tT , (4.10)
bunda ipr.S—q.t. chegara okening okening qiymati; It—termik turg’unlikning chegara toki; tt—termik turg’unlik okening oʻtish davomligi.
Kontaktorlar va magnitli ishga tushirgichlar quyidagilar boʻyicha tanlanadi:
ustanovkaning kuchlanishiga qarab
Uust
Unom , (4.11)
tokning turi va kattaligiga qarab
Inorm
Inom, Imax Inom , (4.12)
ulanadigan elektr dvigatellarning quvvatiga qarab
Pul Prux.et , (4.13)
Saqlagichlar quyidagilar boʻyicha tanlanadi:
qurilmaning kuchlanishi boʻyicha Uust≤ Unom. Tok boʻyicha Inorm≤ Inom, Imax≤ Inom; konstruksiyasi va qurilma turiga qarab;
uzish toki boʻyicha Ip.o≤ Iuz.p, bunda Iuz.p— uziladigan chegara toki (simmetrik tashkil etuvchi).
1000 V gacha boʻlgan qurilmalarda saqlagich eruvchan quymasining nominal toki tarmoqni muhofazalash shartlari boʻyicha, shuningdek selektivlik shartlari boʻyicha olinadi.
Ajratgich va uzgichlar quyidagicha tanlanadi:
qurilmaning kuchlanishi boʻyicha Uust≤ Unom;
tok boʻyicha
Inorm
Inom, Imax Inom , (4.15)
konstruksiyasi, urnatish turi boʻyicha; elektrodinamik turg’unligi boʻyicha
iu ipr.S ;
I po
I pr.S , (4.16)
bunda ipr.s, Ipr.s—q.t. ning parron oʻtuvchi chegara toki ( mplitude va ta’sir etuvchi qiymatlari);
termik turg’unligi boʻyicha
2
Bk It
tt , (4.17)
bunda Bk—hisob boʻyicha issiqlik impulsi, kA 2·s; It—termik turg’unlikning chegara toki; tt—termik turg’unlik chegara tokining oʻtish davomiyligi.
Qisqa tutashtirgichlar ham oʻsha shartlar asosida tanlanadi, faqat yuklama tokiga tekshirilmaydi.
Uzgichlar quydagicha tanlanadi
Uzgichlar haqidagi umumiy ma’lumotlarda ularni standart boʻyicha harakterlovchi parametrlari koʻrib oʻtilgan. Uzgichlarni tanlashda ularning 12 ta parametrlarini hisobga olish lozim, biroq ishlab chiqaruvchi zavodlar tomonidan parametrlarning ayrim bog’lanishi kafolatlanganligi sababli, masalan,
Iul,nom Io'z,nom, Iul,nom 1,8
2Io'z,nom , (4.18)
uzgichlarning muhim parametrlari boʻyicha tanlashga ruxsat etiladi.
Qurilmaning kuchlanishi boʻyicha:
Uust
Unom , (4.19)
uzoq ta’sir etuvchi tok boʻyicha:
Inorm
Inom, Imax Inom , (4.20)
uzish qobiliyati boʻyicha.
Birinchi navbatda quyidagi shartga asosan simmetrik uzish toki boʻyicha tekshiriladi:
Ir ,
Iuz,nom , (4.21)
Soʻngra q.t. periodik tashkil etuvchisining uzilish ehtimoli tekshiriladi
Ia,Ia,nom
2nomIo' z,nom , (4.22)
bunda ia.nom- uzilayotgan tokning t vaqtdagi periodik tashkil etuvchisining ruxsat etilgan nominal qiymati; βnom—uzilayotgan tokdagi periodik tashkil etuvchining nisbiy qismi nominal qiymati; ia.τ— kontaktlarning ajrash momenti τ dagi q.t. periodik tashkil etuvchisi; τ q.t. boshlanishidan yoy soʻndiruvchi kontaktlarning ajrash vaqtigacha boʻlgan eng qisqa vaqt:
tz,min ts,v
(4.23)
bunda tz,min=0,01 s—releli muhofazaning minimal ta’sir etish vaqti;
ts.v—uzgichning xususiy uzish vaqti.
Agar Ip.τ≤ Iuz.nom shart bajarilib, ia.τ> ia.nom boʻlsa, u holda q.t. ning toʻliq toki boʻyicha uzish qobiliyatini tekshirish mumkin.
( 2Ip.
2Io' z,nom(1nom) , (4.24)
Uzgich elektrodinamik turg’unlikka q.t. ning chegara parron oʻtish toki boʻyicha tekshiriladi:
I p,o I pr,s ,iu ipr.s ,
(4.25)
bunda Ipr.s—q.t. ning chegara parron oʻtish tokining ta’sir etuvchi qiymati (katalog boʻyicha olinadi); ipr.s—q.t. ning chegara parron oʻtish tokining amplituda qiymati (katalog boʻyicha olinadi); Ip.o—uzgich zanjiridagi q.t. tokining davriy tashkil etuvchisining boshlang’ich qiymati; iu— uzgich zanjiridagi q.t. ning zarbiy toki.
Uzgich termik turg’unlikka issiqlik impulsi boʻyicha tekshiriladi:
k
B I 2t ,
(4.26)
bunda Bk—hisob boʻyicha issiqlik impulsi; Iτ—termik turg’unlikning katalog boʻyicha chegara toki; tτ—termik turg’unlik tokining oʻtish davomiyligi, s.
Uzgichlarni odatda tiklanuvchi kuchlanish parametrlari boʻyicha tekshirilmaydi, chunki koʻpchilik energotizimlarda uzgich kontaktlaridagi kuchlanishning real tiklanish sharoitlari uzgichni sinash sharoitlariga mos keladi. Bundan tashqari, standartga mos keluvchi 110 kV va undan yuqori kuchlanishli uzgichlar uzoq boʻlmagan masofadagi q.t. ni (nominal uzish tokidan ortmaydigan tok bilan) uzish imkonini beradi, bu vaqtda tiklanuvchi kuchlanish qiyin boʻlgan sharoitlar kuzatiladi.
Agar uzgichni tiklanuvchi kuchlanishning tezligiga tekshirish lozim boʻlsa, u holda elektr qurilmaning parametrlari: liniyalarning toʻlqin qarshiligi, transformatorlar, shinalar, apparatlar va hokazolarning sig’imini bilgan holda tegishli hisoblashlarni bajarish hamda uzgichni quyidagi shart boʻyicha tekshirish lozim:
V dUtik
dt
Vruh.et. ,
(4.27)
bunda v—tiklanuvchi kuchlanishning tezligi; vrux.et—katalog boʻyicha ruxsat etilgan tezlik.
Do'stlaringiz bilan baham: |