HAJVIYOTDA KULGINING O„RNI
G.R.RAVSHANOVA,
tadqiqotchi (QarDU)
Hayotda bo‗lgani kabi hajviyotda ham kulgining o‗rni juda katta. Uning
shakllari turlicha: quvnoq va qayg‗uli, mehr yoki g‗azab ila, o‗rinli va ahmoqona,
mag‗rur va samimiy, iltifotli va xushomadgo‗y, shubhali va qo‗rqinchli, haqorat
qiluvchi va ruhlantiruvchi, surbetlarcha va hadiksirash ila, do‗stona va g‗arazli,
istehzoli va yurakdan, kinoyali va oddiygina, muloyim va qo‗pol, ko‗p ma`noli va
asossiz, zafarona va aybini oqlashdagi, hayosiz va xijolatomuz kulgi bo‗lishi
mumkin. Hajvga moyil ijodkorlar kulgining turli xillaridan ijodiy niyatlaridan
kelib chiqib foydalanishadi. O‗zbekiston Qahramonlari A.Oripov va E.Vohidov
ijodining shu qirrasini qiyoslash orqali fikrimizni dalillaymiz.
Sharq hajviyotida tanqid ostiga olingan shaxs qiyofasi doim ham kulgili
tasvir vositalari bilan tasvirlanavermaydi. Binobarin, kuchli tanqidga asoslangan
hajvga nisbatan illatlarni masxaralab, kulgili fosh etish kuchli ta`sir quvvatiga ega
bo‗ladi. A.Oripovning ―Ranjkom‖ dramasida Xudoyqul ismi bo‗yicha qilingan
254
bahs ham kulgili, ham fojiaviy. Ranjkomchi Xudoyqulni nomining ―Xudoy‖
qismidan kechishga majbur qiladi, chunki
“Yozg„uvchi deb tegar edi g„ashimga
nuqul.
Sen dindor deb e‘lon qildim o‗sha zahoti...
Kayfi uchgan ko‗knoriday baqraydi avval,
Ismin qo‗ygan ajdodlarin so‗kdi galma-gal.
Ixtiyoriy voz kechaman ―Xudoy‖ qismimdan,
Mayli ismim yarim bo‗lsin, ―Qul‖ bo‗lib qolay
.
Boshqa bir ranjkomchi esa:
Qulu quldor sinflari ketgan yo„qolib,
Xudoyqulning “qul” qismi ham siyosiy xato”
deya qitmirlik qiladi.
Shunday qilib bir fuqaro kuppa-kunduzi,
O‗z ismidan ixtiyoriy qoldi ayrilib [2, 205].
E`tibor qilinsa, har bir misradagi hajviy tasvir o‗quvchida kulgi uyg‗otishga
xizmat qilayotganini ko‗rish mumkin. Inson haq-huquqlarining bir qadar
cheklangan davrida sodir bo‗lgan bu voqealar ularning qay darajada
manfaatlarining yer bilan yakson qilinishi, diniy jihatdan ham erkin emasliklari
ularga qo‗yilgan ismning ham rad etilishidan ko‗rinib turibdi. Xudoyqul - oddiy
odam emas, lektor, voiz, o‗zining ijtimoiy-siyosiy mavqeyini tiklash uchun hattoki
o‗z ismining bir qismidan ham voz kechadi, ammo bunga ko‗ngli to‗lmagan
amaldorlar ismining siyosiy xato ekanligini ta`kidlaydi. Shu asnoda odamlarga
amri ma‘ruf qiladigan lektor butunlay o‗z ismidan ayrilib qoladi. Ammo uning
qo‗rqoqligi, subutsizligi achchiq kinoya ostiga olinadi. Shoir hajviy timsolga xos
nozik kulgili jihatlarni topa olgan va ularni o‗ta ta`sirchan tarzda bergan.
Yuqoridagi hajvga olingan qahramonning faoliyati kulgili manzaralarda ochib
berilgan. Chunki, har qanday shaxsning ma`naviy qiyofasi uning ish faoliyatida
ochiq-oydin namoyon bo‗ladi, undagi illatlar bo‗rttirib tasvirlanadi. Uning
qiyofasi, tabiati, gap-so‗zlari, bema‘ni va saviyasiz qiliqlarining uyg‗unligi
qahramon hajviy qiyofasini gavdalantiradi. Masalan, ―
Kayfi uchgan ko„knoriday
baqraydi avval”
- qiyofa tasviri – kayfi uchgan ko‗knori odamga o‗xshatiliishi
kulgini keltirib chiqarayapti; ―
Ismin qo„ygan ajdodlarin so„kdi galma-gal”
satrlari
– uning xarakterini, ma`naviyatsiz qiyofasini ochib berishga xizmat qilmoqda.
Uning
“Mayli ismim yarim bo„lsin, “Qul” bo„lib qolay”
degan so‗zlari esa
esimizga sho‗ro davridagi labbaychi odamlarni esga tushiradi.
Boshqalarni ranjitish (sen dindorsan) evaziga gerdayishlar-u, quruq chiranishlar
o‗quvchining ham kulgisini, ham nafratini qo‗zg‗aydi.
Shu o‗rinda shoirning zamondoshi, O‗zbekiston xalq shoiri E.Vohidov
ijodida ham shunga o‗xshash syujetli she`r borligini, uni qiyoslash orqali har ikki
shoir o‗ziga xos uslubga ega ekanligini namoyon etish imkoni tug‗ildi.
V.G.Belinskiy ikki yozuvchi ijodini qiyosiy o‗rganish haqida shunday deydi:
―Narsalarning qadri qiyos qilinganda yaxshi bilinadi. Agar ikki yozuvchi bir turda
ijod qilib, bir-biriga qandaydir o‗xshashligi bor ekan,binobarin, ularni parallel
joylarga qo‗yib bir-biriga qiyosiy baholashdan boshqa iloj yo‗q, eng odil tarozi
shu‖ [1,23] Shu jihatdan bu ikki buyuk shoir ijodining ayni shu qirrasini
qiyoslaganda, ikkalasida ham hajv muhim o‗rin tutishini ko‗ramiz. E.Vohidovning
255
Siyosiy saboq yoki Bek Bekovning g‗aroyib sarguzashti‖ nomli she`rida shunday
tasvir mavjud: Katta ishxonaning boshlig‗i Bek Bekovich bir kuni uyga xizmat
mashinasida emas, piyoda qaytadi. Yo‗lda turli ―g‗aroyib sarguzashtlar‖ga duch
keladi. Mahalladagilar turli gumon va mish-mishlar tarqatadilar. Birov ishdan
ketgan desa, boshqa birovi ―chaquv bo‗lgan, yoki boshqa ko‗rgulik ―sho‗r‖
boshiga tushgan‖ deydi. Choyxonasi esa unga bo‗lar-bo‗lmas so‗zlar aytib,
―nasihat‖ qiladi. Aslida boshliq kamtar, sodda, halol odam. Majlis, saylov,
ma‘ruzalardan xoli qolib o‗zi uchun bir kun ham yashamagan fidoyi odam. Ammo
odamlarning gap-so‗zlari unga xatosini anglab olishga yordam beradi, xalqdan
uzoqlashganini sezib qoladi.Buni shoir kinoyali, kulgi uyg‗otuvchi so‗zlar bilan
ifodalaydi:
Pishmagan kalla!
Tobutingni ko‗tarar
Axir mahalla!
Bu she`rda shoir mayda gap, g‗iybatchi insonlar ustidan ham kuladi.
A.Oripovda esa boshqacha bir manzarani ko‗ramiz. ―Ranjkom‖da rahbarlar kinoya
ostiga olinadi. A.Oripov ko‗pincha rahbarlardagi salbiy illatlarni kuchli satirik
kulgi ostiga oladi.
Biz ―Ranjkom‖miz, biz hammani ranjitamiz, bas
Shu – asosiy vazifamiz chiqarmang yoddan.
Bemanfaat do‗zaxda ham yonmaymiz ammo,
Qaysi mushuk oftobda yotar ekan tekin (2, 347).
A.Oripovning raisi uchun ―nomussizlik - bizga nomus, orsizlikdir or‖, ota-
ona, do‗st-u yoron degan gaplar, manfaatga yaramasa puch gapdir‖. Yomonlikni
kasb qilib olgan boshliq obrazi va ularning gumashtalari satirik kulgi tig‗iga
duchor qilinadi. Shoirning mahorati shundaki, asarning ta`sirchanligini oshirish
uchun Rais tilidan aka-uka yetimchalar haqidagi rivoyatni keltirib, ularning
xarakterli xususiyatlarini bo‗rttirishga erishadi. Hatto yosh go‗daklarni yo‗ldan
urish masalasida ham maslahat berar ekan, uning nutqida kulgili holatni (―gap
so‗ngida baqraying-u, bolaga shartta: sening otang tamom boshqa odam, deb
ayting‖ deya razilona, tuhmatdan iborat gaplarni o‗rgatadi.
E.Vohidov hajviyalarida u yoki bu shaklda hayotning ko‗proq yorug‗ va
ijobiy tomonlari aks ettirilsa, A.Oripovda hayotning ko‗proq inkor qilinadigan
tomonlari aks ettiriladi. Hajviy obrazlar ikkala shoirda ham bor. Ammo E.Vohidov
asarlarida satirik obrazlardan ko‗ra yumoristik obrazlar (masalan, Matmusa)
yaratish ustuvorlik qilsa, A.Oripovda satirik obrazlar shoir talantini namoyish
etadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |