POETIKANING MUSIQIY SAN`AT YARATISH
MUAMMOLARIGA DOIR
Muso TOJIBOYEV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (CHDPI)
O‗zbek mumtoz she`riyati, umuman, badiiy adabiyotning butun go‗zalligi,
nafosati uning badiiyligida, mavjud, real voqelikni o‗ziga xos idrok etish usulida.
Navoiy ta‘biri bilan aytganda, dunyoni mehr ushlab turadi. Quyoshning yerga
mehri-muhabbati bo‗lmaganda edi, u yer yuzini yoritmas, nur sochmagan bo‗lur
edi va binobarin, yerdagi tirik mavjudot zulmat va sovuqda halokatga mahkum
bo‗lur edi. Demak, ishq-muhabbat, mehr hayotning asosini tashkil qiladi.
She`riyatda olam va odam go‗zalligi, nafosatini tarannum etish eng muhim
vazifa hisoblanadi. Aynan shu vazifa ijrosida she`riyatda turli ijodiy falsafiy
tushuncha va misralar badiiylik in‘ikosida shakllanadi. Pushkinda shunday misralar
uchraydi:
416
Qorong‗u tunlar aro bahor, bog‗lar unsizligida
Gulning ishqida kuylaydi bulbul
Biroq eshitmaydi, tushunmayin jim
Ishq kuyi ostida tebranadi jim.
She`riyat o‗zining bezaklari – she`riyat san`atlarsiz o‗z qimmatini,
go‗zalligini yo‗qotadi, hissiz so‗zlar zanjiridangina iborat bo‗lib qoladi. She`rni
tushunmoq, his qilmoq uchun uning badiiyatini mukammal tahlildan o‗tkazmoq,
badiiyatini anglab etmoq lozim. Buning uchun adabiyotda badiiylikni yaratishga
xizmat qiladigan lug‗aviy vositalar, ularning semantik-stilistik xususiyatlari
alohida tadqiqot manbai sifatida olib qaralishi zarur. Zero, M.Fuller to‗g‗ri
ta`kidlaganidek, ―Poeziya – so‗zlar musiqasi‖.
She`riyat - go‗zal olam, u qofiya, turoq, vazn kabi she`r o‗lchovlari, tashbeh,
mubolag‗a, tazod, talmeh kabi badiiy san`atlardan tarkib topgan murakkab imorat,
turli ranglardan iborat bo‗lgan manzaraviy rasm. Leonardo da Vinchi
ta`kidlaganidek, ―Rassomlik – poeziya, uni ko‗radilar; she`riyat esa rassomlik, uni
eshitadilar‖ [1,118].
Kishilik jamiyati bor ekan, inson go‗zallikka intilar ekan badiiyat, san`at ham
bo‗ladi. She`riyatga jon baxsh etadigan hodisa – til, so‗z. Uning bezaklari, kiyimi –
badiiy san`atlar.
Poeziya va prozaning birdan bir materiali so‗zdir, so‗z adabiyotning jon
ozig‗i. So‗z g‗ishtlari mantiqning a‘lo ranglari bilan bo‗yalib, so‗z san`atining
arxitektori, me‘mori-shoir tomonidan farosat bilan ijodiy usulda o‗z o‗rniga
qo‗yilsa, muhtasham va yarqiroq she`riyat binosi vujudga keladi. Ana shundagiga
bu muhtasham so‗z koshonasi ham salobatli, ham dilbar, adabiy qulamas bo‗ladi.
Mumtoz o‗zbek adabiyotining qator namoyandalari, ayniqsa, Lutfiy, Navoiy,
Bobur,
Mashrab,
Muqimiy
kabilar
she`riyatidagi
go‗zallik,
nafosat,
umrboqiylikning siri nimada? Avvalam bor, ular she`riyatining xalq diliga, ruhiga
mosligi, qolaversa, ular she`riyatining go‗zal, o‗xshatishlar, bejirim so‗z o‗yinlari,
musiqiylikka boyligidadir.
―Daraxtni undiradigan, o‗stiradigan va mevasini laziz qiladigan quyosh, yer
va suv bo‗lsa, badiiy mahoratni undiradigan va o‗stiradigan, samarasini jozibali
qiladigan xalq hayotidan olingan ilhomdir‖ - deb yozadi Abdulla Qahhor [2, 155].
Alisher Navoiy ―Majolis un nafois‖ asarida 450 dan ortiq shoirning hayoti va
ijodiy dunyosi hamda, badiiy mahorati haqida fikr yuritar ekan, ularning san`atini
so‗zdan qay darajada foydalana olishiga qarab baholaydi.
Akademik Alibek Rustamovning fikricha, she`r zavq, hayajonning natijasi
bo‗lib, u shaxsning ruhiy olami bilan o‗quvchini tanishtiradi, oshno qiladi.
O‗quvchida shavq-zavq uyg‗otadi. Zavqni qo‗zg‗atuvchi asosiy omil badiiyatdir
[3, 60].
Badiiyatning o‗zi nima?
Izohli lug‗atda ―badiiy‖ so‗ziga quyidagicha ta‗rif berilgan:
1.
Voqelikni nafis san`at vositalari, obrazlar orqali ifoda etuvchi, tasvirlovchi.
2.
Yuksak estetik talabalarga javob beradigan.
3.
Baland did va mahorat bilan bajarilgan, go‗zal, nozik.
417
Badiiyat-bu asarning tashqi dunyosi, uning libosi. Asar qanchalar badiiy
jihatdan etuk, barkamol va go‗zal bo‗lsa, u shunchalar kishiga tez va kuchli ta`sir
ko‗rsatadi, uni hayajonga soladi, unda kuchli ehtiroslar qo‗zg‗aydi. Bu yerda yana
inson psixologiyasi, ya`ni ruhiyati, muammosi ham bor. Masalan, kishi go‗zal
manzarani ko‗rsa zavqlanadi, qalbi, vujudi shodlikka to‗ladi, shu bilan birga u o‗z
dilida go‗zal hislar quyilganini, ruhiyatida ko‗tarinkilik yuz berganini sezadi.
Ohangdor so‗zlar, chuqur ma`nolar bilan bezatilgan she`r kishini o‗ylantiradi,
mushohada yuritmoqqa chorlaydi, lirik nafosatning sehrli olamiga g‗arq etadi,
zavqlantiradi.
Badiiy asar tarbiyaning ta`sirchanligining ortishiga va ma‘rifiy ahamiyatining
yaxshi o‗zlashtirilishiga yordam beradi. Asardagi tarbiyaviylik o‗quvchining
ma‘rifatga bo‗lgan intilishini va badiiyatning ta`sirchanligini oshiradi. Ma‘rifiylik
o‗z navbatida badiiy asarning tarbiyaviy va badiiy tomonlarini mustahkamlaydi.
Asarning tarbiyaviy va ma‘rifiy tomoni uning ma`nosini (mazmunini), badiiy
jihati esa, suvratini (shaklini) tashkil qiladi. Surat-tashqi ko‗rinish, ma`no-mohiyat,
asos. Asarning barcha adabiy vositalari, til va uslubi asarning suvratini tashkil
etadi. Fikr esa ma`nodir.
Ma`lumki adib mahoratini belgilashda asosiy mezon-yuksak badiiylik, so‗z
rangliligi hamda ma`noning pishiqligi. Shuning bilan bir qatorda ana shu
mezonlardan qolishmaydigan yana bir jihat - badiiy asarda ma`no va uslubning
originalligidir.
Mumtoz adabiyotda badiiy – tasviriy vositalar, ya`ni she`riy san`atlar
ma`naviy va lafziyga bo‗linadi. Atoulloh Husayniy bu haqda shunday yozadi:
―San`atlarning 1-nav‗i zotiy go‗zalliklardurkim, dilbarlarning tabiiy husni
yanglig‗dur va 2 - nav‗i oriziy go‗zalliklardurkim, alardagi ko‗rsatma bezaklari
singaridur. 1-nav‗ining bayonini balog‗at ilmi derlar, 2-nav‗in balog‗atqa tobi‗
derlar. Biri maoniy ilmi va ikkinchi bayon ilmidir‖ [4, 34]. ―Badoyi‗us san`oyi`‖
asarida muallif ma`naviy san`atlar guruhiga tashbeh, mubolag‗a, talmeh, tajohuli
orif, lutf, istiora, tamsil, tafri‘, tadoruk, takrir, husni ta‘lil, laffu nashr kabi
san`atlarni kiritgan. Shoirlarda san`atlardan foydalanish, ularni qo‗llash usuli
turlicha bo‗ladi. Bu adibning mahorati, iste`dodining qay darajadaligiga bog‗liqdir.
Navoiyning fikricha, elga biron asarni manzur qilish uchun kishi bor
iste`dodini, qobiliyatini sarflash lozim. Yuksak badiiylik bilan yaratilgan asargina
jamiyat uchun manfaatli bo‗ladi.
Navoiy asarlarida badiiy adabiyotga nisbatan yuqori talablar qo‗yish, chin fikr
bayon etish kabi fikrlarni ko‗p uchratamiz. Mutafakkir shoirning bu talablari o‗z
davrida juda muhim ahamiyat kasb etgan, ijodkorlarni rostgo‗ylik va haqiqatga
undagan:
So‗zda Navoiy ne desang chin degil
Rost navo nag‗mag‗a rahmat degil.
Ma`lumki, har bir g‗azalning o‗z ichki dunyosi bor, shuningdek, bir-biriga
ulanib ketgan baytlar orasida ko‗rinmas mantiqiy zanjir mavjud. Asarda u yoki bu
obraz ichki kechinmalari haqida so‗z boradi, yor go‗zalligi tavsiflanadi,
tasvirlanadi, qiyoslanadi. Obrazning ruhiy kechinmalari, o‗y-fikrlarini misralarda
418
mahorat bilan aks ettirish shoirdan katta mahorat talab qiladi. She`riyat-hissiyot
mahsuli. U sufiylikning sano vaqtidagi holati kabi chin qalbdan quyilib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Мудрость веков молодом. – Краснодар,1987.
2. A.Qahhor hikmatlari. – T.: Fan. 1990.
3. Rustamov A. Navoiyning badiiy mahorati. – T., Fan. 1979.
4. Abdulloh Husayniy. Badoyig‗u-s-sa‘itot‘. – T., Fan. 1981.
Do'stlaringiz bilan baham: |