Himoya oʻchirgichga toʻg’ridan-toʻg’ri (bevosita) va bilvosita ta’sir koʻrsatish mumkin (5.6 -rasm).
manbadan
3 Fn
4
1
Fý 2
b) c)
5.6-rasm. Bevosita (a, b) va bilvosita (c) ta’sir ko’rsatuvchi relelar
Rele 1 ishlagan paytda ya’ni rele chug’amining elektr magnit kuchi prujinaning Fnkuchidan katta boʻlganda uning qoʻzg’aluvchi qismi 2 oʻchirgichniig bir-biridan ajratuvchi richagi 3 ga toʻg’ridan-toʻg’ri ta’sir qiladi. Shundan keyin oʻchirgich prujina 4 harakati yordamida oʻchiriladi. Bevosita ta’sir qilish relelari oʻchirgichning yuritmasiga oʻrnatiladi. Shuning uchun bu relelar
oʻrnatilgan rele deyiladi.
5.6 c)-rasmda bilvosita ta’sir koʻrsatuvchi ikkilamchi releli himoya sxemasi tasvirlangan.
Rele 1 ishlagan paytda uning kontakti elektromagnit 2 chulg’amini ulaydi. Bu chulg’am oʻchirgichning oʻchirish chulg’ami deyiladi. Maxsus manbaning qisqichlaridan olinuvchi kuchlanish ta’siri ostida oʻchiruvchi chulg’amda tok paydo boʻladi. oʻchirish chulg’ami 2 dan tok oqqan paytda oʻzak 3 prujinaning Fnkuchini yengib halqa 4 ni qoʻyib yuboradi. Buning natijasida prujina 5 harakati yordamida oʻchirgich oʻchadi. Oʻchirgich oʻchgandan keyin rele chulg’amidagi tok yoʻqoladi va rele kontakti ajraladi. Ularni ishini yengillatish uchun yordamchi blok-kontakt BK ishlatiladi. Oʻchirgich oʻchgandan keyin BK oʻchirish chulg’am zanjirini operativ manbadan uzib qoʻyadi. 5.6 c)-rasmda koʻrsatilgan sxemadan koʻrinadiki, bilvosita harakatlanuvchi releli himoya uchun yordamchi kuchlanish manbasi-operativ tok manbai kerak. Bevosita harakatlanuvchi releli himoyaga operativ tok manbai zarur emas, lekin bu himoyaning relelari oʻchirgich mexanizmini ajratish yoki qoʻshish uchun katta kuch bilan ta’sir qilishlari kerak. Shuning uchun bevosita harakatlanuvchi relelar aniq boʻlmaydilar va katta quvvat talab qiladilar.
Bilvosita harakatlanuvchi relelarning ta’sir kuchi kichik boʻlishi mumkin, shuning uchun ular katta aniqlik va kam quvvat sarf qiladilar. Koʻp releli himoyalarda oʻzaro aloqa operativ tok orqali olib boriladi, chunki bu mexanik yoʻlga nisbatan oson va soddadir.
Xulosa qilish mumkinki, ikkilamchi bilvosita ta’sir qiluvchi relelar himoyada keng tarqalgan va koʻp qoʻllaniladi.
3, 6, 10 kV kuchlanishli elektr liniyalarida bevosita ta’sir qiluvchi tok relelari ham keng qoʻllanadi.