ZAMONAVIY ADABIY ASARDA BADIIIYLIK MEZONLARI
Obidaxon FAYZULLAYEVA,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (GulDU)
Sayyora YARKINBAYEVA,
o`qituvchi (GulDU)
Zamonaviy adabiy asarlarning ko‘pqirraliligi adabiy maktablar va
yo‘nalishlarning turli-tumanligi, tahlil usuli va uslublarning to‘g‘risini topib, tanlab
olishdagi erkinlik, tanqidda o‘ziga xos yondashishlarni rag‘batlantirish, ilmiy
qarashlar va farazlarning ko‘pligi shunga olib keldiki, adabiyotda qanday matnni
badiiy matn deb hisoblash va aniqlash dolzarb masalalardan bo‘lib qoldi.
Yangi davr badiiy adabiyoti yo‘nalish va oqimlarning ko‘pligi va xilma-
xilligi bilan ajralib turadi. Ularning ayrimlari (xususan – postmodernizm va ilmiy
fantastika...) adabiy olamda yirik qarama-qarshiliklar markaziga aylanib qoldi. U
yoki bu adabiy ishni badiiy asar sirasiga kiritish, o‘lchovlarni aniqlab olish
masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Bunga misol tariqasida zamonaviy modernistik
yo‘nalishdagi nasriy va nazmiy asarlarni keltirish mumkin. Xususan, nasrdagi
Xurshid Do‘stmuhammadning ―Jajman‖, Nazar Eshonqulning ―Tobut‖, nazmdagi
Faxriyor, Bahrom Ro‘zimuhammad va Tursun Alilar ijodiyoti bunga misol bo‘la
oladi. Faxriyorning ―Oy bolta‖ degan ikki so‘zdan iborat she`rining badiiy
xususiyatlarini o‘rganishda biz yoki she`rxon qanday mezonlarga amal qilishi
zarurligi ushbu masalaning dolzarb ekanligini dalolatlaydi.
Badiiylikning asosiy mezoni, ko‘plab adabiyotshunoslar qarashlariga ko‘ra,
asarda badiiy obrazning bor yoki yo‘qligi bo‘lib qoldi. Fan borliqni tushunchalar
413
yordamida bilib olsa, san`atda bu ish obrazlar vositasida amalga oshirilishi
barchaga ayon. ―Adabiy obrazlar til yordamida yaratiladi. Obraz matn va asarni
bitta organik butunlikka bog‘lovchi halqadir‖ [1, 11]. Yozuvchi rassomga o‘xshab
o‘z ismini ―chizadi‖, u chizgan olam odamga dunyoni va o‘zini bilib olishga
ko‘mak beradi. Obraz atamasi keng ma`noda odamning ongida tashqi olamni aks
ettirish yoki biror narsa haqida aniq his qilish orqali hosil bo‘lgan tasavvurni
anglatadi.
―Badiiy obraz, - degan edi o‘zining ―Badiiy matn nima?‖ deb nomlangan
maqolasida adabiyotshunos S.Orlov, - ma‘lum yuksak estetik idealdan aniq
shakldagi badiiy voqelik yaratishdir‖ [2, 24]. U umumlashtirishning mavjudligi
bilangina emas, balki rassomning tanqidiy obrazga xos emotsiya – hissiyotlar va
badiiy go‘zallikni baholash pozitsiyasi borligi bilan ham ajralib turadi.
Ilmiy qarashlarning barchasida tushunchalar mantiqiy kategoriyalar sirasiga
kiritiladi. Ob‘ekt, ya`ni o‘rganilayotgan narsa butunni tashkil qiluvchi bo‘laklarga,
alohida unsurlarga ajratiladi. Adabiy – obrazli o‘zlashtirish ham borliq haqidagi
bilimlar kabi barcha belgilarning ta`sir etishida o‘ziga xos xususiyatlarning inson
ongiga bir vaqtda ta`sir ko‘rsatishi tufayli yuzaga keladi.
Obrazlilikda butunlik taassuroti o‘ziga xos shartli usul bilan tashkil etiladi,
ya`ni bu erda inson tasavvuri nazarda tutilgan. ―Badiiy obrazlar – odam tabiatining
asosiy kuchi – xayol, tasavvur qilishga asoslanadi‖ degan edi frantsuz ruhshunosi
T.Batler. Uning belgilashiga ko‘ra, xayol qilish nafaqat tashkil qilish
qobiliyatinigina emas, balki obrazlarni o‘zgartirish qobiliyati hamdir‖ [3, 74].
Yuqoridagi nazariy qarashlarga tayanilsa, ―Oy bolta‖ she`rida badiiylikni
belgilovchi muhim mezon obrazlilik bo‘lib, unda shu ikki so‘z vositasida inson
ongida tasavvur hosil bo‘lmoqda. Ya`ni, tun zulmatini yorib chiqqan yangi oy
oshiqqa ma‘shuqa bilan bo‘lgan uchrashuv onlarini yodiga solib, hozirgi hijron
damlarida uning qalbini oybolta kabi parchalamoqda, bo‘laklab qalb iztirobini
yanada kuchaytirmoqda.
Ma‘lumki, badiiy adabiyot ikkita vazifani – estetik va g‘oyaviylikni ado
etadi. Badiiy adabiyotning asosiy vazifasi – estetik jihatdir. ―Har qanday badiiy
asarning ikkita asosiy bajaradigan vazifasi mavjud, bilishning ikkita jihati –
aspektini aniqlaydi va ular adabiy asarni baholaydi:
1.
Estetik jihat tashqi va ichki shakllarning tarafdoshlari (...) bilan;
2.
Germenevtik jihat asarning mazmuni va ma`nosini tasdiqlashlari bilan‖ [4,
207].
O‘tgan asr G‘arb olimlarining tadqiqiga ko‘ra badiiy asar o‘zida uchta
badiiylik mezonining qo‘llanilishini taqozo qiladi:
1.
Obrazlilik. Badiiy asarning estetik sifatini baholash, funktsional yuk bilan
ta‘minlanganlik, asar obrazlarining yangiligi va axborot uchun mo‘ljallanganligi
(badiiy asarning ichki shakli);
2.
Ish bajarish – funktsionallik vazifasi. Ushbu mezon asar o‘qib-
o‘rganilayotganda va uning g‘oyaviy mazmuni-mohiyatini baholaganda
umuminsoniy g‘oyalar hamda san`atning umumiy vazifalari bilan qiyoslaganda
qo‘llaniladi;
414
3.
Mahorat – mohirlik yoki ―ijodiy qobiliyat‖. Yuksak texnikaga erishganlik
(Suzdaltseva T.V.). Bu mezonni qo‘llab asarning tili – nutqiy mahorati va badiiy
tasvir vositalari baholanadi.
O‘tgan davr adabiyotshunosligida faqat haqiqiy badiiy asargina yuqoridagi
keltirib o‘tganimiz har uchala mezon talablarini qondirishi mumkin. Biroq fanda
doimo ayrim nazariya va amaliyotning o‘zgaruvchan xarakterini hisobga olish
zarur. Zamonaviy adabiyot buni ko‘zda tutib, u yoki bu badiiy matnning badiiylik
darajasini baholashning universal daraja ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish maqsadga
muvofiq deb biladi. Ayni muammoni hal qilish maqsadida bugungi kunda
Frantsiya, AQSh, Britaniya, Rossiya va boshqa mamlakatlarning etakchi
nazariyotchilari ishga kirishgan. Lekin har bir adabiy asar yaratilishida
milliylikning o‘z o‘rni bo‘lgani kabi har bir nazariy qarashlar yuzaga kelishida ham
ushbu muhim jihatni ahamiyatsiz qoldirib bo‘lmaydi. O‘zbek adabiyotshunosligida
ham aynan yuqoridagi masala tadqiqi yuzasidan yirik monografik tadqiqot yuzaga
kelganligi ushbu soha mutaxassislarining bu boradagi izlanishlari samarasi deyish
mumkin.
2011 yil nashr etilgan taniqli adabiyotshunos olim, professor Ummat
To‘ychiyevning ―O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari‖
kitobida badiiylik masalasi atroflicha asosli tarzda tadqiq etilgan. Monografiya
soha mutaxassislarining fikr-mulohazalari inobatga olingan holda uch marta qayta
ishlanganligi kitob muallifi tomonidan ta`kidlangan. So‘nggi – kitobxonlar
ommasiga taqdim etilgan variantida badiiylikning asosiy yoki bosh mezoni
iste`dod ekanligi ta`kidlanadi.
Iste`dod mezonining to‘rtta maromi ham berilgan. Biri mehnat, biri saviya
(bilimdonlik) bo‘lsa, biri yozuvchining shaxsiyati va oxirgisi sharoit deya
belgilangan.
Monografiyada badiiylikning yordamchi mezonlari sifatida xosiyat
(spetsifika) mezoni, an`ana va yangilik mezoni, mehnat mezoni va ta`sirdorlik kabi
mezonlari mavjudligi ta`kidlangan. Xosiyat mezoni o‘z navbatida adabiy texnika,
til va obrazlilik kabi maromlarga ajratilgan.
Badiiylikning darajalari milliy adabiyotda zamon va makon bilan bog‘liq
ekanligi ta`kidlangan. Shunga ko‘ra monografiyaning mustaqillik mafkurasi
asosida tahrir qilinganligi bizning aytajak fikrimizga ancha to‘g‘ri keladi. Unda
keltirilgan misollar va metodologik asoslar milliylik mohiyati va mazmuniga
to‘laqonli mos keladi.
Tadqiqotda tugallik, birbutunlik, maqsadning to‘la amalga oshganligi, hissiy
va ma`naviy mukammallik, ohorlilik, did bilan yozilgan bo‘lishi badiiylikning
muhim tomonlari ekanligi ta`kidlangan. Yuqoridagilardan kelib chiqib tadqiqot
quyidagicha xulosalangan:
-
Adabiy asarni baholash o‘lchovi bo‘lgan badiiylik hodisasi [5, 104] tarixiy
hodisa bo‘lganidan o‘zining taraqqiyot bosqichlariga ega. ―Ya`ni har bir davr,
adabiy jarayonning o‘z badiiyligi bor. Yoki badiiylik mezonlari tarixan aniq
ma`noga ega bo‘ladi. Bunday badiiylik davr va adabiy jarayonning estetik ideali va
mafkurasi taqozosiga binoan o‘zgarib boradi. Bir davrda yaratilgan asarni boshqa
415
davrning badiiylik mezonlari va ularning maromlari bilan o‘lchash mumkin emas.
Chunki muayyan davrning badiiylik mezonlari boshqa davrga aynan mos
kelmasligi mumkin. Ammo bu hol badiiylik mezonlari va ularning maromlari
soniga ta`sir qilmaydi‖ [1, 11].
-
Tadqiqotda badiiylik mexanizmi topilgan. Badiiylikning adabiy asarlar
hakami ekanligi yana bir bor ta`kidlangan.
-
Badiiylik muammosi milliy adabiyot kelgusi rivoji uchun amaliy va nazariy
ahamiyatga ega. Badiiylikning milliy hodisa ekanligi uning asosini tashkil etishi
ta`kidlangan.
Mana shu kabi jiddiy nazariy xulosalarning asosli ekanligi ushbu yirik hajmli
tadqiqot ishidan adabiy asar badiiyati yuzasidan olib boriladigan har qanday
tadqiqotlarda foydalanish mumkinligini tasdiqlaydi.
Zamonaviy adabiy asar bilan tanishish chog‘ida uning badiiyatini aniqlash
zarurati paydo bo‘lsa,
uning o‘ziga xos jihatlarini yuqorida ta`kidlaganimiz
monografik tadqiqotda o‘qib-o‘rganish mumkin ekanligini, adabiy asar badiiylik
darajasi
bilan
qiziqadigan
barcha
kitobxonlarga
va
tadqiqotchilarga
ta`kidlamoqchimiz.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Карпантер Дж. Движение художественного текста в исторической среде.
Н.Й.: Серека – Пейкурс. 2009.– С. 11.
2.Орлов С. Введения в общую филологию.Ст. Что такое художественный
текст? – М.: РГГУ, 2009. – С.24.
3.Батлер Т. Вооброжение и создаваемые им образы. П.: Централ, 2002. –
С.76.
4.Энциклопедия БЕКМ. Том №7. Исскуство. Литература. Теория – М.: Ива,
1999. – С. 207.
5.To‘ychiyev U. O‘zbek adabiyotida badiiylik mezonlari va ularning maromlari. –
T.:Yangi asr avlodi. 2011. –B. 504.
Do'stlaringiz bilan baham: |