betakror va ravon she`rlari, dostonlari, publitsistikasi, adabiyotshunos sifatidagi
teran fikrlari bilan boyitgan mutafakkir adib sanaladi. Shuning bilan birga u
260
bolajon xalqimizning shirin-shakar farzandlarini ham unutmadi. Ularga atab
yozgan juda ko‗p va xo‗p bir-biridan ajoyib va g‗aroyib she`rlari, hangomalari bor.
Ulardan, ―Quyosh qissasi‖, ―Nutq haqida‖, ―Chevar qiz‖, ―Kunlar sekin o‗tadi‖,
―Sharq ertagi‖, ―Oyga uchsak...‖, ―Daraxtlar suhbati‖, ―Kechagina‖, ―Yangi yil
archasiga‖, ―Olma‖, ―Ukamning jangi‖, ―Lagerda tong otdi‖ kabi qator she`rlari
maktabgacha yoshdagi va undan katta yoshdagi bolalarning sevimli asarlariga
aylanib ulgurgan:
Qo‗zichog‗im,
ko‗zlaringni yum.
Men ertak so‗ylayin,
Shirin tushlar ko‗rib,
Sen, dilbandim, orom ol bir zum [1, 361].
Kichik bolajonlarimiz uchun yozilgan bu she`rda shoirning ularga bo‗lgan
mehru muhabbatini his qilasiz.
―Olma‖ nomli she`rida ―ol‖ va ―olma‖ so‗zlaridagi shakldosh so‗zlar orqali
bolada so‗z boyligining oshishiga, tilimizda ana shunday bir-biriga o‗xshash
so‗zlar borigi va ularning har xil ma`noda bo‗lishini anglashga harakat qiladi:
Olma eksa bog‗iga har kim,
Mehmoniga, o, e, demasmi?
―Olma‖ mening mehmondo‗st xalqim –
Odatiga yot so‗z emasmi?
Yangi yil bayrami, ayniqsa, maktabgacha va maktab yoshidagi
bolajonlarning eng sevimli bayrami. Hammaga ma`lum bayram bezalgan va uy
to‗ridan joy olgan, ko‗zlarni quvnatadigan archasiz o‗tmaydi. O‗quvchi bolalar
uning atrofida aylanib qo‗shiq aytib, raqsga tushadilar:
Senga deb tizgan marjon
A‘lo baholarimdir.
Kel, taqib qo‗yay, archam,
Shoxlaringni egib tur.
She`rdagi archa tasvirida tizimcha qilib osilgan yaltiroq zar parchalar va
o‗yinchoqlar ko‗zni quvnatadi. Quvnoq bola obrazi orqali shoir kichik yoshdagi
bolalarning bayramona kayfiyatini mohirona tasvirlagan. Shu tasvirlar orqali
kichik yoshdagi o‗quvchi bayram bezagi bo‗lgan archaga murojaat qilib, unga
shoxchalarini egib turishini va unga a‘lo baholardan tizilgan marjon shodasini ilib
qo‗yishni so‗rayotganini uqib oladi.
―Quyosh qissasi‖ she`ri juda qiziqarli mavzuda yozilgan bo‗lib, unda
quyoshning bolalar bilan suhbati aks etadi:
Quyoshimiz ko‗p quvnoq,
Suhbati ham soz ekan,
Qilar ishi ko‗p biroq,
Vaqti juda oz ekan.
Er yuzidan erta –kech
Tunni quvaman, deydi,
G‗uborni qo‗ymay hech,
261
Nur-la yuvaman deydi.
Bobo quyoshning har kun ko‗kdan turib, odamlar uchun faqat yaxshiliklar
qilib, nurlarini har kuni erga taratishi, ―tun‖larni quvib, yorug‗ kunni olib kelishini,
ana shunday ezgu ishlar bilan band bo‗lib, erga tushishga vaqti yo‗qligiga bola
qalbi bilan ishonadi va quyoshni sevib qoladi.
―Nutq haqida‖ she`rida esa O‗tkir ismli bola va shu kabi ko‗pgina bolalar
nutqidagi ortiqcha so‗zlarni o‗rinsiz qo‗llashini tanqid ostiga oladi:
Har so‗zida ―bu‖, ―anu‖,
―Haligi‖, ―so‗ng‖, ―anaqa‖.
―Bu-bu‖, deydi - nima bu,
―Unaqa‖si qanaqa?...
Bu misralari zamirida o‗yinqaroq, o‗z fikrini to‗liq bayon qilolmaydigan, bor
kunini ko‗chada o‗tkazadigan bolalarda shunday nutqiy to‗xtashlar sodir bo‗lishi,
buning oldini olishning yo‗li esa ko‗p kitob o‗qish kerakligi turadi. Shuning uchun
ham, ko‗p o‗qigan bolalar a‘lochi, nutqi ravon va dunyoqarashi keng bo‗lishi
shundan ekanligi ta`kidlanadi.
Bolalar maktabga ta`lim muassasasiga qabul qilingan kundan boshlab
―Badiiy adabiyot bilan tanishtirish‖ mashg‗ulotlari olib boriladi. Bu jarayonda
adabiyotlarni to‗g‗ri tanlash juda ham muhim hisoblanadi. Zero, jajji
bolajonlarimizning dunyoqarashi shakllanishida, badiiy estetik didi rivojlanishida,
yaxshilik va yomonlik tushunchalarini anglab etishida bolalarga atalgan
she`rlarning o‗rni beqiyosdir. Bu borada E.Vohidov ijodiga murojaat qilinsa ayni
muddao bo‗lardi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1.Vohidov E. Muhabbat.–Т.:Adabiyot va san`at nashriyoti,1981.–B.361-382.
2.Shoiru, she`ru. Shuur. – Toshkent, 1987.
3.Zunnunov A.va вoshqalar.―Adabiyot o‗qitish metodikasi‖– T.:O‗qituvchi.
1992.
4.Yo‗ldoshev Q., Madaev O., Abdurazzoqov A. Adabiyot o‗qitish
metodikasi. – T.: O‗qituvchi. 1994.
Do'stlaringiz bilan baham: