Zbekiston respublikasi oliy


Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok sxemalari



Download 4,4 Mb.
bet53/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Operativ tok manbalari. Oʻzgaruvchan va oʻzgarmas operativ tok sxemalari


Operativ tok zanjirining vazifasi
Vazifalari va umumiy talablar
Operativ tok deb oʻchirgichni masofali boshqarishni ta’minlovchi zanjirni, rele himoyasining operativ zanjirini, avtomatika, telemexanika va axborotlarni qabul qiladigan uskunalarni ta’minlaydigan tokka aytiladi.
Operativ zanjirlar himoya elementlarini, shikastlangan liniya va qurilmalarni, oʻchiradigan uskunalarni tok bilan ta’minlashi juda muhimdir. Shuning uchun operativ tokka qator haqli va muhim talablar qoʻyiladi.
Podstansiyalarda operativ tokning quyidagi manbalari ishlatiladi:

  • Akkumulyator batareyalari (AB) dan ta’minlanuvchi oʻzgarmas operativ tok manbai;

  • Himoyalanayotgan qurilmaning zanjiriga ulangan TT, TH, oʻz ehtiyoji transformatorlari va zaryadlangan kondensatorlardan ta’minlanuvchi oʻzgaruvchan operativ tok manbai;

  • operativ zanjirlarni ta’minlash bloki yoki qurilmalarining toʻg’rilagichlari yordamida toʻg’rilangan (oʻzgarmas) tokka aylantirilgan oʻzgaruvchan tok manbai.

Operativ tok tizimlari:
-bog’liq boʻlgan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq;
-bog’liq boʻlmagan ta’minlash, ya’ni operativ zanjirlarni ta’minlash tizimi nazorat qilinayotgan elektr qurilmaning ish rejimiga bog’liq boʻlmagan guruhlarga boʻlinadi.
Operativ oʻzgarmas tok.
Oʻzgarmas operativ tok manbai sifatida kuchlanishi 110-220 V, kichik nimstansiyalarda esa 24-48 V boʻlgan va hamma operativ zanjirlarni markaziy ta’minlovchi akkumulyator batareyalari ishlatiladi. Ishonchlilikni oshirish uchun oʻzgarmas tok liniyalari bir necha qismlarga boʻlinib, har biri alohida batareyaning
ishlash tizimiga ulanadi. (5.28-rasm)
Himoya zanjirlari, oʻchirish chulg’amlari asosiy qism boʻlib hisoblanadi va ular boshqarish shinasi (BSh) dan ta’minlanadilar.
Qoʻshish shinasi (QSh) dan ta’minlanuvchi ulash chulg’amining zanjiri ikkinchi qism boʻlib hisoblanadi. Bu QSh 400-500 A tok qabul qiluvchi moyli oʻchirgichlarning oʻchiruvchi va ulovchi chulg’amlarini ta’minlaydi.
Uchinchi qismga kamroq javobgarlikka ega boʻlgan xabar (signal) shinasidan (XSh) ta’minlanuvchi xabarchilar kiradi.
Operativ tokning boshqa ta’minlanuvchilari (avariya vaqtidagi yoritish, oʻz ehtiyoj motorlari va h.k.) alohida liniyadan tok iste’mol qiladilar.
Operativ zanjirlarni qisqa tutashuv tokidan himoya qilish uchun saqlagich yoki maxsus avtomatlar (tokning oshishiga ta’sir javob beruvchi) ishlatiladi. Saqlagichlarning ishga yaroqligi nazorat relelari (RYA) bilan kuzatiladi (9.1- rasm). shina XSh oʻchirgich holatini koʻrsatuvchi xabar lampalarini ulashga moʻljallangan.
Batareya doimiy zaryadlanish rejimida aniq ishlaydi.
Oʻzgarmas tok shiti kuch shinasi (KSh) va boshqarish shinasidan iborat. BSh ning 108 ta elementdan iborat akkumulyator batareyalari "+" va "-" shinalardan tashkil topadi. Elementlar soni 108 dan koʻp boʻlganda ular oshirilgan kuchlanishli "-" shinaga ulanadilar.
BSh doimiy zaryadlanish rejimida 108 ta batareya elementlariga ulanadi.



5.28-rasm. Himoyani operativ zanjirini (boshqarish, qoʻshish, xabar berish zanjirlari) oʻzgarmas tok bilan ta’minlashning prinsipial chizmasi
Boshqaruvchi (ballast) qarshilik РР asosiy (pq100, 108) va qoʻshimcha (pq120,128, 140) elementlarni bir xil zaryadlanish, zaryad ostida boʻlish va razryadlanishini ta’minlaydi. Ballast qarshilik sifatida РЗВ-41 (40 A, 4,5 kVt va 100 qarshilik va yuritmali) qoʻzg’atishni boshqargich (regulyator vozbujdeniya) qoʻllaniladi.
Akkumulyator batareyalari hohlagan vaqtda etarli qiymatdagi kuchlanish va quvvat bilan operativ tok zanjirlarini ta’minlab tura oladilar va bunda asosiy tarmoqqa hech qanday bog’liqlik yoʻq. Shuning uchun ular eng ishonchli manbalardan hisoblanadi.
Lekin bu akkumulyator batareyalari qimmat, ularni zaryadlash uchun maxsus qurilmalar kerak, maxsus joy va malakali xizmat talab etiladi. Bundan tashqari markazlashgan ta’minot boʻlganligi sababli zanjirlarda murakkab, uzun va qimmatbaxo tok uzatuvchi simlar ishlatiladi.
Shuning uchun keyingi paytda oʻzgaruvchan operativ tok manbalari keng qoʻllanilmoqda.



Download 4,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish