yanchmoq, ruhan
qiynoqqa solmoq, qiynamoq, yurakni ezmoq
kabi ma`nolarga ham ega. Shoir
aytmoqchi, shoirning bitta she`ri ― anorning har bir qizil donasi. Shoir ahli o‗z
qalbini bir umr anordek ezishi, kishilarni anor sharbatidan muntazam bahramand
etishi lozim. Agar shoir qalbini anordek tinmay ezmasa, uni ruhan qiynoqqa
solmasa, qiynamasa o‗sha lahzada uning ―paymonasi to‗ladi‖, ijod qilishdan
batamom to‗xtaydi, shoir ta‘biri bilan aytsak, ―kuni to‗ladi, qazosi etadi, o‗lar
chog‗i keladi‖.
Shoir qo‗llagan o‗xshatish sodda, ixcham, kitobxonning anglashi juda oson,
xalq tafakkuriga behad to‗g‗ri keladi. Bu fikrni aytishimizga ma`lum asos bor.
Anor o‗zbek xalqining qadimdan eng sevimli mevalaridan biri bo‗lib kelgan.
San`atshunoslarining e`tirofiga ko‗ra, hozirgi davrga qadar ommaviy xususiyat
kasb etib, yashab kelayotgan xalq amaliy san`atining eng qadimiy namunalarida,
chunonchi, kashtalarda anor tasviri eng ko‗p aks etgan ekan. Bundan
anglashiladiki, anor o‗zbek xalqining turmush tarziga chuqur singgan. Bu xalq
o‗zining orzu-umidlari, sevgi-muhabbati, iztirob va armonlarini anor vositasida
ifodalashga harakat qilgan. Anor ― sevgi-muhabbat, mehr-sadoqat, balog‗at
yoshidagi qizlar ramzi sifatida uzoq davrlardan beri yashab kelmoqda. Erkin
252
Vohidovning yuqoridagi she`rida esa anor
shoir qalbi
ning ramzi sifatida
qo‗llanilgan.
Mazkur she`rdagi o‗xshatish unsurlarini tahlil etadigan bo‗lsak
, shoir qalbi
so‗z birikmasi o‗xshagan,
anor
so‗zi o‗xshatilgan,
go„yo
so‗zi o‗xshatish qaydi
(vositasi)dir. Anglashiladiki, tahlilga tortilgan she`riy parchada o‗xshash
(o‗xshatish sababi) unsuri qo‗llanilmagan, biroq u mazmunan anglashilib turadi,
ya`ni anor donalari va undan ezib olingan sharbat rangi inson qoniga monanddir.
Ikkinchi qatordagi
she`r
so‗zi o‗xshagan,
sharbat
so‗zi o‗xshatilgan. Abdurauf
Fitrat qaydiga ko‗ra, bunday turdagi – o‗xshash va o‗xshatish qaydi unsurlari
mavjud bo‗lmagan – o‗xshatishlar ―eng kuchli‖ tashbihlardir [7. 25].
Shoir ijodining o‗ziga xos tomonlaridan biri shundaki, u anor tasviriy
vositasiga ko‗p murojaat etgan. Chunonchi, uning bir she`rida insoniyat hamma
uchun umumiy bo‗lgan ona zaminni ―ikki bo‗lak qilib so‗ygan‖ligi, birini G‗arb,
ikkinchisini Sharq deb nomlagani, bunga ham u qanoat qilmay, yana minglab
elatlarga, yuzlab mamlakatlarga bo‗lib yuborganligi ifodalangan. Bu go‗yoki
anorni kesgandan keyin uning ichidagi donalari sochilib ketganday. Shoir
xulosaviy fikrini quyidagicha beradi:
Dona-dona sochilib ketdi
Anor kabi kesilgan dunyo...
[3. 82].
Anglashiladiki, shoir mazkur she`rida anorni insonlar yashab kelayotgan er
sayyorasi, ona er, ona zamin, uning donalarini esa insonga xos bo‗lmagan
manfaatlar (xususan, ochko‗zlik) sabab bo‗lib yuborilgan elat va mamlakatlar
ramziy ma`nosida qo‗llagan. Insoniyatning barchasi uchun yagona bo‗lgan ona
zaminni sun‘iy hududlarga bo‗lib yuborilganligidan shoir afsus chekadi, kuyunadi,
dili og‗riydi. She`rdagi o‗xshatishni uning unsurlari bo‗yicha tahlil etadigan
bo‗lsak
, dunyo
so‗zi o‗xshagan,
anor
so‗zi o‗xshatilgan,
kabi
so‗zi o‗xshatish
qaydi (vositasi)dir. Aytilganidek, shoir she`rlarida anor
shoirning qalbi, dunyo
ramzi, anorning sharbati
she`r
ramzi, anorning donalari
elat va mamlakatlar
ramzi
ma`nolarida ifodalangan.
Shoir she`riy asarlarida qo‗llangan o‗xshatishlarni kuzatish asosida shuni
aytish mumkinki, ular ijodkorning individual nutqiy uslubiga xos jihatlarni
ko‗rsatishi bilan birga o‗zbek millatiga mansub til sohiblarining badiiy tafakkuri,
til birliklariga bo‗lgan munosabatini ham namoyon etgan. Shoir she`riyatidagi
o‗xshatishlarda o‗xshagan, asosan, ot so‗z turkumidagi so‗z bilan ifodalangan.
Ba‘zan kishilik olmoshlari, chunonchi,
men,
sen, siz
kabi so‗zlar bilan
ifodalanganligini ham kuzatish mumkin. Masalan,
Men jilg„aman,
Daryo bo„lib to„lgim keladi.
[3. 34]
Shoir she`riy asarlaridagi o‗xshatishlarni ikki guruhga ajratish mumkin.
Birinchi guruh o‗xshatishlarni to‗liq o‗xshatishlar, ikkinchi guruhdagilarni esa
qisqa o‗xshatishlar sifatida belgilash o‗rinlidir. To‗liq o‗xshatishlarda to‗rt
element: 1) o‗xshagan; 2) o‗xshatilgan; 3) o‗xshatish qaydi; 4) o‗xshash mavjud
bo‗ladi. Qisqa o‗xshatishda esa bu to‗rt element bo‗lmay, faqat o‗xshagan va
o‗xshatilgan bo‗ladi. Yuqorida keltirilgan
Shoir qalbi go„yo anor, She`ri uning
253
sharbati
o‗xshatishi to‗liq,
Men jilg„aman
esa qisqa o‗xshatishdir. Shoir she`rlarida
o‗xshatish munosabatini ifodalovchi –
kabi, singari, yanglig„, go„yo, xuddi,
bamisoli, misli, misoli
kabi yordamchi so‗zlar,
dek, -day
kabi o‗xshatish
qo‗shimchalari ko‗p qo‗llangan.
Xulosa qilib aytish mumkinki, Erkin Vohidov ijodida o‗xshatishlar muhim
ahamiyatga ega. Shoir ulardan fikrini aniqroq, ta`sirchanroq, obrazli va mantiqli
ifodalash maqsadida keng foydalangan. She`rlaridagi an`anaviy o‗xshatishlar ham,
xususiy o‗xshatishlar ham umuminsoniy ezgu g‗oyalarni yoyishga, badiiy-estetik
tafakkurni boyitishga yo‗naltirilganligi bilan alohida ajralib turadi. Ular, shubhasiz,
o‗zbek xalqinigina emas, balki butun jahon xalqlarining ham badiiy-estetik didini
takomillashishiga asosiy manbalardan biri bo‗la oladi. Shunga ko‗ra shoir
asarlaridagi o‗xshatishlarni insoniyat madaniyati taraqqiyoti bilan bevosita bog‗liq
hodisa sifatida o‗rganish dunyo fani uchun hamisha dolzarb va ahamiyatlidir.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.
Aristotel. Poetika (Poeziya san`ati haqida). – T.: Adabiyot va san`at, 1980. –
B.151.
2.
Veselovskiy A.N. Istoricheskaya poetika. – M.: Vo„ssh. shk., 1989.
3.
Vohidov E. Saylanma. II jild. She`r dunyosi. –Toshkent.: Sharq, 2001. – B. 249.
4.
Yoqubbekova M. O‗zbek xalq qo‗shiqlarining lingvopoetik xususiyatlari. –T.:
Fan‚ 2005. – B. 161.
5.
Ishoqov Yo. So‗z san`ati so‗zligi. – T.: Zarqalam, 2006. – B. 319.
6.
Maslova V. A. Lingvokulturologiya. Uchebnoe posobie dlya studentov vo‗sshix
uchebno‗x zavedeniy. – M.: Akademiya, 2001.
7.
Fitrat. Adabiyot qoidalari. Tanlangan asarlar. V jildlik. – Toshkent.: Ma`naviyat,
2006. IV jild. – B. 11-88.
Do'stlaringiz bilan baham: |