylik, dasht rangidadir shunqor rangi.
Odam qayga qochib borar o‗zidan,
Unda jam olamning beqaror rangi [4, 126].
Shoir she`rda oddiy bir jaydari, lekin g‗oyat hayotiy bo‗lgan bir o‗xshatish
orqali (dasht rangidadir shunqor rangi) qo‗llash orqali inson tabiatini bu olamdagi
barcha beqaror ranglarga qiyoslaydiki, bundan odam tabiatiga tabiatdagi barcha
ranglar monand ekanligi orqali xulosa sifatida beradi va bu insonga berilgan
ta‘riflar ichidagi eng keng miqyos ekanligi bilan ajralib turadi. Boshqa she`rlarida
muayyan bir qirralarini konkretlashtirib tasvirlaydiki, shoir she`rlaridagi
hikmatomuz g‗oyalar umumiylikdan xususiylikka, xususiylikdan umumiylikka
mos ravishda tasvirlanganligini guvohi bo‗lamiz. Shu jihatdan quyidagi
qayirmalari xarakterlidir:
Ey do‗st!
Odamni odam odam qiladi,
Olamni odam olam qiladi.
Odamni olam ado qilmagay,
Odamni odam ado qiladi [4, 160].
Ko‗rinib turibdiki, mazkur qayirmalarda A.Oripovning bir she`rida
tasvirlanganidek ―Gadoning dushmani gado bo‗ladi‖ degan hikmatning yana bir
iqrorini guvohi bo‗layapmiz. Shoirning mahorati shundaki, qo‗yma satrlarda
(o‗ziga hos bo‗lgan ohangdosh, shakldosh so‗zlardan) foydalanib odamzot
haqidagi katta hayotiy haqiqatni ixcham satrlarga singdirib yuborgan. Odamning
yuzi-yu, so‗zining yo‗qligi katta fojia, lekin u fojianing ildizi o‗zligiga, o‗zligining
yo‗qligiga borib taqaladiki, bu shoir aytmoqchi bo‗layotgan hikmatning asosini
tashkil etadi. Yoki bo‗lmasa ―Odamni odam ado qiladi‖ degan katta falsafiy
hikmat ham poetik jihatdan mukammal tarzda ifodalangan bo‗lib, kitobxonni
ma`naviy olamini boyitishga xizmat qiladi. Shoir she`rlarida ilohiylik, taqdir bitigi
tushunchalari ham o‗ziga xos buyoqlarda tasvirlanadi.Chunonchi, ―Yo‗ldan
adashmadim – yo‗lsiz yursam ham‖ deb boshlanuvchi qayirmasida lirik qahramon
yo‗lsiz, do‗stsiz yursa ham yo‗ldan adashmasligining asl sababini eng avvalo Haq
bilan, ilohiyot, taqdir yo‗li bilan bog‗lab talqin etadi. Yuqorida ta`kidlanganidek,
shoir qayirmalari turli-tuman mazmundagi hikmatlardan tashkil topganki, ularning
aksariyatida badiiy mukammallik, xalqona hikmat mujassamligini ko‗ramiz.
Jumladan, falsafiy mazmundagi qayirmalaridan: ―Odamki odamga g‗animat
erur...‖, ―Hayotning qorli-qirovli kunlari ko‗p...‖, ―Kelayapman, kelayapman
zamon oralab...‖, ―Umr – bu o‗tadir baland, pastlarda...‖, ―Umrim –qum zarrasi
ummon unda jam‖ kabilar. Nafs balosidan ogoh etuvchi ―Men bir gap eshitdim
dashtlik tulkidan...‖, ―Qayda tilla, javohir, aylayin bayon‖, ―Tiriklik – sherni tulki
qilibdi...‖, ―Menga ma`lum turlik nafs kulfati‖ kabi qayirmalari, ilohiy
496
mazmundagi ―Qalbimda qandaydir bir buloq oqar...‖, nodonlikni ta‘riflovchi
―Tosh ustiga don sepdim, unib ketdi‖..., ―So‗qirlar bir joyda o‗tkazdi yig‗in...‖,
hikmatomuz g‗oyalarni ilgari suruvchi: ―Har kim yashab o‗tar o‗zin umrini...‖,
―Bugun yuzi qora, kim bo‗lsa qasdda...‖, ―Avval halq holiga boq, yo‗liga boq...‖,
―Bir nazardan el tuzalar...‖, ―Hayot daraxtiga urmagil tesha...‖, insoniy g‗urur va or
g‗oyalarini ilgari suruvchi ―Men parvo qilmadim zaru zo‗rlarga...‖, erk-ozodlik
g‗oyalarini ifodalovchi ―Hur tug‗ilding, uni barbod ko‗raman...‖, ―Erk - ohu,
ovchisi ko‗p erur qadim...‖, xiyonat haqidagi ―Bir ilon do‗st bo‗lib kirdi
qo‗ynimga...‖, ―Men kim, qanotiga ishongan qushman‖, do‗stlik haqida ―Do‗st
kerak donoga ham, gumrohga ham...‖, ― e`tiqod eskidir, oqibat eski...‖, til va so‗z
qo‗llash mahorati haqidagi qayirmalarida ham shunday kontseptsiyaning
ustuvorligini kuzatamiz. Shoirning so‗z va til haqidagi hikmatlarining o‗ziga
xosligi shundaki, unda inson qalbi bilan uning milliy o‗ziga xosligi bilan bir butun
hodisa sifatida gavdalanadi. Chunonchi, ―Ba‘zan o‗z-o‗zidan xayollar tortar‖ deb
boshlanuvchi qayirmada inson toleidagi neki baxt bor, neki xavf-xatar, bari bitta
aytilmagan so‗ziga bog‗liq, agar shu so‗z aytilsa, tomchi misol har tomonga
yoyilib ketishi mumkin degan g‗oya etakchilik qiladi. Demak, so‗z inson taqdirini
hal qiluvchi buyuk qudratdir. ―Eshitgulik hikmat elimda ko‗pdir‖ deb boshlanuvchi
qayirmada ―Yaxshi so‗zga uchar qushlar el bo‗lmish, Yomon so‗zga pashsha misli
fil bo‗lmish‖ hikmati xulosa sifatida beriladiki, bu ham so‗zning qudratini
ko‗rsatuvchi haqqoniy hikmatdir.
―Bu qayirmalar Sharq mumtoz she`riyati ummonidan ―suv ichayotgani‖,
ya`ni Umar Hayyom, Sa‘diy Sheroziy, Ahmad Yassaviy, Alisher Navoiy, Bobur
kabi ulug‗ donishmandlarimiz asarlaridagi donolik, teranlik,ixchamlik, lo‗ndalik
kabi fazilatlarga eshligi, ayni paytda eng qadimiy davrlarda tog‗u-toshlarga o‗yib
yozilgan bitiklardek aniqligi bilangina emas, balki shakldagi yangiligi bilan ham
e`tiborga loyiqdir‖ [5, 47].
Shuni alohida qayid etish lozimki, Azim Suyun qayirmalarini bir bor qo‗lga
olib mutolaa qilgan kitobxonni bu qayirmalardagi hikmat va halqona ifodalar
huddi ohangrabodek o‗ziga jalb qiladi. Kitobxon o‗zini mutolaa zavqidan
to‗xtatolmay qoladi. Bu albatta, shoirning yuksak poetik mahoratidan darak beradi.
Ayni paytda shoirning ko‗pgina qayirmalarida falsafiy, hayotiy mazmun
yetakchilik qilishini ta`kidlash zarur. Ularda xayyomona falsafiylik, A.Oripov
ta`kidlaganidek, mumtoz she`riyatimizga xos bo‗lgan hikmatomuzlik, quyma
obrazlilik sezilib turadi. Bunda endi oshiq yigit bu dunyoning bevafoliklariga,
jabru sitamlariga qo‗l siltab, may ishqi bilan, janonlar ishqi bilan oshuftalik qiladi.
May yoki jonon, ma‘shuqa obrazlari, albatta, majoziy ma`noda kelib, she`rining
falsafiyligi va ma‘rifiyligini boyitishga hizmat qiladi.
Shoir she`rlarida tabiat hodisalari, dehqon va dehqonchilik va boshqa kasb-
korlar haqida ham hikmatomuz mazmundagi bitiklar uchraydiki, bu ham shoir
qayirmalarining mavzu doirasi keng qamrovli ekanligidan dalolat beradi.
Adabiyotshunoslarimiz e`tirof etganidek, shoir qayirma janriga asos soldi va uning
ko‗plab namunalarini yaratib she`riyatimizni boyitishga xizmat qildi. Shoir
qayirmalarining muhim xususiyati avvalo uning ixcham satrlarda xalqimiz
497
tabiatiga xos bo‗lgan va asrlar davomida shakllangan katta ijtimoyi-falsafiy
mazmunning badiiy mukammal namoyon bo‗lishida, xalq donoligi va hikmatlarini
o‗ziga singdirishida ko‗zga tashlanadi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Yo‗ldoshev.Q. Yangilanish ehtiyoji. O‗zbekiston adabiyoti va san`ati, – T.:
2005. 5 avgust.
2.
Bu haqda yana qarang: Oripov A. Qayirma – mustaqil janr. Manba: Suyun
A. Tanlangan asarlar.(1-kitob) – T.: G‗.G‗ulom nashriyoti. 2009.
3.
Suyun A. Tanlangan asarlar.(1-kitob) – T.: G‗.G‗ulom nashriyoti. 2009.
4.
Oripov A. Qayirma – mustaqil janr. Tafakkur jurnali. 2004.
Do'stlaringiz bilan baham: |