Vaqt relelari
Vaqt relelari releli himoya qurilmalari va avtomatik uskunalarini ulash va uzish harakatlarini sun’iy sekinlatish uchun xizmat qiladilar.
5.24-rasmda himoyalarda vaqt relelarini ulash sxemasi berilgan.
5.24-rasm. Vaqt relesini ulash sxemasi
Vaqt relesining chulg’amiga kuchlanish berilgandan keyin to u oʻz kontaktlarini ulaguncha ketgan vaqt relening sabr vaqti deyiladi.
Releli himoya sxemalarida ishlovchi vaqt relelariga boʻladigan asosiy talablardan biri bu ularning aniqligidir. Vaqt relelarining ishlash vaqtlaridagi
xatolik 0,25 sek, ayrim holatlarda 0,06 sek.dan oshmasligi kerak. Ayrim xabar va avtomatika qurilmalarida vaqt relelaridagi xatolik kattaroq xam boʻlishi mumkin.
Vaqt relelari nominal kuchlanishining 80% qiymati berilganda ishonchli ishlashlari kerak.
KT relelari qayta ulashga tezda tayyor boʻlishlari uchun oʻzlarida operativ tok manbasi oʻchganda ishlaydigan va bir zumda qaytaradigan qismga ega boʻlishi zarur.
Vaqt relesining ishlash prinsipi
5.25-rasmda РВ tipidagi vaqt relesi tuzilishi koʻrsatilgan.
1-chulg’am; 2-yakor;
qaytish prujinasi; 4-richag;
tishli segment;
boshqaruvchi prujina;
sabr vaqti hosil qiluvchi soat mexanizmi; 8-rele kontakti; 9-laxza kontakti
5.25-rasm. РВ tipidagi vaqt relesi
Kuchlanish ostida chulg’amdan tok oʻtganda yakor tishli segment bilan richagni boʻshatib oʻzakka bir laxzada tortiladi. Boshqaruvchi prujinaning ta’sirida richag soat mexanizmi yordamida sekinlashib harakatga keladi. Richag tezlik bilan burchakka bog’liq vaqt t=f()da harakatga keladi va kontaktlarni qoʻshadi.
Relening ishlash vaqti
tR
R
Yakor richaglar sistemasi orqali soat mexanizmlariga burilish beradi va bu bilan bir vaqtda vaqt boʻyicha sabrsiz ulaydigan laxza kontaktini ulaydi. Kuchlanish oʻchirilganda richaglar sistemasi oʻzining boshlang’ich holatiga qaytadi, laxza kontaktlari uziladi, bunda burilgan soat mexanizmi richagga ta’sir etadi, harakatlanuvchi kontaktni siljitadi va kontaktlar uziladi. Sabr vaqti kontaktni siljitish bilan oʻrnatiladi.
5.26-rasm. Issiqlikka chidamli vaqt relesi
Elektr mexanik vaqt relelari sifatida sinxron kichik motorli vaqt relelari xam qoʻllaniladi.
Vaqt relesining gabaritlarini kamaytirish uchun uzoq vaqt kuchlanish ostida boʻladigan rele chulg’amlari ketma-ket ulangan qoʻshimcha qarshilik rd bilan bog’langan boʻladi. Qarshilik rd normal holatda lahzada ishlaydigan relening uzuluvchi kontakti bilan shuntlangan. Rele ishlagandan keyin bu kontakt uziladi va qarshilik rd relening zanjiriga ulanadi.
Soat mexanizmining prujinasi 11 doim tortilgan holatda boʻladi. Chulg’amga 1 kuchlanish berilganda yakor 3 qaytaruvchi prujina 4 qarshiligini yengib, tortiladi va soat mexanizmining richagini 9 qoʻyib yuboradi. Soat mexanizmi 10 prujina 11 ta’sirida harakatlana boshlaydi va qoʻzg’aluvchan kontaktni 22 bir tekis harakatlanishini ta’minlaydi, u esa berilgan vaqt oralig’idan soʻng qoʻzg’almas kontaktni 23 yopadi. 22 va 23 kontaktlarning yopilish vaqti 23 kontaktning holatini oʻzgartirish yoʻli bilan oʻzgartiriladi. Soat mexanizmining bir tekis harakatlanishi ankerli mexanizm 20 yordamida ta’minlanadi, uning harakatlanish tezligi yukchalarning 21 holatini oʻzgartirish yoʻli bilan sozlanadi.
Rele ta’minlash manbasidan uzilganda yakor 3 prujina 4 ta’sirida oldingi holatiga qaytadi, bunda rele kontaktlari ochiladi, prujina 11 koʻtariladi va rele
keyingi harakatga tayyor boʻladi. Releni oldingi holatga qaytarish tez amalga oshiriladi, chunki rele oldingi holatiga qaytayotganda etaklovchi shesternyani 15 shesternya g’ildiragi 13 bilan boʻlinishini ta’minlovchi friksion mahkamlash moslamasi 14 mavjud.
5.27– rasm. РВ–200 vaqt relesi: a) tashqi koʻrinishi; b) friksion maxkamlash moslamasi ishlamagan holatda; v) friksion maxkamlash moslamasi ishlagan holatda; 1-chulg’am; 2-magnit oʻtkazgich; 3-yakor; 4-qaytaruvchi prujina; 5-oʻtkazgich simcha; 6-qoʻzg’aluvchan kontakt;
7 va 8 –qoʻzg’almas kontaktlar; 9-palets (barmoq); 10-tishli sektor; 11-haraktlantiruvchi prujina; 12-prujinani tortish uchun skoba; tishli g’ildirak; 14- friksion ulovchi mexanizm;
15-harakalantiruvchi tishli g’ildirak; 16- soat mexanizmining trubkasi; 17 va 18- tishli uzatma; 19-ankerli tishli g’ildirak; 20-ankerli skoba; 21-yukchalar; 22- qoʻzg’aluvchan kontakt;
23-qoʻzg’almas kontakt; 24-shkala.
Do'stlaringiz bilan baham: |