IV SHO„BA:
BADIIY ADABIYOT SHAKLLANISHINING VA
RIVOJLANISHINING DOLZARB MASALALARI
FOROBIY VA IBN SINONING POETIKAGA OID QARASHLARI
Nasimxon RAHMONOV,
filologiya fanlari doktori, professor (GulDU)
Hamza ALLAMBERGENOV,
filologiya fanlari bo„yicha falsafa doktori (PhD)
(Ajiniyoz nomidagi Nukus davlat pedagogika instituti)
Erkin Vohidov o‗zining ―Shoiru she`ru shuur‖ kitobida shoir Mirzo
Kenjabek bilan qilgan suhbatini ham chop ettirgan. Suhbat 1983 yili yozilgan.
Suhbatda katta shoirimiz o‗zbek adabiyotining 80-yillardagi ahvoli, o‗zbek
she`riyatining kelajagi haqidagi bashoratlari, mumtoz adabiyotga o‗sha davrdagi
keng ommaning munosabati va adabiyot haqidagi ko‗p yaxshi gaplar bor. Ayniqsa,
Sharq mumtoz adabiyoti haqida E.Vohidovning aytgan quyidagi gaplari bugungi
kunga kelib real haqiqatga aylanganini ta`kidlamoqchimiz: ―Men adabiyotdagi har
qanday izlanishni qo‗llab-quvvatlayman. Ammo Sharq klassik adabiyotidan
uzoqlashib ketayotganimiz meni juda tashvishga soladi. Biz ularning ko‗pidan
bebahra qolayotganga o‗xshaymiz. Bu muqaddas javohirotni, sal nariga borib,
hech kim bilmay, undan bahramand bo‗lmay qoladimi, deb qo‗rqaman‖ [1, 158].
Buyuk shoirning bu mulohazalari bevosita Sharq adabiyoti tarixi, o‗zbek adabiyoti
tarixi, qolaversa, adabiyotshunoslik tarixiga ham daxldordir.
Sharq adabiyotshunosligida she`r ilmi mustaqil fan sifatida jiddiy
o‗rganilgan. Bu ilm poetika terminining uchta ma`nosidan birinchi ma`nosiga –
―badiiylik‖, ―asar nutqini badiiy usullarga aylantirish‖ ma`nolarini o‗zida ifoda
etadi
deb qarash mumkin. Umuman olganda, she`r ilmi – poetika demakdir.
Forobiyning ―She`r san`ati‖ va Ibn Sinoning ham ayni shu nomdagi (―She`r
san`ati‖) asarlarini Markaziy Osiyodagi tarixiy poetikaga oid dastlabki tadqiqotlar
deb baholash mumkin. Jumladan, Forobiy she`rning shakliy tuzilishi, so‗z va she`r
mazmuniga to‗xtalar ekan, she`riy misralarga go‗zallik baxsh etuvchi vositalar va
omillar, she`r misralaridagi estetik zavq haqida quyidagicha fikr yuritadi: ―
Biz
she`riyatidan xabardor bo‗lgan ko‗pgina xalqlarga qaraganda arablar o‗z
she`rlarida baytlarning oxirlariga ko‗proq e`tibor beradilar. Shuning uchun ham
arab baytlari ma`lum bir o‗lchovdagi mahdud so‗zlar bilan mukammal va go‗zal
bo‗ladi; bu hol esa ularda kam qo‗llaniladigan yo bo‗lmasa ko‗pchilik orasida
mashhur bo‗lgan so‗zlarni ishlatish bilan yuz beradi. Mazkur baytlardagi
so‗zlardan tushuniladigan ma`nolar o‗sha so‗z borayotgan narsa va hodisalarga
o‗xshaydigan—taqlidiy bo‗lmogi kerak‖ [1, 13]. Bu parchadan ma`lum bo‗lib
turibdiki, shoirning she`ridagi individual xususiyatlar (mahdud so‗zlar) va xalq tili
so‗zlaridan istifoda etish (ko‗pchilik orasida mashhur bo‗lgan so‗zlarni ishlatish),
bir tomondan, she`rdagi shakl va mazmun munosabatlarini ifodalashga xizmat
378
qilsa, ikkinchi tomondan, she`rning go‗zalligini yuzaga chiqarishda ana shu ikki
omil asos bo‗ladi.
Ibn Sinoning she`r poetikasiga qarashi Forobiynikiga yaqin. Ibn Sino she`r
haqida umumiy tushunchani bayon qilar ekan, she`rning poetik tuzilishiga oid
qofiyani, ritmning vazifasini o‗rtaga chiqaradi. Ayniqsa, qofiyadosh so‗zlarning
oxiridagi bir xil tovushning takrorlanib kelishi haqida so‗z yuritganda, garchi u
misol keltirmagan bo‗lsa ham, bizningcha, qofiyaning asosiy elementi raviyni
nazarda tutgan. ―Qofiyadosh so‗zlar oxiridagi tovushlar takrori‖ ifodasi shundan
dalolat beradi. Qolaversa, Ibn Sino qofiyani she`rda ritm hosil qiluvchi vosita
sifatida qaraydi. Ibn Sino she`rga mantiqshunos, musiqashunos va boshqa ilm
egalarining o‗ziga xos yondashuvlarini bayon qiladi. Ibn Sinoning bu qarashlarini
shunday tushunish kerakki, mantiqshunos bugungi adabiyotshunoslik tili bilan
aytganda she`rga adabiyot nazariyasi nuqtai nazaridan yondashadi va she`rni
mantiqiy jihatdan baholaydi, musiqashunos, aruzshunos va qofiyashunos esa
she`rga lingvopoetika nuqtai nazaridan qaraydi. Uningcha: ―She`r odatda obrazli
so‗zlardan iborat bo‗lib, u bir-biriga teng hamda vaznli gaplardan tuziladi.
Arablarda esa she`r qofiyali, bunda she`rlarda ma`lum hisobda ritm bo‗lishi
tushuniladi. Bir-biriga teng bo‗lishning ma`nosiga kelsak, bunda undagi har bir
gapning ritmli qismlardan tuzilganligi tushuniladi. Odatda bunda so‗zning avvalgi
ritmi
bilan
keyingi
ritmining
vaqtlari
bir
xil
kelishi
kerak.
She`rning qofiyali bo‗lishi ma`nosiga kelganda shuni aytish kerakki, har bir
qofiyadosh so‗zlarning oxiri bir xil harf - tovushlar bilan tugallanishi kerak.
Shuning uchun mantiqshunos nazari aslida she`rning xususiyatiga qaratilishi kerak
emas, bordiyu unga qaratiladigan taqdirda ham, u faqat she`rga obrazli aytilgan
so‗zlar bo‗lgani uchungina, faqat u shu nuqtai nazardangina qaramog‗i mumkin,
xolos‖ [2, 2].
Adabiyotshunoslik bo‗yicha ilk tadqiqotlarini yaratgan yunon olimi Goratsiy
lingvopoetikaga oid kuzatuvlarini ―She`riyat fani‖ (Nauka poezii) asarida tahlil
qilib bergan edi. Goratsiy she`rda so‗z tanlash va uning asardagi badiiy maqsadi,
so‗z tanlash san`at darajasiga ko‗tarilishi kerakligi to‗g‗risida so‗z yuritganda,
Forobiy va Ibn Sinoning qarashlari bilan hamohanglik kasb etadi. Har uchala
olimning fikr-qarashlaridagi mushtaraklik shundan dalolat beradiki, ularning she`r
ilmi – poetika haqidagi nazariy tushunchalari bir manbadan oziqlangan degan
xulosaga olib keladi. Yuqorida Forobiy va Ibn Sinoning she`r haqidagi qarashlarini
qisqacha ko‗rib o‗tdik. Endi Goratsiyning she`r va so‗z haqidagi qarashlariga
e`tibor beraylik:
Nima yaxshi-yu nima yomon, san`at nimada, nimada gumrohlik?
Yozishdan oldin, risoladagidek fikrlashni o‗rgan! [3, 308-309-misralar]
Poetikaning uchta turi haqida rus va Evropa adabiyotshunosligida ma`lum
fikrlar aytilgan. Ammo poetika sohasida, xususan, tarixiy poetika borasida faqat
Evropa adabiyotshunosligiga tayanib qolish biryoqlama bo‗lar edi. Sharq
adabiyotshunosligida tarixiy poetikaga oid Forobiy, Ibn Sino asarlarida ham
poetikaning uchta turi tahlil qilinganini ko‗rish mumkin. Jumladan, Forobiyning
―She`r san`ati‖ asariga e`tibor beraylik. Bu asarning tub mohiyagida tarixiy
379
poetikaning maqsadi, predmeti va ob‘ekti mujassam ekaniga amin bo‗lamiz.
Forobiy she`r san`atlari haqidagi qarashlari va fikr-mulohazalariii o‗rtaga
tashlashda Aristotelning she`r san`atlari haqidagi kuzatuvlariga tayanar ekan,
quyidagi qarashlarini o‗rtaga tashlaydi: ―
Hakim Aristotel o‗zining shunday fazilati
va dahosi bilan tugatib qo‗yishga jazm qilolmagan bir ishni biz nihoyasiga
etkazishga intilishimizdan ko‗ra, bu san`atda foyda beradigan va hozirgi zamonda
uchraydigan qonun-qoidalar, misol va mulohazalar keltirish bilan cheklansak
yaxshiroq bo‗ladi‖. Forobiy bu fikri bilan she`r san`ati nazariyasi bo‗yicha
mukammal qoidalarni Aristotel yaratib berganiga ishora qilmoqda. Forobiy o‗z
qarashlarini davom ettirib yozadi: ―Modomiki shunday ekan, biz deymizki, lafz -
so‗zlar yo biror ma`noni bildiradi yo bildirmasligi ham mumkin; ular shu ikki
holatning birida bo‗lishdan holi bo‗lmaydi. Ma`noni bildiradigan so‗zlar sodda va
murakkab bo‗ladi. Murakkab bo‗lgan so‗zlar biror mulohazani yo anglatadi, yo
anglatmaydi. Mulohazani anglatadiganlarining qat‘iy jazmliligi va jazmsizi
bo‗ladi.
Qat‘iylari yo to‗g‗ri, yo yolg‗on bo‗ladi. Yolg‗onlaridan ba`zilari
eshituvchilar zehniga uni anglatadigan ma`no bilan birga o‗rnashib qoladi.
Vaholanki, boshqalari uning ongida narsalarning o‗xshashi - aksi bilan o‗rnashib
qoladi. Mana shu narsa taqlidlar – she`riy mulohazalar sanaladi. Mana shu aks
o‗xshashliklarning ba`zilari eng mukammal bo‗ladi, boshqalari nuqsonli ekanini
aniqlash shoirlar, turli-tuman til va lug‗atlardagi she`riyatni o‗rganayotgan ma‘rifat
ahlining fikr doirasiga kiradi‖ [4, 28]. Forobiydan keltirilgan mazkur parchadan
ayon bo‗ladiki, leksik ma`noga ega bo‗lgan so‗z poetikaning asosiy ob‘ekti sifatida
muhimdir. Qolaversa, so‗z ma`nosi va uning ostidagi yolg‗on – fantaziya she`riy
mulohazalarning shakllanishiga asos bo‗ladi yoki taqlidlar ham ma`nodan
ajralmagan, ya`ni ular ma`no bilan yaxlitlik kasb etadi.
Ibn Sino she`r va uning tuzilishi haqida so‗z yuritganda, avvalo, she`rning
mohiyatiga e`tibor qaratadi, she`rga qo‗yiladigan talablarni o‗rtaga tashlaydi,
she`riy mulohazalar, taqlid, she`riyatdagi xayol va tasavvur, so‗z ma`nolarining
she`rdagi vazifasi kabi unsurlar Ibn Sino asarida ham poetikaning muhim
bo‗g‗inlari hisoblanadi. U ham Forobiy singari, she`r obrazli so‗zlardan iborat
bo‗lishi, she`r misralari vazn va ritmga asoslangan bo‗lishi haqida to‗xtaladi. Ayni
paytda she`rning inson ruhiyatiga ta`siri masalasini ham chetlab o‗tmaydi. ―
She`r
faqat odamlarni taajjubga solish uchungina aytilishi mumkin. Yana shunisi ham
borki, she`r ijtimoiy burch maqsadlari uchun yoziladi. Yunon she`rlari ham xuddi
shu maqsadlarni ro‗yobga chiqargan. Ijtimoiy burch maqsadlari esa uch xil jinsdagi
ishlarning biridan iborat: ya`ni mashvarat – maslahatlashish, kelishmovchilik va
qarama-qarshilikdir. She`rdagi xitoba – ritorika shu maqsadlarni amalga oshirish
uchun qatnashadi,
ijtimoiy maqsadini birinchi o‗ringa qo‗yadi‖ [5, 91].
Hamma
davr she`riyatida ham ijodkorning mahoratiga baho berish uchun she`r har
tomonlama baholanishi talab etilgan va bugun ham shu mezon bor. Ammo ijtimoiy
burch maqsadlarining uch turi she`r poetikasiga qanchalik aloqador degan savol
tug‗ilishi mumkin. Bizningcha, Ibn Sino she`riyat poetikasini tahlil qilish,
poetikaning ob‘ektini belgilash va u haqda so‗z yuritish uchun asos bo‗lishi kerak,
380
degan fikrni o‗rtaga tashlayapti. She`rdan maqsad va uning asosiy mazmuni
ijtimoiy hayotdagi hodisalardir. Faqat she`rning shakliga – vazn, qofiyaga e`tibor
berish bilan cheklanib qolish
shoirning muvaffaqiyatini yoki ijodiy mahoratini
baholash degani emas. Ibn Sinoning fikricha, ―tahsinga faqat badiiylik va ijodiylik
sazovor bo‗ladi. Ko‗pincha she`r o‗z ta`sir kuchini ko‗rsatib, kishini bezovta
qilolgan taqdirda ham, she`r bu ta`siri bilan odamda hali ishonch hosil qilolmaydi.
Ba`zida she`rda aytilganlarning yolg‗ondan iboratligi ochiq-oydin sezilib turadi‖.
Shubhasiz, Ibn Sinoning she`rni bu tarzda talqin qilish va baholash mezoni
bugungi kunda ham o‗z ahamiyatini yo‗qotmagan. She`rdagi badiiylik, shoirning
ijodiy
pozitsiyasi,
she`rning
inson
ruhiyatiga
ta`siri
masalalari
adabiyotshunoslikdagi dolzarb masalalar bo‗lgani singari adabiyotshunoslik
tarixida ham muhim masalalardandir. Ibn Sino she`rda ilgari surgan obrazlilik yoki
voqeaning mantiqqa mos kelmasligi o‗quvchida ishonch hosil qilmaydi yoki
she`rdagi yolg‗on ham voqelikning hayotiy mantiqdan uzoqlashgani va shoir
xayolotga alohida e`tibor berganini anglatadi.
Ibn Sinoning yuqoridagiday qarashlaridan anglashiladiki, u ham poetikaning
ob‘ekti haqida so‗z yuritganda, bu fanga Aristotel singari qaragan. Shu bois Ibn
Sino she`riyatning ijtimoiy maqsadi va mazmuni ifodasini ham she`riy san`at
doirasida qaragan. Bu adabiyotshuunoslik tarixi uchun muhim. Ibn Sinoning
she`rdagi ijtimoiy mazmun, badiiyat haqidagi qarashlarini biz poetikaning ob‘ekti
sifatida qarar ekanmiz, bevosita hozirgi davrdagi adabiyot nazariyasi fanining
maqsadidan kelib chiqamiz. Kelgusida adabiyotshunoslik tarixi fan sifatida
rivojlantirilsa, ma`lum bir davrlarning adabiyot nazariyasiga va tarixiy poetikaga
yangicha qarashlar, manbalar kirib keladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Vohidov E. Shoiru she`ru shuur. – T.: Yosh gvardiy‖ nashriyoti, 1987.
2. Abu Ali ibn Sino. She`r san`ati. –T.: G‗.G‗ulom nomidagi Adabiyot va
san`at nashriyoti, 1980.
3. Kvint Goratsiy Flakk. Sobranie sochineniy SPb, Biograficheskiy institut,
Studiya biografika, 1993.
4. Abu nasr Forobiy. She`r san`ati. –T.: G‗.G‗ulom nomidagi Adabiyot va
san`at nashriyoti, 1979.
5. Abu Ali ibn Sino. She`r san`ati. –T.: G.G‗ulom nomidagi Adabiyot va
san`at nashriyoti, 1980.
Do'stlaringiz bilan baham: |