ADABIYOT DARSLIKLARI VA KITOBXONLIK MUAMMOLARI
Usmonjon QOSIMOV,
filologiya fanlari nomzodi, dotsent (JDPI)
Ozoda XOLMURODOVA,
o„qituvchi (JDPI)
Bugungi kunda jahondagi baxtli va insonparvar davlatlardan biri sifatida tan
olinayotgan ozod va obod yurtimizda o‗zlikni anglash, eng avvalo, jamiyatimiz
hayotidagi ulkan yangilanish va yuksak taraqqiyotimiz bilan bog‗liq ekanligi
qanchalik buyuk haqiqat bo‗lsa, ma`naviyatimiz rivojida ulug‗ ajdodlarimiz merosi
va milliy qadriyatlarimiz bilan birga islomiy ma‘rifat va diniy-axloqiy
qarashlarning ham yuksak rolini barchamiz katta quvonch bilan e`tirof etamiz.
Muhtaram Prezidentimiz Sh. M.Mirziyoyevning quyidagi fikri ham barchamizni
ana shu ulkan haqiqatdan ogoh etib, qalbimizni g‗urur va iftixorga to‗ldiradi:
―Bizning havas qilsa arziydigan buyuk tariximiz bor. Bizning havas qilsa
arziydigan ulug‗ ajdodlarimiz bor, beqiyos boyligimiz bor‖. Chuqur insonparvarlik
g‗oyalari bilan yo‗g‗rilgan bu ta‘rif XX asr o‗zbek adabiyotiga ham munosib bir
ta‘rifdir.
Ma`lum
ki,
20-30-yillar butun xalqimiz va madaniyatimiz
tarixida eng
murakkab
va ziddiyatli bir davr bo‗lganligi endilikda ro‗yi rost
ko‗rsatilmoqda.
Bu murakkab
davrda xalqimiz va millatimiz boshiga tushgan
fojealar, eng avvalo,
Fitrat,
Abdulla Qodiriy va Cho‗lponlarning asarlarida
o‗zining
yorqin
ifodasini
topgan edi.
Shu o‗rinda mavzumiz bilan bog‗liq qisqa bir izoh berib o‗tishgato‗ri
keladi. Adabiyotimiz silsilasida alohida bir bosqich bo‗lgan XX asr o‗zbek
adabiyoti tarixiga va murakkab bir davrda ijod olamiga kirib
kelgan
G‗afur
G‗ulom, Hamid Olimjon Abdulla Qahhorlar mansub bo‗lgan avlod vakillarining
ijodiga ―yangicha‖ yondashishga ortiqcha berilib ketib, ba‘zan mazkur adiblar
ijodiyoti, ayrim yetuk asarlari haqida ham bepisandlik bilan mulohaza yuritish,
noo‗rin ta‘na tosh lari otish mayl kuchaydi.
Ijodkor ma`lum bir davr
farzandi
,
muhit
hodisasi bo‗lganligi uchun ham, u yashagan davrning asosiy
tamoyillari,
ruhi
uning ijodiga o‗z ta`sirini o‗tkazishi tabiiy.
Chinakam
millatparvar shoir-yozuvchilarimiz ba‘zan o‗z hayotlarini xavf ostiga qo‗yib
386
bo‗lsa-da, hukmron tuzum va uning partiyasi tomonidan o‗t kazilgan mash‘um
siyosatiga qarshi mardona kurashishga majbur bo‗lgan. Bunday talantli shoir -
yozuvchilarimizning ijodi nohaq tanqidga uchrab, yillar davomida qoralanib,
badnom qilingani va gulday umri xazon bo‗lganini eslasak, qalbimizni, butun
vujudimizni o‗kinch – iztirob chulg‗ab oladi. Beixtiyor ong-shuurimizni va
yuragimizni og‗riqli savollar qiynaydi. Ularning aybi nima edi? Yorqin
iste`dodlarimi va yoki xalqini, Vatanini sevgani va yurtimizni ozod, erkin
bo‗lishini orzu qilganlarimi? Agar qattol zamon bu iste‘do dlarimizning boshiga ne
azobu kulfatlarni yog‗dirib, aziz hayotlarini mahv etmaganla rida, ular yana qancha
go‗zal asarlar yaratib, adabiyotimizning oltin xazinasini boyitishi mumkin edi.
Istiqlolga qadar xalqimiz va adabiyotimiz mustabid tuzumning hukmron siyosati
tufayli ne mashaqqatlarni va nohaqliklarni boshidan kechirganligini yoshlar
endilikda o‗qib o‗rganmoqda. Bu esa bizga tariximizni chuqur o‗rganish bilan
birga, ayni vaqtda, Istiqlolimizning tengsiz ne‘mat ekanligini va endilikda
adabiyotimiz rivoji va erkin ijod qilish uchun to‗la huquq va katta imkoniyatlar
yaratib berilganligini tushunishimiz va ularni qadrlashimiz talab etiladi.
Yangi dasrlik-majmualarimiz bilan bog‗ liq yana bir orzuyimiz: maktab, kollej va
akademik litsey o‗quvchilari uchun mo‗ljallangan yoki oliy o‗quv yurtlari
talabalari uchun chiqariladigan darslik-majmualarda alohida bir bob ―Istiqlol va
o‗zbek adabiyoti‖ga bag‗ ishlansa va bu davr adabiyotining hayotbaxsh tamoyillari
muxtasar bir shaklda yorqin aks etib tursa, ayni muddao bo‗lar edi.
Mustaqil respublikamizning kelajagi hozirgi yosh avlod qanchalik barkamol
va ma`naviy yetuk shaxslar bo‗lib ulg‗ayishiga bog‗liq. Bunday ezgu
maqsadlarimiz esa ta`lim-tarbiya tizimi va mazmunini tubdan isloh qilmasdan turib
erishib bo‗lmasligi ayon. Xususan, bugungi davr talablari asosida yangi darslik va
majmualar yaratishni hayotning o‗zi taqozo etmoqda. E`tirof etish lozimki, so‗nggi
yillarda bir guruh adabiyotshunos olimlarning sa‘y-harakatlari bilan tayyorlangan,
oliy o‗quv yurtlari va o‗rta maktab o‗quvchilari uchun mo‗ljallanan ―O‗zbek
adabiyoti‖ darslik-majmualari sobiq sho‗ro davridagi darslik- xrestomatiyalardan
keskin farq qiladi. Istiqlol sharofati tufayli yuzaga kelgan va mustabid tuzum
mafkurasi tazyiqidan batamom qutulgan bu darslik majmualarimiz bir qator ijobiy
fazilatlarga ega. Jumladan, adabiyot namunalariga ilgarigidek sinfiylik va
partiyaviylik nuqtai nazaridan emas, balki ularga eng avvalo san`at asari sifatida
yondashish va badiiylik mezonlari asosida o‗rganish bu darslik majmualarimizning
asosiy xususiyatidir. Ammo oliy hakam bo‗lgan vaqt, jo‗shqin hayot va amaliyot
ularni ham jiddiy sinovdan o‗tkazmoqda.
Istiqlolimizdan keyingi yillarda yaratilayotgan yangi darslik va majmua
larimizda ham jiddiy o‗zgarishlar bo‗layotganligi ijobiy holdir., Jumla dan, Hamza
Hakimzoda Niyoziyning ―Yasha, sho‗ro‖, ―Hoy-hoy, otamiz‖ kabi inqilobiy-
mafkuraviy mavzuda yaratilgan siyosiy-publisistik she`rlari o‗rniga shoirning asl
qiyofasini belgilovchi ―Yig‗la, Turkiston‖ singari she`rlari kiritildi, Xuddi
shundayin, inqilobiy drama deb ko‗klarga ko‗tarib kelingan va XX asr o‗zbek
dramaturgiyasini boshlab bergan asar deb ulug‗lanib kelingan ―Boy ila xizmatchi‖
dramasi o‗rniga Hamzaning 1915 yili yozilgan ―Zaharli hayot yoxud ishq
387
qurbonlari‖ dramasi kiritilishi mihim o‗zgarishlardandir. Professor H.Karimovning
―Istiqlol davri adabiyoti‖(2010) darsligi bu jihatdan e`tiborga loyiq. Ammo salkam
400 betlik darslikda jadid adabiyotomiz asoschilari Fitrat, Qodiriy,Cho‗lponlar
ijodi ham tilga olinsa, bu hol darsliklarning zamonaviy ruhini chuqurlashtirishi va
istiqlol g‗oyalarining davomiyligini ta`kidlashi bilan birga, ayni vaqtda, milliy
dastur talablariga ham amaliy bir javob bo‗lar edi. Albatta, ―Adabiyot‖ darslik-
majmualarimizning har jihatdan takomillashuvi bir qator sabab-omillarga bevosita
bog‗liq. Biz ularning ayrimlariga e`tiboringizni jalb etmoqchimiz.
Yangi darslik-majmualarimizda ―Jahon adabiyoti namunalari‖dan asarlar
berilishi har jihatdan tahsinga loyiq. Zero, milliy mahdudlikdan qutulishning va
adabiy-estetik tafakkurimizni boyitishning asosiy bir omili ham shu. Jumladan,
Avetik, Isaakyan, T.Elliot, Muxtor Avezov, Muso Jalil, Qaysin Quliyev, Vasil
Bikov kabi mashhur adiblar ijodi bilan kengroq tanishtirib borilsa. Bunday asarlar
umuminsoniy g‗oyalar bilan yo‗g‗ rilganligini va obrazlarining chuqur hayotiyligi,
haqqoniyligi bilan o‗quvchilarga inson umrining maqsad- mohiyatini teranroq
anglab yetishlari uchun ibratli saboq bo‗la oladi.
Prezidentimiz qayta-qayta uqtirayotganidek, nurli kelajagimiz ravnaqini
ta‘minlaydigan ma`naviy barkamol avlodni voyaga yetkazishda va ularni istiqlol
g‗oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalashda eng avvalo milliy va umuminsoniy
qadriyatlar, xususan, ona tili va adabiyotining o‗rni beqiyos ekanligini
unutmasligimiz zarur.
Mustaqillik
yillarida
jamiyatimizning
deyarli
barcha
jabhalarida
bo‗lganidek, ilmu ma‘rifat va ma`naviyat sohasida ham ulkan o‗zgarish va
yangilanishlar sodir bo‗lmoqda. Ma`naviyatimizning ajralmas bir qismi bo‗lgan
adabiyotimiz rivojiga va uning kelajagiga e`tibor va g‗amxo‗rlik behad
kuchaytirildi. Bunday e`tibor natijasida adabIyotimizni chuqur o‗rganish uchun
keng imkoniyatlar yaratilmoqda, Adabiy asarlarni har tomonlama o‗rganishda
tarixiy va qiyosiy metodlar bilan bir qatorda biografik metoddan foydalanish ham
samarali usul deb o‗ylaymiz. Bizga ma`lumki, yetuk san`atkor shaxsi va ijodi
ajralmasdir. Adabiyotshunoslikda badiiy ijod namunasini o‗rganish va izohlashda
biografik unsurlardan foydalanish borasida juda katta ishlar qilingan va ulkan
tajriba orttirilgan. O‗zbek mumtoz adabiyotimizni yoki XX asr o‗zbek adabiyotini
esga olamizmi- uni dunyo miqyosida tanitgan Navoiy va Bobur kabi buyuk
daholarimiz hayoti va ijodini o‗rganishda ham ilmiy, tarixiy-qiyosiy metodlar bilan
birga biografik metod usul-shakllaridan keng foydalanishga guvoh bo‗lamiz.
Aslida, san`at asarida muallif biografiyasi bilan bog‗liq hayotiy unsurlar u yoki bu
darajada aks etishi tabiiy holdir. Atoqli yozuvchi Abdulla Qahhor bu xususda
shunday deydi: ―Ko‗plar qatori men ham o‗z tajribalarim, shaxsiy taassurotlarim
adabiy asar uchun eng qimmatli material ekanligini tushunib olgunimcha ko‗p
sarson bo‗lganman‖.
Yoki mashhur adibimiz O‖tkir Hoshimovning ijodini va ―Dunyoning
ishlari‖, ―Ikki eshik orasi‖ va ―Urushning so‗nggi qurboni‖ kabi asarlarini
o‗rganishda ham yozuvchi hayoti va bolalik, yoshlik davridagi ko‗rgan-
388
kechirganlarini qanchalik ko‗p bilsak, uning asarlarini shunchalik yaxshiroq
tushunishimiz mumkin bo‗ladi.
Adabiyot darslik va majmulari haqida mulohaza yuritilar ekan, xalqimiz va
jamiyatimiz ma`naviy hayotida katta voqea bo‗lgan tarixiy bir Farmonni alohida
tilga olib o‗tishimiz kerak. Muhtaram Prezidentimiz SH.Mirziyoyevning Kitob
chop etish va Kitob mutolaasining jamiyatimizdagi o‗rni va ahamiyatini oshirish
bo‗yicha gabul qilgan qarori va besh tashabbuslari ham bu sohada yanada
mas`uliyat bilan ishlashimizni talab qiladi. Ushbu qarorda belgilangan muhim
hayotiy vazifalar adabiyot darsliklari va o‗qituvchi lariga ham to‗la taalluqlidir.
Inson hayotini kitobsiz tasavvur etib bo‗lmaydi. Qadimiy og‗zaki va yozma
manbalarimiz ham, buyuk ajdodlarimizning boy ma`naviy-adabiy merosi ham
xalqimiz hayotida ilm-ma‘rifatning va kitobning o‗rni, ahamiyati beqiyos
ekanligidan yorqin guvohlik beradi. Beruniy yoki Ibn Sino kabi ulug‗
allomalarimiz eng avvalo ko‗p mutolaa qilganligi va o‗zlari ham ko‗plab nodir
asarlar yaratganligi bilan jahon ahlini hayratga solib keladi. Ibratli bir hol: bu
allomalarimizni saroyga taklif etib. yuksak martabayu mukofotlarga loyiq
ko‗rganlarida ham, ular kutubxonalardan foydalanishni afzal ko‗rganlar.
Yoki yaqin o‗tmishimizda ham xalqimiz u qadar to‗q va farovon
yashamagan bo‗lsa-da, ammo ko‗p xonadonlarda kitobga mehr-e`tibor kuchli
bo‗lgan. Qodiriy va Qahhor asarlarida ttasvirlanganidek, Navoiyxonlik,
Bedilxonlik, Mashrabxonlik va Fuzuliyxonlik kabi ma‘rifiy anjuman-suhbatlar ular
qalbini munavvar qilib, insoniy kamolotga erishishlarida katta ahamiyat kasb
etgan. Afsuski, ba`zi sabablarga ko‗ra keyingi paytda kitob o‗qish madaniyati,
ayniqsa, yoshlarimiz o‗rtasida ancha susayganligi barchamizni tashvishlantirib
kelar edi. Mazkur Farmon mana shu liddiy muammoni oqilona hal etishda muhim
bir bosqich va dasturilamal bo‗lib xizmat qilishi shubhasizdir. Tariximizni, buyuk
ajdodlarim iz qoldirgan ma`naviy, ilmiy-adabiy merosni chuqur o‗rganayapmizmi,
to‗g‗ri xulosalar chiqara olyapmizmi? Darsliklar bu borada bizga yo‗l ko‗rsatuvchi
bo‗lishi kerak. Afsuski, ko‗p o‗quvchilarimiz mustaqil adabiyot o‗qish o‗rniga
internet-kompyuterga berilib ketmoqda. Natijada, ular badiiy adabiyotdagi
ma`naviy boylikdan bebahra bo‗lib, ruhan qashshoq, fikran cheklangan bo‗lib
qolayapti. Bu bo‗shliqni, eng avvalo, kitob va yetuk badiiy asarlar o‗qish bilan va
bilim-tafakkurimizni boyitish orqali to‗ldirish mumkin. SHu maqsadda yoshlarda
kitobga ishtiyoqni kuchaytirib, rag‗batlantirib borish lozim. Aqliy mehnat va kitob
mutolaasi ular uchun tabiiy va erkin faoliyatga, borliq ruh-taniga huzur
bag‗ishlovchi ixtiyoriy bir yumushga-ko‗ngil ishiga aylansin. Tiriklik uchun suv,
havo, oftob nuri qanchalar zarur bo‗lsa, kitob o‗qishdek zavqli mehnat ham inson
ruhi va jismining uyg‗unligi, sog‗ligi va kamoloti uchun shu qadar hayotbaxsh
zarurat ekanligini yoshlarimiz anglab yetsa.
Bu borada keksa avlod saboqlarini unutmaslik kerak. SHuning uchun ham
Adabiyot darsliklari muammosi barchamizni tashvishlantirishi va bu sohada
mutaxassis-o‗qituvchilarimiz mutasaddi bo‗lishlari lozim. Mustaqilligimiz eng
avvalo, o‗zligimizni anglashimizga imkon va huquq berdi. Shu boisdan ham
yurtimizda milliy va umuinsoniy qadriyatlarimizga va ulug‗ ajdodlarimiz hayoti va
389
merosiga bo‗lgan munosabat, ayniqsa, O‗zbek tili va adabiyotimizga bo‗lgan
yuksak e`tibor va cheksiz g‗amxo‗rlikdan har bir vatandoshimiz haqli ravishda
g‗ururlanadi. Albatta, darsliklarning saviyasi, g‗ oyaviy-badiiy mazmuni haqida
qayg‗urishimiz, jiddiy bahslashishimiz samarasiz qolmasligiga umid bog‗lash
mumkin. Biroq asosiy gap-o‗qituvchilarimiz kasb mahoratida, ularning ijodiy
Izlanuvchanligida, adabiyotni nechog‗lik chuqur bilishi va e‘zozlashidadir. Eng
muhimi, shu yuksak bilim, e‘zoz va mehrni o‗quvchilarga ―yuqtira olish‖da.
Allomalarimiz ta`kidlaganidek, Adabiyot o‗quvchi hayotida shunday o‗rin olsiinki,
maktabni tugatganidan keyin ham u biror kunini badiiy asarsiz tasavvur qilolmasin.
Kitob uning uchun suv va havodek zarur, nondek aziz bo‗lib qolsin.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Mirziyoyev SH.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz
bilan birga quramiz. – T.: 2017.
2.Abadiyat gulshani. Navoiy haqida to‗plam. – T.: 2016.
3. Sharafiddinov O. Ijodni anglash baxti. – T.: 2004.
4. Mallayev N. O‗zbek adabiyoti tarixi. – T.: 1976.
5. Jamoa. XX asr o‗zbek adabiyoti tarixi. – T.: O‗qituvchi, 1999.
6. Karimov H. Istiqlol davri adabiyoti. – T.: 2010.
Do'stlaringiz bilan baham: |