Zbekiston respublikasi oliy va o ‗ rta maxsus ta`lim vazirligi



Download 4,25 Mb.
Pdf ko'rish
bet134/292
Sana03.01.2022
Hajmi4,25 Mb.
#313213
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   292
Bog'liq
Erkin Vohidovning so`z qo`llash mahorati-To`plam

 

 

ADABIYOT DARSLARIDA IJODKOR TARJIMAYI HOLINI 

O„RGANISH USULLARI 

Sadoqat DAVLATOVA,  

Kogon tumani 9-maktab o„qituvchisi 

 

Adabiyot o‗qituvchisi o‗zini o‗quvchilarga baxshida etishi, o‗zi bajarayotgan 



ishning  xalq  ma`naviy  hayotidagi  ahamiyatini,har  bir  inson  badiiy  adabiyotsiz 

kamolotga  erisha  olmasligini  o‗z  o‗quvchilari  ongiga  qalbiga  singdirishi  lozim, 

Adabiyot  o‗quvchisidan  o‗zini  doimiy  sur‘atda  kamol  topdirib,o‗zida  badiiylikka 

moyillikni va ijodkorlikni o‗stirib borishni talab qiladi.Bu borada har bir dars qayta 

takrorlanmaydigan  o‗ziga  xos  ijodiy  jarayon  bo‗lishi  o‗qituvchisi  uning  muallifi, 

rejissori,  ijrochisi  sifatida  o‗zini  namoyon  etishi  lozim.  Bu  esa  o‗quvchilarning 




262 

 

estetik  zavqini  oshiradi,  ularning  tafakkurini,  his  tuyg‗ularini  rivojlantiradi, 



ma`naviyatini shakllantiradi. 

Shuningdek,  adabiyot  darslarida  yozuvchi  va  shoirlarning  tarjimayi  holi 

ya`ni  hayoti  va  ijodiga  oid  ma`lumotlarni  o‗quvchi  ongiga  singdirish  ham  juda 

muhim  jarayon  hisoblanadi.  Bu  ma`lumotlar  ko‗pincha  asarning  g‗oyaviy-badiiy 

o‗zagini  teranroq  anglashga,  asarlarining  ijtimoiy-estetik  mohiyatini  to‗g‗ri 

belgilashga  yordam  beradi.  Adabiyot  darslarida  yozuvchi  yoki  shoirlar  o‗tilganda 

birinchi soati hayoti va ijodiga ajratiladi. Biz ,avvalo, asar muallifini hayot yo‗li va 

ijodiga  oid  manzaralar  bilan  tanishtirishimiz  kerak.Bu  o‗quvchida  o‗z  navbatida 

asarni chuqur badiiy tahlil qilish, uni anglash imkonini beradi.  

Adabiyot  o‗qituvchisi  bu  ma`lumotlarni  o‗quvchi  ongiga  singdirishda 

muhim jihatlardan biri avvalo mavzu sarlavhasidadir. Darsning birinchi va ―yarq‖ 

etib  ko‗zga  tashlanadigan.darsning  oxirigacha  tark  etmaydigan,  kerak  bo‗lsa  bir 

umr  yodda  qoladigan  bosqich  bu  –  sarlavha  ya`ni  mavzu  nomidir.  Biz  uni 

quruqqina qilib ―Abdulla Oripovning yoki Erkin Vohidovning hayoti va ijodi‖ deb 

qo‗ya  qolmasdan,  ularning  hayoti  yoki  adabiyotga  qo‗shgan  hissasidan  kelib 

chiqib,  yoki  asarlaridagi  jumlalardan  namunalar  keltirib  ifodalashimiz  kerak. 

Masalan: Erkin Vohidov ijodi  o‗rganilganda  ―Elning dardi bilan yashagan shoir‖, 

Hamza  Hakimzoda  Niyoziyda  ―Millatni  uyg‗onishga  chorlagan  shoir‖,  ―Abdulla 

Qodiriy  –o‗zbek  romanchiligining  asoschisi‖  yoki  ―Haqiqat  elchisi‖,  Mirtemir 

mavzusida ― ‗Ozbekning otaxon shoiri‖ , ―Baxtim shul: O‗zbekning Zulfiyasiman‖ 

Zahiriddin  Muhammad  Bobur  mavzusida  ―Navoiydek  she`riyatda  ,O‗zi  dunyodir 

Boburshoh‖,  Hamid  Olimjon  mavzusida  ―Baxt  va  shodlik  kuychisi‖.  Bunday 

ta‘riflarni har bir shoir va yozuvchiga minglab topish mumkin, faqat biz adabiyot 

o‗qituvchilari avvalo, eng munosibi va keragini topa olishimiz lozim. Shunda bir 

qarashda o‗quvchi diqqati darsga qaratiladi, nima uchun uning shunday atalganini 

bilgisi keladi, ongida yuzaga kelgan savollarga dars davomida javob topgisi keladi. 

Bu jarayonni yana boshqacha holda davom ettirsa bo‗ladi. O‗quvchilarga mustaqil 

topshiriq  sifatida  berilsa,  izlanish  natijasida  o‗quvchi  ongi  yangi  ma`lumot  va 

tushunchalar bilan boyiydi. 

Tarjimayi hol mavzusini o‗tishda yana bir jihat bu, adib va shoirning hayoti 

haqidagi aynan o‗zi yozib qoldirgan ma`lumotlardan foydalanishdir. Badiiy asarlar 

ijodkor  shaxsiyatining  ifodachisi  hisoblanadi.  O‗quvchi  buni  anglab  yetgandan 

keyingina  asar  mohiyati  ham,uning  muallifining  nuqtai  nazarlari  ham  to‗laroq  va 

teranroq  tushuniladi,  Shundagina  muallifning  adabiyotga,  jamiyatga,  shu  xalq  va 

millatga  bo‗lgan  muhabbati  va  xizmatlari  to‗la  idrok  etiladi.  Ijodkorning  hayot 

yo‗lini, uning atrofdagilar bilan munosabatini, sevgi va sadoqatini aynan  o‗z qo‗li 

bilan  yozilganini  o‗quvchiga  yetkaza  olsak,  uning  yuragida  ijodkor  asarlariga 

muhabbat tuyg‗usi shakllanadi. 

Ijodkor  haqidagi  zamondoshlar,  uning  tengdoshlari,  ustozlari  yoki 

shogirdlari  tomonidan  aytilgan  yoki  yozma  holida  yetib  kelgan  manbalardan 

foydalanish, ―Chiroyli dalillash‖ usuli ham samaralidir. Masalan, Abdulla Oripov 

hayoti  va  ijodini  o‗rganganimizda,quyidagi  dalillarni  keltirishimiz  mumkin.Shoir 

Usmon  Azim  aytganidek,‖Abdulla  Oripovning  har  bir  satri,  har  bir  she`ri  bilan 



263 

 

Adabiyot  o‗zbek  adabiyotiga  qayta  boshladi.  G‗ayrat  va  jasorat  yo‗g‗rilgan 



she`rlari  yuraklarga  ―Vatan‖degan  tug‗yonning  mangu  hayot  muhabbatini  sochib 

o‗tdi‖ [3, 124]. 

Hamid  Olimjon  haqida  esa,  Abdulla  Oripovning  quyidagi  fikrlarini  aytish 

mumkin: ―Hamid Olimjon iste`dodi barq urib turgan shoir edi Qaysi mavzuga qo‗l 

urmasin,  uni  san`atkorona  kuylay  bildi  Ulkan  tarixiy  haqiqatlarni  urush  va 

tinchlik,sevgi va sadoqat tushunchalarini yuqori pardalarda kuyladi‖.  

Yirik adiblarimizning hayoti va ijodini  o‗rganishda xronologik jadvallardan 

ham  foydalanish  maqsadga  muvofiq  bo‗ladi. Bu  ko‗plab  fakt  va  hodisalar  haqida 

qisqa muddatda ma`lumot berish imkonini yaratadi [4, 119]. 

Demak,  biz  adabiyotni  o‗rganish  va  o‗rgatish  yo‗llarini  ham  bilishimiz 

lozim.  Bu  fanning  maqsadi:  o‗quvchi  –yoshlarni  komil  inson  qilib  tarbiyalash, 

yuksak ma`naviyatga chorlash, ularning og‗zaki va yozma nutqini rivojlantirishdan 

iboratdir. Shunday ekan, adabiyot darslarida tarjimayi hol mavzularini o‗rganishda 

ham uni to‗g‗ri tashkil qilish, darsdagi har bir so‗z, har bir jumla har bir metod va 

usul  o‗z  o‗rnida,  samarali  va  to‗g‗ri  qo‗llanilishi  lozim.  Yozuvchining  hayoti  va 

ijodiy  faoliyatini  uning  dunyoqarashini  aniqlashga  yordam  beradi.Bu  esa,unga 

to‗g‗ri  baho  berish,  asarlariga  qiziqish  uyg‗otish,  kitobxonlik  madaniyatini 

shakllantirish , mustaqil izlanishga chorlash uchun zamin hozirlaydi. 

Foydalanilgan adabiyotlar ro‗yxati: 

1.Azizxo‗jayeva  N.N.  Pedogogik  texnologiya  va  pedogogik  mahorat.  –  T.: 

2003.  

2. Ziyodullayeva N. Sh. O‗zbek adabiyotshunosligida ijodkor biografiyasini 

o‗rganish muammolari. – T.: 2000 

3. To‗xliyev B. Adabiyot o‗qitish metodikasi. – T.: Mumtoz so‗z, 2006.  

4. Is‘hoqov Y. So‗z san`ati so‗zligi. –T.: Mumtoz so‗z, 2006.  

5. www.kxurshiddavron.uz. Xurshid Davron kutubxonasi (Internet sayti). 

 

 


Download 4,25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   292




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish