Zbekiston respublikasi oliy


Relening ulanish usullari



Download 4,4 Mb.
bet42/84
Sana01.03.2022
Hajmi4,4 Mb.
#476709
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84
Bog'liq
elektr qurilmalar

Relening ulanish usullari


Relening chulg’ami elektr tarmoqqa (tok va kuchlanishga) toʻg’ridan toʻg’ri yoki tok va kuchlanish transformatorlari orqali ulanishi mumkin. Birinchi tur relelar birlamchi, ikkinchi tur esa ikkilamchi relelar deyiladi.
Ikkilamchi relelar koʻproq qoʻllaniladi. Buning sababi shundaki, ular yuqori kuchlanishdan izolyatsiyalanganlar, himoya qiluvchi elementdan uzoq masofada joylashadilar, xizmat koʻrsatish uchun qulay va ma’lum bir nominal tok (1 yoki 5

  1. va kuchlanish (100 V) ga moʻljallanadilar. Bunda himoyalanayotgan elementning birlamchi toki yoki kuchlanishiga bog’liqlik yoʻq.

Birlamchi relening afzalligi shuki, ularda oʻlchov transformatorlari, operativ tok manbalari ishlatilmaydi. Ular kichik quvvatli elektr motorlarida, transformatorlarda va liniyalarda keng qoʻllanadi.

Nonormal rejimlar


Nonormal rejimlar deb tok kuchi, kuchlanish va chastota qiymatlarini chegaradan chiqib ketishi yoki qurilma va elektr tizimining turg’un ishlashiga xavf tug’ilishiga aytiladi.
Harakterli nonormal rejimlar:

    1. Qurilmaning oʻta yuklanishi, ya’ni tokning normadan juda oshib ketishi;

    2. Chastotaning pasayishi, ya’ni generator quvvatini yetishmasligi, bu hol odatda bir qism generatorlarning birdaniga oʻchishi bilan bog’liq.

Chastotaning chuqur pasayishi (45-47 Gs.gacha) og’ir avariya holati hisoblanib, energetik tizim ishlashining toʻliq toʻxtashiga olib keladi.
v) Kuchlanish oshishi, ya’ni generatorning yuklarini birdaniga oʻchirilishi natijasi. Yuki yengillashgan generator tezroq aylanadi va bunda statorning E.Yu.K.si izolyatsiyani teshish darajasidagi qiymatiga etadi.


    1. Releli himoya va avtomatika qurilmalariga qoʻyiluvchi asosiy talablar.


Relening turlari

      1. Tanlovchanlik (selektivlik)

Tanlovchanlik bu himoyaning shunday xususiyatiki, bunda u faqat elektr tarmoqning shikastlangan qisminigina oʻchiradi.
5.4-rasmda shikastlangan qismlarini tanlab oʻchirishga misollar keltirilgan. K1 nuqtada qisqa tutashuv yuz berganda shikastlangan liniyani qisqa tutashuvga yaqin boʻlgani uchun, Vv oʻchirgich oʻchiradi. Bunda qolgan xamma iste’molchilar (shikastlangan liniyadan tashqari) ishlab turadilar. K2 nuqtadagi qisqa tutashuvni tanlovchanlik shartiga asosan VA1 va VV1 oʻchirgichlar oʻchirishi kerak.
Shu misoldan koʻrinib turibdiki agar nimstansiya bilan bir necha liniyalar ulangan. boʻlsa, u holda bir liniyadagi L1 qisqa tutashuvni tanlab oʻchirish, bu nimstansiyasini boshqa liniya L2 orqali tarmoq bilan ulanishini saqlab qoladi va iste’molchilarning uzluksiz energiya ta’minotiga sharoit yaratiladi.
Shunday qilib, tanlovchanlik talabi iste’molchilarning uzluksiz energiya bilan ta’minlashning asosiy sharti boʻlib xizmat qiladi.

      1. Tezkorlik (tezlik bilan oʻchirish). Elektr uskunalarini buzilish darajasini kamaytirish uchun qisqa tutashuvni mumkin qadar katta tezlikda, qisqa vaqtda oʻchirish kerak.

300-500 kV li EUL da oʻchirish vaqti 0.1-0.12 sek 110-220 kV li EUL da oʻchirish vaqti 0.15-0.3 sek
6-10 kV li EUL da oʻchirish vaqti 1.5-2 sek.ni tashkil etadi.
EUQ (elektr uskunalari qoidalari)da koʻrsatilishicha, agar qoldiq kuchlanish normadan 60% kam boʻlsa, u holda turg’unlikni saqlash uchun shikastlanish tez oʻchiruvchi releli himoya yordamida bajarilishi kerak.
Shkastlanishni toʻliq oʻchirish vaqti himoyani va oʻchirgichni ishlash vaqti yig’indisidan iborat.


toʻchirish=thimoya+toʻchirgich , (5.3)
Tezkor oʻchirgichning ishlash vaqti tchirish=0,15+0,06 sekni tashkil etadi.
I II III
A B C

1 himoyaning birinchi uchastkasi
1 himoyaning ikkinchi uchastkasi
1 himoyaning uchinchi uchastkasi

5.4-rasm. Himoyaning ta’sir zonalari


Tezkor va tanlovchan himoyalarni sozlash juda muhim boʻlib, bu releli himoyaning asosiy masalasidir.

  1. Sezgirlik.

Himoya qisqa tutashuv paytida oʻzgarishlarni sezishi uchun oʻrnatilgan zonalarda aniq bir sezgirlikka ega boʻlishi kerak.
I-himoya (5.4-rasm) AB uchastkadagi shikastlanishlarni oʻchirishi kerak

(birinchi himoyaning birinchi uchastkasi) va bundan tashqari BC uchastkada qisqa tutashuv boʻlganda II himoya ishlamasa ma’lum vaqtdan soʻng ishlashi kerak.
Birinchi himoyaning II uchastkadagi shikastlanishga ta’sir javobi uzoqdan zaxiralash deyiladi. Keyingi himoyaning uchastkasini zaxiralashi muhim talablardan biridir.
5.4-rasmdagi 1 himoyaning III uchastkada qisqa tutashuv boʻlganda ishlashi talab qilinmaydi, chunki III uchastkaning himoyasi yoki oʻchirgichi ishlamay qolganda II himoya ishlashi kerak. Birdaniga 2 ta himoyaning (2 ta uchastkadagi) ishlamay qolishi kam extimolga ega, shuning uchun bunday ata r hisobga olinmaydi.
Ma’lum bir tur himoyalar ishlash prinsiplariga koʻra oʻz ta’sir zonasidan (asosiy uchastkasidan) tashqarida ishlamaydilar. Bu himoyalarning sezgirligi 1 uchastkada toʻla ta’minlanishi zarur. 2 uchastkaning himoyasini rezervlash uchun bunday hollarda rezerv (qoʻshimcha) himoya qoʻllaniladi.
Himoyalarning sezgirligi shu darajada boʻlishligi kerakki, ular tizimlarning minimal rejimlaridagi qisqa tutashuvlarda xam ishlashlari kerak, chunki bu hollarda xam tokning qiymati juda ata boʻladi.
Himoyaning sezgirligi sezgirlik koeffitsiyenti bilan harakterlanadi. Qisqa tutashuv tokini sezuvchi himoyalar uchun sezgirlik koeffitsiyenti

I q.t. min
Ksez  ,
I
(5.4)

x.i.


Iq.t.min - minimal rejimdagi qisqa tutashuv toki;



I x.i.

  • himoya ishlashi uchun yetarli boʻlgan tok miqdori.




  1. Ishonchlilik.

Himoyaning ishonchliligi sxemaning soddaligiga, unda oʻrnatilgan relelar va ularning kontaktlari soniga, yig’ish va bajarilish sifatiga, yig’ish materiallariga va xizmat koʻrsatishga bog’liq. Murakkab sxemalar oʻzlari shikastlanishga sabab boʻlishi mumkin

    1. Download 4,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   84




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish