Mashrabsan
,
Xalqda tumor,
Balx
da dorga osilgan,
Navoiy
san, shoh yonida
Faqirni duo qilgan.
Yassaviy
san meniki deb,
Ko‗ringan da‘vo qilgan,
Ming bir yog‗i ochilmagan,
Qo‗rig‗imsan Vatanim! [3, 3]
Adabiyot:
Shoir nazarida, Yassaviy, Ulug‗bek, Navoiy, Bobur, Mashrab bir
insonning ismigina emas, balki xalq, millatning ramzidir. Mumtoz adabiyotimiz
vakillarining ibratli hayoti yoki Mashrabning ayanchli qismati o‗quvchi ko‗z
o‗ngida gavdalanib, kitobxonga estetik ta`sir qiladi. Boborahim Mashrab o‗zbek
mumtoz she`riyatiga yangi ruh va o‗ziga xos ijodiy nafas olib kirgan,
Qalandarlikning (so‗fizimning bir oqimi) yirik vakili. Mashrab yaratgan
misralararo ―xazina‖ni qancha ko‗p o‗qisa o‗shancha teran anglash, shaxs va
jamiyat, odam, olam, Haq va bandda munosabatlarini to‗g‗ri mushohada aylash
darajasiga yetish ko‗zda tutiladi.
Hoja Ahmad Yassaviyning dunyoga kelishi, ―Devoni hikmat‖ yoki boshqa
asarlarining yaratilishi bilan turkiy xalqlar o‗zining mustaqil tariqat kitobiga, tom
ma`nosi ila Ma‘rifat, Haqiqat, Ruhoniyat qomusiga ega bo‗ldi. Avlodlar uchun
Ahmad Yassaviy hayoti va ijodi ulug‗ bir kitob, hikmatlar xazinasidir.
258
Geografiya:
Satrlardagi Balh shahri – shimoliy Afg‗onistondagi ko‗hna
shahar hozirgi Mozori sharif shahrining g‗arbida miloddan avvalgi 7-asrdan
ma`lum. Afg‗onistoning Balh viloyati shimol tomondan O‗zbekiston hamda
Turkmaniston davlatlari bilan, g‗arbdan Juzjon, janubdan va janubiy g‗arbdan Sari-
Pul, janubiy sharqdan Namangan va sharqdan Qunduz viloyatlari bilan
chegaradosh. Balh shahrining ma‘muriy markazi Mozori Sharif. Aholisi – 1353656
kishini (2016 -2017 yillar) tashkil qilgan. Maydoni 17249 km.
Ahmad Yassaviy (1103-1167 yillar) XI asrning ikkinchi yarmida
Sayramdagi Yassi shahri (hozirgi Qozog‗istondagi Turkiston shahrining eski nomi)
tug‗ilgan. Yassi asli Saksi nomi bilan atalgan, lekin xalq Yassi deb atagan.
Turkiston viloyati- Qozog‗iston Respublikasining janubidagi viloyat. 2018 yildan
buyon Turkiston viloyati deb qayta nomlandi. 1932-yil 10 martda tashkil etilgan
(1962-64-yillarda Janubiy Qozog‗iston o‗kasining bir qismi 1964-yildan 1992-yil
maygacha Chimkent viloyati). Maydoni 117.3 ming km 2. Aholisi 1983967 (2019-
y.) kishi, asosan qozoqlar va o‗zbeklar, shuningdek rus, ukrain, tatar, ozarbayjon,
tojik va boshqa millat vakillari yashaydi. Markazi 19-iyun 2018-yildan buyon
Turkiston shahri. Viloyat tarkibida 13 ta tuman, 4 ta shaharcha, 7 ta shahar, 13 ta
kent, 171 ta qishloq okrugi, 932 ta qishloqlar bor.
Do'stlaringiz bilan baham: |