Qisqa tutashuv turlari
Energetika tizimidagi koʻpgina shikastlanishlar fazalarning oʻzaro va yer bilan qisqa tutashishlariga olib keladi. Shikastlanishlarning asosiy sabablariga izolyatsiyaning buzilishi, eskirishi, kuchlanishning normadan oshib ketishi, xizmat koʻrsatuvchi shaxslarning notoʻg’ri amali va xatolari, ajratgichni kuchlanish ostida uzish, qisqa tutashtirgich ulangan holda kuchlanishni berilishlari kiradi.
Barcha shikastlanishlar qurilmalarning kamchiligi va mukammal emasligi, notoʻg’ri oʻrnatilganligi, notoʻg’ri loyihalanganligi, qurilmaga qoniqarsiz va notoʻg’ri xizmat koʻrsatilganligi, qurilmaning notoʻg’ri holatda ishlaganligi natijasida yuzaga keladi va roʻy beradi. Shuning uchun shikastlanishni oldini olish mumkin, lekin shkastlanish holatining muqarrarligini unutmaslik kerak.
Qisqa tutashuv shikastlanishga olib keladigan eng xavfli va og’ir holatdir. Qisqa tutashuv paytida manbaning E.Yu.K. transformator yoki liniyalarning kichik
qarshiligi orqali tutashib qoladi. (5.1,a-e rasm).
u.K.i qisqa tutashgan yopiq elektr konturlarida qisqa tutashuv toki deb nomlangan Iq.t. katta tok oqadi. 5.1 rasmda qisqa tutashuvning turlari keltirilgan.
5.1-rasm. Elektr qurilmalarida uchraydigan shikastlanishlar turlari: a, b, c – uch fazali, yer bilan ikki fazali va bir fazali qisqa tutashuv;
d va e - bir fazali va ikki fazaning yer bilan neytrali yerga ulangan liniyalarda ulanishi.
Qisqa tutashuv paytida tokning ortishi natijasida elektr tizimning elementlaridagi kuchlanishning miqdori kamayadi. Bu oʻz navbatida elektr liniyaning barcha nuqtalarida kuchlanishning kamayishiga olib keladi, ya’ni
Um E Iq.t. Zm , (5.1)
bu yerda E - manbaning E.Yu.K. si,
Zm
qarshiligi.
– manbadan qisqa tutashuv nuqtasigacha boʻlgan uchastkaning
Qisqa tutashuv paytida kuchlanishning kamayishi va tokning ortishi quyidagi xavfli natijalarni yuzaga keltiradi:
Joul-Lens qonuniga asosan qisqa tutashuv toki ( Iq.t. ) R-qarshilikda va t –
vaqt mobaynida Q k I 2 R t
issiqlik ajralishiga olib keladi.
Shikastlangan joylarda bu issiqlik va elektr yoyi katta miqdorda
buzilishlarga olib keladi. Bu buzilishlarniig natijalari qisqa tutashuv tokiga
Iq.t. va t
vaqtga bog’liq. Qisqa tutashuv tokining
Iq.t.
miqdori nominal tokdan
Inom
shu
qadar katta boʻlishi mumkinki, izolyatsiyalar va tok oʻtkazgich qismlarini qattiq shikastlantiradi.
qisqa tutashuv paytida kuchlanishning tushuvi elektr iste’molchilarinnng ishlashiga xavfli tasir qiladi.
Elektr energiyasining asosiy iste’molchisi asinxron motorlardir. Asinxron
motorlarning aylantirish momentlari kuchlanishga proporsional
M k U 2 .
Shuning uchun asinxroi motorlarda kuchlanishning pasayishi paytida motorlarning aylantirish momenti mexanizmlarning qarshilik momentlaridan kichik boʻlib qolishi mumkin. Bu ularni toʻxtashiga olib keladi.
A B
E Ik M K
Istemolchi a)
c)
5.2-rasm. Qisqa tutashuvning kuchlanish tushuviga ta’siri; a) iste’molchilarga, b) energetika tizimiga, s) toʻg’ri, teskari va nol ketma-ketlik diagrammasi
Kuchlanishning tushuvi EHM (boshqaruvchi va hisoblovchi) larga katta ta’sir
qiladi:
Ií I, À
5.3-rasm. Uzoq vaqt ruxsat etilgan yuklanish vaqtini tokning kattaligiga bog’liqligi t=f(I)
v) Kuchlanish tushuvining eng xavfli va og’ir oqibatlaridan biri bu generatorlar va elektr tizimlarining turg’un parallel ishlashlariga zarar etishdir. Bu barcha iste’molchilarni energiyasiz qolishga olib keladi. Buni 5.2-b rasmda izohlash mumkin.
Normal holatda turbinaning mexanik
aylanish momenti generatorning elektr yuki tomonidan hosil qilinadigan teskari ta’sir qiluvchi momentga tengdir. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi oʻzgarmas va sinxrondir.
K nuqtada qisqa tutashish sodir boʻlganda A elektr stansiyasining shinasidagi kuchlanish nolga yaqin boʻladi. Bu holda elektr yuk va bu bilan bog’liq generatorlarning teskari ta’sir qiluvchi momenti nolga teng boʻladi. Bu vaqtda turbinaga oldingi miqdordagi bug’ (yoki suv) ta’sir etaveradi va uning momenti oʻzgarmaydi. Buning natijasida generatorning aylanish tezligi tez ortadi, chunki turbinaning aylanishini boshqaruvchi qurilma sekin ta’sir qiladi va A stansiya generatorlarining aylanish tezligini birdan kamaytira olmaydi.
B stansiya generatorlari boshqa sharoitda boʻladilar, ular K nuqtadan uzoqdalar, shuning uchun ularning shinalaridagi kuchlanish normaga yaqin. A stansiya generatorlarining yuklari yengillashgani sababli barcha yuk B stansiya generatorlariga tushadi. Buning natijasida ular koʻproq yuklanadilar va aylanish tezliklarini kamaytiradilar
Shunday qilib qisqa tutashuv natijasida A va B stansiyalari generatorlarining aylanish tezliklari har xil boʻladi va bu ularning sinxron ishlashlarining buzilishiga olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |