Relening kontaktlari himoya qurilmalarida tokning ishonchli uzilishi va qoʻshilishini ta’min etishlari kerak va shu bilan birga bir necha marotaba harakatlanishga chidamli boʻlishlari zarur.
Kontaktlarning qoʻshilib-uzilishi zanjirning qoʻshilishi va uzilishini ta’minlovchi quvvat Sk bilan shartli ravishda harakterlanadi. Quvvat Sk ning kattaligi operativ tok manbaining kuchlanishi U bilan kontakt ruxsat beruvchi eng
katta tok Ik ning koʻpaytmasi shaklida topiladi.
Sk=U Ik (5.11)
Relening chulg’amlari uni harakterlovchi tok va kuchlanishning kattaligiga mos keladigan issiqlikka chidamli boʻlishi kerak va shu bilan birga mos boʻlgan iste’mol qiluvchi quvvat Sr=Ur Ir ga toʻg’ri kelishi kerak.
Iste’mol qilinayotgan quvvat Sr relening qoʻzg’aluvchi sistemasini
harakatga keltiruvchi chulg’ami magnitlovchi kuchining miqdoriga bog’liq.
Elektr magnit relelar
2) Ishlash prinsipi. 5.15-rasmda elektr magnit relelarning asosiy uch xil turi berilgan.
Har bir rele oʻz ichiga elektrmagnit 1 (oʻzak va chulg’amdan iborat), ferromagnit materialdan yasalgan harakatlanuvchi yakor 2, harakatlanuvchi kontakt 3, harakatlanmaydigan kontakt 4 va teskari ta’sir etuvchi prujina 5 ni oladi.
1)
5.15-rasm. Elektr magnit relelarining konstruktiv turlari: 1-tortiluvchi yakorli; 2-buriluvchi yakorli;3-koʻndalang harakat qiluvchi yakorli
Elektr magnit chulg’amidan oqayotgan tok Ir magnitlovchi kuch (m.k) IrWr ni hosil qiladi. U kuch ta’sirida elektr magnit oʻzakdan, havo oralig’i va yakor orqali oquvchi magnit oqim F hosil boʻladi. Bunda yakor magnitlanadi va elektr magnitning qutbiga tortiladi. Oxirgi holatigacha harakatlangan yakor bilan bog’langan qoʻzg’aluvchi kontakt 4 qoʻzg’almas kontakt 3 ga ulanadi. Yakorning boshlang’ich holati tayanch 6 bilan chegaralanadi.
Poʻlat yakorni elektrmagnitga tortuvchi elektrmagnit kuch havo oraliqdagi magnit oqimining kvadratiga toʻg’ri proporsional.
FE=kF2 , (5.12)
Magnit oqimi va uni hosil qiluvchi tok Ir quyidagicha bog’lanishga ega.
bu yerda Rm – magnit oqimi F oqayotgan yoʻlning magnit qarshiligi; WR – rele chulg’amining oʻramlar soni.
Formulalarni oʻrniga qoʻyib quyidagini hosil qilamiz;
W 2
F
E R 2
I R K I R , (5.14)
R 2 2
M
Buriluvchi yakorli va koʻndalang harakat qiluvchi yakorli relelarda (5.15.b,c rasm) elektromagnit kuch aylanish momentini hosil qiladi:
2
ME FElR K I R , (5.15)
bu yerda lR - FE kuchning yelkasi.
K/ va K// koeffitsiyentlar RM ga bog’liq.
Formulalardan koʻrinib turibdiki, tortuvchi kuch FE yoki uning momenti ME rele chulg’amidagi tok IR ning kvadratiga toʻg’ri proporsional va shuning uchun
oʻzgarmas yoʻnalishga ega (ya’ni tokning yoʻnalishiga bog’liq emas). Xulosa shuki, elektromagnit releni oʻzgaruvchan va oʻzgarmas tokda ishlaydigan qilib yasash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |