Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet136/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

 

UMUMIY O„RTA TA`LIM MAKTABLARIDA ERKIN VOHIDOV 

IJODINING O„RGANILISHI 

 Gulbahor BERDIYEVA ,  

Gavhar SAFAROVA, 

2-maktab o„qituvchilari (Guliston)  

 

О‗quvchilar  ma`naviy  dunyosini  boyitishda  adabiyot  muhim  omildir. 

Maktab  o‗quvchilarida  adabiyotga  muhabbat  tuyg‗usini  o‗stirish  orqali 

kitobxonlikni  rivojlantirish,  shu  asosda  ularda  badiiy  didni  shakllantirish,  badiiy 

asarni tahlil qilish malakasiga ega bo‗lish, qahramonlar xarakterining shakllanishi, 

qahramon  va  muhitning  o‗zaro  ta`siri, inson  va  uning  ichki  olamini  idrok  etishga 

o‗rgatish  asosiy  vazifalardandir.  Albatta,  yuqorida  sanab  o‗tgan  ijobiy 

xususiyatlarni  shakllantirishimizda  Erkin  Vohidov  ijodining  ham  o‗rni  bor. 

Amaldagi  o‗quv  dasturiga  asosan,  Erkin  Vohidov  ijodi  umumiy  o‗rta  ta`lim 

maktablarining  5-,  6-,  11-  sinflarida  o‗rganish  nazarda  tutilgan.  5-sinf  adabiyot 

darsligida  ―Nido‖  dostonidan  parcha  (3  soat),  6-sinf  adabiyot  darsligida 

―O‗zbegim‖  qasidasi  (3  soat),  11-sinf  adabiyot  darsligida  ―Ruhlar  isyoni‖ 

dostonidan parcha, ―Inson‖ qasidasi, ―Yaxshidir achchiq haqiqat‖ (2 soat) she`rini 

o‗rganish ko‗zda tutilgan. 




267 

 

Erkin Vohidov she`riyatning ham barmoq, ham aruz, ham sarbast vaznlarida 



birdek  yuksak  saviyada  ijod  qilgan.  Shoir  asarlarini  o‗rganish,  so‗z  qo‗llash 

mahoratini  o‗quvchiga  etkazishda  pedagogik  mahorat,  bilim  zarur.  Taniqli 

adabiyotshunos  olim  Umarali  Normatov  shoir  ijodini  anglash  uchun  kitobxondan 

zukkolik, malaka talab etilishini  o‗rinli ta`kidlaydi: ―Shoir she`rlari sirtdan sodda, 

etti yoshdan etmish yoshgacha barcha uchun birdek tushunarli tuyulsa-da, ulardagi 

tagma`noga  etish,  ularni  uqish  oson  emas.  Ular  ―xos  odamlar‖ning  teran  tahlili, 

o‗y-mushohadalari,  xilma-xil  talqinlari  uchun  boy  ozuqa  beradi.  ―O‗zbegim‖, 

―Inson‖ qasidalarini, ―Ruhlar isyoni‖ dostonini anglab etish uchun qanchalar bilim, 

boy hayotiy va adabiy tajriba kerakligi ayon. Bir ma‘rifiy davrada bir donishmand 

alloma  ―Yoshlik  devoni‖dagi  ―Uzum‖  radifli  g‗azalni  yarim  soat  davomida 

baytma-bayt yod aytib, ularni birma-bir sharhlab, oddiy tuyulgan satrlar bag‗ridagi 

biz  xayolga  keltirolmagan  turli  ma`nolarni  batafsil  tushuntirib  bergan,  oxiri  ―Ey 

dilorom,  senga  Erkin  tutdi  maydek  she`rini,  Dil  xumida  necha  yil  Qon  bo‗ldi  bu 

devon- uzum‖ satrlarini ―shoh bayt‖ deb atagan edilar‖ [1, 3]. 

Maktabda  hajm  jihatdan  katta  asarlar  bir  necha  darsda  o‗rganiladi.  Har  bir 

adabiyot  darsi  bir  butunlikni  tashkil  etishi,  oldingi  darsning  uzviy  davomi  va 

navbatdagi darsning boshlanishi bo‗lishi kerak. Darslarning uzviy birlikda bo‗lishi 

o‗quvchilarda  o‗rganiladigan  mavzu,  badiiy  asar  haqida  bir  butun  taassurot 

qoldiradi.  ―Ruhlar  isyoni‖  [2,  64-74]  dostonining  hajmi  katta  bo‗lgani  uchun 

darslik  imkoniyati  hisobga  olinib,  ayrim  qismlari  berilgan.  Asar  voqeaband 

bo‗lmagani uchun ma`nosini anglash qiyinchilik tug‗dirmaydi. O‗qituvchi darsning 

mazmunigagina  emas,  balki  uning  o‗quvchilarda  jo‗shqin  kayfiyat  uyg‗otadigan 

bo‗lishiga  ham  e`tibor  berishi  kerak.  Har  bir  dars  o‗quvchini  o‗ylashga,  mustaqil 

fikr yuritishga majbur etishi kerak.  

 ―Ruhlar  isyoni‖  dostoniga  isyonkor  bengal  shoiri  Nazrul  Islom  hayoti, 

fojiali taqdiri asos qilib olingan. Nazrul Islom XX asr boshlarida mavjud tuzumga 

qarshi  ijodi  bilan  Hindiston  yarimoroliga  kuchli  ta`sirini  o‗tkazgan  shoir. 

Mustamlakachilik  zulmiga  nisbatan  isyonkor  she`rlar  yozgani,  xalqini  ozodlikka 

chorlagani uchun qiynoqqa solishadi, es-hushidan ayirishadi.  

E.Vohidov dastlab  Nazrul  Islom  boshidan  kechirgan  fojiali hayotini  hikoya 

qiluvchi  she`riy  qissa  yozadi.  Keyinchalik  1965-yilda  Nazrul  Islomning  fojiali 

o‗limidan  ta`sirlanib,  ―Ruhlar  isyoni‖  dostonini  yaratadi.  Shoirga  aytmoqchi 

bo‗lgan fikrini aytish uchun Nazrul Islom hayoti bir vosita bo‗lgan. Shoir dostonda 

Nazrul Islomning erk uchun ingliz mustamlakachilariga qarshi kurashi, bu yo‗ldagi 

orzu-armonlari,  alam-iztiroblarini  bo‗yu-basti  bilan  gavdalantiradi.  Yana  bir 

tomoni, shu bahona shoir hayoti, qismati, kuzatishi, ko‗ngil dardlari, kechinma va 

xulosalarini bayon etgan. E.Vohidov ―Ruhlar isyoni‖ dostoni haqida: ―Asar garchi 

Nazrul  Islom  haqida  bo‗lsa-da,  unda  men  shoir  hayoti  bahonasida  o‗zimning, 

umuman,  shoirlik,  insonlik,  fidoyilik,  erkka  tashna  ijod  ahlining  zamonasi,  xalqi 

bilan  murakkab  munosabati,  qolaversa,  inson  hayotining  ma`nosi,  hayotning  ham 

shafqatsiz,  ham  adolatli  haqiqati  o‗y-mulohazalarimni  kitobxon  bilan  baham 

ko‗rishga intildim‖, - deya yozadi [1, 9]. Asarni o‗qigan o‗quvchi erk tushunchasi, 

ozodlik- ne‘mat ekanligi va shoirlik qismatini idrok etadi.  



268 

 

Erkin  Vohidov  she`riyatining  bosh  mavzularidan  biri  –  millatparvarlikdir. 



O‗zbekiston haqida, shu yurt egalarining ko‗p ming yillik tarixi haqida aqalli bir 

misra  bo‗lsa-da,  she`r  yozmagan  shoir  bo‗lmasa  kerak.  O‗zbek  she`riyatida  ona 

Vatanimizga,  xalqimizga  bag‗ishlab  ko‗plab  she`riy  asarlar  yaratilgan.  Hech 

shubhasiz, ―O‗zbegim‖ qasidasi [3, 138-146] bu chaman ichindagi bir sara guldir. 

Shoir  o‗zbek  xalqining  uzoq  o‗tmishini  o‗rganib,  maqtasa  arziydigan  tarixini 

qalamga  olgan.  Qasida  shoirning  xalqiga,  qadimiy  tarixiga  bo‗lgan  mehr-

muhabbati  satrlar  orqali  o‗quvchi  qalbiga  ham  o‗tgandek  bo‗ladi.  Asar 

o‗quvchilarni boy tariximizni bilishga, millatimizni sevishga undaydi. 

Shoirning  yana  bir  o‗qilishi  va  yodlanishi  oson  bo‗lgan  ―Nido‖  dostoni  [4, 

126-146]  ikkinchi  jahon  urushi  kulfatlari,  g‗am-alamlari  haqida  bitilgan.  Asar 

urush  yillaridagi  og‗ir  hayotni,  ayriliq  azobi,  sog‗inch  hissini  ifodalaydi.  Asar 

qahramoni  yosh  bolaning  xarakteriga  xos  xususiyatlar  mahorat  bilan  yoritilgan. 

Dostonda  urushdan  oyoqsiz  kelgan  Rustamning  akasi,  qo‗lsiz  qaytgan  Xol  amaki 

va  Tal‘atning  otasidan  qora  xat  kelgan  epizodlar  urush  fojialarini  yanada 

bo‗rttiradi.  Asarda  Vatan  himoyasi  uchun  kurashganlar,  ularning  ortida  qolgan 

farzandlari,  onalari  nidosi  tinchlik  uchun  kurashga  undaydi.  Ayniqsa, 

jamiyatimizda  islohatlar  kechayotgan  bugungi  yangi  davrda  biroz  unutilayozgan 

ikkinchi  jahon  urushi  front  orti  voqealari,  qayg‗u-quvonchlarini  yana  bir  bor 

eslaymiz.  Doston  farzandlarimizni  bugungi  dorilomon  kunlarni  avaylashga, 

asrashga, qadrlashga o‗rgatadi. ―Nido‖ dostoni shu jihatdan ham va  o‗qimishliligi 

uchun  bugungi  kunda  kitobxonlar  tomonidan  sevib  o‗qishga  arziydigan  va  sevib 

o‗qilayotgan asardir. 

Erkin 

Vohidov 


ijodini 

o‗rganish  sinfdan  tashqari  o‗qish  bilan 

mustahkamlanadi.  Chunki,  sinfdan  tashqari  o‗qishsiz  ta`lim  samaradorligi  va 

o‗quvchilarning bilimini oshirish mushkul. Sinfdan tashqari o‗qish o‗quvchilarning 

fikrlash  doirasini  kengaytiradi.  Misol  uchun,  o‗quvchilar  qiziqish  doirasiga  ko‗ra 

―Donishqishloq  latifalari‖,  ―Istanbul  fojiasi‖,  ―Oltin  devor‖  hamda  xohlagan 

she`rlari, asarlarini mustaqil o‗qish sifatida tavsiya etish mumkin. 

Albatta,  sevimli  shoirimizni  har  qancha  o‗qisak,  o‗rgansak  arziydi.  Bu 

asarlarining  har  biri  bir  olam.  Bir  kichik  maqolada  bularning  barini  qamrab  olish 

imkondan  tashqari  ishdir.  Biz  bugun  e`tiborimizni  faqat  shoir  ijodining  umumiy 

o‗rta  ta`lim  maktablarida  o‗rganilishiga  qaratdik  va  kuzatishlarimizni  shu  bilan 

cheklashga  harakat  qildik.  Bu  asarlarning  mohiyatini  o‗quvchiga  etkazishda 

respublikamizning  taniqli  metodistlari,  shuningdek,  tajribali  o‗qituvchilari 

tomonidan  dars  ishlanmalar,  taqdimot  materiallari,  tarqatmalar  tayyorlangan  va 

ular bugungi kunda amalda keng qo‗llanilmoqda.  


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish