she`rlarisiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Xususan, shoirning ―Iltijo‖, ―Umr o‗tmoqda‖
she`ri O‗zbekiston xalq artisti, sohirnafas san`atkor Sherali Jo‗raev, ―Sadag‗a‖,
―Yaralmish‖ she`rlari O‗zbekistonda xizmat ko‗rsatgan artist Nuriddin Haydarov,
―Gul bir yon, chaman bir yon‖ she`ri Abdurauf Olimov tomonidan maromiga
etkazib kuylangan. Shu bois bu she`rlar kuylar ohangida san`at ixlosmandlari
404
qalbidan chuqur o‗rin olgan. Qolaversa, hozirga qadar yosh qo‗shiqchilar tilidan
tushmay, kuylanib kelishining ham siri shundadir.
Abdulla Oripov she`rlari ruhi sezilib turuvchi bu she`rlar chuqur lirizmi,
ravonligi, his kechinmalarga boyligi bilan o‗zbek she`riyatining yorqin sahifasini
tashkil etadi. ―Iltijo‖ she`ri bahor fasliga bag‗ishlangan meditativ lirikaning go‗zal
namunasidir. Uning kuyi ham mazmunga mos tanlangan. Hazin ohangda taraluvchi
qo‗shiq shunday boshlanadi:
Bahor kelsa boshlanur bog‗da bulbul xonishi
Sa‗va, qumri nag‗masi, suralay tovlanishi
Qirlarda lola sayli, qishloqlarda yil boshi:
To‗xtagay tabiatdan Haqqushlar zorlanishi
Bahor, ketma mening bog‗imdan [1, 2].
Dastlabki satrlaridanoq she`rxonni o‗ziga tortuvchi bu satrlar bahor nafasini
qalblarga olib kiradi. Xalqimizning sevimli hofizi Sherali Jo‗raev tilida jaranglagan
bu qo‗shiq ham ko‗ngillarga o‗zgacha bir shukuh, sog‗inch hislarini olib kiradi.
She`r matnini kuyga solish jarayoni o‗ziga xos tarzda kechadi. Zero, shoir
she`rdagi so‗zga qanchalik ma`no baxsh etgan bo‗lsa, o‗sha ma`noni bastakor ham
his qilishi, so‗zda yashiringan sehrni kuy ohangida yuzaga chiqarishi kerak bo‗ladi.
Sherali Jo‗raev esa ―Iltijo‖ she`rida yashiringan insoniy dard, kechinmalarni, orzu-
armon epkinlarini shoirona va hofizona qalb bilan his etgan. Qolaversa, she`r besh
banddan iborat. San`atkor uning uch bandini birinchi, ikkinchi va oxirgi bandlarini
kuyga solgan.
She`r quyidagicha boshlanadi:
Bahor kelsa boshlanur bog‗da bulbul xonishi
Sa‗va, qumri nag‗masi, suralay tovlanishi
Qirlarda lola sayli, qishloqlarda yil boshi:
To‗xtagay tabiatdan Haqqushlar zorlanishi
Bahor, ketma mening bog‗imdan [1, 2].
Shu band qo‗shiqda naqorat bo‗lib kelgan.
Qilmishi qing‗ir zotga davr qayda, davron qayda?
Vatangado kimsaga beminnat makon qayda?
Yolg‗iz otga olamda nom qayda, nishon qayda?
Bahor, sensiz sahro-yu tog‗-u toshga jon qayda?
Ketma, Bahor, mening bog‗imdan [1, 2].
Mazkur bandda she`rdagi mahzun kayfiyat falsafiy mazmun bilan
uyg‗unlashgan. Bahorning inson hayotidagi beqiyos o‗rni vatangado kimsa, yolg‗iz
ot timsollar vositasida ifoda etilgan.
Giyoh bilan qoplanmish ko‗hna qabr boshlari,
Maysadagi shudringlar – kimlarning ko‗z yoshlari?
Bu erda yotar otam ham uzangidoshlari,
Har bahor eslar uni qavmi-qarindoshlari,
Bahor, ketma mening bog ‗imdan [1, 2].
So‗nggi band qo‗shiqning avj (kulminatsiya) qismini tashkil etadi. G‗amgin
ruh bilan sug‗orilgan bu satrlarda umr davomiyligi, hayot abadiyligini hamisha
405
eslatib turuvchi mazmun bor. Umuman olganda, Sherali Jo‗raevdek ulug‗ hofiz
tilida yangragan bu qo‗shiq To‗ra Sulaymonga ham ma`naviy haykal yaratdi.
―Yaralmish‖ she`ri xalqimizning yana bir sevimli hofizi Nuriddin Haydarov
tomonidan kuylangan va bu kuy bugun uning farzandi Hojiakbar Haydarov
tomonidan ijro etilmoqda. Hayotga muhabbat, insoniy tuyg‗u kechinmalar
tarannumi aks etgan bu she`r adabiyotga va san`atga oshufta qalblarni o‗ziga rom
etib kelmoqda. Yetti banddan iborat bu she`rning uch bandi kuyga solingan.
Oy yuzli desam seni oyning ham dog‗i bordir.
Ko‗rkamlikda jamoling oftobdan beg‗ubordir.
Tabiating hamisha ko‗lankasiz bahorday,
Umringni kuzi, qishi yo‗qligi barqarorday,
Kunda o‗ylasam seni,
Tunda o‗ylasam seni,
Ko‗z o‗ngimda tiniq osmon yaralmish.
Sevgiliga muhabbat ruhi aks etgan bu misralar go‗zallikka oshufta qalb
kechinmalariga yo‗g‗rilgan. Shu bois qo‗shiq ohangi ham ana shu oshuftalikka
hamohang.
Muhabbat shunday kuch va yuksak tuyg‗uki, u paydo bo‗lgan joyda faqat
bahor bo‗ladi. Keyingi banddagi satrlarda shunaday mazmun mavjud:
Sen paydo bo‗lgan bog‗da zog‗ bo‗lmas, xazon bo‗lmas,
Bulbullar navosida darbd bo‗lmas, nolon bo‗lmas,
Oshiq holi tang bo‗lib, ko‗ksida armon bo‗lmas,
Yo‗lchivindek sarg‗ayib rang ro‗yi somon bo‗lmas,
Chilla chog‗i qishda ham
Bir o‗ng emas, tushda ham
Bosgan izlaringda bo‗ston yaralmish.
E`tibor berilsa, hayot nafasi urilib turgan yuqoridagi satrlar faqat she`rxon
qalbini emas, ezgulikka oshno har bir insonni o‗ziga tortadi. Hofiz shu poetik
mazmunni his etib, uni betakror kuy bag‗riga joylay olgan. Aytish mumkinki, bu
band qo‗shiqning avj qismi sifatida jaranglaydi.
Umuman olganda, To‗ra Sulaymonning qo‗shiqqa solingan har bir she`ri
go‗yoki kuyga solish uchun yaratilganday taassurot uyg‗otadi. Insoniy his
kechinmalar aks etgan bu she`rlar asosida yaralgan ohanglar bugun ham san`at va
adabiyotga oshno qalblarda yashamoqda.
Adabiyotlar:
1. Sulaymon T. Gul bir yon, chaman bir yon (qo‗shiqlar). – T.: Cho‗lpon, 1996.
www.ziyouz.com
Do'stlaringiz bilan baham: