Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi


SHARQ KITOBATCHILIGI AN`ANALARINING BA`ZI



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet229/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

SHARQ KITOBATCHILIGI AN`ANALARINING BA`ZI 

XUSUSIYATLARI 

Surayyo G„AFUROVA,  

Farg„ona davlat universiteti 

tilshunoslik kafedrasi katta o„qituvchisi 

 

Hozirgi kunda mamlakatimizda ajdodlarimiz ilmiy merosini o‗rganish uchun 

keng  qamrovli  imkoniyatlar  va  shart-sharoitlar  yaratilib,  mazkur  masalaga 

bag‗ishlangan  maqsadli  ilmiy-tadqiqot  ishlari  olib  borilmoqda.  Ayni  paytda 

betakror  ilmiy  merosimizning hali  to‗liq o‗rganilmagan qatlamlarini ochib berish, 

xususan,  mamlakatimiz  hamda  chet  el  fondlarida  saqlanayotgan  noyob 

qo‗lyozmalarni tadqiq etish ustuvor yo‗nalishlardan biri tarzida belgilandi. Hozirgi 

kunda  «...O‗zbekistonimizning  kitob  fondlarida  100  mingdan  ziyod  qo‗lyozma 

asarlar  saqlanmoqda.  Afsuski,  bu  nodir  kitoblar  hali  to‗liq  o‗rganilmagan,  ular 

olimlar  va  o‗z  o‗quvchilarini  kutib  turibdi.  Ushbu  noyob  asarlarda  bugungi  davr 

o‗rtaga  qo‗yayotgan  juda  ko‗p  dolzarb  muammolarga  javob  topish  mumkin... 

Lekin  biz  ana  shunday  noyob  meros  vorislari, shunday  boylik  egalari bo‗la  turib, 

ularni  har  tomonlama  o‗qish-o‗rganish,  xalqimiz,  avvalo,  unib-o‗sib  kelayotgan 

yoshlarimizga, jahon hamjamiyatiga yetkazish bo‗yicha yetarli ish qilmaganimizni 

ham ochiq tan olish kerak [1]. Bugungi kunda O‗zbekistonda saqlanayotgan noyob 

qo‗lyozmalarning  elektron  bazasini  yaratish  va  yuritish,  ularni  tizim  asosida 

chuqur  o‗rganishni  tashkil  qilish  va  nazariy  jihatdan  tavsiflash,  yozma 

yodgorliklarning  ilmiy  izohlarini  o‗zbek  va  xorijiy  tillarda  ommaviy  axborot 

vositalari  va  internetda  nashr  qilish,  mamlakatimiz  va  xorijiy  olimlar, 

mutaxassislar,  o‗quvchi  yoshlarga  ularning  ijodlarini  tanishtirish  va  o‗rganish 

uchun etarli shart-sharoitlar yaratilmoqda.  

Ushbu  maqolada  ham  kitobat  san`ati,  kitob  tartib  berishdagi  umumiy 

holatlar,  xususiyatlar  ochib  beriladi.  Maqolaning  ob‘ekti  sifatida  Salohiddin 

Toshkandiyning  ―Lug‗oti  salos‖  asari  olingan  bo‗lib,  bu  lug‗at  orqali  boshqa 

tarixiy manbalarga ham to‗xtalib o‗tiladi, ularning strukturasi o‗rganiladi.  



424 

 

Asarni  quyidagi  tarkibiy  qismlarga  ajratish  mumkin:  so‗zboshi,  mundarija, 



hamd,  na‘t,  asosiy  qism,  kolofon.  Asar  so‗zboshidan  boshlanadi,  unda  muallif 

asarning  yozilish  sababini  bayon  qilgan  (ilovada  keltirilgan).  So‗zboshidan 

ko‗rinib  turibdiki,  lug‗at  maktab  muallimlari  va  toliblarning  iltimosiga  ko‗ra 

yozilgan. Uning bob va fasllarga bo‗lingani ham bejiz emas. Bu so‗zlarni yodlash, 

ma`nolarini  anglash,  bir  mavzuiy  guruhga  oid  so‗zlarni  ajratib  olishni 

osonlashtiradi.  Lug‗at  kitoblarida  noma`lum  bo‗lgan  ko‗p  so‗zlar  ma`nosining 

tushunarli bayon qilinganligi va ajdodlar merosini o‗rganishda muhim ahamiyatga 

ega  ekanligi  bilan  qimmatlidir.  Asar  yaratilgan  davrda  maktab  o‗quvchilari, 

madrasa ilmu toliblariga «Lug‗oti salos» kabi ilmiy-amaliy asarga ehtiyoj mavjud 

edi.  Shu  bois  Salohiddin  Toshkandiy  asarni  o‗quvchilarga  mos  tarzda  urjuzada 

yaratdi. 

Asar  haqidagi  ushbu  ma`lumotlardan  so‗ng,  o‗quvchining  lug‗atdan 

foydalanishini  yanada  osonlashtirish  maqsadida  uning  mundarijasi  berilgan. 

Mundarijada  asarning  boblari,  boblarni  tashkil  etgan  fasl  nomlari  va  ularning 

qancha betdan iboratligini ko‗rsatish uchun sahifa raqamlari ham keltirilgan. So‗ng 

hamd va na‘t, undan keyin asosiy qism boshlanadi.  

Lug‗at  hamd  va  na‘t  qismlariga  egaligi  uning  boshqa  asarlardan  ajratib 

turuvchi  jihati  sanaladi.  Odatda  lug‗atlarda  hamd  va  na‘t  berilmaydi,  bunday 

qismlar badiiy asarlar uchun xos. Hamd va na‘t qismlari lug‗atning ham ilmiy, ham 

badiiy  ahamiyatini  oshirgan.  Bu  qismlar  asosan  hoshiyada,  qolaversa, 

muqaddimadan  ham  joy  olgan  (dissertatsiyaning  keyingi  faslida  hoshiyadagi 

so‗zlar izohi yoritilgan). 

Sharq kitobatchiligi an`analariga muvofiq har bir asar «odobi tasnif»ga ega 

bo‗lishi kerak. Kitobat san`atida asar yaratish odobi (―odobi tasnif»‖yoki ―odobi 

ta‘lif‖)ga qattiq rioya qilingan. Odobi ta‘lifning talablari bunday:Asar qaysi sohaga 

oid bo‗lmasin, Allohning nomi bilan, ya`ni ―Bismillohir rohmanir rohiym‖ deb 

boshlangan. Shunga qaramay, ayrim mutafakkirlar o‗z asarini ona tilidagi basmala 

bilan boshlaganlar[2]. Salohiddin Toshkandiy basmalani ―Bismillohir rohmanir 

rohiym‖, deb arab tilida bergan: 

الله الرحمن الرحیم مسب 

اکشیویزکٌت ىوسلوا نیاد كوٌلی 

اکشیویلکًوک یٌتیًادحو بیلآ 

َغشیویچلیا محمد ىدشیب اعد 

 يید یرلاًارای کٌیًا

َغشیویچلوی

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   225   226   227   228   229   230   231   232   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish