ERKIN VOHIDOV IJODIYOTINING TA`LIM BOSQICHLARIDA
O„RGANILISHI
Ma‟mura MAVJUDOVA,
ona tili va adabiyot fani uslubchisi (Namangan)
Gulzoda OMONOVA,
269
Pop tumani 10-sonli IDUM o„qituvchisi (Namangan)
―Millatimizning ruhi bo‗lgan ona tilimizni, xalqimizning azaliy qadriyatlarini
kelgusi avlodlarga yetkazishda adabiyotining o‗rni va ahamiyati beqiyos ekaniga
jiddiy urg‗u beriladi.Adabiyotga e`tibor ma`naviyatga, kelajakka e`tibor ekani,
binobarin, adabiyotimiz rivoji uchun nafaqat yozuvchi va shoirlar, balki butun
jamiyat mas`ul ekani alohida ta`kidlanadi‖. O‗zbekistonimizning birinchi
prezidenti Islom Abdg‗ug‗aniyevich Karimovning adabiyot haqidagi fikrlari
ijodkorlarga berilgan yuksak e`tirofdir. Adabiyot namoyandalari xalqmizning
dardini, orzu-armonlarini o‗tmishini, bugungi hayotini, kelajak va taqdirini qalban
his eta olgan ko‗ngil kuychilaridirlar.
Shoir va adiblar doimo jamiyatning oldingi saflarida yuradigan, hayotni
sinchkov nigoh bilan kuzatadigan, insonlarning yuragida bo‗ladigan qalb
tug‗yonlarni sezadigan va bu his-tuyg‗ularni ―bir ipga tizib‖, qofiyasi-yu misrasini
so‗zlar vositasida badiiylashtira oladigan so‗z ustasidirlar. Adabiyot insoniyatning
ma`naviy dunyosini shakllantiradigan, odob-axloq mezonlarini belgilaydigan
asosiy vositadir.
O‗rta maktab dasturlarida adabiyot fanining o‗qitishning juda ko‗p vazifalari
mavjud. Jumladan, yosh avlodda badiiy adabiyotga havas uyg‗otish, o‗zaro
muomala madaniyatini shakllantirish, og‗zaki nutqini o‗stirish, o‗quvchi-
yoshlarda so‗z boyligi darajasini oshirish, o‗qigan badiiy asarni qayta hikoyalash,
o‗z fikrlari asosida ijodiy matnlar, adabiy-ijodiy, erkin mavzudagi insholar yoza
olish kabi sifatlarni tarbiyalashdan iborat.
O‗zbek adabiyoti bir necha ming yillik tarixga ega. Har bir davr adabiyotining
o‗z fidoyi jonkuyar ijodkorlari bo‗lgan. XX asr adabiyotining zabardas vakillaridan
biri bo‗lmish Erkin Vohidov ijodining adabiyot darslarida o‗qitilishi sabablari
haqida to‗xtalsak. Umumta`lim maktablarida O‗zbekiston Qahramoni, O‗zbekiston
xalq shoiri Erkin Vohidov hayoti va ijodini o‗rgatishga salmoqli o‗rin ajiratilgan.
Uning asarlari umumta`lim maktablarining beshinchi, oltinchi va o‗n birinchi
sinflarda o‗rgatish o‗quv rejalariga kiritilgan. Erkin Vohidov o‗zbek she`riyatida
o‗ziga xos maktab yaratgan xassos shoirdir.U o‗zining betakror she`rlari bilan
o‗zbek she`riyatiga juda katta hissa qo‗shdi. Shoir o‗zining umrboqiy she`rlarida
mehr-muhabbat, sevgi-sadoqat, do‗stlik va halollik, inson shaxsiyati, urush va
uning yetkazgan ayanchlari oqibatlari, tinchlikning qadriga yetish, mehnatsevarlik
kabi mavzularni yoritgan.Shoirning 5-sinf adabiyot darsligiga kiritilgan ―Inson‖
qasidasi yosh murg‗ak qalblarga o‗ziga xos ta`sirli kuch ato etadi. Ushbu she`r
yaratganning oliy mavjudoti bo‗lgan inson haqida, ya`ni insoniyatga bag‗ishlangan
buyuk va bebaho qasidadir. Qasidada milliylik, o‗zbek xalqining ko‗p asrli
tarixining o‗ziga xos poetik ifodasi tasvirlanadi. She`rda millat ruhi o‗zligini
anglash kabi g‗oyalar badiiy mahorat bilan ifodalangan.Dastlab she`rni o‗qituvchi
ifodali va she`riy to‗xtamlarga amal qilib o‗qib berishini maqsadga muvofiq deb
o‗ylayman. Agarda she`r o‗qituvchi tomonidan yoddan ifodali aytib berilsa
o‗quvchilarga ―bir ajoyib ertak‖day ta`sir etadi.Jumladan, men bu usulni o‗z
tajribamda sinab ham ko‗rganman.
270
Har qanday odam she`r va qo‗shiqning ixlosmandidir. Shunday ekan, she`rni
o‗quvchidan emas, o‗qituvchidan eshitishning o‗rni va ta`sir kuchi baribir
bo‗lakchadir. Bundan tashqari o‗qituvchi she`rning har bir bandi matni asosida
―qayta hikoyalash‖ usulidan foydalanib nasriy yo‗lda tushuntiradi.Bu bilan
o‗quvchilarda she`rni nasrda so‗zlash ko‗nikmasi shakllantiriladi. She`r matni bilan
ishlashda tushunilishi qiyin bo‗lgan so‗zlarni topish o‗quvchilarning o‗zlariga
―muammoli ta`lim‖ sifatida qoldiriladi. Bu usul o‗quvchilarni tez ishlashga
o‗rgatadi. O‗quvchilarga she`rdan parcha yodlash uyga vazifa sifatida
topshiriladi.Yana qo‗shimcha ravishda she`rda berilgan tarixiy shaxlar haqida
ularning tarixda qilgan ishlariga misollar topib yozib kelish tayinlanadi. Bu bilan
o‗quvchilarda izlanish asosida ularning tarixiy bilimlarni oshirish nazarda tutiladi.
Badiiy adabiyotda urush va uning insoniyatga yetkazgan jabr-u sitamlari
qayda-qaytda qalamga olingan. Bu mavzu Erkin Vohidovning nazaridan ham
chetda qolmagan.Ijodkorning urush mavzusi tasvirlangan bitigi ―Nido‖ deb
ataladi.Asar 6-sinf adabiyot dasturida o‗rganishga berilgan.Asar janr xususiyatiga
ko‗ra doston hisoblanadi.O‗quvchilarga dostonni o‗qitishdan avval 2-jahon urushi
haqida videorolik taqdim etish menimcha, maqsadga muvofiq keladi.Chunki
hozirgi yoshlar ―urush‖ atamasini kompyuterdagi jangari o‗yinlarga
o‗xshatadilar.Vaholanki, urush o‗z nomi bilan urush.Buni esa keksa ajdod
vakillarimiz biladirlar, xolos.She`r qo‗shma (murakkab) vaznli, barmoq vaznida
yozilganligi, misralarda bo‗g‗inlarning soni har xilligi haqida o‗qituvchi misollar
keltirish usulidan foydalanib ilmiy ma`lumotlar beradi. Dostonda 2-jahon urushi
tufayli otasiz qolib, tani-yu qalbi ozor topgan millionlab ma‘sumgo‗daklar chekkan
ojiz va chorasiz nolalar bir norasida bola timsolida aks ettirilgan. Doston hayotiy
voqealar asosida kuchli ehtiros bilan yozilgan. Dostonda boshlang‗ich sinf
o‗quvchisining otasiga yozgan xati keltirilgan. Aynan shu parchani audiomatn
variantini eshittirish, undan so‗ng esa sinfdagi nutqi ravon o‗quvchilarga parchani
qaytadan o‗qitish bilan parcha mazmunini tushuntirish mumkin. Darsning keyingi
daqiqalarida she`rni ifodali o‗qish va mazmunini nasriy yo‗l bilan qayta hikoyalash
usulidan foydalanib she`r mazmuniga oydinlik kiritib boriladi. Uyga vazifa sifatida
bolalarga eng yaqin insonlariga xat yozish topshiriladi.Bu bilan o‗quvchilardagi
mehr, sog‗ich, tuyg‗ularini qay darajada bayon eta olish ko‗nikmasi tekshiriladi.
Dostonni ifodali o‗qishda goh salobatli, goh tantanavor, goh quvnoq, goh
mayin, goh mungli, goh ma‘yus ohanglarida o‗qilsa, uning ta`sir kuchi oshadi.Bu
dostonni o‗rgatishdan maqsad shuki, hozirgi avlodlarga urushning oqibatlarini
anglatish bugungi tinch, osuda kunlarning qadriga yetish, o‗z uyini, o‗z yurtini, o‗z
Vatanini sevib ardoqlash kabi insoniy tuyg‗ularni tarbiyalashdan iborat.
11-sinflarda Erkin Vohidovning ―Ruhlar isyoni‖ dostoni o‗rganishga berilgan.
Bu doston ham ijodkor adabiy merosida salmoqli o‗rin egallagan asar sifatida
baholanadi. Bu doston – asrlar qa‘ridan kelgan sado.Bu doston – asil shoirning
asrlik mehr-u muhabbatining so‗zdagi aksi. Bu doston – Erkin Vohidovning butun
insoniyatga qoldirgan betakror tufhasi. Erkin Vohidov bu dostonni yozish bilan
o‗ziga haykal qo‗yib ketdi.
271
―Ruhlar isyoni‖ dostoniga Bengal shoiri Nazrul Islom hayoti asos qilib
olingan. Dostonga uning quyidagi misralari epigraf qilib olingan:
Tug‗ilgansan ozod, mudom
Ozod bo‗lib qol!
O‗qituvchi doston haqida o‗quvchilarga qisqacha ma`lumot beradi. Doston
mavzusi, unda qalamga olinga g‗oyalar aytib o‗tiladi.Shundan keyin yurt
mustaqilligi yo‗lida qatag‗on qurbonlari haqidagi 5 daqiqalik videorolik
ko‗rsatiladi. Bundan maqsad, shoir o‗zbeklar mustaqilligini asarning tub
mohiyatiga singdirib yuborganligini tushuntirishdan iborat.Yana o‗quvchilardan
mustaqillik yo‗lida kurashgan tarixiy shaxslar haqida ma`lumotlar taqdim etish
so‗raladi.
Dasr davomida o‗quvchilar dostondan berilgan parchani ifodali tarzda
o‗qiydilar. Birinchi o‗quvchi o‗qigan parchani ikkinchi ixtiyoriy o‗quvchidan
narsiy mazmunini qayta so‗zlash so‗raladi. Bu usul o‗quvchilarda tinchlab eshitgan
parchani qay darajada tushinib ketganlik ko‗nikmasini shakllantirishda qulay usul
hisoblanadi. Doston matnini o‗qish davomida bizning 28 yillik mustaqilligimizni
o‗quvchilarga singdirib borilardi. Asarning tahlili jarayonida uning nomlanishiga
diqqatni qaratish kerak. O‗quvchilarga quyidagi savol muammo qilib qo‗yiladi:
―Aslida kimlarning ruhi isyon qilyapdi?‖, bu savol bilan o‗quvchilarni bahs-
munozaraga tortiladi. Har bir o‗quvchining fikri alohida ahamiyatga egaligi
uqtiriladi va inobatga olinadi. Bu usul bilan o‗quvchilardagi tarixiy bilimlarni ham
sinab olish mumkin. Bu darsda o‗quvchilarga uyga vazifa sifatida dunyo tarixida
yana qanday Nazrul Islom kabi buyuk insonlar yashab o‗rganligi haqida
ma`lumotlar topib yozib kelish beriladi.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati:
1.
Sh.M.Mirziyoyev. Milliy taraqqiyot yo‗limizni qat‘iyat bilan davom ettirib,
yangi bosqichga ko‗taramiz. – T.: O‗zbekiston, 2017.
2.
Q.Yo‗ldashev maktabda Erkin Vohidov ijodini o‗rgatish // Til va adabiyot
ta`limi. 2006 y. 6-son.
3.
Uzluksiz
ta`lim
tizimini
kompetentsiyaviy
yondashuv
asosida
takomillashtirish masalalari: muammo va yechimlar mavzusidagi respublika
ilmiy-amaliy konferentsiyasi materiallari. – T.: 2016 y.
Do'stlaringiz bilan baham: |