Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet224/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

BEHADDU G‟OYAT XATOLAR... 

Vahob RAHMONOV, 

O‟zbekiston Respublikasida xizmat ko„rsatgan madaniyat xodimi 

 

  

Xorazmda adabiy va tarixiy muhitining faxri, o‗zbek mumtoz adabiyotining 



sohib  devon  shoiri,  adabiyot  mulkini  o‗n  to‗qqiz  badiiy  tarjima  bilan  boyitgan 

buyuk zahmatkash mutarjim, Xorazm tarixiga oid besh tarixiy asar yaratgan ulug‗ 

muarrix Muhammad Rizo Ogahiy tavalludiga bu yil 210 yil to‗ldi. 

 

Ushbu  qutlug‗  sana  butun  O‘zbekiston  bo‗ylab  adabiyot  –  madaniyat 



tantanalari sifatida o‗tkazilsa arziydi. Chunki Ogahiy o‗z ijodini nafaqat Xorazmu 

O‘zbekiston balki jahon o‗qib-o‗rganishini yaxshi niyat qilgani sir emas. 

Tong emas, Ogahiy, ahli jahon she‘ringg‗a mayl etsa, 

Nechukkim, har so‗zing nazm ichra gavharga o‗xshaydur. 

 Darhaqiqat,  Ogahiy  asarlari  1958-yildan  beri  "Tanlangan  asarlar"(1958), 

"Ta‘vizul-oshiqin"  (1960),  "Asarlar"  (olti  jildlik)(1971-1980),  "Tanlangan 

asarlar"(1980),"Sarvqomat  ko‗rmisham"(2007),  "Jamoling  jilvasi"  (2013),  "To‗la 

asarlar to‗plami" (I-jild, 2014) singari nomlarda muntazam nashr etib kelinmoqda. 

Ogahiy tarixiy asarlaridan namunalar avval "Asarlar" olti jildligining 5-6 jildlarida 

e‘lon  qilingan  bo‗lsa,  so‗ngra  mustaqil  kitoblar  holida  "Firdavsul-iqbol"  (2013) 

("Yangi  asr  avlodi"  va  "O‘qituvchi"  nashriyotlarida),  "Shohidi  iqbol" 

("O‘zbekiston"  nashriyotida),  "Zubdatul-tavorix"  ("Fan"nashriyotida)  va  boshqa 

asarlari ommaviy va ilmiy-tanqidiy matnlar tarzida e‘lon qilinmoqda. Bu yutuqlar 



409 

 

bilan har qancha g‗ururlansak va faxrlansak arziydi. Biroq, masalaning ikkinchi bir 



tomoni  ham  bor.  Bu  ham  bo‗lsa  Ogahiy  asarlari  nashrlarida  matn  saviyasining 

g‗oyat pastligi-sernuqsonligidir. Agar bugun Ogahiy tirik bo‗lganida o‗z kitoblarini 

o‗qib, ming afsus va o‗kinchlar bilan yozgan bo‗lardiki: 

Ogahiy, emdi manga o‗lmakdin o‗zga chora yo‗q, 

Har kitobimda xato behaddu g‗oyat ko‗rmisham. 

 

Zero, olti jildlikning I va II-jildlarining har birida mingga yaqin xatolar sodir 



etilgan edi. O‘z vaqtida – 1973 yilda Sharof Rashidov O‘zbekiston markazqo‗mida 

bu  masalada  G‘ulom  Karimov,  Subutoy  Dolimov,  nashriyot  direktori  Hamid 

G‘ulom,  bosh  muharrir  Tohir  Ibrohimov  va  o‗rinbosar  Ibrohim  G‘afurovni 

―Ogahiy asarlari nashrining serxatoligi‖ yuzasidan muhokamaga qo‗ygan edi... 

 

Keyingi  nashrlar  saviyasi  bundan  yaxshilangan  deb  bo‗lmaydi.  2014  yilgi 



―To‗la asarlar to‗plami‖ning I-jildi 1971-1972 yillar nashri skaneri bo‗lgani uchun 

xatolari  bir  yarim  baravarga  ko‗paytirildi,  xolos.  Alohida  nashrlar  saviyasi  ham 

g‗oyat  past  va  sernuqsondir.  Xuddi  shunday  mulohazani  ―Firdasul-iqbol‖ning 

ikkala  nashriga  nisbatan  ham  bildirish  mumkin.  Ularning  har  birida  ham  mingga 

yaqin nuqsonlar sodir etilgan. Ogahiy she‘riyati nashrlaridagi nuqsonli matnlardan 

o‗n  bayt  keltirib,  Ogahiyshunoslarning  bular  oldida  qanday  va  nima  deb  javob 

berishlarini o‗ylab ko‗raylik: 

―Mashshariy‖ nima degani? 

Bu bayt olti tomlik ―Asarlar‖ va "To‗la asarlar to‗plami"da bir xil bosilgan: 

Orazi yo lolamu, yo sham‘mu yo mashshariy, 

Yo qamar, yo ko‗zgumi, yo oftobi xovari. 

―Gulob‖da lab bo‗ladimi? 

Ogahiy "Asarlar" II-jild, 1972, 209-bet. 

Ta‘bim hasudlar so‗zidin tiyra bo‗lmag‗ay, 

Murdor o‗lurmu bahre tursa gulob lab? 

Bu ham 1971 va 2014 yilgi nashrlarda bir xil bosilgan. 

―Sarvdor shoqat‖ nima degani? 

Gulgun yuzingcha ermas gul yuzida latofat, 

Mavzun qading misillik yo‗q sarvdor shoqat. 

―Asarlar‖ II-jild, 1972, 114-bet: 

Bu bayt ham ikki nashrda bir xildir. 

―Tahsin‖ni o‗ldirishsa-ya... 

Ayshu rohat tahsini majruhu maqtul etgali, 

Ohim o‗q, ashkim karish, qaddim kamon etti kasal. 

(1971-323 -bet; 2014- 206-bet) 

―Barqatoz‖ nima degani? ―Barqitoz‖chi? 

Vafo yo‗lin tutub diljo‗lik otin barqatoz aylab, 

Etushding kulbama lutfing ko‗bu, qahringni oz aylab. 

―Ta‘vizul-oshiqin‖ 1960, 476-bet. 

Vafo yo‗lin tutib dil jo‗ liqotin barqitoz aylab, 

Yo tushding kulbama lutfing ko‗bu qahringni oz aylab. 

―Asarlar‖ II- jild, 89-bet. 




410 

 

Vafo yo‗lin tutub dil-o‗lik otin barqi toz aylab, 



Yo tushding kulbama lutfing ko‗bu qahringni oz aylab. 

―To‗la asarlar to‗plami‖ II-jild, 30-bet. 

Xorazmlik  olimlarimiz  bu  baytni  yana  ―o‗lik‖  va  ―Yo  tushding‖  kabi  uchta  so‗z 

bilan boyitib, baytni chinakam o‗lik holiga keltirganlar. 

Oshiqqa yorsiz uyqu rohatmi? 

Manga sansizin xob rohat erur, 

Xiromu xiromu xiromu xirom.   

―Asarlar‖ I-jild, 1971, 364-bet. 

Ergash Ochilov ―Jamoling jilvasi‖ kitobiga ko‗chiradi (126-bet): 

Manga sansizin xob rohat erur, 

Xiromu xiromu xiromu xirom. 

Xorazmlik olimlar Dilshod G‘oyipov va San‘at Sarievlar ―Asarlar‖dan skaner qilib 

oladilar: ―To‗la asarlar to‗plami‖ I-jild, 2014, 233-bet:  

Manga sansizin xob rohat erur, 

Xiromu xiromu xiromu xirom. 

―Fasl‖ nima-yu ―Zar‖ nima? 

Xurshid domla ―Ta‘vizul-oshiqin‖da ko‗chiradilar (122-bet): 

Nutqidin komini olg‗on olmog‗oy bir zarg‗a, 

Dahr bozorida gar o‗zni sotar harchand qand. 

G‘ulom  Karimov  va  Subutoy  Dolimovlar  qo‗lyozmadan  bu  baytni  mana  bunday 

o‗qiydilar: 

Nutqidin komini olg‗on olmog‗oy bir faslg‗a, 

Dahr bozorida gar o‗zni sotar xarchand qand. 

―Asarlar‖ I-jild. 1971, 154-bet. 

Bu nashrda xar (eshak) o‗zini bir necha qandga sotgan... 

  ―Ozarda‖ nima-yu ―afsar‖da nima? 

Ogahiy ―Asarlar‖i noshirlar shoirning bir baytini shunday ko‗chiradilar: 

       


 

Ey malomatdin o‗lg‗on ozarda, 

   Tutma o‗zni bu nav‘ afsarda. (1971, 330-bet) 

Mazmuni: Ey malomatdan olovda qolgan odam! O‘zingni bunday tojda tutma! 

  2014  yilgi  ―To‗la  asarlar  to‗plami‖  I-jildining  481-sahifasida  ham  xuddi  o‗sha 

bayt skaner qilingan holatda turipti. 

―Shomit‖ nima? ―Tavr‖chi? 

       


 

Ko‗r shomiti xissatniyu, xosiyati himmatnikim, 

       

 

Qorung‗adur taxtusaro, Musog‗a favqi tavr ganj. 



 1960-109- bet; 1971-136-bet; 2013-40-bet; 2014- 82-bet. 

 Yarim asr davomidagi barcha nashrlarda shu yaroqsiz bayt bir xil saqlangan. 

―May‖ kasal...otni so‗rganlar... 

       


 

May xasta ofiyat otidin to yiqilmisham, 

       

 

Bolinim uzra lutfi samandini so‗rmading. 



Ogahiy ―Asarlar‖ I-jild, 1971, 317-bet. 

Mazmuni:  May-bemor.  Shoir  otdan  yiqilgan.  Yostiq  ustidagi  saman  otini 

so‗rmoqda. 



411 

 

      Non kursiga o‗xshaydimi? 



       

 

Musaffo qamar kursidek nonlari, 



       

 

Bo‗lub izzat afzoyi bir yonlari. 



1972-II-tom, 341-bet. 2014-487-bet. 

 Nashrlarda nima hodisalar ro‗y bermoqda: 

birinchidan, har bir navbatdagi nashrga tayyorlovchi 1960 va 1971 yilgi nusxalarni 

o‗g‗irlamoqda,  ya‘ni  o‗zi  arab  yozuvidan  ko‗chirmay,  birov  nusxasini  ko‗chirib 

olib, o‗z nomini qo‗ymoqda; 

ikkinchidan,  barcha  nashrga  tayyorlovchilar  matnlar-baytlarni  xato  o‗qish  tufayli 

mazmunini tushunolmayaptilar; 

uchinchidan, natijada yuzlab yo‗q so‗zlar paydo bo‗lib, kitobxonlar fikrini arosatda 

qoldirmoqdalar. 

 Endi ―Firdavsul-iqbol‖dan namunalar olaylik: 

―Kivi‖ nima-yu ―Givi" kim? 

Biri kuch bila Tusinav zar kibi, 

Biri zo‗r ila Kivi safdar kibi. 

 (286-bet) .(―Yangi asravlodi‖) 

Biri kuch bila Tusi Navzar kibi, 

Biri zo‗r ila givi safdar kibi. 

(―O‘qituvchi‖, 192-bet) 

  Har  ikki  nashrda  ham  Firdavsiy  ―Shohnomasi‖si  qahramonlarining  ismlari 

(Gevva No‗zar) noto‗g‗ri o‗qilgan. Birida yo‗q so‗z- Kivi; ikkinchisida turdosh ot: 

yo‗q so‗z ―givi‖. No‗zar esa nashrlarda ―Navzar‖ tarzida xato qayd etilgan. 

Ushbu  ikki  baytdagi  xatoni  istiloh  qilganim  uchun  quyida  yuqorida  xato 

ko‗chirilgan baytlarning sahih holatlarini ham keltiraman: 

1. Orazi yo lolamu yo sham‘mu yo Mushtariy, 

Yo qamar yo ko‗zgumu yo oftobi xovari. 

Mushtariy-yulduz. 

2. Ta‘bim hasudlar so‗zidin tiyra bo‗lmag‗ay, 

Murdor o‗lurmu bahre tursa kiloblab? 

kilob-itlar 

3. Gulgun yuzungcha ermas gul yuzida latofat, 

Mavzun qading misillik yo‗q sarvda rashoqat. 

rashoqat-xushqomat, qad- qomati chiroyli. 

4. Ayshu rohat shaxsini majruhu maqtul etgali 

Ohim-o‗q, ashkim- kerish, qaddim kamon etdi kasal. 

5. Vafo yo‗lin tutub diljo‗li kotin barqtoz aylab, 

Yetushding kulbama lutfing ko‗pu qahringni oz aylab. 

barqtoz-yashinday tez chopadigan 

6. Manga sensizin xobi rohat erur- 

 Haromu haromu haromu harom. 

7. Nutqidin komini olg‗on olmog‗ oy bir falsg‗a, 

 Dahr bozorida gar o‗zni sotar harchand qand. 

fals-sariq chaqa. 



412 

 

8. Ey malomatdin o‗lg‗on ozurda, 



Tutma o‗zni bu nav‘ afsurda. 

ozurda-ozor chekkan; afsurda - ezilgan, qiynalgan, ruhsizlangan. 

9. Ko‗r shomati xissatniyu xosiyati himmatnikim, 

Qorung‗adur tahsus-saro, Musog‗a favqi Tur-ganj. 

Shomat –kasofat; Tur –Olloh jamoli uning ustida jilvalangan tog‗ning nomi. 

10. Man xasta ofiyat otidin to yiqilmisham, 

 Bolinim uzra lutf samandini surmading. 

11. Musaffo qamar qursidek nonlari, 

 Bo‗lub izzat afzoy bir yonlari. 

qurs-jussa, butunlik, vujud, tan. 

  Xo‗p,  hozircha  men  Ogahiy  she‘riyatidagi  o‗n  ikkitagina  baytni  isloh  qildim. 

Qolgan  bir necha  ming  nuqsonli  bayt  va  gaplarni  kim, qachon  isloh  qilib  beradi? 

Isloh qila oladimi? Qachongacha brak-yaroqsiz mahsulotlar sotilaveradi? 

Foydalanilgan adabiyotlar:



 

1.

 



Ogahiy. Tanlangan asarlar. – Т.: O‘qituvchi. 1958, 192-b. 

2.

 



Ogahiy. Ta‘vizul-oshiqin. II-tom. – Т.: O‘qituvchi. 2014. 487-b. 

3.

 



Ogahiy. Asarlar. I-jild, – Т.: O‘qituvchi. 1971, 317-b. 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   220   221   222   223   224   225   226   227   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish