Elegazli va sinxron uzgichlarning tuzulishini tushuntiring. 11.Ajratgichlar nima uchun koʻrinadigan uzilish hosil qilishi lozim.
Ajratgichlarning kontakt tizimiga qoʻyilgan talablarni izohlang.
Ajratgichlar qutblar soniga koʻra nechaga boʻlinadi? 14.Tok transformatorining ish rejimini tushuntiring?.
15.НТМИ tipidagi uch fazali moyli transformatorlarning vazifasi va konstruksiyasi.
16.Oʻlchov kuchlanish transformatorlarining ish rejimini tushuntiring? 17.Rubilniklar qanday tanlanadi?
Avtomatlar qanday tanlanadi?
Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar qanday tanlanadi? 20.Saqlagichlar qanday tanlanadi?
21.Ajratgich va uzgichlar qanday tanlanadi? 22.Uzgichlar qanday tanlanadi?
23.Sxemalarning turlari va ularning vazifasini tushuntiring. 24.Stansiya va podstansiyalarning bosh sxemalar deb nimaga aytiladi?
25.Stansiya va podstansiyalarning struktura sxemalari deb nimaga aytiladi?
5. Gidroenergetik qurilmalar rele himoyasi va avtomatikasi
Oʻzbekiston respublikasining elektr energetikasi xalq xoʻjaligining asosiy sohasi hisoblanib, sanoat korxonalari, shaharlar, transport, qishloq xoʻjaligi iste’molchilarini elektr energiyasi bilan ta’minlab kelmoqda va xalq xoʻjaligining rivojlanishiga katta hissa qoʻshmoqda.
Oʻzbekiston energetika tizimi yiliga 60 mlrd. kVt.soat atrofida elektr energiyasi ishlab chiqarib, uzunligi 224 mln.km.ni tashkil etadigan 500 kV, 330 kV gacha yuqori kuchlanishli elektr tarmoqlar 42 ta elektr stansiyani iste’molchilar bilan bog’lab turibdi
Energetika tizimlarning elektr qismlaridagi shikastlanish va nonormal holatlarni bartaraf qilish relesli himoyaning asosiy vazifasidir. Shu bilan birga relesli himoya tizimning ishonchli va mustaxkam ish holatini ta’minlaydi.
Energetika tizimlarining quvvatini shiddat bilan oshishi, bir necha tizimlarning birlashuvi, xatto davlatlararo tizimlarning tashkil topishi relesli himoyaning vazifasini yanada oshiradi.
Zamonaviy energetika tizimlarida yuqori kuchlanishli tarmoqlar rivojlanmoqda. Bu tarmoqlar orqali yirik stansiyalardan juda katta miqdordagi elektr energiya oqimi iste’molchilarga uzatilmoqda.
Yuklamalarning oshishi, elektr tarmoq tarkibidagi liniyalarning uzayishi, energetika tizimlariga boʻlgan barqarorlik talablarining keskin oshishi relesli himoya ishini yanada murakkablashtiradi. Talablarga mos tez va ishonchli himoya tuzish uchun maxsus rele turlaridan foydalanilmoqda.
Elektr mexanik relelar oʻrniga yarim oʻtkazgichli kontaktsiz relelar, gerkonlar, magnit elementli va raqamli relelar ekspluatatsiyaga kirib keldi.
Energetika tizimlar quvvatining oshgani sari qisqa tutashuv toklarining qiymati xam oshib boradi. Bu hol releli himoya uchun aniqligi yuqori boʻlgan tok transformatorlari kerakligini talab etadi.